Think
30 subscribers
72 photos
29 videos
3 files
78 links
Download Telegram
Hukumatni insonlarni istagini pulga sotvolishi , kechqurun 11 da burger yeyish istagini narxi va uzr soʻraganim haqida.
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Insonlar ajoyib mavjudot - bir birlariga hikoya aytib beradigan yagona mavjudot bo'lsak kerak. Hikoya tinglashni xohlashimiz ham - ijtimoiylashuv natijasi emas, fitratimizda bor narsadek tuyuladi menga.
Rostdan ham shunday nomlash kerakdir Oʻzbekistonda kapital bozorni yanada rivojlantirish uchun.
Yoʻldagi zapravkalar yonida joylashgan doʻkonlar menga har doim qiziq tuyuladi. Ayniqsa viloyatlarni bir-biriga bogʻlaydigan katta magistral yoʻllaridagi zapravkalar. Tepadagi rasmdagi doʻkon ham Samarqand shahrida joylashgan. Ichkari issiq, kofe ham sotvolish mumkin, kutish joyida telefonni bepul quvvatlantirish mumkin(oʻsha vaqtda menga bu juda zarur edi ).Va juda yaxshi yoritilgan va dizaynlashtirilgan doʻkonni tomosha qilish ham mumkin. Kassa ham doʻkon ichida joylashgan,yoqilgʻi uchun doʻkonni oʻzida toʻlash mumkin. Mana shu kabi qulayliklar mijozlarni qayta kelishiga sabab boʻladi. Men endi Samarqandda qayerda mashinaga yoqilgʻi qoʻyishni bilaman 😀.
Amerikalik tanishim yozyapti: Oʻzbekistonda bank omonatlari oʻrtacha 20% yillik toʻlarkan, Amerikada bu raqam 5% atrofida , balkim shunga bizda inflyatsiya pastroq. Bu yil oʻzbek soʻmi AQSh dollariga nisbatan 5% qadrlandi. Shunda AQShga qaraganda Oʻzbekiston banklarida pul saqlash yiliga 25% gacha daromad olib kelarkan. Pulni qayerdan saqlagan maʼqul deb savol beribdi. Bizning banklar deyarli 30% gacha omonat depozitlari uchun toʻlab kelishmoqda edi. Lekin bu stavka ancha pasaytirildi, hozir oʻrtacha 20 % atrofida shakllnagan.

Izoh:Men hech kimga investitsion maslahat bermayman.Kanalda yozilayotgan narsalar faqat maʼlumot sifatida talqin qilinadi.Sizni harakatlariz uchun kanal maʼmuriyati javobgar emas.
Tovba, oʻzlari muammo yasab, unga yechim berishlari gʻalati. IMEI-bu bizlarni kambagʻallashtiruvchi omil. Aynan unga qilinadigan toʻlov haqida boʻlsa ham mayli, insonlarni vaqti va tushunarsiz ishlari ham ancha vaqt talab qiladi. Ular mana bu narsani maqtayapti.Oʻzimda yaqinda boʻlgan holat.
Yaqinda Xitoylik tanishimiz ukamga telefon olib kelib beribdi sovgʻaga. Qonunchilikka koʻra aeroport orqali olib kelingan shu kabi narsalar uchun deklaratsiya toʻldirish kerak, shunda arzonroq boj toʻlasa boʻladi. Oʻzbekistonlik boʻlib men ham buni bilmasdim, rosti. Lee esa (uning ismi) bunday qilmagan va shunchaki aeroportdan toʻgʻri uyga qarab kelavergan. Bir oy oʻtib imei sabab oʻsha bojni (telefon narxiga qarab 30% i ni tashkil qiladi, bizda ayfon edi) toʻlashga majbur boʻldik, qimmatroqqa yana. Menku mayli, tushunarman. Lekin qanchadan-qancha insonga tushunarsiz narsa bu. Kim pulini qayerga toʻlayotganini bilishi kerak manimcha, soddaroq tarzda..
Think
Voice message
Ovozli xabarni sal oldinroq yozgandim. Umuman til bayrami, oʻzbek tilida soʻzlashuvchilarni bu bayram bilan tabriklayman. Tilimizga avvalo oʻzimiz hurmat koʻrsatishimiz kerakki, toki oʻzbek tilida soʻzlashmaydiganlar ham bizni tilni fahr bilan oʻrgansin, hurmat qilsin .
Va shunday bir katta brend bor,tilimizga,miliyligimizga koʻrk berayotgan,bu Yandeks. Yaqindagina "Alisa-ovozli yordamchi" oʻzbek tilida soʻzlasha boshladi. Bu yaxshi yangilik, kompaniya uchun ham, Oʻzbekiston uchun ham. Qolaversa, Yandeks ijtimoiy loyihalarda ham, gʻamxoʻrlik aksiyalarida ham ancha faol. Shuningdek LM school tashkil qilgani haqida ham oʻqigandim. Mamlakat hududida topgan daromadini 90% qayta investitsiya qilib, infratuzilmani yaxshilash uchun ishlatilishi ham ajoyib ishlaridan biri. Yandeks safarlar orqali amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha safarlari, eshitishda nuqsoni bor haydovchilar va yetkazib berish xizmatidagi yaratilgan minglab ish oʻrinlari ham kompaniya imidjiga, mamlakat aholisi uni "sevib" qolishiga sababchi boʻladi.
Quruq gap bilan ham maqsadga erishish haqida
Yaqin kunlarda Samarqandga bu oy uchun ikkinchi marotaba borib keldim. Ikkisida ham mashinada, ikkinchisida oʻzim haydab bordim. Deyarli 10 soat yoʻl uchun sarflash bu yoqimli holat emas. Doʻstlarim bilan boʻlganim uchun yoʻldagi suhbatlar bilan uncha sezilmadi. Lekin samalyot, poyezd yoki avtobus variantini sizga tavsiya qilardim.

Shahar markazini hamma koʻrib boʻlgan, u haqida gapirish shart emas. Narpay tumaniga sayohat haqida aytib bermoqchiman.

Tuman Samarqandning chekka hududida joylashgan boʻlib, shahar markazidan deyarli 100km uzoqlikda. Navoiygacha yarim soatlik yoʻl.

Tuman markazi Oqtosh shahri boʻlib, oz rivojlangan. Bittagina baland qavatli yangi koʻrinishdagi bino qurilayotganini koʻrdim. Asosiy yoʻllar asfaltlangan. Jamoat transportiga koʻzim tushmadi, shahar ichida taksi servislaridan birini ishlatdim(Royal taxi, mening shahrimda ham bor). Buyurtma qilganimdan soʻng bir daqiqaga bormay yetib keldi va 3 daqiqalik yoʻl uchun 4 ming soʻm xizmat haqi oldi.

Tarixiy nimadir uchratmadim, shahar bogʻini aylanib chiqdim. Bogʻda odatiy sargʻaygan daraxtlar, attraksionlar va skameykada oʻtirgan yosh va oʻrta yosh sevishganlarni koʻrdim. Negadir yashirinib uchrashuvga chiqishganday tuyuldi, odatiy, Oʻzbekistonda hamma shunday qilsa kerak.

Bogʻ futbol stadioni bilan tutashgan. U yerda gimnastika zali ham bor edi. Sport markazi boʻlsa kerak.

Poliklinikasi ham odatiy koʻrinishda. Joylashuvi va koʻrinishi menga yaxshi vayb berdi.

Shahar amaldorlari ham odatiy amaldorlar kabi qimmatroq xizmat mashinasidan foydalanarkan. Bitta davlat organi binosi oldida shundayini koʻrdim, shunga shunday oʻyladim.

Shahar koʻchalaridan birida Alisher Navoiy byusti ham bor ekan. Bironta nechi yilligini nishonlashganda oʻrnatishgan shekilli.

Shahar bozorini ham aylandim, aholisi 200 mingdan oshiq boʻlgani bilan negadir odam kamdek koʻrindi menga. Qishloq va boshqa aholi yashash punktlari koʻp boʻlgani uchundir.

Gul bozorini ham koʻrdim (menga gul bozorlarini kuzatish qiziqarli, asosan internet gul doʻkonlarini kuzataman),menimcha ob keltirib sotishadi shekilli.

Shahar markazida playstation ham oʻynab koʻrdim, kam , asosan yosh bollar oʻtirgandi.

Qiziqarli bir narsa, shahar aholisi juda koʻp qismi velosipeddan foydalanarkan, ayollarni ham koʻrdim. Asosiy yoʻllarda yurisharkan, bu bizga biroz gʻalati tuyuldi, lekin shahar aholisi oʻrganib ketgan shekilli, hech signal chalishmadi. Velosiped yoʻlaklarini ham koʻrmadim.

Umuman olganda yaxshi shaharcha, rivojlanib borayotgan Oʻzbekistonning shaharlaridan biri. Pastda shahar va yoʻldan olgan rasmlarim.