Think
30 subscribers
72 photos
29 videos
3 files
78 links
Download Telegram
Toshkentdagi Sony'ning rasmiy doʻkoni.
Rasmda esa bir necha goʻzallik yaratuvchi bollar sizlarga salom aytyapti 👋🏻
Tezroq va tunning istalgan vaqtida (soat ertalabki 3 gacha ekan) tanovul qilish mumkin boʻlgan tamaddixonalardan biri.Toʻgʻri osh emaskuya,lekin bunday joylarning borligi va koʻpligi yaxshi narsa.Tungi iqtisodiyot uchun ham ancha foydali,odamlar uchun ham qulay.Xonaning minimal boyitilgani esa,menimcha sizni ham xursand qildi 😁
Substackda matnni oʻqib berish xizmati borligini bilmasdim,ha oʻzbekchasi unchamasu,lekin tushunarli qilib gapiryapti.
Bu hafta ham Botir aka yaxshi narsalar haqida yozgan .

Tepada skrenshotda esa Braziliya qahvasining narxi nega oshganligi haqida yozganlar.Ha,oʻsha gʻalati boj.Ha bojni ham iqtisodiy yaxshi tomonlari bor,faqat yomon tomonlaridan kamroq.Xuddi shuni narsani nega Oʻzbekistonliklar hali unchalik sezishmadi.Deylik avtomobil misolida.Javobi oddiy, shunchaki Oʻzbekistonliklar bundan oldin ham bojsiz avtomobil xarid qilishmagan,bu esa hatto tasavvur qilishni ham qiyinlashtiradi.

Tepadagilardan chuqur insof soʻragan holda,sizlarga ham hayrli va bojsiz Oʻzbekistonni tushilarda koʻrishni tileman.Ha, ikkinchisi realroq.
Forwarded from Beshtor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPT O‘zbekistonda yondirmoqda

Ba’zida O‘zbekistonda qaysidir ilova trendga chiqib, ko‘p yuklab olina boshlaydi.

Masalan, Prisma bilan shunday bo‘lgan edi, hozir Blink bilan shunday bo‘lyapti.

Trend o‘tib ketgach, ilovaga bo‘lgan qiziqish yana pasayadi.

Ammo ChatGPT — bu butunlay boshqa masala.

O‘tgan yil oxirida ilova birinchi marta O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar o‘ntaligiga kirdi, bahorda beshtalikka ko‘tarildi va hozir ikkinchi o‘rindan pastga tushmayapti.

Ya’ni, bu vaqtinchalik qiziqish emas, balki bir necha oydan beri davom etayotgan barqaror e’tibordir.

O‘zbekistonda bunday holat juda kam kuzatiladi.

Muhim jihat — birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, ChatGPT’ga egalik qiluvchi OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda 9 milliard so‘m, ikkinchi chorakda esa deyarli 15 milliard so‘m daromad oldi.

Ya’ni O‘zbekistonda ChatGPT uchun pul to‘layotganlar tobora ko‘payib bormoqda.

Holbuki, yurtimizda pullik obuna talab qiladigan ilovalar kamdan-kam hollarda ommaviy muvaffaqiyatga erishadi. Hatto yirik jahon xizmatlari ham ko‘pincha tor doirada qolib ketadi.

ChatGPT bilan vaziyat boshqacha: u talabalar, tadbirkorlar va ilgari bunday texnologiyalardan deyarli foydalanmagan odamlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi.

Kimdir u bilan maishiy masalalarni hal qilsa, kimdir ish yozishmalarini tayyorlaydi, yana kimdir esa referatlar va kurs ishlarini yozadi.

Biz O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellektdan foydalanish uchun muntazam to‘lov qilishga tayyor bo‘lgan barqaror auditoriya shakllanayotganini kuzatmoqdamiz.

Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, ChatGPT shunchaki mashhur ilova bo‘lib qolmasdan, balki o‘zbek foydalanuvchisi nimaga pul sarflashga tayyor ekanligini o‘zgartiradigan burilish nuqtasiga aylanishi mumkin.

@beshtorr

#mobayl #texnologiyalar
Cool story

Bilmiman buni oʻzbekchaga qanday yaxshiroq tarjima qilish mumkin,lekin menimcha hammada shunaqa cool story lar bor.
Maktabim yaqinida ikkita toʻyxona bor,zamonaviy shaharsozlik talabi 😁.Yosh sinf paytlarim doʻstlarim shu toʻyxonada ishlashar edi.Menga uydagilar ruhsat bermaydi deb oʻylaganim uchun ishlashga hech ijozat soʻramaganman,lekin ularga havas qilardim.Shu yoshida oʻzini puli bor va har doim ishdagi qiziqarli voqealarni aytib berishardi, allaqachon oʻz yoshidan kattaroq tanishlari bor edi, koʻzimga haqiqiy koʻcha bolasi kabi koʻrinishar edi.Baʼzilari yomon odatlarni ham oʻzlarida shakllantirishga ulgurishgan edi(chekish).Lekin baribir shunda ham ularga havas qilardim.Servis va odamlarga xizmat koʻrsatishni yaxshi koʻrardim.Hozir ham kimdir shunaqa xizmatlarni menga qilishsa albatta rahmat aytaman va imkonim boʻlsa choychaqa ham beraman.

Bugun oʻsha maktab yaqinidagi toʻyxonada yaqin akamni toʻyi boʻldi, ofitsiantlar esa oʻsha men maktabni bitirayotganganda endi maktabga kelishni boshlagan bollar edi.Koʻrib qanaqadir xursand boʻldim va shu xotiralar esimga tushdi.

P/s.Bunaqa cool story lar davomli boʻladi.Agar chiroyli gapirishni oʻrgansam balki qiziqarli hikoyalar ham zerikarli tuyulmas.
Qiziq tadqiqot.

Juft tanlashda yana bir e'tiborga olish kerak boʻlgan narsalardan biri bu ikki tomonning pul haqidagi qarashlari qanday ekanligi bilan bogʻliq.
Money focus-pulga haddan tashqari e'tibor berish va koʻproq pul-ko'proq baxt tamoyili asosida yashash nikoh munosabatlarini zaiflashtiradi va oʻzaro qoniqish hissini kamaytiradi.Juftlarning pul haqidagi qarashlari bir xil boʻlishi esa munosabatlarning mustahkamliligini oshiradi va baxtli hayotni ta'minlarkan.
Shuning uchun juft sifatida, hayotingizda “ko‘proqga intilish”dan ko‘ra barqarorlik va birgalikdagi moliyaviy maqsadlarni muhimroq deb ko‘rishga harakat qiling.Va pul haqidagi qarashlarini ochiq soʻrashdan tortinmang.O'zbekchilik- bu shunchaki ideal standardga intilish,lekin bilasizki hech kim ideal emas.
🎨 Woman on the Balcony, 1824
by Carl Gustav Carus 🇩🇪
Oil on canvas. 42 x 32 cm.
Galerie Neue Meister, Germany

About the artwork:

In "Woman on the Balcony," Carus likely captures a solitary female figure, positioned on a balcony that overlooks a scenic landscape or garden. This setting allows for a contemplative scene, where the woman might be depicted enjoying the tranquility of her natural surroundings or lost in thought, providing a glimpse into the private, introspective moments that are characteristic of Romanticism.
Forwarded from Code & Coins
Такое еще было
Forwarded from UPLIFT | Javlon Otaqulov
Kelib joylashib oldik)

Kechki ovqatgacha ham o’quvchilar bilan portfel razborlari boshlanib ketti, inshaAllah ovqatdan keyin asosiy masterklassimizni boshlaymiz🔥

↗️ @upliftuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UPLIFT | Javlon Otaqulov
Video
Uplift zoʻr maskan.Ayniqsa bunday yigʻilishlari bilan.

Izoh:Uplift aksiyalar bilan halol savdo qilishni oʻrgatadigan oʻquv markaz.Tavsiya qilaman.Yaqinda Hyssa nomli ilovani taqdim qilishdi.Qiziqib koʻring.
Markaziy bank sharhiga koʻra Oʻzbekistonliklar taʼlim xarajatlariga kamroq pul sarflashipti bu chorak.Oʻsib kelayotgan raqamlar edi,negadir toʻy va boshqa marosimlarga xarajatni oshirishipti.

Oʻxshamagan mish-mish ham bor.Endi Oʻzbekistonliklar diplomi bor kuyov nomzodini ham filtr qilishayotgan ekan,GPA bali yuqoriroq nomzodlarga talab oshayotganmish.
Hurmatli doʻstlar,mening GPA balim ancha yuqori ☺️
Oʻzbek tilida Oʻzbekiston texnologiya va moliya bozorida nimalar boʻlayotgani haqida yaxshi maʼlumotlar beruvchi kanal.Kuzatishni tavsiya qilaman!
@beshtorr
Think
Cool story Bilmiman buni oʻzbekchaga qanday yaxshiroq tarjima qilish mumkin,lekin menimcha hammada shunaqa cool story lar bor. Maktabim yaqinida ikkita toʻyxona bor,zamonaviy shaharsozlik talabi 😁.Yosh sinf paytlarim doʻstlarim shu toʻyxonada ishlashar edi.Menga…
Cool story 2

Ilk oʻqishga kirgan yillarim oʻzbek internetida telegram botlar ancha moda edi.Bizneslar supportni ham,xizmat koʻrsatishni ham telegram botlarga integratsiya qilishayotgan zamon edi. ESoft degan telegram blog yuritadigan Elbek ismli bola bilan tanishib qolgandim.U aynan dasturlash, telegram botlar bilan shugʻullanardi. Qiziqib ancha narsalar oʻrganib olgandim.Tepada aytganimdek oʻqishga ilk kirgan yillarim.Qarasam universitetimda bunday telegram bot yoʻq ekan.O'zimni Stiv kabi his qivorgan vaqtlarim,shartta telegram bot ustida,aynan universitet uchun support telegram boti ustida ishlashni boshladim.Bot uncha mukammal emasdi,maqsadim boshqa talaba va abituriyentlarga yordam berish,agar ularda oʻqishga aloqador savollar boʻlsa javob berish edi.Bot tayyor,uni kursdoshim orqali sinab koʻrdim.Shu yerda boom,ishim menga yoqdi.Avvaliga botga uncha koʻp murojaat qilishmadi,chunki bilishmasdida.Keyinchalik murojaatlar soni bir muncha oshdi.Hamma murojaat qilganlarga professional darajada yordam bera oldim deb oʻylayman(chiroyli gapirib qoʻyamanda 😌).Va yana boom! Oʻzimga ITchi doʻst topdim.Ismi Iskandar. U bilan 2-kursdan IT yoʻnalishiga oʻqishimizni koʻchirishni soʻrab universitet rahbariyatiga murojaat qildik.Afsus bu amalga oshmagan,lekin biz hozir ham tech guy'miz,faoliyat bilan shugʻullanmasak ham.
Bot taqdiri
Tunov kuni botga koʻzim tushib qoldi.Esdalik sifatida qolsin deb,hozirgi yangi funksiyalarni botga qoʻshdim,ancha zamonaviylashdi. Toʻgʻridan-toʻgʻri universitet rasmiy saytiga olib boruvchi menyu tugmasini qoʻshish orqali barcha savollarga javob olish mumkin deya shu ishni qildim.Va menimcha bot abadiy tirik qoladi.Support ham ishlab turadi.
Safia shahrimda ochilganini aytganmidim?
Yaxshi va shinam joy.Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar top!
Crypto bro ,wassup )
Bu haftada Ethereum ATH(all time high) ni yangiladi.Oldindan bu sizda bor boʻlgan boʻlsa,siz uchun xursandman.Ha aytgancha, sentyabrda Amerika foiz stavkasini tushirishi haqida datalar yuribdi,bu koʻproq pul bozorga kirishini anglatadi.Ehtiyotizni qilib qoʻyavering.

Izoh:Men hech kimga investitsion maslahat bermayman.Kanalda yozilayotgan narsalar faqat maʼlumot sifatida talqin qilinadi.Sizni harakatlariz uchun kanal maʼmuriyati javobgar emas.