#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (743-son, 06.09.2019-y.) bilan Koʻchma va qatnash tusidagi ishlar bilan bogʻliq ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, koʻchma yoki qatnash tusidagi ishlarning xususiyati va ustamalar miqdori ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuziladigan mehnat shartnomasida koʻrsatiladi.
Ishning koʻchma xususiyati uchun ustama tashkilot joylashgan joydan ish (obyekt) joyiga muntazam xizmat safarlarini amalga oshirish bilan bogʻliq ishni, biroq har kuni yashash joyiga yoki tashkilot joylashgan joyga qaytib kelish mumkin boʻlgan obyektlarda ishni bajaruvchi xodimlarga, shuningdek, doimiy ishi yoʻlda oʻtadigan xodimlarga belgilanadi.
Ishning qatnash xususiyati uchun ustama ishlab chiqarish zarurati tufayli har kuni doimiy yashash joyiga qaytib kela olmaydigan xodimlarga ularning doimiy yashash joyidan uzilganligi bilan bogʻliq oshgan xarajatlarni qoplash maqsadida belgilanadi.
Bunday ishlar uchun ustamalar belgilanadigan xodimlar kasblari va lavozimlari roʻyxati, shuningdek, ustamalar miqdori ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda belgilanadi va jamoa shartnomasida koʻrsatiladi.
Bunda ustama miqdori respublika hududida belgilangan bir oylik eng kam ish haqi miqdoridan oshmasligi kerak.
Shuningdek, belgilangan miqdorlardan oshmaydigan koʻchma va qatnash tusidagi ishlar uchun toʻlangan ustamalarga daromad soligʻi solinmaydi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Kinologiya xodimlari uchun qabul kvotasi ajratiladi
Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (750-son, 09.09.2019 y.).
Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlarining xizmat itlari naslchilik pitomnigi, kinologiya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limlari hamda tumanlararo kinologiya guruhlari tashkil etildi, ularning vazifalari belgilandi.
✅ Qarorga ko‘ra:
👉 og‘ir, o‘ta og‘ir, shaxsga qarshi jinoyatlarni xizmat itlari ishtirokida fosh etgan kinologiya xodimiga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari miqdorida pul mukofoti beriladi;
👉 kinologiya bo‘linmalari xodimlari uchun har yili Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida sirtqi ta’lim olishga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining bir foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi.
Qaror bilan Ichki ishlar vazirligining alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar uchun “3 - toifali kinolog”, “2 - toifali kinolog” va “1 - toifali kinolog” idoraviy ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.
Shuningdek, qaror bilan kinolog xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan maxsus malaka toifasi berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
✅ Nizomga ko‘ra, maxsus malaka toifasi uchun to‘lov mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining:
👉 “3 - toifali kinolog” uchun – bir baravari miqdorida;
👉 “2 - toifali kinolog” uchun – ikki baravari miqdorida;
👉 “1 - toifali kinolog” uchun – uch baravari miqdorida belgilandi.

#Bilasizmi
Xususiy notariuslar boʻyicha 5 muhim savol
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Xususiy notariuslar boʻyicha 5 muhim savol
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Sudya boʻlish uchun kamida 35 yosh talab etiladi
“Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ-566-son, 10.09.2019-y.).
Qonun bilan 10 dan ortiq qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Sudlar toʻgʻrisidagi Qonunga kiritilgan oʻzgaritishlarga koʻra, endilikda sudyalik uchun 35 yosh boʻlish talab etiladi (ilgari 30 yosh edi).
Shuningdek, sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan zaxiradagi nomzodlar Sudyalar oliy maktabida oʻrtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda oʻqishi belgilandi (ilgari, oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan).
Qonun bilan Xalq maslahatchilarining ham yoshi 35 yosh etib belgilandi (ilgari 30 yosh edi).
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tashkil etildi
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi (PF-5817-son, 11.09.2019-y.)
Farmon bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tashkil etildi.
Agentlik isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Farmonga koʻra, Agentlikka isteʼmolchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, uni buzgan shaxslarga nisbatan chora koʻrish uchun sudga murojaat qilish kabi huquqlar berildi.
Shuningdek, Agentlik chakana savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida tovar va xizmatlarning nazorat xaridini oʻtkazishi, ularni ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil qilishi mumkin.
Agentlik va Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari sudga kiritiladigan daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
Agentlikka Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (760-son, 11.09.2019-y.). qabul qilindi.
Qarorga koʻra, yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha boʻlgan qismi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻi hisobiga 7 yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng boʻlgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi (hozirga qadar boshlangʻich badal Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan toʻliq toʻlab berilgan).
Shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgach keyingi butun muddat uchun hisoblangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻi hisobiga toʻlanadi.
✅ 2020-yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun:
👉 dastlabki badallar hamda kredit boʻyicha birinchi besh yildan keyingi foiz toʻlovlari yosh oilalarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
👉 kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida Prezident Farmoni (PF–5819-son, 12.09.2019-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2020-yil 1-yanvardan Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan koʻp boʻlmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Hukumat qarori (759-son, 11.09.2019-y.) bilan Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga endilikda test sinovi natijalari boʻyicha 49,5 balldan (55 foiz) yuqori ball olgan nomzodlar suhbatdan oʻtishga tavsiya etiladi (hozirga qadar bu koʻrsatkich 67,5 ballni (75 foiz) tashkil qilgan).

Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori (754-son, 09.09.2019-y.) qabul qilindi
Qaror bilan Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Ushbu sohadagi vazifalardan biri aholini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish, himoya vositalaridan foydalanishga oʻrgatishdan iborat.
Endilikda har haftaning chorshanba kunlari aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki yongʻinlar profilaktikasi boʻyicha tayyorlash tabdirlari oʻtkaziladi.
Shuningdek, yurtimizga tashrif buyurayotgan turistlarga favqulodda vaziyatda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha suhbat oʻtkaziladi, ularga yoʻriqnoma, buklet va eslatmalar tarqatiladi.

#Tayinlov
Hukumat qarori (763-son, 12.09.2019-y.) bilan Minxajidin Mirzajanovich Xodjimatov Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining rahbari etib tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar ushbu lavozimda Alisher Keldiyevich Kadirov faoliyat yuritgan.

Hukumat qarori (762-son, 12.09.2019-y.) bilan Firdavs Fridunovich Abduxalikov “Oʻzbekkino” Milliy agentligining bosh direktori etib tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar ushbu lavozimda Furkat Shakirovich Zakirov faoliyat yuritgan.

Hukumat qarori (756-son, 11.09.2019-y.) bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
✅ Nizomga koʻra, eksport qiluvchi tashkilotlarga Agentlik tomonidan quyidagi miqdorlarda moliyaviy yordam taqdim etiladi:
👉 respublika va xorijda xalqaro standartlash va sertifikatlash tizimlarini joriy etish – 100 foiz, lekin 20 000 AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
👉 taqdimot va reklama kompaniyalarini oʻtkazish - 100 foiz, lekin bir korxona uchun yilning bir choragida 5 000 AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
👉 xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish – 50 foiz miqdorda;
👉 xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish - 100 foiz, lekin 10 000 AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
👉 xorijiy mamlakatlardagi biznes-seminar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish – Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan smetaga muvofiq;
👉 kelgusidagi koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish – 100 foiz miqdorda.

O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va davlat bojini to‘lagan chet el fuqarolari, shuningdek hayvonlarni ovlash uchun haq to‘laganlar sport va havaskorlik ovini amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnoma sport, havaskorlik va tayyorlov ovini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat hisoblanadi.

“Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ-567-son, 12.09.2019-y.).
Qonun bilan 10 dan ortiq qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi.
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.

Davlat xizmatlarining yagona reyestri yangilandi
Davlat xizmatlarining yagona reyestri Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami: 3181, 13.09.2019-y.).
Mazkur Reyestrda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan 716 ta davlat xizmati haqidagi maʼlumotlar oʻrin olgan (shu kungacha ushbu Reyestrda 693 ta davlat xizmatlari mavjud edi).
Eslatib oʻtamiz, Prezident Farmoniga (PF-5278-son 12.12.2017) muvofiq, 2018-yil 1-iyundan boshlab Davlat xizmatlarining yagona reyestriga kiritilmagan davlat xizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-sentyabrdagi 768-son qaroriga asosan Sherzod Negmuratovich Batirov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Hukumat qarori (767-son, 13.09.2019-y.) bilan Nozima Alimjanovna Fayzibayeva Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur Agentlik 2019-yil 9-sentyabrdagi Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.

Sunatulla Xusanovich Bekenov Prezident qarori bilan (13.09.2019y., PQ–4450) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, S.X.Bekenov shu kunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (765-son, 12.09.2019-y.)
Qaror bilan sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan oʻtkazish, malaka attestatini berish, attestat olish uchun oʻqitish va malaka oshirish tartiblari belgilandi.
Sud boshqaruvchisi – bankrotlik taomillarini oʻtkazish uchun iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan shaxs.
✅ Sud boshqaruvchisi quyidagi asosiy malaka talablariga mos kelishi zarur: ⬇️
👉 oliy maʼlumotli boʻlishi;
👉 kamida ikki yil mehnat stajiga ega boʻlishi;
👉 Davlat aktivlarini boshqarish agentligida attestatsiyadan oʻtgan boʻlishi lozim.
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari sud boshqaruvchisi tomonidan oʻz vazifalariga rioya etilishini nazorat qiladi.
✅ Sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimiga quyidagilar kiradi:
👉 qisqa muddatli kurslar – 100 va undan ortiq oʻquv soatlari;
👉 qayta tayyorlash (malakasini oshirish) – 30 va undan ortiq oʻquv soatlari;
👉 sud boshqaruvchilarining oʻquv dasturiga muvofiq stajirovkalarini oʻtkazish.
Sud boshqaruvchisi har ikki yilda malakasini oshiradi va unga tegishli sertifikat beriladi.