Think
30 subscribers
72 photos
29 videos
3 files
78 links
Download Telegram
Forwarded from Code & Coins
Такое еще было
Forwarded from UPLIFT | Javlon Otaqulov
Kelib joylashib oldik)

Kechki ovqatgacha ham o’quvchilar bilan portfel razborlari boshlanib ketti, inshaAllah ovqatdan keyin asosiy masterklassimizni boshlaymiz🔥

↗️ @upliftuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UPLIFT | Javlon Otaqulov
Video
Uplift zoʻr maskan.Ayniqsa bunday yigʻilishlari bilan.

Izoh:Uplift aksiyalar bilan halol savdo qilishni oʻrgatadigan oʻquv markaz.Tavsiya qilaman.Yaqinda Hyssa nomli ilovani taqdim qilishdi.Qiziqib koʻring.
Markaziy bank sharhiga koʻra Oʻzbekistonliklar taʼlim xarajatlariga kamroq pul sarflashipti bu chorak.Oʻsib kelayotgan raqamlar edi,negadir toʻy va boshqa marosimlarga xarajatni oshirishipti.

Oʻxshamagan mish-mish ham bor.Endi Oʻzbekistonliklar diplomi bor kuyov nomzodini ham filtr qilishayotgan ekan,GPA bali yuqoriroq nomzodlarga talab oshayotganmish.
Hurmatli doʻstlar,mening GPA balim ancha yuqori ☺️
Oʻzbek tilida Oʻzbekiston texnologiya va moliya bozorida nimalar boʻlayotgani haqida yaxshi maʼlumotlar beruvchi kanal.Kuzatishni tavsiya qilaman!
@beshtorr
Think
Cool story Bilmiman buni oʻzbekchaga qanday yaxshiroq tarjima qilish mumkin,lekin menimcha hammada shunaqa cool story lar bor. Maktabim yaqinida ikkita toʻyxona bor,zamonaviy shaharsozlik talabi 😁.Yosh sinf paytlarim doʻstlarim shu toʻyxonada ishlashar edi.Menga…
Cool story 2

Ilk oʻqishga kirgan yillarim oʻzbek internetida telegram botlar ancha moda edi.Bizneslar supportni ham,xizmat koʻrsatishni ham telegram botlarga integratsiya qilishayotgan zamon edi. ESoft degan telegram blog yuritadigan Elbek ismli bola bilan tanishib qolgandim.U aynan dasturlash, telegram botlar bilan shugʻullanardi. Qiziqib ancha narsalar oʻrganib olgandim.Tepada aytganimdek oʻqishga ilk kirgan yillarim.Qarasam universitetimda bunday telegram bot yoʻq ekan.O'zimni Stiv kabi his qivorgan vaqtlarim,shartta telegram bot ustida,aynan universitet uchun support telegram boti ustida ishlashni boshladim.Bot uncha mukammal emasdi,maqsadim boshqa talaba va abituriyentlarga yordam berish,agar ularda oʻqishga aloqador savollar boʻlsa javob berish edi.Bot tayyor,uni kursdoshim orqali sinab koʻrdim.Shu yerda boom,ishim menga yoqdi.Avvaliga botga uncha koʻp murojaat qilishmadi,chunki bilishmasdida.Keyinchalik murojaatlar soni bir muncha oshdi.Hamma murojaat qilganlarga professional darajada yordam bera oldim deb oʻylayman(chiroyli gapirib qoʻyamanda 😌).Va yana boom! Oʻzimga ITchi doʻst topdim.Ismi Iskandar. U bilan 2-kursdan IT yoʻnalishiga oʻqishimizni koʻchirishni soʻrab universitet rahbariyatiga murojaat qildik.Afsus bu amalga oshmagan,lekin biz hozir ham tech guy'miz,faoliyat bilan shugʻullanmasak ham.
Bot taqdiri
Tunov kuni botga koʻzim tushib qoldi.Esdalik sifatida qolsin deb,hozirgi yangi funksiyalarni botga qoʻshdim,ancha zamonaviylashdi. Toʻgʻridan-toʻgʻri universitet rasmiy saytiga olib boruvchi menyu tugmasini qoʻshish orqali barcha savollarga javob olish mumkin deya shu ishni qildim.Va menimcha bot abadiy tirik qoladi.Support ham ishlab turadi.
Safia shahrimda ochilganini aytganmidim?
Yaxshi va shinam joy.Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar top!
Crypto bro ,wassup )
Bu haftada Ethereum ATH(all time high) ni yangiladi.Oldindan bu sizda bor boʻlgan boʻlsa,siz uchun xursandman.Ha aytgancha, sentyabrda Amerika foiz stavkasini tushirishi haqida datalar yuribdi,bu koʻproq pul bozorga kirishini anglatadi.Ehtiyotizni qilib qoʻyavering.

Izoh:Men hech kimga investitsion maslahat bermayman.Kanalda yozilayotgan narsalar faqat maʼlumot sifatida talqin qilinadi.Sizni harakatlariz uchun kanal maʼmuriyati javobgar emas.
Ha boʻpti ,Apple max bilan sevgini solishtirib boʻlmasu,lekin hafta davom etishi uchun menda qiziqarli narsalar bor.
Ikki yilcha oldin tanish insonlarim yaxshi loyiha ustida ishlashgandi.Amaliyotga ham chiqqan muvaqqatiyatli loyihalardan biri.Menimcha shaxsiy byudjet orqali moliyalashtirilgan. Gʻoya qanaqa edi: siz deylik Samarqandning qaysidir shahrida yashaysiz va sizda oʻqilib boʻlingan kitoblar bor.Siz esa boshqa kitoblarni ham oʻqishingiz kerak va lekin sizda byudjet bilan ozgina muammo bor(havotirli narsa emas, hammamiz pulsiz davrdan oʻtamiz).Shu yerda boom,gʻoya shundaki aynan sizni shahardoshizda sizga kerak boʻlgan kitoblar bor va aksincha.Kitob almashib oʻqish imkonini beradigan loyiha edi.Men oʻzim aktiv foydalana olmaganman,menda uncha kitoblar koʻp emas edi va mening shahrimda bu loyiha haqida deyarli hech kim bilmasdi.Hozirgi kunlarda esa menda bu loyihaga ehtiyoj bor,menga kitob kerak va men ham ulashmoqchiman.Men kitobni sotib olib oʻqishdan koʻra,ijaraga olib oʻqishni afzal koʻrsam kerak hozir.Lekin loyiha toʻxtatilgan,sal oldinroq qaraganimda shunday edi har holda.Moliyalashtirish sabab toʻxtatilgan menimcha.Mana shu yerda bu loyihani davlatga sotish kerak.Davlat kitobxonlikni targʻib qilayapti hozir.Shunchaki omad tilaymiz agar bu ish amalga oshsa.
UzCSD ilovasi haqida aytgandim.Kecha dadam ham qandaydir xabar olganlarini aytib qoldilar shu foydalanuvchi nomidan.Qiziqib xabarni oʻqidim va dadamning nomiga ham profil yaratdim.Aksiyalari boʻyicha dividend hisoblangan ekan,hisob raqamlariga oʻtkazish mumkinligini aytishganday xabar berishibdi.Qizigʻa,dadam hech qachon fond bozorida savdo qilmaganlar(balkim qilgandirlar,men hech shu haqida suhbatlashganman),bu aksiyalarni esa majburiy tarzda sotvolganlar.Ish haqi oʻrniga aksiyadorlik jamiyatining maʼlum miqdordagi aksiyalariga egalik qilish huquqi beriladi(ESOP).2014 yillarda ham dividend olardilar, keyinchalik toʻxtab qolgandi.Oʻtgan yili aksiyalarini sotishni aytgandim(oʻsha hisobda yaxshi narxga sotsa boʻlardi),unamagandilar.Mana bugun mevasini yeyaptilar 😁.

Ha aytgancha,bu yerda kelajakda AI rivojlangan sari qanday qilib daromad qilish mumkin degan savolga javob bor boʻlgan yaxshi maqola bor,oʻzbek tilida.Oʻqib koʻrsa arziydi.Maqola!
Yomonroq narsalar!

Hammamiz hayotimizda oʻzimiz xohlamagan narsalarga duch kelamiz. Kimdir oʻqishga kira olmaydi, munosabatlarda qiynaladi, sogʻligʻi bilan ogʻrinadi va kimdir baxtsiz avtohalokat sabab hayotdan koʻz yumadi.

Angrenda avtohalokat haqida oʻqigan boʻlsangiz kerak. Ochigʻi men ham bu haqida yozmoqchi emasdim. Shu yerda, oʻz koʻzim bilan koʻrganim uchun ogʻriqli tuyuldi. Aynan oʻsha yerda oldin ham avtohalokat boʻlgandi va insonlar halok boʻlgandi. Oʻzimni taniganimdan beri oʻsha yerda jiddiyroq nimadir roʻy berardi. Bu yomonroq narsa. Ayb notoʻgʻri yoʻl infratuzilmasidami, texnik nosoz mashina haydovchisidami yoki taqdirmi?

Oʻsha hodisadan keyin hukumat komissiyasi tuzildi. Boʻlishi mumkin boʻlgan keyingi avtohalokatlarni oldini olish uchun tezlik cheklovi va break stop kabi post oʻrnatildi. Qator oʻzbek bloggerlarni tilida aytganda "Oldinroq qilinsa boʻlardiku".
Nima boʻlganda ham avtohalokat natijasida vafot etgan va jarohat olganlar soni 0 boʻlishi uchun harakat qilishimiz kerak.

Va aytgancha, kelilar bollar shahar ichida sportcar bilan maksimal tezlanish bu ahmoqona ish ekanligi haqida bir-birimizga aytaylik. Sizdan kichkina bolaning mashina hayday olishi normal, lekin bu qonunbuzarlik ekanligi haqida ham gaplashaylik.