Think
Voice message
Ovozli xabarni sal oldinroq yozgandim. Umuman til bayrami, oʻzbek tilida soʻzlashuvchilarni bu bayram bilan tabriklayman. Tilimizga avvalo oʻzimiz hurmat koʻrsatishimiz kerakki, toki oʻzbek tilida soʻzlashmaydiganlar ham bizni tilni fahr bilan oʻrgansin, hurmat qilsin .
Va shunday bir katta brend bor,tilimizga,miliyligimizga koʻrk berayotgan,bu Yandeks. Yaqindagina "Alisa-ovozli yordamchi" oʻzbek tilida soʻzlasha boshladi. Bu yaxshi yangilik, kompaniya uchun ham, Oʻzbekiston uchun ham. Qolaversa, Yandeks ijtimoiy loyihalarda ham, gʻamxoʻrlik aksiyalarida ham ancha faol. Shuningdek LM school tashkil qilgani haqida ham oʻqigandim. Mamlakat hududida topgan daromadini 90% qayta investitsiya qilib, infratuzilmani yaxshilash uchun ishlatilishi ham ajoyib ishlaridan biri. Yandeks safarlar orqali amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha safarlari, eshitishda nuqsoni bor haydovchilar va yetkazib berish xizmatidagi yaratilgan minglab ish oʻrinlari ham kompaniya imidjiga, mamlakat aholisi uni "sevib" qolishiga sababchi boʻladi.

Humoyun aka ham ovozli formatga oʻtishni boshlabdilar, xuddi men kabi :)
Telegram
Musofir Iqtisodchi
Ba’zi obunachilar matnni eshitishni afzal ko’rar ekan. Shunga menimcha bundan buyon uzun matnlarni ovozli xabarda ham o’qib berishga harakat qilaman.
@musofir_iqtisodchi
@musofir_iqtisodchi
Yaqin kunlarda Samarqandga bu oy uchun ikkinchi marotaba borib keldim. Ikkisida ham mashinada, ikkinchisida oʻzim haydab bordim. Deyarli 10 soat yoʻl uchun sarflash bu yoqimli holat emas. Doʻstlarim bilan boʻlganim uchun yoʻldagi suhbatlar bilan uncha sezilmadi. Lekin samalyot, poyezd yoki avtobus variantini sizga tavsiya qilardim.
Shahar markazini hamma koʻrib boʻlgan, u haqida gapirish shart emas. Narpay tumaniga sayohat haqida aytib bermoqchiman.
Tuman Samarqandning chekka hududida joylashgan boʻlib, shahar markazidan deyarli 100km uzoqlikda. Navoiygacha yarim soatlik yoʻl.
Tuman markazi Oqtosh shahri boʻlib, oz rivojlangan. Bittagina baland qavatli yangi koʻrinishdagi bino qurilayotganini koʻrdim. Asosiy yoʻllar asfaltlangan. Jamoat transportiga koʻzim tushmadi, shahar ichida taksi servislaridan birini ishlatdim(Royal taxi, mening shahrimda ham bor). Buyurtma qilganimdan soʻng bir daqiqaga bormay yetib keldi va 3 daqiqalik yoʻl uchun 4 ming soʻm xizmat haqi oldi.
Tarixiy nimadir uchratmadim, shahar bogʻini aylanib chiqdim. Bogʻda odatiy sargʻaygan daraxtlar, attraksionlar va skameykada oʻtirgan yosh va oʻrta yosh sevishganlarni koʻrdim. Negadir yashirinib uchrashuvga chiqishganday tuyuldi, odatiy, Oʻzbekistonda hamma shunday qilsa kerak.
Bogʻ futbol stadioni bilan tutashgan. U yerda gimnastika zali ham bor edi. Sport markazi boʻlsa kerak.
Poliklinikasi ham odatiy koʻrinishda. Joylashuvi va koʻrinishi menga yaxshi vayb berdi.
Shahar amaldorlari ham odatiy amaldorlar kabi qimmatroq xizmat mashinasidan foydalanarkan. Bitta davlat organi binosi oldida shundayini koʻrdim, shunga shunday oʻyladim.
Shahar koʻchalaridan birida Alisher Navoiy byusti ham bor ekan. Bironta nechi yilligini nishonlashganda oʻrnatishgan shekilli.
Shahar bozorini ham aylandim, aholisi 200 mingdan oshiq boʻlgani bilan negadir odam kamdek koʻrindi menga. Qishloq va boshqa aholi yashash punktlari koʻp boʻlgani uchundir.
Gul bozorini ham koʻrdim (menga gul bozorlarini kuzatish qiziqarli, asosan internet gul doʻkonlarini kuzataman),menimcha ob keltirib sotishadi shekilli.
Shahar markazida playstation ham oʻynab koʻrdim, kam , asosan yosh bollar oʻtirgandi.
Qiziqarli bir narsa, shahar aholisi juda koʻp qismi velosipeddan foydalanarkan, ayollarni ham koʻrdim. Asosiy yoʻllarda yurisharkan, bu bizga biroz gʻalati tuyuldi, lekin shahar aholisi oʻrganib ketgan shekilli, hech signal chalishmadi. Velosiped yoʻlaklarini ham koʻrmadim.
Umuman olganda yaxshi shaharcha, rivojlanib borayotgan Oʻzbekistonning shaharlaridan biri. Pastda shahar va yoʻldan olgan rasmlarim.

Yaqinlashib qolgan qish, koʻp oʻgʻil farzandli boʻlayotgan Oʻzbekistonliklar va raqamli hayotdan chekinish!
Salom kanal, yaqin haftadagi faolsizlikdan soʻng yana yozish haqida oʻylayotgan ekanman, demak sogʻman.Umid qilamanki sizda ham hammasi hozirgi kuz kabi yoqimli 🦉.
1.Oʻzbekistonda oʻgʻil bolalarning koʻproq tugʻilishi kelajakda demografik disbalans yaratishi mumkinligi haqida yozishibdi. Meni boshqa narsa qiziqtiryapti, deylik siz hozir shu davrdasiz, oʻzizga juft tanlashiz kerak va bu boʻyicha sizda bir necha standartlar bor. Uzun boʻyli, oʻqimishli va hech yoʻq uyi, daromadi boʻlsin. Bu normal, hamma yaxshisiga intiladi. Lekin sizni standartlariz sizga mos juft topib bera olmayapti, standardlar oʻzgaradimi yoki juftsiz hayot tarzimi?
2. Oʻzbekistonlik yoshi kattalar orasida ham internetdan foydalanuvchilar, xususan Instagram va tiktok kabi svayp platformalardan foydalanuvchilar soni oshib bormoqda(yoki biz qariyapmiz).Yana bir foydali tomoni borligini sezib qoldim. Oʻsha svayp platformalardagi videolar, ochiqdan-ochiq hissiyotlarni ifoda etishni aks ettiruvchi sahnalar real hayotga koʻchyapti. Yaʼni yoshi katta Oʻzbekistonlik insonlar ham yigʻlash, kimdirni sogʻinganini, oʻz juftiga yaxshi koʻrishini aytish kabi narsalar normal ekanligini tushunyapti. Bu menga yoqdi .
3. Raqamli hayot va uni cheklashning foydali jihatlari. Alisher aka Umirdinov shu haqida yozibtilar. Nimadir ish, ilmiy maqola yoki shunchaki kitobni tugatish uchun ham internetdan foydalanmaslik samaradorlikni ancha oshiradi. Iloji boʻlsa toza havo, qishloqlardagi qarindoshilarni uyiga boringlar debdilar 😁.Alisher aka "Talaba doʻstimga tavsiyalar" kanali muallifi. Obuna boʻlish foydali.
Shu haqida menda ham real keys, diplom ishimni deyarli bir oyda tugatgandim, holbuki 6 oycha vaqtim bor boʻlsa-da, toʻgʻri bu vaqtda ham boʻsh yurmadim, asosan manbalar yigʻganim, bir oyda tezroq yozishimga yordam bergandi. Agar siz ham yaqin yillarda bunday qiziqarli ishlarga yoʻliz tushsa, yaxshiroq oʻqituvchi(yoʻlboshchi) tanlashni maslahat berardim.

National Institute of Environmental Health Sciences oʻtkazgan havo ifloslanishi haqidagi maqolasini oʻqib chiqdim.Iflos havo nafaqat hozirgi aholi uchun, balki homilaga ham zararli taʼsir qilarkan. Muddatidan oldin va kam vazn bilan tugʻilishi, tugʻilgan chaqaloqlarda esa miya hajmiga sezilarli taʼsir koʻrsatarkan, yaʼni bola miyasi hajmi kichrayib qolarkan.
Yiliga 6 million oʻlimlar va oshib borayotgan bu son ham aynan havo ifloslanishi sabab ekan.
Asosan katta eʼtibor beriladigan poytaxt Toshkentda havo ifloslanishi yaqin kunlarda topga chiqdi va bu yana davom etishi haqida Oʻzgidromet aytibdi,xuddi oldingi safardagidek.Qizigʼi faqat Toshkentda emas bu ifloslanish,deyarli barcha viloyatlarda,shunchaki viloyatlardagi shovqin*ni biz eshitmayapmiz.Trend mavzu kabi havo ifloslanishi ham,aynan yomonlashganda hamma gapirib qoladi.
Oʻqish,sayohat sumkamda doimiy soyabon va tibbiy niqob olib yurardim,menimcha hali yaqin orada bu odatdan voz kechmasam kerak.Oyim ham bilgandek mana shu guldan xonamga olib kirib qoʻyibdilar. Men qarshi boʻlib kelayotgandim anchadan beri xonamda gul turishiga.
Muhrim ham before/after trendini hayp qilayapti 😅.
Kanal, sogʻligʻiz men uchun ham muhim, ehtimol Oʻzgidromet aytgani sizga yetarli boʻlmagan yoki samimiy tuyulmagan boʻlsa yana aytaman, oʻzizni asrang, biz sizni yaxshi koʻramiz, siz bizga keraksiz!

National Institute of Environmental Health Sciences
Air Pollution and Your Health
Air pollution is a familiar environmental health hazard. We know what we’re looking at when brown haze settles over a city, exhaust billows across a busy highway, or a plume rises from a smokestack. Some air pollution is not seen, but its pungent smell alerts…
Barakali juma yoki qora juma.
Black Friday-bu noyabrning oxirgi haftasi, aniqroq esa shukronalik kunidan keyingi xaridlar kunidir. Bu kunda deyarli hamma sotuv bilan shugʻullanadigan kompaniyalar, yirik sotuvchilar yuqori chegirmalar va manfaatli xaridlarni taklif etadi.
Bu kun ham Oʻzbekistonga yaqin yillarda kirib keldi va "Barakali juma" deb nomlanishi ham oʻzgacha neyming. Odamlar bu kunga tayyorlanadi, xarid qilmoqchi boʻlgan narsalarini yaxshigina chegirmada olish uchun intiladi va byudjetini shunga moslaydi. Oʻzbekistonliklar, ayniqsa yoshlar ham bu kunga tayyorlanishni boshlagani qiziqarli. Yillar avval bu kunga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida bir bola aytib bergandi, oʻshanda qiziqib batafsil soʻrab olgandim. Uning aytishicha, bir guruh bollar bir-biriga qora jumada qaysi doʻkon yuqori chegirma berishini, qaysi xaridlar manfaatli ekanligi va xaridning detallarini va kun oxirida kim nimaga ulgurganini guruhda aytib berisharkan. Qiziqarliya.
Bu kun shunchaki kun emas, baʼzida biz xarid qilmoqchi boʻlgan narsalarimizni chegirmasiz narxda ham xarid qila olamiz, lekin bu kun uchun bollar bilan tayyorgarlik koʻrgan holda, shaxsiy byudjetini rejalashtirib va intiqib kutgan narsasiga erishishi, boʻlib ham chegirmada, bu boshqacha tuygʻu. Bu kunda yoshingni ahamiyati yoʻq, shunchaki qora, e yoʻq, barakali jumadan foydalan va , khm, khm. 😁

Barakali juma yoki qora juma. Black Friday-bu noyabrning oxirgi haftasi, aniqroq esa shukronalik kunidan keyingi xaridlar kunidir. Bu kunda deyarli hamma sotuv bilan shugʻullanadigan kompaniyalar, yirik sotuvchilar yuqori chegirmalar va manfaatli xaridlarni…
Ha yana bir narsa, farzandilar,uka-singillarga ham bu kun qanday ekanligini tushuntirish orqali, ularning shaxsiy byudjeti haqida oʻylab koʻrishlariga va moliyaviy ilk bilimlarni oʻrganishlariga sababchi boʻlishilar mumkin.
Kuz hisoboti tayyormi?
Baʼzida oʻz hayotimizda yashashni ham unutib qoʻyamiz, atrofga qaraymiz, nimadir xatodek tuyulaveradi. Bu kuzning odatiy atmosferasi,melanxolik kayfiyat. Kuz oʻzimiz haqimizda oʻylab koʻrishga undaydigan fasl. Yil boʻyi qilgan ishlarimiz, biz yoqtirgan narsalar birdaniga kuzda yoqmay qolishi, baʼzi qarorlarimizni keskin tarzda rad etishimiz va boshqa jismoniy va ruhan charchatadigan nimadirlar kuzda sodir boʻladi. Balkim siz oʻzi tabiatan shunday insondirsiz, balki siz kuzni yaxshi koʻrarsiz, lekin negadir tepada sanab oʻtgan narsalarimiz kuzda sodir boʻlishi gʻalati.
Bugun bu yil uchun kuzning soʻnggi kuni. Kuzda nima qilganilarni bugun hisobotini qivolish mumkin, boʻlib ham yakshanba kuni bugun, kuni boʻyi uxlagan boʻlsangiz, ana endi oʻylab koʻrishga vaqt bor.
Lekin kuz haqida yaxshi narsalar ham bor, misol uchun kuzdan keyin qish kelishi. Qish axir yangi yil deganiku. Yil davomidagi barcha qaygʻuli holatlarni unutishga , talaba boʻlsangiz semestr tugashiga, ichizdagi kichkina oʻzizni quvontiradigan archa oʻyinchoqlarini koʻrishga va boshqa yoqimli narsalarni, ayniqsa qor yogʻishini qish bizga tuhfa qiladi. Yaxshiyamki, bizda qish bor.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zerikarli kuzdan bir boʻlakcha 🙂