Yangi yil dasturxoni uchun sarflangan millionlar.
Avvalo blogni tematikasiga sodiq qolgan holda bu mavzuni iqtisodga bogʻlaymiz.Bayram bu har doim xarajatlar degani, yaxshiroq bayram esa kattaroq.Yangi yil esa shu type'dagi bayram.Iqtisodiy siklga koʻra koʻproq xarajat koʻproq pul aylanmasi degani, yaʼni siz apelsin sotvolasiz, apelsin sotuvchi foyda koʻradi, soliq va ish haqi toʻlaydi, apelsin yetishtirgan dehqon ham foyda koʻradi, soliq va ish haqi toʻlaydi, ish haqi olganlar shartli ravishda tort sotvolishadi va ular ham tepadagi tartibida foyda koʻrishadi. Soliqlardan foyda koʻrgan davlat esa yangi yil archasini bezaydi, shaharlarni yangi yil qiyofasiga oʻzgartiradi. Yaʼni bitta siz yangi yil dasturxoni uchun sotvolgan apelsiniz, butun iqtisodiy siklni tashkil etib, hammani farovonlikka yetaklayapti. Keyingi safar apelsin sotvoganizda oʻzizni shu gaplarni oʻzizga aytib xursand qilishiz mumkin).
Demak sarflangan millionlar iqtisodiy yaxshi, agar siz bor pulizni dasturxonga sarflamagan boʻlsez. Ha toʻgʻri tushunaman, yangi yil bir marta keladi, biz bir marta yashemiz desez. Lekin insonlar uchun yangi yil dasturxonizni qanchalik yasantirganiz deyarli ahamiyatsiz, chunki hamma oʻsha kuni million sarflab boʻlgan. Yilning boshqa kunlaridagi xarajatlarga eʼtibor qaratsez boʻladi, yaxshiroq quloqchin ishlating,foydali obunalar sotvoling, jamgʻaring,pulizni asrang . Lekin moliyaviy barqaror boʻlsez, bayram sizniki. Xursand boʻlishga bunday vaqt yilda boshqa boʻlmedi)
Nima boʻlganda ham rivojlanishga, tezroq boy boʻlishga harakat qiling . Qorbobo oʻziz boʻling yaqinlarizga.
Yangi yil bilan tabriklab,
Kanal.

Choy ustida dunyo ishlarining qisqacha suhbati .
Bugun ham doʻstlar bilan yoshlik gashti sabab choy ustida ancha narsalar haqida gaplashdik. AI va data markazlari, haydovchisiz mashinalar, ish haqi oʻsishi va nega aynan Toshkentda tushlik uchun Beshqozon oshi yeyish sabablari .
AI shubhasiz soʻngi yillardagi asosiy trend, u haqida bilish majburiy. AI bu shunchaki texnologiya emas, u hamma narsa. Yolgʻizga doʻst, shogirdga ustoz, turistga gid. U oʻzi qanday ishlaydi? U qanday ajratadi rasmdagi narsa olma ekanligini? Machine learning yaʼni AI ham oʻqitiladi, unga bu olma ekanligi haqidagi bilimlar oʻrgatiladi, u oʻsha bilimlarini data center yoki maʼlumot markazlarida saqlaydi va har bir olma soʻzi qatnashgan promptlarda oʻsha bilimlaridan foydalanadi. Lekin biz undan soʻraydigan narsalarimiz shu darajada koʻpayib ketdiki, natijada uning pullik versiyalari va boshqa data centerlarga talab oshdi.
Xuddi shu AI bazasida ishlaydigan haydovchisiz avtomobillarga ham bilimlar oʻrgatilib, ular ham bilimlarini data markazlarida saqlaydi va ular ham odatiy harakatlanishi uchun katta data markazlari kerak.
Doʻstim Toshkentda ishlaydi,oʻzi yolgʻiz boʻlgani uchun odatda ovqatlanishi koʻchada.Tushlik va kechqurungi ovqatlanish uchun asosan osh tanlashi sababini ish haqi bilan izohlab berdi.Yaʼni Toshkentdagi topishi bemalol Beshqozondan kuniga ikki mahal ovqatlanishini qoplaydi,lekin bu shaharda daromad uncha yuqori boʻlmagani uchun qimmatroq joylarda tanovul qilmaydi.
Biz suhbatlashib oʻtirgan joyimiz haqida ham gaplashdik,xarajatlari,nega yaxshi yoritish muhimligi va boshqa narsalar.Pastda oʻsha joy va suhbatimiz guvohi boʻlgan choy rasmi.

Kecha kech payt Strava+walking doirasida 2km ga yaqin stadion boʻylab yurdim. Shahar markaziy stadioni yurish uchun yaxshi joylardan biri. Negadir kech boʻlganiga qaramay chiroqlarni yoqishmagani uchun ertaroq tugatishga majbur boʻldim.
Behzod Hoshimov bilan olingan podkast eshitdim. AQSh bozori, neft, truck kompaniyalari, AQSHda yashaydigan yarim million oʻzbekistonliklar, haqiqatni ogʻir ekanligi va boshqa qiziqarli narsalar haqida suhbatlashishibdi. Balki alohida yozarman keyinroq.
Ungacha koʻchadagi yoz havosidan toʻyib-toʻyib nafas olilar 😃

Umuman olganda Oʻzbekiston hali kontentga umuman toʻlmagan, kontentmeykerlar ham kam va bir sohaga jamlanib qolishganday.
Kamera, muammo va sizda unga yechim bormi, shartda videoni yoqib hammasini yozib oling va uni Youtubega joylashtiring.
Yaqinda mashinamda qandaydir chek, aniqroq, tormoz tizimida qandaydir nosozlik tufayli xavf bildirishnomasi ❗️ yonib qoldi. Servis kitobchasidan muammo nimada ekanligini aniqlashga harakat qildim. U yerda bir necha javoblar berilgan ekan va tezroq servisga murojaat qilishim haqida ham yozishgan ekan. Odatda kitobchadan oldin youtubedan qidirishga harakat qilardim, lekin meniki yangilangan model boʻlgani uchun yechim mavjud emas deb oʻyladim. Rasmiy dilerdan xarid qilganimiz uchun kafolatli servis xizmatidan foydalana olaman, tekinga. Shunga servisga murojaat qildim va ular ham kitobda yozilgan sababni aytishdi va muammoni bartaraf qilishdi. Ikkinchi safar menda aynan shu muammo deb servisga murojaat qilishga hojat qolmadi, chunki oʻrgandim nima qilishni.
Shu holatni kameraga yozib olib youtubega joylaganimda kimdirga yordamim tegardi. Kontent ham boyirdi oʻzbek tilida .
Nega aynan Youtube?
YouTubeda qidiruv kalit soʻzlari bilan videolarni tezroq topish mumkin. Mashina markasi va tozmoz nosozligi haqida deb qidiruv bersangiz tarmoqdagi hamma video paydo boʻladi. Yana bir narsa, aynan kalit soʻzlarga katta ahamiyat bering agarda qanaqadir kontent yaratish haqida oʻylab qolgan boʻlsangiz, bu ancha foydali va qulay.
Uyalish hissi boʻlsa hammasi joyida,anonim akkauntlardan foydalaning.

Think
Umuman olganda Oʻzbekiston hali kontentga umuman toʻlmagan, kontentmeykerlar ham kam va bir sohaga jamlanib qolishganday. Kamera, muammo va sizda unga yechim bormi, shartda videoni yoqib hammasini yozib oling va uni Youtubega joylashtiring. Yaqinda mashinamda…
Qiziq.
Mahalla marketoligi aytishi boʻyicha reklamalar mikro blogerlar darajasida samaraliroq boʻlib borayotgan emish. Demak kontentmeyker boʻlishizga Covid-19 dan keyingi eng yaxshi vaqt hozir .

Bugun ishlar ertaroq tugaganiga kofega bordim , bekatda tayyorlanadigan kofe. Ham tez, ham doim parkovkasi boʻladi.
Odatdagidek sutli buyurtma berib kutib turdim, tayyorlashdi va toʻlab, qaytimni oldim. Menga koʻproq qaytarishdi, menyuga qarab qoʻlimdagi pulni qayta sanadim. Menga qaragan bolaga qarab narxi qancha deb soʻradim, arzon narx aytdi, lekin menyuda boshqacha narx, menga koʻp qaytarding deb uni pulini qaytardim. Menga qarab yoʻgʻe, narx shunaqa ekanmi deb qarab qoldi . Normal, hamma adashadi. Sovishini kutib turdim koʻcha havosida, mashinani ichida ichgandim, u menga boshqa kofe tayyorlab berganini va oʻsha tayyorlagan kofesini narxini aytganini tushundim. Zarardaman derdimu, kofeni opam oberdi.

Yana Multicard.
Kanalda aksiyalarimdan olgan dividend haqida yozgan edim. Bu aksiyalarni multicard ilovasi orqali sotib olganman. Bu xizmatni, yaʼni oʻzbek fond bozorida savdo qilish imkoniyatini beruvchi ilovalar bugungi kunda koʻpaygan, lekin men multicard ilovasi haqida bilganim uchun shu haqida gaplashamiz.
Talabalik yillarimda aksiyalar haqida qiziqardim. Oʻzbek fond bozori haqida maʼlumotlar qidirardim. Qayerdandir multicard ilovasi haqida eshitib qoldim. Ilova orqali oʻzbek fond bozorida savdo qilish mumkin. Ilova haqida ilk eshitganlardan edim deyarli. Chunki koʻpchilik ilova tugul, oʻzbek fond bozorida savdo qilish hammaga emas deb bilishardi. Ilovani yuklab, undan roʻyxatdan oʻtdim va bilganimcha bir necha kompaniya aksiyalarini sotib oldim va baʼzilarini zarar bilan sotvordim. Keyinchalik jahon fond bozorida savdo qilish haqida oʻylab, kurs sotib oldim. Hozirgacha kursdan foydalanaman va ustozlarim ham hozirgacha daromad qilish mumkin boʻlgan aksiyalarni ulashib turadi.Lekin menga ajratilgan byudjet jahon fond bozorida savdo qilish uchun yetarli emasligi sababli, oʻzbek fond bozorida savdo qilishga eʼtibor qaratdim.
Tepada aytganimdek, ilk foydalanuvchilardan biri boʻlganman. Ilovani doʻstlarim va baʼzi universitet oʻqituvchilarimga ham tavsiya berganman va roʻyxatdan oʻtish va qanday savdo qilish haqida ham yordam berganman.
Oʻzi nega aksiyalar haqida gapirib qoldim? Rivojlangan mamlakatlarda,xususan AQSHda aholi aksiyalar orqali ham boyiydi. Brokerlar yollashadi, dividend toʻlaydigan aksiyalar sotib olishadi yoki bu sohani yaxshi biladigan agentlik, institutlarga oʻz pullarini boshqarishga berishadi. Bu yoʻl orqali Oʻzbekistonda ham boyish mumkin, lekin bizda aktivlarizni toʻliq boshqarib, foydaga olib chiqadigan agentliklar kam yoki deyarli yoʻq. Shunga mustaqil ravishda bozorda ishtirok etishni maslahat beraman, lekin aholini hamma qatlami ham bu bozorda savdo qilishni bilmaydi. Shunga baribir bizga AQSHdagi kabi agentliklar kerak.
Bu bozorda sabr ham asosiy indikatorlardan biri, sabrli boʻlsangiz foyda olishingiz mumkin. Oʻtgan yili qaysidir sanada bir nechta aksiyalar sotib olganimdan keyin umuman ilovaga ham kirmadim, bugun qiziqib kirgandim, aksiyalarim umumiy portfeli 165% ga,eng yuqori oʻsgan aksiyam esa 250% ga oʻsibdi. Men shunchaki sotib oldim va bu haqida unutdim. Menimcha foydadaman. Qiziqarli tuyulsa ilovani yuklang, ozgina bu haqida bilish ham zarar qilmaydi.
P/s Bu postni yozishga bir tanish akam va bugungi aksiyalarimni oʻsgani sabab boʻldi.

Bugun tush koʻrayotganimda kimnidir shovqinidan uygʻonib ketdim. Oldinlari tushimni davomini koʻrish uchun qayta uxlash kerak deb oʻylardim. Bugun negadir tushni davomini sunʼiy intellektda yasagim kelib qoldi, chunki rostdan ham tushni qanday yakunlashni oʻziz xohlaganday amalga oshirsa boʻladi. Qiziq zamon.
Kripto kelajak
Agar allaqachon oʻzizni qari hisoblasez, siz qogʻoz pul davrini koʻrgan odamsiz, sevimli odam. Hammasi oddiy, sizda pul bor, uni his qilasiz, yaxshi koʻrasiz va baʼzida shu qogʻozmi hayot mazmuni deb nola ham qilasiz. Bir muncha upgrade'lardan soʻng sizda maishiy hayot uchun qogʻoz pul kerak boʻlmay qoldi, xatto yirik summalar ham havoda tashiladigan boʻlib qoldi va bu odatiy. Qogʻoz pul asosan valyuta shaklida ishlatilmasa, hayotimiz naqdsiz pul shakliga oʻtib boʻldi, infratuzilma ham shunga moslashgan.
Endi xuddi oʻsha naqdsiz pul kriptoga oʻtadi. Kripto bu hech qanday markaziy bank va hukumat nazorat qila olmaydigan pul, tranzaksiya tez, xizmat haqi deyarli yoʻq, blokcheyn texnologiyasi va qiziqarli narsalar. Kartadan pul oʻtkazish kabi kripto hamyondan ham xuddi shunday toʻlovlar amalga oshira olasiz, xatto toʻyona ham berish mumkin 😁.
Yangi upgrade'ga tayyorlanish kerak.
P.s: YouTube havoladagi media boshqa kontekstlar bilan ham boyitilgan ekan.
P.p.s:Postdagi video mashhur tanga Not

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin yillarda xizmat koʻrsatish biznesi juda rivojlandi. Koʻchada ovqatlanish, internet kafelar,maishiy xizmatlar va boshqa qiziqarli narsalar. Masalan, Toshkentda uy ichidan axlatlarni oʻzlari olib ketish xizmatini taklif qilishgani koʻrgan boʻlsangiz kerak. Lekin bu ham bir xizmat va undan foydalanuvchilar bor. Tayyor ovqat yetkazib berish mayli, lekin bozorlik qilib kelishni oʻz zimmasiga oluvchilarni endi normal qabul qilganimizda bu ortiqchadek koʻrinadi. Lekin odamlar koʻp, gʻoyalar koʻp. Hamma daromad koʻrishni istaydi.
Oʻzi gap bu haqida emas. Mana shunaqa xizmatlar bozori fonida qiziqarli bir kasb paydo boʻldi. Sirli mijoz! Qizigʻa, siz qaysidir ovqatlanish joyiga borasiz, oʻzingizga yoqqan taomni buyurtma qilasiz, atrofni kuzatasiz, va xodim bilan suhbatni yozib olishingiz soʻraladi. Orzudagi kasb nominatsiyasida 3-oʻringa arziydigan kasb. Sirli mijozdan asosan statistik agentliklar koʻproq foydalanishadi, joylar, boshqa xizmatlarni baholab umumiy reyting yaratish yoki pulli tavsiyalar berish uchun. Banklar ham oʻzlarini samaradorligini oshirish uchun bu kasbdan koʻproq foydalanadi.
Lekin gap bu haqida ham emasdi. Gap internetning har birimizga bergan alohida imkoniyatida. Siz restoranga bordiz,ovqatlandik va servis sizga umuman yoqmadi. Hamma ham rasvo servisni restoran administratoriga ayta olmaydi,uyiga keladi, restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntiga yoki oʻzining blogida rasvo servis haqida yozishadi yoki aksincha, hammasi zoʻrligi haqida yozishadi yoki shunchaki olingan rasmlarni ulashishadi( men ham koʻproq rasm olaman borgan joylarimdan va boshqalar olgan rasmlarni ham qiziqib koʻraman). Xuddi shu tepada aytganlarimni men ham sidqidildan bajarishga harakat qilaman. Yandeks xaritada borgan joyim haqida yaxshi yoki yomon nimadir aytaman. Rasm ulashaman,yangi manzillar qoʻshaman. Bu shunchaki ijtimoiy yordam. Koʻproq ingliz tilida yozaman ingliz tilli turistlarga qulay boʻlishi uchun. Va men bundan hech qanday manfaat kutmayman,lekin Yandeks xarita meni doim mukofotlaydi, qandaydir nishonlar beradi. Mayda detal,lekin meni yanada sirli mijoz,aniqroq , internetning sirli mijozi boʻlishimga turtki beradi.
Pastda Yandeks xaritam statistikasi.

xatto toʻyona ham berish mumkin
Xatto pora yoki bunaqa xizmat haqiga toʻlash ham mumkin ekan :)
Telegram
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
“Profilaktika inspektori... xizmat haqini kriptovalyuta ko‘rinishida olgan”. Qoyil-ey! O‘z foydasiga kelganda o‘ta aqlli, o‘ta zamonaviy, o‘ta innovatsion-ey bular! (#)
Bank ilovasiga qani, qancha pulim bor ekan deb kirmayman. Ilovadan kerakli paytda, oʻtkazmalar, xizmatlar uchun toʻlovlarda foydalanaman. Bugun ham xuddi shunday ish boʻldi, oʻtkazma uchun ilovaga kirdim, ilova yuklanmadi. Uzum bank ilovasidan foydalanaman, kartalarim, hisob raqamlarim faqat shu ilovaga ulangan. Ilova naqd 20 daqiqacha ishlamadi. Tasavvur qiling, siz kassa oldida ilovangiz ishlashini kutyapsiz, uzun navbat bilan. Yoqimli holat emas. Menda boshqa ilovalar ham bor, lekin ularda maʼlum kartalarim ulangan xolos. Chunki hamma ilovaga kartalarni ulab chiqish menimcha xavfsizroq emas. Shu kungacha jismoniy kartadan toʻlovlarda deyarli foydalanmayman,faqatgina bankomatlarda, chunki ularda NFC funksiyasi toʻliq ishlamaydi.
Pastda xafa boʻlgan holatimdagi rasm.
Pastda xafa boʻlgan holatimdagi rasm.
Paysend degan yoqimli ilova bor, u bilan xalqaro oʻtkazmalar, oʻzbekchasiga aytganda chet eldagi doʻstizga pul yuborishiz mumkin, oʻzbek kartadan oʻzbek boʻlmagan kartaga va aksincha . Ilova doimiy meni promokodlar bilan bayramlarda tabriklab turadi. Mana bu safar ham unutmadi, baraka topsin. Muammo bor, meni chet elda qiz-ayol doʻstlarim yoʻq, shunga uni sovgʻasini ololmadim, qanchalar qaygʻuli.
Kech soat 9 lar atrofida uyga qaytdim. MacBook’imni ochib, AI agentim — OpenClaw’ga oddiy topshiriq berdim: Telegram kanalni tekshir, agar anchadan beri post chiqmagan bo‘lsa, hozir trendda bo‘lgan mavzuda (masalan, AI haqida) post tayyorla va kanalga joyla.
Openclaw meni maʼlumotlarim bilan ishlay oladi, lokal ishlatganim uchun MacBookda qotmasdan ishlaydi. Oddiy chatbotdan farqi,bu vazifani qila oladi,masalan shu telegram postni yozgani kabi,men faqat topshiriq berdim xolos,na yozganini nusxalab kanalga joyladim,telegram API bilan ishlay oladi agent.
Shu payt o‘zim esa boshqa noutbukimda bemalol o‘tirib, amerikacha sitkom ko‘rishni boshladim. Xavotirsiz.

Kech soat 9 lar atrofida uyga qaytdim. MacBook’imni ochib, AI agentim — OpenClaw’ga oddiy topshiriq berdim: Telegram kanalni tekshir, agar anchadan beri post chiqmagan bo‘lsa, hozir trendda bo‘lgan mavzuda (masalan, AI haqida) post tayyorla va kanalga joyla.…
Hazil, hozircha AI agentdan foydalanishga ehtiyoj yoʻq, lekin rostdan ham openclaw yaxshi ishlayapti, har holda yomon feedback eshitmadim hali, bittagina Qoʻshma shtatlar yomonlab chiqdi . Lekin rostdan ham Amerikancha sitkom koʻrayapman .