Think
Umuman olganda Oʻzbekiston hali kontentga umuman toʻlmagan, kontentmeykerlar ham kam va bir sohaga jamlanib qolishganday. Kamera, muammo va sizda unga yechim bormi, shartda videoni yoqib hammasini yozib oling va uni Youtubega joylashtiring. Yaqinda mashinamda…
Qiziq.
Mahalla marketoligi aytishi boʻyicha reklamalar mikro blogerlar darajasida samaraliroq boʻlib borayotgan emish. Demak kontentmeyker boʻlishizga Covid-19 dan keyingi eng yaxshi vaqt hozir .

Bugun ishlar ertaroq tugaganiga kofega bordim , bekatda tayyorlanadigan kofe. Ham tez, ham doim parkovkasi boʻladi.
Odatdagidek sutli buyurtma berib kutib turdim, tayyorlashdi va toʻlab, qaytimni oldim. Menga koʻproq qaytarishdi, menyuga qarab qoʻlimdagi pulni qayta sanadim. Menga qaragan bolaga qarab narxi qancha deb soʻradim, arzon narx aytdi, lekin menyuda boshqacha narx, menga koʻp qaytarding deb uni pulini qaytardim. Menga qarab yoʻgʻe, narx shunaqa ekanmi deb qarab qoldi . Normal, hamma adashadi. Sovishini kutib turdim koʻcha havosida, mashinani ichida ichgandim, u menga boshqa kofe tayyorlab berganini va oʻsha tayyorlagan kofesini narxini aytganini tushundim. Zarardaman derdimu, kofeni opam oberdi.

Yana Multicard.
Kanalda aksiyalarimdan olgan dividend haqida yozgan edim. Bu aksiyalarni multicard ilovasi orqali sotib olganman. Bu xizmatni, yaʼni oʻzbek fond bozorida savdo qilish imkoniyatini beruvchi ilovalar bugungi kunda koʻpaygan, lekin men multicard ilovasi haqida bilganim uchun shu haqida gaplashamiz.
Talabalik yillarimda aksiyalar haqida qiziqardim. Oʻzbek fond bozori haqida maʼlumotlar qidirardim. Qayerdandir multicard ilovasi haqida eshitib qoldim. Ilova orqali oʻzbek fond bozorida savdo qilish mumkin. Ilova haqida ilk eshitganlardan edim deyarli. Chunki koʻpchilik ilova tugul, oʻzbek fond bozorida savdo qilish hammaga emas deb bilishardi. Ilovani yuklab, undan roʻyxatdan oʻtdim va bilganimcha bir necha kompaniya aksiyalarini sotib oldim va baʼzilarini zarar bilan sotvordim. Keyinchalik jahon fond bozorida savdo qilish haqida oʻylab, kurs sotib oldim. Hozirgacha kursdan foydalanaman va ustozlarim ham hozirgacha daromad qilish mumkin boʻlgan aksiyalarni ulashib turadi.Lekin menga ajratilgan byudjet jahon fond bozorida savdo qilish uchun yetarli emasligi sababli, oʻzbek fond bozorida savdo qilishga eʼtibor qaratdim.
Tepada aytganimdek, ilk foydalanuvchilardan biri boʻlganman. Ilovani doʻstlarim va baʼzi universitet oʻqituvchilarimga ham tavsiya berganman va roʻyxatdan oʻtish va qanday savdo qilish haqida ham yordam berganman.
Oʻzi nega aksiyalar haqida gapirib qoldim? Rivojlangan mamlakatlarda,xususan AQSHda aholi aksiyalar orqali ham boyiydi. Brokerlar yollashadi, dividend toʻlaydigan aksiyalar sotib olishadi yoki bu sohani yaxshi biladigan agentlik, institutlarga oʻz pullarini boshqarishga berishadi. Bu yoʻl orqali Oʻzbekistonda ham boyish mumkin, lekin bizda aktivlarizni toʻliq boshqarib, foydaga olib chiqadigan agentliklar kam yoki deyarli yoʻq. Shunga mustaqil ravishda bozorda ishtirok etishni maslahat beraman, lekin aholini hamma qatlami ham bu bozorda savdo qilishni bilmaydi. Shunga baribir bizga AQSHdagi kabi agentliklar kerak.
Bu bozorda sabr ham asosiy indikatorlardan biri, sabrli boʻlsangiz foyda olishingiz mumkin. Oʻtgan yili qaysidir sanada bir nechta aksiyalar sotib olganimdan keyin umuman ilovaga ham kirmadim, bugun qiziqib kirgandim, aksiyalarim umumiy portfeli 165% ga,eng yuqori oʻsgan aksiyam esa 250% ga oʻsibdi. Men shunchaki sotib oldim va bu haqida unutdim. Menimcha foydadaman. Qiziqarli tuyulsa ilovani yuklang, ozgina bu haqida bilish ham zarar qilmaydi.
P/s Bu postni yozishga bir tanish akam va bugungi aksiyalarimni oʻsgani sabab boʻldi.

Bugun tush koʻrayotganimda kimnidir shovqinidan uygʻonib ketdim. Oldinlari tushimni davomini koʻrish uchun qayta uxlash kerak deb oʻylardim. Bugun negadir tushni davomini sunʼiy intellektda yasagim kelib qoldi, chunki rostdan ham tushni qanday yakunlashni oʻziz xohlaganday amalga oshirsa boʻladi. Qiziq zamon.
Kripto kelajak
Agar allaqachon oʻzizni qari hisoblasez, siz qogʻoz pul davrini koʻrgan odamsiz, sevimli odam. Hammasi oddiy, sizda pul bor, uni his qilasiz, yaxshi koʻrasiz va baʼzida shu qogʻozmi hayot mazmuni deb nola ham qilasiz. Bir muncha upgrade'lardan soʻng sizda maishiy hayot uchun qogʻoz pul kerak boʻlmay qoldi, xatto yirik summalar ham havoda tashiladigan boʻlib qoldi va bu odatiy. Qogʻoz pul asosan valyuta shaklida ishlatilmasa, hayotimiz naqdsiz pul shakliga oʻtib boʻldi, infratuzilma ham shunga moslashgan.
Endi xuddi oʻsha naqdsiz pul kriptoga oʻtadi. Kripto bu hech qanday markaziy bank va hukumat nazorat qila olmaydigan pul, tranzaksiya tez, xizmat haqi deyarli yoʻq, blokcheyn texnologiyasi va qiziqarli narsalar. Kartadan pul oʻtkazish kabi kripto hamyondan ham xuddi shunday toʻlovlar amalga oshira olasiz, xatto toʻyona ham berish mumkin 😁.
Yangi upgrade'ga tayyorlanish kerak.
P.s: YouTube havoladagi media boshqa kontekstlar bilan ham boyitilgan ekan.
P.p.s:Postdagi video mashhur tanga Not

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin yillarda xizmat koʻrsatish biznesi juda rivojlandi. Koʻchada ovqatlanish, internet kafelar,maishiy xizmatlar va boshqa qiziqarli narsalar. Masalan, Toshkentda uy ichidan axlatlarni oʻzlari olib ketish xizmatini taklif qilishgani koʻrgan boʻlsangiz kerak. Lekin bu ham bir xizmat va undan foydalanuvchilar bor. Tayyor ovqat yetkazib berish mayli, lekin bozorlik qilib kelishni oʻz zimmasiga oluvchilarni endi normal qabul qilganimizda bu ortiqchadek koʻrinadi. Lekin odamlar koʻp, gʻoyalar koʻp. Hamma daromad koʻrishni istaydi.
Oʻzi gap bu haqida emas. Mana shunaqa xizmatlar bozori fonida qiziqarli bir kasb paydo boʻldi. Sirli mijoz! Qizigʻa, siz qaysidir ovqatlanish joyiga borasiz, oʻzingizga yoqqan taomni buyurtma qilasiz, atrofni kuzatasiz, va xodim bilan suhbatni yozib olishingiz soʻraladi. Orzudagi kasb nominatsiyasida 3-oʻringa arziydigan kasb. Sirli mijozdan asosan statistik agentliklar koʻproq foydalanishadi, joylar, boshqa xizmatlarni baholab umumiy reyting yaratish yoki pulli tavsiyalar berish uchun. Banklar ham oʻzlarini samaradorligini oshirish uchun bu kasbdan koʻproq foydalanadi.
Lekin gap bu haqida ham emasdi. Gap internetning har birimizga bergan alohida imkoniyatida. Siz restoranga bordiz,ovqatlandik va servis sizga umuman yoqmadi. Hamma ham rasvo servisni restoran administratoriga ayta olmaydi,uyiga keladi, restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntiga yoki oʻzining blogida rasvo servis haqida yozishadi yoki aksincha, hammasi zoʻrligi haqida yozishadi yoki shunchaki olingan rasmlarni ulashishadi( men ham koʻproq rasm olaman borgan joylarimdan va boshqalar olgan rasmlarni ham qiziqib koʻraman). Xuddi shu tepada aytganlarimni men ham sidqidildan bajarishga harakat qilaman. Yandeks xaritada borgan joyim haqida yaxshi yoki yomon nimadir aytaman. Rasm ulashaman,yangi manzillar qoʻshaman. Bu shunchaki ijtimoiy yordam. Koʻproq ingliz tilida yozaman ingliz tilli turistlarga qulay boʻlishi uchun. Va men bundan hech qanday manfaat kutmayman,lekin Yandeks xarita meni doim mukofotlaydi, qandaydir nishonlar beradi. Mayda detal,lekin meni yanada sirli mijoz,aniqroq , internetning sirli mijozi boʻlishimga turtki beradi.
Pastda Yandeks xaritam statistikasi.

xatto toʻyona ham berish mumkin
Xatto pora yoki bunaqa xizmat haqiga toʻlash ham mumkin ekan :)
Telegram
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
“Profilaktika inspektori... xizmat haqini kriptovalyuta ko‘rinishida olgan”. Qoyil-ey! O‘z foydasiga kelganda o‘ta aqlli, o‘ta zamonaviy, o‘ta innovatsion-ey bular! (#)
Bank ilovasiga qani, qancha pulim bor ekan deb kirmayman. Ilovadan kerakli paytda, oʻtkazmalar, xizmatlar uchun toʻlovlarda foydalanaman. Bugun ham xuddi shunday ish boʻldi, oʻtkazma uchun ilovaga kirdim, ilova yuklanmadi. Uzum bank ilovasidan foydalanaman, kartalarim, hisob raqamlarim faqat shu ilovaga ulangan. Ilova naqd 20 daqiqacha ishlamadi. Tasavvur qiling, siz kassa oldida ilovangiz ishlashini kutyapsiz, uzun navbat bilan. Yoqimli holat emas. Menda boshqa ilovalar ham bor, lekin ularda maʼlum kartalarim ulangan xolos. Chunki hamma ilovaga kartalarni ulab chiqish menimcha xavfsizroq emas. Shu kungacha jismoniy kartadan toʻlovlarda deyarli foydalanmayman,faqatgina bankomatlarda, chunki ularda NFC funksiyasi toʻliq ishlamaydi.
Pastda xafa boʻlgan holatimdagi rasm.
Pastda xafa boʻlgan holatimdagi rasm.
Paysend degan yoqimli ilova bor, u bilan xalqaro oʻtkazmalar, oʻzbekchasiga aytganda chet eldagi doʻstizga pul yuborishiz mumkin, oʻzbek kartadan oʻzbek boʻlmagan kartaga va aksincha . Ilova doimiy meni promokodlar bilan bayramlarda tabriklab turadi. Mana bu safar ham unutmadi, baraka topsin. Muammo bor, meni chet elda qiz-ayol doʻstlarim yoʻq, shunga uni sovgʻasini ololmadim, qanchalar qaygʻuli.
Kech soat 9 lar atrofida uyga qaytdim. MacBook’imni ochib, AI agentim — OpenClaw’ga oddiy topshiriq berdim: Telegram kanalni tekshir, agar anchadan beri post chiqmagan bo‘lsa, hozir trendda bo‘lgan mavzuda (masalan, AI haqida) post tayyorla va kanalga joyla.
Openclaw meni maʼlumotlarim bilan ishlay oladi, lokal ishlatganim uchun MacBookda qotmasdan ishlaydi. Oddiy chatbotdan farqi,bu vazifani qila oladi,masalan shu telegram postni yozgani kabi,men faqat topshiriq berdim xolos,na yozganini nusxalab kanalga joyladim,telegram API bilan ishlay oladi agent.
Shu payt o‘zim esa boshqa noutbukimda bemalol o‘tirib, amerikacha sitkom ko‘rishni boshladim. Xavotirsiz.

Kech soat 9 lar atrofida uyga qaytdim. MacBook’imni ochib, AI agentim — OpenClaw’ga oddiy topshiriq berdim: Telegram kanalni tekshir, agar anchadan beri post chiqmagan bo‘lsa, hozir trendda bo‘lgan mavzuda (masalan, AI haqida) post tayyorla va kanalga joyla.…
Hazil, hozircha AI agentdan foydalanishga ehtiyoj yoʻq, lekin rostdan ham openclaw yaxshi ishlayapti, har holda yomon feedback eshitmadim hali, bittagina Qoʻshma shtatlar yomonlab chiqdi . Lekin rostdan ham Amerikancha sitkom koʻrayapman .
Yaqin kunlarda Cal Newportning bir kitobini oʻqiyapman. Kitobda tahminan bunday jumla bor : "Sayoz ish:Aqliy zoʻriqish talab qilmaydigan , logistik xarakterdagi , koʻpincha chalgʻishlar bilan ham bajariladigan ish. U katta qiymat yarata olmaydi va hammani qoʻlidan keladi".
Odatiy hozirgi odamlarning hayoti, balki orangizda minimum darajada texno ludditlar(hozirgi kundagi tarjimasi texnologiyaga qarshi) saqlanib qolgandir, lekin koʻpchilik insonlar hayoti gadjetlar atrofiga qurilib boʻldi. Butun tizim shuni atrofida. Akmal akani mana shu posti ham shu haqida ekan. Umuman Akmal akani kanaliga obuna boʻlish mumkin, tepadagi kabi Ai haqida bilish uchun . Tez orada yana boshqa AI atrofidagi trendlar haqida yozadigan bloglarni ulashaman.
Stay tuned.
Odatiy hozirgi odamlarning hayoti, balki orangizda minimum darajada texno ludditlar(hozirgi kundagi tarjimasi texnologiyaga qarshi) saqlanib qolgandir, lekin koʻpchilik insonlar hayoti gadjetlar atrofiga qurilib boʻldi. Butun tizim shuni atrofida. Akmal akani mana shu posti ham shu haqida ekan. Umuman Akmal akani kanaliga obuna boʻlish mumkin, tepadagi kabi Ai haqida bilish uchun . Tez orada yana boshqa AI atrofidagi trendlar haqida yozadigan bloglarni ulashaman.
Stay tuned.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli video.
Ha aytgancha, agar yaqin orada ish qidirib yurgan boʻlsangiz bekor qiling. Baribir AI ham ish qidirib yuribdi va u sizdan yaxshiroq 🙂.

Bahor boshida hovlidagi yosh daraxtlarni shoxlarini kaltalagandim, gullab ancha chiroyli koʻrinyapti endi.
Oʻzi bogʻ parvarishlash, sabzavotlar yetishtirish yaxshi odat, odamni tarbiyalashi mumkin sabrli boʻlishga. Oʻzimni bogʻbonman deya maqtana olmaymanu, oyimni gullariga qarashib turaman. Shahar tashqarisida ham eski bogʻimiz bor, yoshligimda yordamlashardim uydagilarga. Shunga qiziqarli ish, erinib ishlasam ham .

Korzinkada yanada arzon narx siyosati bor, xuddi Walmart kabi. Mana rasmdagi ichimlikni ishlab chiqaruvchilardan ham arzonga sotishyapti.
Mana bu postda Walmart konsepsiyasini eslab oʻtgandim, yaʼni tahminan aytgandim Walmart kabi deb. Lekin Zafar aka intervyuda Korzinkani ochishdan oldin Sam Waltonni kitobini oʻqiganini aytibdi. Kitob "Amerikada ishlab chiqarilgan" ,bu kitobni men ham oʻqigandim.
YouTube
Zafar Khashimov | Interview
In this interview, Zafar Khashimov - founder and chairman of Korzinka and one of Uzbekistan’s leading entrepreneurs - shares how ideas and experiences connected to the United States influenced his approach to business.
He speaks about the impact of American…
He speaks about the impact of American…
Internet shanbaligi
Yahudiylar uchun shanba — oddiy dam olish kuni emas, balki qadimdan kelayotgan muqaddas an’ana. Ular ishonishicha, Xudo dunyoni olti kunda yaratib, yettinchi kuni dam olgan. Shu sababli shanba ham “to‘xtash”, “tinchlanish” kuni sifatida qaraladi.
Bu kunda ular ishni chetga surib, oila bilan vaqt o‘tkazadi, ibodat qiladi va hayotning shoshilinch ritmidan biroz chiqib, ruhiy tinchlikka e’tibor beradi, bu kun — ishlash uchun emas, yashashni his qilish uchun.
Xuddi shu narsani,yaʼni yahudiylar shanbasiga qiyoslangan "internet shanbaligi" ni 2010-yillar,aynan internet endi AQSHliklarni maftun qilayotgan davrda bir jurnalist ommalashtirgan ekan. Maqsad odamlarni chalgʻituvchi FOMO(fear of missing out -biror narsani oʻtkazib yuborishdan qoʻrqish) ,maqsadsiz minglab pochta xabarlaridan chalgʻish . Qiziq, hozir internet shanbaligi aktualmi? Raqamli detoksni qanday nazorat qilyapsizlar .