Huquqiy axborot | Lotin
2.84K members
52 photos
8 videos
1 file
847 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Adliya_xabari
Senat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009-yil 3-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun maʼqullandi.

Maʼlumot uchun: Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi xalqaro hukumatlararo tashkilot boʻlib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar oʻrtasida doʻstlik va qoʻshnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va oʻzaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.

Hozirda ushbu tuzilmaga Ozarbayjon, Turkiya, Qirgʻiziston va Qozogʻiston respublikalari aʼzo hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Xabaringiz bor, adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz urush e’lon qilingan.

Bunda, Adliya vazirligi tizimidagi shu jumladan, adliya boshqarmalari, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, yuridik ta’lim muassasalaridagi korrupsiya ko‘rinishi haqidagi ma’lumotlarni telegramdagi @antikorbot boti orqali yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platforma orqali yuborish mumkin.

Bunda, yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat’iy sir saqlanishi kafolatlanadi.

Maxsus platforma havolasiga o‘tish manzili: http://www.minjust.uz/uz/anticorruption/feedback

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Xabaringiz bor, adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz urush e’lon qilingan.

Bunda, Adliya vazirligi tizimidagi shu jumladan, adliya boshqarmalari, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, yuridik ta’lim muassasalaridagi korrupsiya ko‘rinishi haqidagi ma’lumotlarni telegramdagi @antikorbot boti orqali yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platforma orqali yuborish mumkin.

Bunda, yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat’iy sir saqlanishi kafolatlanadi.

Maxsus platforma havolasiga o‘tish manzili: http://www.minjust.uz/uz/anticorruption/feedback

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
#Saylov_2019

Saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilindi

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga koʻra, 2019-yil 22-dekabr – Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni deb belgilandi.

Saylov boʻyicha saylov kampaniyasi 2019-yil 20-sentyabrdan boshlandi.

Saylovni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlar Konstitutsiya, Saylov kodeksi, shuningdek Asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan kanalda Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda saylov qonunchiligiga oid #saylov_2019 rukni ostida saylov qonunchiligiga oid materiallar ham berib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Hukumatning yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishning yangi tartibiga oid qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha yuzasidan fikrlaringizni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida qoldirishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Adliya_xabari
Hurmatli tadbirkorlar, Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil oktyabr oyi davomida “Adliya tadbirkorga doʻst” loyihasi doirasida tadbirkorlik subyektlarini homiylik va xayriya yordami koʻrsatish ishlariga majburiy jalb qilish, ularga nisbatan maʼmuriy va boshqa choralarni qoʻllash tahdidi ostida yigʻilishlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish holatlarini aniqlash boʻyicha anonim soʻrovlar oʻtkazilishi nazarda tutilgan.

Soʻrovnomada anonim ravishda yoki shaxsingizni koʻrsatgan holda ishtirok etiladi. Shaxsini koʻrsatgan ishtirokchilarning tadbirkorlik huquqlarini tiklash yuzasidan choralar koʻriladi.

Soʻrovnomada quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin:

🌐 http://bit.ly/2lSYnc5

Soʻrovnomada faol ishtirok etishingizni soʻraymiz.

Eslatib oʻtamiz, tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-4-moddasida hamda Jinoyat kodeksi 192-4-moddasida javobgarlik belgilangan.

@huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi tomonidan “Adliya tadbirkorga doʻst” loyihasi doirasida tadbirkorlarni noqonuniy homiylik ishlariga jalb qilishga qarshi aksiya eʼlon qilindi.

Aksiya doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda hududiy adliya organlari tomonidan respublikaning barcha hududlarida soʻrovlar oʻtkazish, shuningdek tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish, noqonuniy homiylikning barcha koʻrinishlariga qarshi zarur chora-tadbirlarni koʻrish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz “Adliya tadbirkorga doʻst” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha kotibiyati koʻmagida amalga oshirilmoqda.

Mazkur holatlarga barham berish maqsadida tadbirkorlarning noqonuniy homiylikka jalb qilishning har qanday koʻrinishi yuzasidan @tadbirkor_adliyabot yoki 1008 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: “Tadbirkorni homiylikka majburlama!” aksiyasini eʼlon qiladi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Adliya vazirligi tomonidan “Adliya tadbirkorga doʻst” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida “Tadbirkorni homiylikka majburlama!” shiori ostida tadbirkorlarni noqonuniy homiylik ishlariga jalb qilishga qarshi aksiya eʼlon qilindi. Ushbu aksiya oktyabr oyi davomida oʻtkaziladi.

Aksiya doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda hududiy adliya organlari tomonidan respublikaning barcha hududlarida soʻrovlar oʻtkazish, shuningdek, noqonuniy homiylikning barcha koʻrinishlariga qarshi zarur chora-tadbirlarni koʻrish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ushbu Aksiya orqali tadbirkorlik subyektlarini homiylik va xayriya yordami koʻrsatish ishlariga majburiy jalb qilish, ularga nisbatan maʼmuriy va boshqa choralarni qoʻllash tahdidi ostida yigʻilishlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish holatlarini aniqlash boʻyicha soʻrovlar oʻtkaziladi.

Soʻrovnomada anonim ravishda yoki shaxsingizni koʻrsatgan holda ishtirok etishingiz mumkin.

Shaxsini koʻrsatgan ishtirokchilarning tadbirkorlik huquqlarini tiklash yuzasidan zarur choralar koʻriladi.

Soʻrovnomada quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin: http://bit.ly/2lSYnc5

Bundan tashqari, mazkur holatlarga barham berish maqsadida tadbirkorlarning noqonuniy homiylikka jalb qilishning har qanday koʻrinishi yuzasidan @tadbirkor_adliyabot yoki 1008 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Aksiyada faol ishtirok etishingizni soʻraymiz.

Eslatib oʻtamiz, tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-4-moddasida hamda Jinoyat kodeksi 192-4-moddasida javobgarlik belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin