Huquqiy axborot | Lotin
2.84K members
52 photos
8 videos
1 file
847 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Tayinlov
Hukumat qarori (719-son, 27.08.2019-y.) bilan Komil Kayumovich Rashidov Bosh vazir maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu lavozim Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoni bilan kiritilgan edi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Dilshod Muxitdinovich Eshnayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari – Diniy ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish axborot-tahlil markazi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Markaz Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning diniy mavzularga oid adabiyotlar, Internet va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qilish, diniy-ijtimoiy muhitning barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini amalga oshiradigan axborot-tahliliy tuzilmasi hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Dilbar Muxamedxanovna Gʻulomova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita har bir shaxsning vijdon va diniy eʼtiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga boʻlgan munosabatidan qatʼi nazar tengligini taʼminlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (763-son, 12.09.2019-y.) bilan Minxajidin Mirzajanovich Xodjimatov Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining rahbari etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar ushbu lavozimda Alisher Keldiyevich Kadirov faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (762-son, 12.09.2019-y.) bilan Firdavs Fridunovich Abduxalikov “Oʻzbekkino” Milliy agentligining bosh direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar ushbu lavozimda Furkat Shakirovich Zakirov faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-sentyabrdagi 768-son qaroriga asosan Sherzod Negmuratovich Batirov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (767-son, 13.09.2019-y.) bilan Nozima Alimjanovna Fayzibayeva Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur Agentlik 2019-yil 9-sentyabrdagi Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Sunatulla Xusanovich Bekenov Prezident qarori bilan (13.09.2019y., PQ–4450) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, S.X.Bekenov shu kunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (771-son, 15.09.2019-y.) bilan Xojakbar Sultanovich Daliyev Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatimiz energetika tarmogʻi uchun malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash mazkur Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (772-son, 15.09.2019-y.) bilan Yulbarsxon Nabiyevich Mansurov Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev” nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur Filial 2019-yil 7-iyundagi Prezident qarori bilan tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin