Think
30 subscribers
72 photos
29 videos
3 files
78 links
Download Telegram
Qiziq tadqiqot.

Juft tanlashda yana bir e'tiborga olish kerak boʻlgan narsalardan biri bu ikki tomonning pul haqidagi qarashlari qanday ekanligi bilan bogʻliq.
Money focus-pulga haddan tashqari e'tibor berish va koʻproq pul-ko'proq baxt tamoyili asosida yashash nikoh munosabatlarini zaiflashtiradi va oʻzaro qoniqish hissini kamaytiradi.Juftlarning pul haqidagi qarashlari bir xil boʻlishi esa munosabatlarning mustahkamliligini oshiradi va baxtli hayotni ta'minlarkan.
Shuning uchun juft sifatida, hayotingizda “ko‘proqga intilish”dan ko‘ra barqarorlik va birgalikdagi moliyaviy maqsadlarni muhimroq deb ko‘rishga harakat qiling.Va pul haqidagi qarashlarini ochiq soʻrashdan tortinmang.O'zbekchilik- bu shunchaki ideal standardga intilish,lekin bilasizki hech kim ideal emas.
🎨 Woman on the Balcony, 1824
by Carl Gustav Carus 🇩🇪
Oil on canvas. 42 x 32 cm.
Galerie Neue Meister, Germany

About the artwork:

In "Woman on the Balcony," Carus likely captures a solitary female figure, positioned on a balcony that overlooks a scenic landscape or garden. This setting allows for a contemplative scene, where the woman might be depicted enjoying the tranquility of her natural surroundings or lost in thought, providing a glimpse into the private, introspective moments that are characteristic of Romanticism.
Forwarded from Code & Coins
Такое еще было
Forwarded from UPLIFT | Javlon Otaqulov
Kelib joylashib oldik)

Kechki ovqatgacha ham o’quvchilar bilan portfel razborlari boshlanib ketti, inshaAllah ovqatdan keyin asosiy masterklassimizni boshlaymiz🔥

↗️ @upliftuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UPLIFT | Javlon Otaqulov
Video
Uplift zoʻr maskan.Ayniqsa bunday yigʻilishlari bilan.

Izoh:Uplift aksiyalar bilan halol savdo qilishni oʻrgatadigan oʻquv markaz.Tavsiya qilaman.Yaqinda Hyssa nomli ilovani taqdim qilishdi.Qiziqib koʻring.
Markaziy bank sharhiga koʻra Oʻzbekistonliklar taʼlim xarajatlariga kamroq pul sarflashipti bu chorak.Oʻsib kelayotgan raqamlar edi,negadir toʻy va boshqa marosimlarga xarajatni oshirishipti.

Oʻxshamagan mish-mish ham bor.Endi Oʻzbekistonliklar diplomi bor kuyov nomzodini ham filtr qilishayotgan ekan,GPA bali yuqoriroq nomzodlarga talab oshayotganmish.
Hurmatli doʻstlar,mening GPA balim ancha yuqori ☺️
Oʻzbek tilida Oʻzbekiston texnologiya va moliya bozorida nimalar boʻlayotgani haqida yaxshi maʼlumotlar beruvchi kanal.Kuzatishni tavsiya qilaman!
@beshtorr
Think
Cool story Bilmiman buni oʻzbekchaga qanday yaxshiroq tarjima qilish mumkin,lekin menimcha hammada shunaqa cool story lar bor. Maktabim yaqinida ikkita toʻyxona bor,zamonaviy shaharsozlik talabi 😁.Yosh sinf paytlarim doʻstlarim shu toʻyxonada ishlashar edi.Menga…
Cool story 2

Ilk oʻqishga kirgan yillarim oʻzbek internetida telegram botlar ancha moda edi.Bizneslar supportni ham,xizmat koʻrsatishni ham telegram botlarga integratsiya qilishayotgan zamon edi. ESoft degan telegram blog yuritadigan Elbek ismli bola bilan tanishib qolgandim.U aynan dasturlash, telegram botlar bilan shugʻullanardi. Qiziqib ancha narsalar oʻrganib olgandim.Tepada aytganimdek oʻqishga ilk kirgan yillarim.Qarasam universitetimda bunday telegram bot yoʻq ekan.O'zimni Stiv kabi his qivorgan vaqtlarim,shartta telegram bot ustida,aynan universitet uchun support telegram boti ustida ishlashni boshladim.Bot uncha mukammal emasdi,maqsadim boshqa talaba va abituriyentlarga yordam berish,agar ularda oʻqishga aloqador savollar boʻlsa javob berish edi.Bot tayyor,uni kursdoshim orqali sinab koʻrdim.Shu yerda boom,ishim menga yoqdi.Avvaliga botga uncha koʻp murojaat qilishmadi,chunki bilishmasdida.Keyinchalik murojaatlar soni bir muncha oshdi.Hamma murojaat qilganlarga professional darajada yordam bera oldim deb oʻylayman(chiroyli gapirib qoʻyamanda 😌).Va yana boom! Oʻzimga ITchi doʻst topdim.Ismi Iskandar. U bilan 2-kursdan IT yoʻnalishiga oʻqishimizni koʻchirishni soʻrab universitet rahbariyatiga murojaat qildik.Afsus bu amalga oshmagan,lekin biz hozir ham tech guy'miz,faoliyat bilan shugʻullanmasak ham.
Bot taqdiri
Tunov kuni botga koʻzim tushib qoldi.Esdalik sifatida qolsin deb,hozirgi yangi funksiyalarni botga qoʻshdim,ancha zamonaviylashdi. Toʻgʻridan-toʻgʻri universitet rasmiy saytiga olib boruvchi menyu tugmasini qoʻshish orqali barcha savollarga javob olish mumkin deya shu ishni qildim.Va menimcha bot abadiy tirik qoladi.Support ham ishlab turadi.
Safia shahrimda ochilganini aytganmidim?
Yaxshi va shinam joy.Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar top!
Crypto bro ,wassup )
Bu haftada Ethereum ATH(all time high) ni yangiladi.Oldindan bu sizda bor boʻlgan boʻlsa,siz uchun xursandman.Ha aytgancha, sentyabrda Amerika foiz stavkasini tushirishi haqida datalar yuribdi,bu koʻproq pul bozorga kirishini anglatadi.Ehtiyotizni qilib qoʻyavering.

Izoh:Men hech kimga investitsion maslahat bermayman.Kanalda yozilayotgan narsalar faqat maʼlumot sifatida talqin qilinadi.Sizni harakatlariz uchun kanal maʼmuriyati javobgar emas.
Ha boʻpti ,Apple max bilan sevgini solishtirib boʻlmasu,lekin hafta davom etishi uchun menda qiziqarli narsalar bor.
Ikki yilcha oldin tanish insonlarim yaxshi loyiha ustida ishlashgandi.Amaliyotga ham chiqqan muvaqqatiyatli loyihalardan biri.Menimcha shaxsiy byudjet orqali moliyalashtirilgan. Gʻoya qanaqa edi: siz deylik Samarqandning qaysidir shahrida yashaysiz va sizda oʻqilib boʻlingan kitoblar bor.Siz esa boshqa kitoblarni ham oʻqishingiz kerak va lekin sizda byudjet bilan ozgina muammo bor(havotirli narsa emas, hammamiz pulsiz davrdan oʻtamiz).Shu yerda boom,gʻoya shundaki aynan sizni shahardoshizda sizga kerak boʻlgan kitoblar bor va aksincha.Kitob almashib oʻqish imkonini beradigan loyiha edi.Men oʻzim aktiv foydalana olmaganman,menda uncha kitoblar koʻp emas edi va mening shahrimda bu loyiha haqida deyarli hech kim bilmasdi.Hozirgi kunlarda esa menda bu loyihaga ehtiyoj bor,menga kitob kerak va men ham ulashmoqchiman.Men kitobni sotib olib oʻqishdan koʻra,ijaraga olib oʻqishni afzal koʻrsam kerak hozir.Lekin loyiha toʻxtatilgan,sal oldinroq qaraganimda shunday edi har holda.Moliyalashtirish sabab toʻxtatilgan menimcha.Mana shu yerda bu loyihani davlatga sotish kerak.Davlat kitobxonlikni targʻib qilayapti hozir.Shunchaki omad tilaymiz agar bu ish amalga oshsa.