Huquqiy axborot | Lotin
2.66K members
69 photos
12 videos
1 file
979 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: tadbirkorning har bir taklifini koʻrib chiqamiz!

Siz tadbirkormisiz?

Qonunchilikdagi qarama-qarshiliklar...Ortiqcha talablarga duch keldingizmi?

Oʻz faoliyatingizni rivojlantirishga hissa qoʻshmoqchimisiz?

Unda takliflaringizni bizga ulashing!

Muammolaringizni eʼlon qiling!

Ularni birgalikda bartaraf etamiz!

Adliya vazirligi Sizga bu imkoniyatni taqdim etadi.

Takliflaringizni telegram messenjeridagi @tadbirkor_adliyabot boti orqali yuboring.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar ichida

Jahon banki: Biznes yuritishni yengillashtirishda eng katta islohotlar amalga oshirgan dunyodagi 20 ta top davlatlar ichida Oʻzbekiston ham eʼtirof etildi.

Jahon banki “Biznes yuritish” xalqaro reytingi doirasida oxirgi bir yil ichida biznesni yuritishda yengilliklarni nazarda tutuvchi eng koʻp islohotlarni amalga oshirgan 20 ta davlatni eʼtirof etdi. Bular ichida Oʻzbekistonda 5 ta yoʻnalishda amalga oshirilgan qadamlar alohida tan olindi.

Jahon banki xabariga koʻra, Oʻzbekiston oxirgi davrda minoritar investorlarni himoya qilishni mustahkamlagan, soliqlar toʻlash tizimini soddalashtirgan, shartnomalarni ijrosini amalga oshirishni kuchaytirgan, shuningdek tashqi savdo yoʻnalishida sezilarli yangiliklar kiritgan.

Bunday tashqari, tijorat tashkilotlarida mustaqil kengash aʼzolari boʻlishi yuzasidan yangi talablar va audit qoʻmitalarining mavqei mustahkamlandi.

Infratuzilma soliqlari foyda soligʻi bilan birlashtirilgani ham alohida taʼkidlangan. Jahon banki mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qadamlarni ham eʼtirof etib, bu borada yagona huquqiy baza shakllanganini va mediatsiyadan foydalanishni ragʻbatlantirish mexanizmlari joriy etilganini taʼkidlagan.

Bojxona sohasida esa xavf-hatarni tahlil qilish asosida tekshiruvlarni amalga oshirish tartibotlari kiritilganini ham maʼqullagan.

Adliya vazirligi ushbu yoʻnalishda islohotlarni olib borishda ishtirok etgan barcha tashkilotlar va ularning mutasaddilarini ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Keksalar haftaligi” belgilandi

Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori (816-son, 27.09.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019-yildan boshlab har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.

Shuningdek, qarorga koʻra:
👉 vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalarida rahbar oʻrinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari uchun masʼul etib belgilanadi va “Faxriylar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtiradi;
👉 mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida boʻlgan mehnat faxriylarini taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini oʻtkazib borish amaliyoti joriy etiladi.

“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi asosida keksa avlod vakillarining respublika boʻylab tarixiy shahar va ziyoratgohlarga sayohati uyushtiriladi.

Qaror bilan, shuningdek, “Keksalar maslahati” guruhlari toʻgʻrisida namunaviy nizom tasdiqlandi.

Ushbu guruhlarning asosiy maqsadi keksalarning muammolarini manzilli oʻrganish va bartaraf etishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi hamda yetakchi maslahatchi lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
👉 oliy yuridik maʼlumot;
👉 yuridik sohada 3 yildan kam boʻlmagan uzluksiz mehnat staji;
👉 normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tajribasiga bevosita ega boʻlish, qonunchilik texnikasini yaxshi bilish;
👉 ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkaza olish, tahliliy maqolalar va boshqa materiallar tayyorlay olish;
👉 qonun hujjatlarining mohiyatini tushunish va tushuntira olish;
👉 kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlish;
👉 davlat tilini va ingliz tilini mukammal bilish (rus tilini ham bilish ustunlik beradi);
👉 yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;
👉 tashabbuskorlik, jonbozlik hislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega boʻlish.

Ish haqi va ijtimoiy himoya:
👉 oylik ish haqi – 4-7 mln. soʻm.
👉 bayram va boshqa muhim sanalar munosabati bilan mukofot pullari;
👉 qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba moddiy yordam;
👉 adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalarini olish imkoniyati;
👉 chet ellarga xizmat safarlari va amaliyotga borish imkoniyati;
👉 mehnat natijalariga qarab boshqa afzalliklar.

Murojaat uchun:

Hohlovchilar oʻzlari haqidagi maʼlumotlarni (oʻqigan OTMlari, mehnat tajribasi, fotosurati, yashash manzili va telefon raqamlarini koʻrsatgan holda) tadqiqotinstituti@adliya.uz elektron pochtasiga yuborishlari mumkin.

Maʼlumot uchun telefon: 71 268 28 45, 97 157 99 68.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etiladilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan mashaqqatli va sharafli kasb egalarini samimiy qutlaydi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Eslatma

📌 Hafta davomida (23-28-sentyabr kunlari) qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar: ⬇️

▫️ Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Farmon Prezident tomonidan imzolandi. Batafsil.

▫️ Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi “Surxongeologiya” davlat korxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Respublika baxshichilik sanʼati markazi va uning huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Yoʻlboʻyi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ 2019-2020-yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Hukumat qarori bilan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Batafsil.

▫️ Hukumat qarori bilan Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Batafsil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (819-son, 27.09.2019-y.) bilan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, olib qoʻyilgan tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun etib belgilandi.

Shuningdek, davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulklar sotilishini taʼminlashda mahalliy hokimiyat organlari savdo oʻrinlari va yarmarkalar tashkil etish orqali savdo tashkilotlariga koʻmaklashadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Mexnat kodeksiga asosan ish haqi toʻlanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga toʻgʻri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida toʻlanadi.

Shu bilan birga, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Faxriy unvonlarga ega sportchilar hokim maslahatchilari boʻladi

Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish hamda sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (820-son, 30.09.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi” unvoniga, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi”, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvonlariga ega boʻlgan sportchilar, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari Andijon viloyati tuman (shahar) hokimlariga jamoatchilik asosida jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha maslahatchi etib biriktiriladi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi mavjud oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarining mazkur qarorda belgilangan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida pedagogik amaliyot oʻtashi tashkil etiladi.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Andijon davlat universitetining sirtqi boʻlimida “Sport faoliyati” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (826-son, 30.09.2019-y.)

Qarorga muvofiq, 2019-yil oktyabrdan Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻi optimallashtiriladi.

Shunga koʻra, Toshkent shahridagi 49 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan:

👉 18 tasi – koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari etib;

👉 31 tasi – umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari etib qayta tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etildi

Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi “Barkamol avlod” respublika va hududiy bolalar markazlari negizida Respublika va hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etildi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida “Bolalar kutubxonalari” tashkil etildi.

Bundan tashqari, qarorga koʻra, 2020-2023-yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida “Barkamol avlod” bolalar maktablari huzurida 100-200 oʻrinli “Bolalar sayyohlik bazalari” tashkil etiladi.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “STEAM –taʼlim” dasturi joriy etiladi.

Qarorga muvofiq, “Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2020-yil 1-yanvardan:

👉 direktor va direktor oʻrinbosarlari uchun 1,55 baravarga, toʻgarak rahbari uchun 1,5 baravarga oshiriladi;

👉 instruktor-uslubchilar va uslubchilar mehnatiga haq toʻlash bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib amalga oshiriladi hamda ularning bazaviy tarif stavkalari toʻgarak rahbarlarinikiga tenglashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan mashaqqatli va sharafli kasb egalarini samimiy qutlaydi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari oshdi

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari rahbar, oʻqituvchi va konsertmeysterlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, bolalar musiqa va sanʼat maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2019-yil 1-oktyabrdan:
👉 direktor va direktor oʻrinbosarlari uchun – 1,5 baravarga;
👉 oʻqituvchilar va konsertmeysterlar uchun – 1,25 baravarga oshirildi.

Shuningdek, qarorga koʻra:
👉 ilgʻor xorijiy tajriba asosida bolalar musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim sifatini baholashning zamonaviy tizimi ishlab chiqiladi;
👉 bolalar musiqa va sanʼat maktablari rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida saralash amaliyoti joriy etiladi;
👉 ushbu maktablar rahbar xodimlarining masofadan turib malakasini oshirish tizimi tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (818-son, 27.09.2019-y.).

Qaror bilan, 78 turdagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning koʻp miqdor koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar hamda axborot vositalarining kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi boʻyicha axborotini, dori vositalarini notibbiy maqsadlarda isteʼmol qilish monitoringi natijalarini koʻrib chiqish Ekpert guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ekspert guruhi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Turizm mavsumida “Registon” kompleksi yarim tungacha ishlaydi

Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (828-son, 30.09.2019-y.).

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan hududlardan tashqari Samarqand shahridagi yer uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun “E-IJRO AUKSOIN”da elektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladi.

Shuningdek, shaharning “Universitet hiyoboni”, I. Karimov, A. Navoiy va Pushkin koʻchalarida xususiy investorlarni jalb qilgan holda 2019-2021-yillarda turizm infratuzilmasi tashkil etiladi.

Qarorga koʻra:
👉 “Bogʻi baland” va “Bogʻi Shamol” bogʻlari joylashgan joyni aniqlash orqali qayta tashkil etiladi va tarixiy qiyofasi qayta tiklanadi;
👉 “Sheroz qalʼa” , “Dobussiya”, Revdat shaharchasi – Kofir qalʼa, Afrosiyob shaharchasidagi arxeologik yodgorliklar YUNESKO bilan kelishgan holda restavratsiya qilinadi;
👉 arxeologik yodgorliklar hududida “ochiq osmon ostidagi” muzeylar tashkil qilinadi va tashrif buyuruvchilarni elektron hisobga olish tizimi joriy etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab, turizm mavsumi davomida (mart-noyabr) “Registon” kompleksi har kuni soat 7:00 dan 24:00 gacha ishlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mahalliy undan qolipli non ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozi belgilandi

Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (829-son, 30.09.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyulgacha faqat mahalliy dondan ishlab chiqarilgan undan tayyorlangan qolipli non ishlab chiqarish va sotish QQSdan ozod etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab
import qilinganda QQSga tortilgan donni qayta ishlash korxonalari QQS boʻyicha soliqqa tortiladigan aylanmani Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.

Shuningdek, qaror bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra yuridik shaxslar belgilangan roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch uchun QQS toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyoz bekor qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va realizatsiyasini monitoring qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (834-son, 02.10.2019-y.) bilan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Davlat soliq qoʻmitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.

Ushbu maʼlumotlar asosida tadbirkorlarning hisobotlari, shuningdek, soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida tegishli tashkilotlardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazorat oʻtkaziladi.

Kameral nazorat natijasida tafovut aniqlansa, soliq toʻlovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabnoma yuboriladi.

Tadbirkorlarning faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilsa, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Adliya vazirligida yangi tayinlovlar

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Nodir Xudayberdiyevich Jumanyozov vazirlikning Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

N. Jumanyozov shu kunga qadar vazirlikning Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasining boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

_______

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Saydaxmedov Akbar Akmalovich vazirlikning Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasining boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

A. Saydaxmedov shu kunga qadar vazirlikning Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

_______

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Nozimbek Mansurbekovich Rustambekov Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

N. Rustambekov shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi yangi lavozimga tayinlanganlarni muborakbod etadi. Ularning kelgusi ishlarida omad tilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Huquqiy axborot” telegram kanali 2 yoshga toʻldi

Oʻz vaqtida huquqiy axborot tarqatishning innovatsion va tezkor usuli sifatida ishga tushirilgan kanal bugungi kunga kelib yuz minglab insonlar uchun ishonchli axborot manbaiga aylandi. Kanal obunachilari soni 200 mingga yaqinlashayotgan ushbu kunda Sizlarga bizni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Ishonchingiz biz uchun qadrli!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin