Think
Barakali juma yoki qora juma. Black Friday-bu noyabrning oxirgi haftasi, aniqroq esa shukronalik kunidan keyingi xaridlar kunidir. Bu kunda deyarli hamma sotuv bilan shugʻullanadigan kompaniyalar, yirik sotuvchilar yuqori chegirmalar va manfaatli xaridlarni…
Ha yana bir narsa, farzandilar,uka-singillarga ham bu kun qanday ekanligini tushuntirish orqali, ularning shaxsiy byudjeti haqida oʻylab koʻrishlariga va moliyaviy ilk bilimlarni oʻrganishlariga sababchi boʻlishilar mumkin.
Kuz hisoboti tayyormi?
Baʼzida oʻz hayotimizda yashashni ham unutib qoʻyamiz, atrofga qaraymiz, nimadir xatodek tuyulaveradi. Bu kuzning odatiy atmosferasi,melanxolik kayfiyat. Kuz oʻzimiz haqimizda oʻylab koʻrishga undaydigan fasl. Yil boʻyi qilgan ishlarimiz, biz yoqtirgan narsalar birdaniga kuzda yoqmay qolishi, baʼzi qarorlarimizni keskin tarzda rad etishimiz va boshqa jismoniy va ruhan charchatadigan nimadirlar kuzda sodir boʻladi. Balkim siz oʻzi tabiatan shunday insondirsiz, balki siz kuzni yaxshi koʻrarsiz, lekin negadir tepada sanab oʻtgan narsalarimiz kuzda sodir boʻlishi gʻalati.
Bugun bu yil uchun kuzning soʻnggi kuni. Kuzda nima qilganilarni bugun hisobotini qivolish mumkin, boʻlib ham yakshanba kuni bugun, kuni boʻyi uxlagan boʻlsangiz, ana endi oʻylab koʻrishga vaqt bor.
Lekin kuz haqida yaxshi narsalar ham bor, misol uchun kuzdan keyin qish kelishi. Qish axir yangi yil deganiku. Yil davomidagi barcha qaygʻuli holatlarni unutishga , talaba boʻlsangiz semestr tugashiga, ichizdagi kichkina oʻzizni quvontiradigan archa oʻyinchoqlarini koʻrishga va boshqa yoqimli narsalarni, ayniqsa qor yogʻishini qish bizga tuhfa qiladi. Yaxshiyamki, bizda qish bor.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zerikarli kuzdan bir boʻlakcha 🙂
Qishni nimadir oʻrganish bilan boshlash haqida oʻylab qoldim.
Iqtisodiyotda xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) degan qiziqarli boʻlimi bor. U juda koʻp qiziqarli narsalarni tushuntiradi. Nega qishki kurtkamizni ichidan pul topvosak xursand boʻlishimiz, yarim puliga yana bitta pitsa sotvolish imkoniyatini qoʻldan boy bermasligimiz va boshqa qiziqarli narsalar.
Qishki kurtkani ichidan chiqqan pul bu oʻzimiz ishlab topgan pul, ya'ni qaysidir ma'noda uni shunchaki kimdir bizga berib qoʻymagan. Lekin nega aynan kurtkani ichidan topvolganda ish haqimizni olganday reaksiya bildirmaymiz? Gap ongimizda, tasodifan topib olingan pulni miyamiz bonus puli sifatida koʻradi va bu pulga xohlagan xaridni amalga oshirish mumkin degan signal yuboradi, xuddi bu pul mehnatimizga ayirboshlanmaganiday. Koʻpchiligimiz samarasiz xaridlarni amalga oshirishimiz ehtimoli yuqori, lekin bu ishni hamma-ham bajaravermaydi.Deylik sizda bu pulga ehtiyoj boʻlib turganda topvoloshiz, uni yaxshiroq narsalarga sarflashizga olib keladi.
Pitsa haqida sal boshqacharoq, siz pitsa yeyish uchun koʻchaga chiqmagansiz, yaʼni koʻchaga boshqa maqsadda chiqqansiz. Pizzeria peshtaxtasida ikkinchi pitsani yarim puliga olish mumkinligi haqida banner koʻrdiz, miyyangiz ikkinchi pitsadan yarim pulini tejash mumkinligi haqida oʻylay boshlaydi, va qarabsizki siz ikkita pitsani sotvoldiz, lekin siz pitsa uchun koʻchaga chiqmagandiz.Natijada xaridni oʻylamay amalga oshirdiz. Lekin siz aynan pitsa uchun koʻchaga chiqqan boʻlsangiz bu taklif sizga foydali boʻlardi.
P/s . Tarmoqlarda qishki kurtkasidan pul topib olgan bir guruh yoshlarni quvonchi uchun yozilgan post. Siz ham topib oldizmi?

Bugun kun boʻyi shaharda qor yogʻdi. Anʼanaga muvofiq, birozgina oldin doʻkonga chiqib mandarin sotib oldim. Toʻgʻrisi, bu dadamni fikri edi, qor=mandarin.
Bayram ham yaqin, telegram profilimga ozgina vibe berdim. Chiroyli boʻvoldim xullas bayramga 🎄.
Baʼzida kimdir xursand qilishini kutmay, oʻzizga shunaqa mayda yaxshiliklar qilish quvontiradi.
Xoʻsh kanal, snow globe sovgʻa qilemi sizlarga 😄

Kanal, qorli kunlar va salom!
Yaqin 3 yildan beri deyarli Amerikada ishlangan kinolarni koʻraman, boʻlib ham asosan muvaffaqiyatli shaxslar va brendlar, hayotda boshqalardan ajralib qolgan kishilar hayoti haqida ishlangan filmlar.
Amerika rivojlangan va boy davlat, kino sanoatiga ham yaxshi pul sarflaydi va tomoshabinlar ham pullik kontentdan qochishmaydi. Shuning uchun turfa xildagi kinolarni ishlashga byudjeti bardosh bera oladi. Bu faqat Amerika uchun emas, balki butun dunyo uchun foydali, qanday qilib. Tepada aytganimdek, kinolar alohida shaxslarni odatiy odamlar kabi qabul qilishga(odatiy boʻlishga imkoniyati cheklanganlar), hayotda uchratishimiz mumkin boʻlgan munosabatlarda qanday harakat qilishimiz, hayot, oiladagi mayda detallarda qanday yoʻl tutishimiz yaxshiroq ekanligini oʻrgatadi. Hozir ham oilaviy sitkom koʻraman, juda koʻp narsalar haqida qaytadan oʻylab koʻrishga majbur qiladi.
Lekin,sifatli tarjimalar kam yoki deyarli yoʻq baʼzi filmlar uchun. Til biladigan yoki oʻrganuvchi boʻlganlar bir amallar, lekin aholini odatiy qismi, aynan tepada sanab oʻtilgan kino oʻrgatadigan narsalarni oʻrganishi kerak boʻlgan qismi til bilan cheklovga boradi. Menimcha tarjima uchun davlat ham aralashsa yaxshi boʻlarmidi, chunki xususiy studiyalarda juda katta byudjet va pullik kontentdan foydalanadigan katta auditoriya mavjud emas(lekin bu oshib borayapti, bu yaxshi).Mana must read boʻlgan mingta kitobni tarjima qildirishyaptiku, bu ham xuddi shunaqa narsa.
Stay tuned.

Kanal salom. Yaqin hafta ichidagi bilgan koʻrganlarim haqida yozishga erinmaganimdan bilsa boʻladiki, qiziq narsalar boʻlgan.
Doʻstim bilan kechki ovqatlanish ustida shahar infratuzilmasi, xulq-atvor iqtisodiyoti, shahar bogʻlari oʻzgarishi,qonun buzishga moyil bolalar, Bellissimo pizzeriyasi va eng muhimi, yangi yil archasini bezash haqida suhbatlashdik.
Hukumat va aholi boyigani sari, shaharsozlik ham rivojlanib boradi, bugungi prezidentning murojaatnomasida ham QQSdan Toshkentdan boshqa shaharlarida 20% boʻlgan mablagʻni oʻsha shahar byudjetida qoldirish taklifi ilgari surildi. Bu esa shaharlar infratuzilmasi yaxshilanishi, hokimliklarning shaharda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashiga manfaat yaratadi, hamma chiroyli shaharda hokim boʻlgisi keladida baribir. Shu asnoda, archa bezash haqida ham, yangi yil tadbirlarini oʻtkazish uchun ham koʻp mablagʻ ketadi, tabiiyki hokimlik qurbi yetgan archani bezatadi, agar shahar aholisiga archani bezashda yordam berishi mumkinligi haqida taklif bilan chiqishsa, menimcha aholi bu tadbirda ishtirok etgan boʻlardi.
Shuningdek xulq atvor haqida gapirganimiz haqida, yaxshi xizmat koʻrsatish sohalari rivojlanmagan shahar va tumanlarda nega mayda bizneslar, yaʼni kofe, shirinliklar va boshqa tanovul qilinadigan narsalarni sotuvchilar tez rivojlanadi. Oddiy, bu yer odatda yaxshi bezatilgan, yaxshi yoritilgan boʻlib, bu oʻzgacha muhitni, yanada aniqroq, oʻsha yerda boʻlish insonlarni oʻzini daromadli kabi tutish yoki rostdan ham daromadli kishilarga koʻngil yozish uchun muhit yaratadi. Oʻta qimmat boʻlmagan bu kabi servislar deyarli aholining barcha qatlamlari orasida foydalaniladi.
Undan oldinroq haftada ham bir narsaga qayta guvoh boʻldim, deyarli yoshroq avlod internetdagi koʻrayotgan narsalarini madaniyat deb hisoblar ekan , qora rangli mashinalar, mashina bilan bogʻliq qoidalarni buzish. Chunki avtomobil narsalari sotiladigan doʻkonga avtomobil raqami uchun detal (ruscha подномер) olgani borgandim, oʻsha yerda ishlaydigan bollar turli xillarini taklif qilishdi, ularni orasida avtomobil raqamini yashirish yoki oson joyidan olib qoʻyish imkonini beradiganlarini taklif qilishdi va bunisi bilan raqamni yashirib gai hodimidan qochishiz yoki tezlik cheklangan joylarda ham bemalol tezroq yurishiz mumkin deb aytishdi.Yaʼni qoidani buzish okey deyishdi menga 🙂.Bu yaxshimas!
Bellissimo pitsalari avvalgiday emasligi haqida gapirib berdi doʻstim, lekin men uncha farq sezmayman, yetkazib berishlari ham menga yoqadi.
Shahar bogʻlari yaxshilanishi, daraxtlar endi parvarishlanayotgani, bogʻ ichidagi yoʻlaklar va skameykalar yangilangani, faol hordiq chiqarish mumkin boʻlgan bunday joylardagi oʻzgarishlar haqida ham ancha gaplashdik.
Umuman olganda yaxshi suhbat boʻldi, koʻp narsalar haqida fikr almashdik. Tepadagi mavzular boʻyicha aniq gaplarni, alohida yozib chiqaman.
Stay tuned again.

Yangi yil dasturxoni uchun sarflangan millionlar.
Avvalo blogni tematikasiga sodiq qolgan holda bu mavzuni iqtisodga bogʻlaymiz.Bayram bu har doim xarajatlar degani, yaxshiroq bayram esa kattaroq.Yangi yil esa shu type'dagi bayram.Iqtisodiy siklga koʻra koʻproq xarajat koʻproq pul aylanmasi degani, yaʼni siz apelsin sotvolasiz, apelsin sotuvchi foyda koʻradi, soliq va ish haqi toʻlaydi, apelsin yetishtirgan dehqon ham foyda koʻradi, soliq va ish haqi toʻlaydi, ish haqi olganlar shartli ravishda tort sotvolishadi va ular ham tepadagi tartibida foyda koʻrishadi. Soliqlardan foyda koʻrgan davlat esa yangi yil archasini bezaydi, shaharlarni yangi yil qiyofasiga oʻzgartiradi. Yaʼni bitta siz yangi yil dasturxoni uchun sotvolgan apelsiniz, butun iqtisodiy siklni tashkil etib, hammani farovonlikka yetaklayapti. Keyingi safar apelsin sotvoganizda oʻzizni shu gaplarni oʻzizga aytib xursand qilishiz mumkin).
Demak sarflangan millionlar iqtisodiy yaxshi, agar siz bor pulizni dasturxonga sarflamagan boʻlsez. Ha toʻgʻri tushunaman, yangi yil bir marta keladi, biz bir marta yashemiz desez. Lekin insonlar uchun yangi yil dasturxonizni qanchalik yasantirganiz deyarli ahamiyatsiz, chunki hamma oʻsha kuni million sarflab boʻlgan. Yilning boshqa kunlaridagi xarajatlarga eʼtibor qaratsez boʻladi, yaxshiroq quloqchin ishlating,foydali obunalar sotvoling, jamgʻaring,pulizni asrang . Lekin moliyaviy barqaror boʻlsez, bayram sizniki. Xursand boʻlishga bunday vaqt yilda boshqa boʻlmedi)
Nima boʻlganda ham rivojlanishga, tezroq boy boʻlishga harakat qiling . Qorbobo oʻziz boʻling yaqinlarizga.
Yangi yil bilan tabriklab,
Kanal.

Choy ustida dunyo ishlarining qisqacha suhbati .
Bugun ham doʻstlar bilan yoshlik gashti sabab choy ustida ancha narsalar haqida gaplashdik. AI va data markazlari, haydovchisiz mashinalar, ish haqi oʻsishi va nega aynan Toshkentda tushlik uchun Beshqozon oshi yeyish sabablari .
AI shubhasiz soʻngi yillardagi asosiy trend, u haqida bilish majburiy. AI bu shunchaki texnologiya emas, u hamma narsa. Yolgʻizga doʻst, shogirdga ustoz, turistga gid. U oʻzi qanday ishlaydi? U qanday ajratadi rasmdagi narsa olma ekanligini? Machine learning yaʼni AI ham oʻqitiladi, unga bu olma ekanligi haqidagi bilimlar oʻrgatiladi, u oʻsha bilimlarini data center yoki maʼlumot markazlarida saqlaydi va har bir olma soʻzi qatnashgan promptlarda oʻsha bilimlaridan foydalanadi. Lekin biz undan soʻraydigan narsalarimiz shu darajada koʻpayib ketdiki, natijada uning pullik versiyalari va boshqa data centerlarga talab oshdi.
Xuddi shu AI bazasida ishlaydigan haydovchisiz avtomobillarga ham bilimlar oʻrgatilib, ular ham bilimlarini data markazlarida saqlaydi va ular ham odatiy harakatlanishi uchun katta data markazlari kerak.
Doʻstim Toshkentda ishlaydi,oʻzi yolgʻiz boʻlgani uchun odatda ovqatlanishi koʻchada.Tushlik va kechqurungi ovqatlanish uchun asosan osh tanlashi sababini ish haqi bilan izohlab berdi.Yaʼni Toshkentdagi topishi bemalol Beshqozondan kuniga ikki mahal ovqatlanishini qoplaydi,lekin bu shaharda daromad uncha yuqori boʻlmagani uchun qimmatroq joylarda tanovul qilmaydi.
Biz suhbatlashib oʻtirgan joyimiz haqida ham gaplashdik,xarajatlari,nega yaxshi yoritish muhimligi va boshqa narsalar.Pastda oʻsha joy va suhbatimiz guvohi boʻlgan choy rasmi.

Kecha kech payt Strava+walking doirasida 2km ga yaqin stadion boʻylab yurdim. Shahar markaziy stadioni yurish uchun yaxshi joylardan biri. Negadir kech boʻlganiga qaramay chiroqlarni yoqishmagani uchun ertaroq tugatishga majbur boʻldim.
Behzod Hoshimov bilan olingan podkast eshitdim. AQSh bozori, neft, truck kompaniyalari, AQSHda yashaydigan yarim million oʻzbekistonliklar, haqiqatni ogʻir ekanligi va boshqa qiziqarli narsalar haqida suhbatlashishibdi. Balki alohida yozarman keyinroq.
Ungacha koʻchadagi yoz havosidan toʻyib-toʻyib nafas olilar 😃

Umuman olganda Oʻzbekiston hali kontentga umuman toʻlmagan, kontentmeykerlar ham kam va bir sohaga jamlanib qolishganday.
Kamera, muammo va sizda unga yechim bormi, shartda videoni yoqib hammasini yozib oling va uni Youtubega joylashtiring.
Yaqinda mashinamda qandaydir chek, aniqroq, tormoz tizimida qandaydir nosozlik tufayli xavf bildirishnomasi ❗️ yonib qoldi. Servis kitobchasidan muammo nimada ekanligini aniqlashga harakat qildim. U yerda bir necha javoblar berilgan ekan va tezroq servisga murojaat qilishim haqida ham yozishgan ekan. Odatda kitobchadan oldin youtubedan qidirishga harakat qilardim, lekin meniki yangilangan model boʻlgani uchun yechim mavjud emas deb oʻyladim. Rasmiy dilerdan xarid qilganimiz uchun kafolatli servis xizmatidan foydalana olaman, tekinga. Shunga servisga murojaat qildim va ular ham kitobda yozilgan sababni aytishdi va muammoni bartaraf qilishdi. Ikkinchi safar menda aynan shu muammo deb servisga murojaat qilishga hojat qolmadi, chunki oʻrgandim nima qilishni.
Shu holatni kameraga yozib olib youtubega joylaganimda kimdirga yordamim tegardi. Kontent ham boyirdi oʻzbek tilida .
Nega aynan Youtube?
YouTubeda qidiruv kalit soʻzlari bilan videolarni tezroq topish mumkin. Mashina markasi va tozmoz nosozligi haqida deb qidiruv bersangiz tarmoqdagi hamma video paydo boʻladi. Yana bir narsa, aynan kalit soʻzlarga katta ahamiyat bering agarda qanaqadir kontent yaratish haqida oʻylab qolgan boʻlsangiz, bu ancha foydali va qulay.
Uyalish hissi boʻlsa hammasi joyida,anonim akkauntlardan foydalaning.

Umuman olganda Oʻzbekiston hali kontentga umuman toʻlmagan, kontentmeykerlar ham kam va bir sohaga jamlanib qolishganday. Kamera, muammo va sizda unga yechim bormi, shartda videoni yoqib hammasini yozib oling va uni Youtubega joylashtiring. Yaqinda mashinamda…
Qiziq.
Mahalla marketoligi aytishi boʻyicha reklamalar mikro blogerlar darajasida samaraliroq boʻlib borayotgan emish. Demak kontentmeyker boʻlishizga Covid-19 dan keyingi eng yaxshi vaqt hozir .

Bugun ishlar ertaroq tugaganiga kofega bordim , bekatda tayyorlanadigan kofe. Ham tez, ham doim parkovkasi boʻladi.
Odatdagidek sutli buyurtma berib kutib turdim, tayyorlashdi va toʻlab, qaytimni oldim. Menga koʻproq qaytarishdi, menyuga qarab qoʻlimdagi pulni qayta sanadim. Menga qaragan bolaga qarab narxi qancha deb soʻradim, arzon narx aytdi, lekin menyuda boshqacha narx, menga koʻp qaytarding deb uni pulini qaytardim. Menga qarab yoʻgʻe, narx shunaqa ekanmi deb qarab qoldi . Normal, hamma adashadi. Sovishini kutib turdim koʻcha havosida, mashinani ichida ichgandim, u menga boshqa kofe tayyorlab berganini va oʻsha tayyorlagan kofesini narxini aytganini tushundim. Zarardaman derdimu, kofeni opam oberdi.

Yana Multicard.
Kanalda aksiyalarimdan olgan dividend haqida yozgan edim. Bu aksiyalarni multicard ilovasi orqali sotib olganman. Bu xizmatni, yaʼni oʻzbek fond bozorida savdo qilish imkoniyatini beruvchi ilovalar bugungi kunda koʻpaygan, lekin men multicard ilovasi haqida bilganim uchun shu haqida gaplashamiz.
Talabalik yillarimda aksiyalar haqida qiziqardim. Oʻzbek fond bozori haqida maʼlumotlar qidirardim. Qayerdandir multicard ilovasi haqida eshitib qoldim. Ilova orqali oʻzbek fond bozorida savdo qilish mumkin. Ilova haqida ilk eshitganlardan edim deyarli. Chunki koʻpchilik ilova tugul, oʻzbek fond bozorida savdo qilish hammaga emas deb bilishardi. Ilovani yuklab, undan roʻyxatdan oʻtdim va bilganimcha bir necha kompaniya aksiyalarini sotib oldim va baʼzilarini zarar bilan sotvordim. Keyinchalik jahon fond bozorida savdo qilish haqida oʻylab, kurs sotib oldim. Hozirgacha kursdan foydalanaman va ustozlarim ham hozirgacha daromad qilish mumkin boʻlgan aksiyalarni ulashib turadi.Lekin menga ajratilgan byudjet jahon fond bozorida savdo qilish uchun yetarli emasligi sababli, oʻzbek fond bozorida savdo qilishga eʼtibor qaratdim.
Tepada aytganimdek, ilk foydalanuvchilardan biri boʻlganman. Ilovani doʻstlarim va baʼzi universitet oʻqituvchilarimga ham tavsiya berganman va roʻyxatdan oʻtish va qanday savdo qilish haqida ham yordam berganman.
Oʻzi nega aksiyalar haqida gapirib qoldim? Rivojlangan mamlakatlarda,xususan AQSHda aholi aksiyalar orqali ham boyiydi. Brokerlar yollashadi, dividend toʻlaydigan aksiyalar sotib olishadi yoki bu sohani yaxshi biladigan agentlik, institutlarga oʻz pullarini boshqarishga berishadi. Bu yoʻl orqali Oʻzbekistonda ham boyish mumkin, lekin bizda aktivlarizni toʻliq boshqarib, foydaga olib chiqadigan agentliklar kam yoki deyarli yoʻq. Shunga mustaqil ravishda bozorda ishtirok etishni maslahat beraman, lekin aholini hamma qatlami ham bu bozorda savdo qilishni bilmaydi. Shunga baribir bizga AQSHdagi kabi agentliklar kerak.
Bu bozorda sabr ham asosiy indikatorlardan biri, sabrli boʻlsangiz foyda olishingiz mumkin. Oʻtgan yili qaysidir sanada bir nechta aksiyalar sotib olganimdan keyin umuman ilovaga ham kirmadim, bugun qiziqib kirgandim, aksiyalarim umumiy portfeli 165% ga,eng yuqori oʻsgan aksiyam esa 250% ga oʻsibdi. Men shunchaki sotib oldim va bu haqida unutdim. Menimcha foydadaman. Qiziqarli tuyulsa ilovani yuklang, ozgina bu haqida bilish ham zarar qilmaydi.
P/s Bu postni yozishga bir tanish akam va bugungi aksiyalarimni oʻsgani sabab boʻldi.

Bugun tush koʻrayotganimda kimnidir shovqinidan uygʻonib ketdim. Oldinlari tushimni davomini koʻrish uchun qayta uxlash kerak deb oʻylardim. Bugun negadir tushni davomini sunʼiy intellektda yasagim kelib qoldi, chunki rostdan ham tushni qanday yakunlashni oʻziz xohlaganday amalga oshirsa boʻladi. Qiziq zamon.
Kripto kelajak
Agar allaqachon oʻzizni qari hisoblasez, siz qogʻoz pul davrini koʻrgan odamsiz, sevimli odam. Hammasi oddiy, sizda pul bor, uni his qilasiz, yaxshi koʻrasiz va baʼzida shu qogʻozmi hayot mazmuni deb nola ham qilasiz. Bir muncha upgrade'lardan soʻng sizda maishiy hayot uchun qogʻoz pul kerak boʻlmay qoldi, xatto yirik summalar ham havoda tashiladigan boʻlib qoldi va bu odatiy. Qogʻoz pul asosan valyuta shaklida ishlatilmasa, hayotimiz naqdsiz pul shakliga oʻtib boʻldi, infratuzilma ham shunga moslashgan.
Endi xuddi oʻsha naqdsiz pul kriptoga oʻtadi. Kripto bu hech qanday markaziy bank va hukumat nazorat qila olmaydigan pul, tranzaksiya tez, xizmat haqi deyarli yoʻq, blokcheyn texnologiyasi va qiziqarli narsalar. Kartadan pul oʻtkazish kabi kripto hamyondan ham xuddi shunday toʻlovlar amalga oshira olasiz, xatto toʻyona ham berish mumkin 😁.
Yangi upgrade'ga tayyorlanish kerak.
P.s: YouTube havoladagi media boshqa kontekstlar bilan ham boyitilgan ekan.
P.p.s:Postdagi video mashhur tanga Not

Yaqin yillarda xizmat koʻrsatish biznesi juda rivojlandi. Koʻchada ovqatlanish, internet kafelar,maishiy xizmatlar va boshqa qiziqarli narsalar. Masalan, Toshkentda uy ichidan axlatlarni oʻzlari olib ketish xizmatini taklif qilishgani koʻrgan boʻlsangiz kerak. Lekin bu ham bir xizmat va undan foydalanuvchilar bor. Tayyor ovqat yetkazib berish mayli, lekin bozorlik qilib kelishni oʻz zimmasiga oluvchilarni endi normal qabul qilganimizda bu ortiqchadek koʻrinadi. Lekin odamlar koʻp, gʻoyalar koʻp. Hamma daromad koʻrishni istaydi.
Oʻzi gap bu haqida emas. Mana shunaqa xizmatlar bozori fonida qiziqarli bir kasb paydo boʻldi. Sirli mijoz! Qizigʻa, siz qaysidir ovqatlanish joyiga borasiz, oʻzingizga yoqqan taomni buyurtma qilasiz, atrofni kuzatasiz, va xodim bilan suhbatni yozib olishingiz soʻraladi. Orzudagi kasb nominatsiyasida 3-oʻringa arziydigan kasb. Sirli mijozdan asosan statistik agentliklar koʻproq foydalanishadi, joylar, boshqa xizmatlarni baholab umumiy reyting yaratish yoki pulli tavsiyalar berish uchun. Banklar ham oʻzlarini samaradorligini oshirish uchun bu kasbdan koʻproq foydalanadi.
Lekin gap bu haqida ham emasdi. Gap internetning har birimizga bergan alohida imkoniyatida. Siz restoranga bordiz,ovqatlandik va servis sizga umuman yoqmadi. Hamma ham rasvo servisni restoran administratoriga ayta olmaydi,uyiga keladi, restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntiga yoki oʻzining blogida rasvo servis haqida yozishadi yoki aksincha, hammasi zoʻrligi haqida yozishadi yoki shunchaki olingan rasmlarni ulashishadi( men ham koʻproq rasm olaman borgan joylarimdan va boshqalar olgan rasmlarni ham qiziqib koʻraman). Xuddi shu tepada aytganlarimni men ham sidqidildan bajarishga harakat qilaman. Yandeks xaritada borgan joyim haqida yaxshi yoki yomon nimadir aytaman. Rasm ulashaman,yangi manzillar qoʻshaman. Bu shunchaki ijtimoiy yordam. Koʻproq ingliz tilida yozaman ingliz tilli turistlarga qulay boʻlishi uchun. Va men bundan hech qanday manfaat kutmayman,lekin Yandeks xarita meni doim mukofotlaydi, qandaydir nishonlar beradi. Mayda detal,lekin meni yanada sirli mijoz,aniqroq , internetning sirli mijozi boʻlishimga turtki beradi.
Pastda Yandeks xaritam statistikasi.

xatto toʻyona ham berish mumkin
Xatto pora yoki bunaqa xizmat haqiga toʻlash ham mumkin ekan :)
Telegram
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
“Profilaktika inspektori... xizmat haqini kriptovalyuta ko‘rinishida olgan”. Qoyil-ey! O‘z foydasiga kelganda o‘ta aqlli, o‘ta zamonaviy, o‘ta innovatsion-ey bular! (#)