Huquqiy axborot | Lotin
2.84K members
50 photos
8 videos
1 file
841 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi

Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hukumat qarori (851-son, 07.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2019-2020-yillarda hududlar kesimida zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish jadvali tasdiqlandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu jadvalga asoslangan takliflardan kelib chiqib oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berildi.

Qarorga muvofiq, zargarlik markazlari asosan hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarida, shuningdek, tegishli hududlarning turistik yoʻnalishlarida joylashtiriladi.

Shuningdek, zargarlik markazlarini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga foydalanilmayotgan bino va inshootlar “nol” xarid qiymatida sotiladi.

Ushbu markazlarni tashkil etilishida hamda respublikada oʻtkaziladigan xalq amaliy sanʼati festivallarida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga:

👉 kirish vizalari rasmiylashtirishda konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmaydi;

👉 koʻp martalik vizalar rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotiladigan mahsulotlar belgilandi

Tovar-xomashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–4484-son, 08.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

👉 davlat ulushi 50 % dan ortiq boʻlgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan oʻrnatiladigan kvotalar boʻyicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi.

Shuningdek, quyidagilar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotiladi:
👉 texnik moy, omuxta yem, xoʻjalik sovuni, neft eritkichi, neft parafini va mis kuporosi;
👉 mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar (respublikaning olis va yetib borish qiyin boʻlgan hududlarida joylashgan isteʼmolchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida oʻz savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizidan oshmaydigan hajmi bundan mustasno);
👉 isitish yoqilgʻisi, yoqish mazuti, suyultirilgan gaz va neft bitumi (maxsus isteʼmolchilarga oʻrnatilgan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotiladigan hajmlar bundan mustasno).

Qaror bilan birja faoliyatini amalga oshirishdagi quyidagi talab va shartlar bekor qilindi:
👉 birjada kamida 100 ta sotilgan (bepul taqdim etilgan) brokerlik oʻrinlari mavjudligi;
👉 birja faoliyatini amalga oshirishda tovar-xomashyo birjalari rahbarlari malaka talablariga muvofiqligi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Respublikadagi 10 ta OTM xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta oʻrindagi OTMlar roʻyxatiga kiritiladi

Prezident Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga muvofiq, oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik rivojlantiriladi, hududlarda oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 50 foizdan oshiriladi.

Shuningdek, respublikadagi kamida 10 ta OTM xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta oʻrindagi OTMlar roʻyxatiga, shu jumladan, Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti birinchi 500 ta oʻrindagi OTM roʻyxatiga kiritiladi.

Bundan tashqari OTMlarda oʻquv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkaziladi.

Farmon bilan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari kengashi negizida NNT shaklidagi Respublika oliy taʼlim kengashi tashkil etildi.

Kengashning asosiy vazifalaridan biri soʻrovlar oʻtkazish, jamoatchilik fikrini oʻrganish orqali oliy taʼlim sifatini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Shuningdek, Farmonga koʻra, respublika OTMlari rahbar xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishini boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idorani xabardor qilgan holda amalga oshirish tartibi joriy qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlandi

Hukumat qarori (846-son, 04.10.2019-y.) bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, respublika boʻyicha jami 8208 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari mavjud boʻlib, shundan 4748 tasi arxeologiya yodgorliklari 2250 tasi arxitektura yodgorliklari, 678 tasi monumental sanʼat yodgorliklari, 532 tasi diqqatga sazovor joylardir.

Qaror bilan madaniyat vaziriga zarurat boʻlganda tegishli buyruq bilan, obyektning nomi, davri va manziliga aniqlik kiritish (tushuntirish berish) huquqi berildi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi asosli zarurat paydo boʻlganida milliy roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida Hukumatga taklif kiritib boradi.

Milliy roʻyxatga kiritilgan obyektlarga tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin emas, xususiy mulk hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining ayrim tabiiy hududlari va obyektlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (853-son, 08.10.2019-y.).

Qarorga muvofiq, “Urungʻoch” koʻli va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb eʼlon qilindi.

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat oʻrmon xoʻjaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xoʻjalik tomonidan yerlari olib qoʻyilmasdan va obyektga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Qarorga koʻra, “Urungʻoch” tabiiy koʻli va unga tutash hududlarni oʻzgartirishlarsiz saqlash, togʻ ekotizimi oʻsimlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror koʻpaytirish “Urungʻoch” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi masʼul organ etib belgilandi.

2020-yil 1-martgacha tabiiy obyektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi

Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori (PQ-4486-son, 09.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2020-yildan boshlab suv yetkazib berish boʻyicha xarajatlarning bir qismini suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etiladi.

Shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlaridagi byudjet mablagʻlari ulushi bosqichma-bosqich kamaytiriladi.

Shu bilan birga:
👉 suv xoʻjaligi sohasidagi dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha kamida 10 ta ilmiy va innovatsion ishlanma amaliyotga joriy etiladi;
👉 suv xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasi isteʼmoli kamida 10 foizga qisqartiriladi;
👉 300 ta suv xoʻjaligi inshooti va gidrouzelda suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimi avtomatlashtiriladi;
👉 shoʻrlangan yer maydonlari ulushi 45 foizgacha kamaytiriladi.

Qarorga koʻra, Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi.

Agentlik suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni shakllantirish va ishlab chiqish hamda amalga oshirishga masʼul hisoblanadi.

Shuningdek, qarorga koʻra, suv xoʻjaligi vazirligi idora va tashkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 2019-yil 1-noyabrdan 1,1 va 2020-yil 1-yanvardan 1,2 miqdorda tuzatish koeffitsiyentini qoʻllash hisobiga ularning ish haqi oshiriladi.

2019-yil 1-noyabrdan boshlab suv xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari har chorakda tegishli tuman xalq deputatlari Kengashiga suv resurslarini boshqarish holati toʻgʻrisida hisobot kiritadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida Prezident qarori (PQ–4485-son, 09.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining muzey sohasida hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim (31.05.2019-y. Ashxabod shahrida imzolangan) tasdiqlandi.

Madaniyat vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari koʻtarildi

Qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari koʻtariladi.

Shu bilan birga, bojxona boji va aksiz soligʻi boʻyicha imtiyozlar ularning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qilinishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (856-son, 09.10.2019-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Apellyatsiya kengashi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bogʻliq boʻlgan apellyatsiyalarni sudgacha koʻrib chiquvchi kollegial organdir.

Apellyatsiya kengashi rais, uning oʻrinbosari, kengash aʼzolari va kotibdan iborat tarkibda faoliyat yuritadi. Adliya vaziri Apellyatsiya kengashi raisi hisoblanadi.

Kengash tarkibiga Vazirlik va Agentlikning malakali xodimlari, mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi. Intellektual mulk agentligi – Apellyatsiya kengashining ishchi organidir.

Kengash majlislari zaruriyatga koʻra rais tomonidan, u boʻlmagan taqdirda esa uning oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi.

Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs va ish boʻyicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis boʻlishidan kamida 10 kun oldin majlis oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt toʻgʻrisida yozma ravishda Agentlik tomonidan xabardor qilinadi.

Kengash apellyatsiya yoki arizalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha arizani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorlardan birini qabul qiladi.

Qaror yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 6 oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Grant mablagʻlarini jalb qilishda qatnashgan xodimlar ragʻbatlantiriladi

Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining donorlar bilan hamkorligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida takliflar ishlab chiqish boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, Farmonga koʻra, davlat organlari qiymati 100 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlgan grantlarni tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturlariga kiritgan holda jalb etadi.

Farmon bilan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Komissiyasining texnik koʻmagini muvofiqlashtirish byurosi (OʻzByuroKES) tugatildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Tashqi begʻaraz koʻmakni muvofiqlashtirish departamenti tashkil etildi.

Farmonga koʻra, 2019-yil 1-dekabrdan boshlab:
👉 Oʻzbekiston Respublikasiga donorlar delegatsiyalari tashriflarini va ularning rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlarini tashkil etish boʻyicha soʻrovlarni Tashqi ishlar vazirligiga oldindan yuborish muddati 30 ish kunidan 15 ish kunigacha qisqartiriladi;
👉 grant oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalarni, shuningdek, texnik koʻmak mablagʻlari toʻgʻrisida axborot va idoraviy hisobotni Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
👉 grant oluvchilar har chorakda olingan va oʻzlashtirilgan grantlar hamda amalga oshirilayotgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etadi;
👉 davlat organlari rahbarlari grant mablagʻlarini jalb qilishda bevosita qatnashgan hodimlarni mehnatga haq toʻlash minimal miqdorining 15 baravarigacha bir yoʻla mukofotlash tarzidagi ragʻbatlantirishga haqli boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin