Think
30 subscribers
72 photos
29 videos
3 files
78 links
Download Telegram
Bank ilovasiga qani, qancha pulim bor ekan deb kirmayman. Ilovadan kerakli paytda, oʻtkazmalar, xizmatlar uchun toʻlovlarda foydalanaman. Bugun ham xuddi shunday ish boʻldi, oʻtkazma uchun ilovaga kirdim, ilova yuklanmadi. Uzum bank ilovasidan foydalanaman, kartalarim, hisob raqamlarim faqat shu ilovaga ulangan. Ilova naqd 20 daqiqacha ishlamadi. Tasavvur qiling, siz kassa oldida ilovangiz ishlashini kutyapsiz, uzun navbat bilan. Yoqimli holat emas. Menda boshqa ilovalar ham bor, lekin ularda maʼlum kartalarim ulangan xolos. Chunki hamma ilovaga kartalarni ulab chiqish menimcha xavfsizroq emas. Shu kungacha jismoniy kartadan toʻlovlarda deyarli foydalanmayman,faqatgina bankomatlarda, chunki ularda NFC funksiyasi toʻliq ishlamaydi.

Pastda xafa boʻlgan holatimdagi rasm.
Click 14-fevralga shundan sovgʻa qililar depti. Qiziq
Bu kitob ham qiziqarli 14-fevral uchun.
https://baburnama.modya.me/
Anchadan beri guruchli ovqat yeyman, yengil va turli ovqatlar guruch bilan tayyorlanishi uchun ham, ayniqsa osh!
Bugun ham Yevropadagi doʻstim turk oshxonasida iftorlik qilib berdi , taom nomi esimda qolmadi, lekin guruchi borligi uchun rasmga ovoldim.
Paysend degan yoqimli ilova bor, u bilan xalqaro oʻtkazmalar, oʻzbekchasiga aytganda chet eldagi doʻstizga pul yuborishiz mumkin, oʻzbek kartadan oʻzbek boʻlmagan kartaga va aksincha . Ilova doimiy meni promokodlar bilan bayramlarda tabriklab turadi. Mana bu safar ham unutmadi, baraka topsin. Muammo bor, meni chet elda qiz-ayol doʻstlarim yoʻq, shunga uni sovgʻasini ololmadim, qanchalar qaygʻuli.
Kech soat 9 lar atrofida uyga qaytdim. MacBook’imni ochib, AI agentim — OpenClaw’ga oddiy topshiriq berdim: Telegram kanalni tekshir, agar anchadan beri post chiqmagan bo‘lsa, hozir trendda bo‘lgan mavzuda (masalan, AI haqida) post tayyorla va kanalga joyla.

Openclaw meni maʼlumotlarim bilan ishlay oladi, lokal ishlatganim uchun MacBookda qotmasdan ishlaydi. Oddiy chatbotdan farqi,bu vazifani qila oladi,masalan shu telegram postni yozgani kabi,men faqat topshiriq berdim xolos,na yozganini nusxalab kanalga joyladim,telegram API bilan ishlay oladi agent.

Shu payt o‘zim esa boshqa noutbukimda bemalol o‘tirib, amerikacha sitkom ko‘rishni boshladim. Xavotirsiz.
Think
Kech soat 9 lar atrofida uyga qaytdim. MacBook’imni ochib, AI agentim — OpenClaw’ga oddiy topshiriq berdim: Telegram kanalni tekshir, agar anchadan beri post chiqmagan bo‘lsa, hozir trendda bo‘lgan mavzuda (masalan, AI haqida) post tayyorla va kanalga joyla.…
Hazil, hozircha AI agentdan foydalanishga ehtiyoj yoʻq, lekin rostdan ham openclaw yaxshi ishlayapti, har holda yomon feedback eshitmadim hali, bittagina Qoʻshma shtatlar yomonlab chiqdi . Lekin rostdan ham Amerikancha sitkom koʻrayapman .
Yaqin kunlarda Cal Newportning bir kitobini oʻqiyapman. Kitobda tahminan bunday jumla bor : "Sayoz ish:Aqliy zoʻriqish talab qilmaydigan , logistik xarakterdagi , koʻpincha chalgʻishlar bilan ham bajariladigan ish. U katta qiymat yarata olmaydi va hammani qoʻlidan keladi".

Odatiy hozirgi odamlarning hayoti, balki orangizda minimum darajada texno ludditlar(hozirgi kundagi tarjimasi texnologiyaga qarshi) saqlanib qolgandir, lekin koʻpchilik insonlar hayoti gadjetlar atrofiga qurilib boʻldi. Butun tizim shuni atrofida. Akmal akani mana shu posti ham shu haqida ekan. Umuman Akmal akani kanaliga obuna boʻlish mumkin, tepadagi kabi Ai haqida bilish uchun . Tez orada yana boshqa AI atrofidagi trendlar haqida yozadigan bloglarni ulashaman.

Stay tuned.
Korzinkada yanada arzon narx siyosati bor, xuddi Walmart kabi. Mana rasmdagi ichimlikni ishlab chiqaruvchilardan ham arzonga sotishyapti.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli video.

Ha aytgancha, agar yaqin orada ish qidirib yurgan boʻlsangiz bekor qiling. Baribir AI ham ish qidirib yuribdi va u sizdan yaxshiroq 🙂.
Bahor boshida hovlidagi yosh daraxtlarni shoxlarini kaltalagandim, gullab ancha chiroyli koʻrinyapti endi.
Oʻzi bogʻ parvarishlash, sabzavotlar yetishtirish yaxshi odat, odamni tarbiyalashi mumkin sabrli boʻlishga. Oʻzimni bogʻbonman deya maqtana olmaymanu, oyimni gullariga qarashib turaman. Shahar tashqarisida ham eski bogʻimiz bor, yoshligimda yordamlashardim uydagilarga. Shunga qiziqarli ish, erinib ishlasam ham .
Internet shanbaligi

Yahudiylar uchun shanba — oddiy dam olish kuni emas, balki qadimdan kelayotgan muqaddas an’ana. Ular ishonishicha, Xudo dunyoni olti kunda yaratib, yettinchi kuni dam olgan. Shu sababli shanba ham “to‘xtash”, “tinchlanish” kuni sifatida qaraladi.
Bu kunda ular ishni chetga surib, oila bilan vaqt o‘tkazadi, ibodat qiladi va hayotning shoshilinch ritmidan biroz chiqib, ruhiy tinchlikka e’tibor beradi, bu kun — ishlash uchun emas, yashashni his qilish uchun.

Xuddi shu narsani,yaʼni yahudiylar shanbasiga qiyoslangan "internet shanbaligi" ni 2010-yillar,aynan internet endi AQSHliklarni maftun qilayotgan davrda bir jurnalist ommalashtirgan ekan. Maqsad odamlarni chalgʻituvchi FOMO(fear of missing out -biror narsani oʻtkazib yuborishdan qoʻrqish) ,maqsadsiz minglab pochta xabarlaridan chalgʻish . Qiziq, hozir internet shanbaligi aktualmi? Raqamli detoksni qanday nazorat qilyapsizlar .