Think
30 subscribers
72 photos
29 videos
3 files
78 links
Download Telegram
Xoʻsh million dollar yoki qiz bola bilan doʻst boʻlish?
Oʻsmir yoshlar qiz yoki yigit doʻsti boʻlishi haqida oʻylashadi.Bu urfmi yoki yetishmovchilik?Yaʼni qarama-qarshi jins vakili bilan ilk oʻsmirlik vaqtidan munosabatda boʼlish yaxshimi yoki yomon?Bu haqida aniq bir fikr bildira olmayman.Lekin oʻsmirlik-bu romantik tuygʻular va munosabatlarni oʻrganish davri va oʻsmirlarning tanishish va romantik aloqalarni oʻrnatishga qiziqishi tabiiydir.Va keyingi savol.Munosabatda boʻlish bilan siz nimalarga ega boʻlasiz va yoʻqotasiz?Menda hech qanday tajriba yoʻq.Tabiiyki yigitlarda qiz bilan munosabatlarda boʻlish ham bir muncha salbiylikka ega.Diqqat masalasi.Bu mavzuda qiz sizga motiv rolida yoki aks rolda boʻlishi ham mumkin.Shuningdek har qanday bemaʼni hissiyotlarni shakllantirish (ayniqsa bu tendensiya oʻzbek yosh media segmentida juda rivojlanib bormoqda). Har kim oʻz fikr va qarashlariga ega mustaqil shaxs.Xox yigit qiz boʻlsin munosabatda boʻlish oʻzlarining shaxsiy tanlovi.
Shuningdek uylanish yoshini 25 deb taklif bergan yoshi katta*larni ham eslab oʻtmoqchiman😁(man 20 yoshdaman)


P.s:Post qisman chala.Fikrlarimni toʻliq bayon etish haqida kurs qidiryapman🤳🏻
Har kuni 10:15 PM da uyqu vaqti boʻldi degan bildirishnomani sozlaganman.1 daqiqadan soʻng shu ahvol.
Forwarded from Prizma
Студентлик олтин давр деб бекор айтишмаган. Айнан ўша давр сен шунчалик маъсулиятсиз, шунчалик эркин, шунчалик мустақил фикрлайдиган ва шунчалик комплексиз бўласан. Ўша вақтдаги қарорларинг кўп нарсаларни ўзгартиради, аламлиси сен шунчаки буни жуда кеч тушунасан.

Узр ҳаётиларга спойлер қилиб қўйган бўлсам.
Tesla Elon Muskniki emas!
Ebarhard va uning doʻsti ilk elektromobil startapiga egalik qiladi.Bunday qarorga kelishga ham ularni boshqa "elektromobil" undagan edi.Va ular avtomobillar shaxsi boʻlgan Detroyitdan investor izlay boshlashadi.Venchur kapitalistlarni elektromobil konsepsiyasi unchalik qiziqtirmagan edi.Va keyingi yoʻl Silikon vodiysi va Elon Musk edi.Muskka bu juda qiziqarli tuyuldi va ularga pul berishini aytdi.Shu bilan kompaniya asosiy investoriga aylandi.Kompaniya nomi birinchi elektromotor ixtirochisi Nikola Tesla sharafiga "Tesla" deb nomlandi.Ular ilk ishlab chiqarilishi kerak boʻlgan mashinani Roadster deb nomlashdi.U 2004 yilda taqdim qilinishi kerak edi.Oʻrtacha narx 100K AQSh dollari edi.Ilk taqdimotdan keyin unga oldindan talab ancha ortdi.Hatto Leonardo De Caprio ham tekinga bitta Roadster berishini soʻragan¹.
Lekin hammasi zoʻr emasdi.Ebarhardni sherigi direktorlar kengashidan chetlatilgandan soʻng bu kompaniya kayfiyatiga yomon taʼsir qildi.Shuningdek transmissiya muammosi ham bor edi.Yetmagandek Muskning pullari tugab borardi.Chunki birdaniga 2 ta kompaniyaga moliyaviy ragʻbat berish juda qiyin edi.SpaceXning ilk muvaffaqiyatli parvozi 2008-yildagina amalga oshgandi.
Roadsterning kechikishi omma oldida Elonni obroʻsini tushirardi.Shuningdek rafiqasi Jastin bilan ajrashishi ham Muskni yanada qiyin ahvolga solgandi.Ayrim blogpostlar Musk Teslani ikki dahodan tortib olgan deb maqolalar nashr qilardi.

1.Maʼlumot Eshli Vensning"Ilon Mask .Tesla,SpaceX va kelajak sari yoʻl" kitobidan olindi
Bular shunchaki mushuklar emas.Bular million odamlar sevadigan mushuk 🐈.
Ha aytgancha Belugani memlarini tushunish osonroq.Bir chimdim shu yerda koʻrishiz mumkin
Think
Tesla Elon Muskniki emas! Ebarhard va uning doʻsti ilk elektromobil startapiga egalik qiladi.Bunday qarorga kelishga ham ularni boshqa "elektromobil" undagan edi.Va ular avtomobillar shaxsi boʻlgan Detroyitdan investor izlay boshlashadi.Venchur kapitalistlarni…
Ha aytgancha Elon Muskni Nasa qutqarib qolgan ekan.Yaʼni Falcon 1 ning muvaffaqiyatli parvozidan keyin Nasa XKSga(Xalqaro kosmik stansiya) yuk yetkazib berish uchun SpaceX bilan 1.6 milliard dollarlik shartnoma tuzgan.
Yaʼna bir kitobdagi qiziqarli jumla quyidagicha"Elon 20 million dollarni zoʻrgʻa topgan edi"!
Yangi hobbi.Google mapsda mashhur joylarni tomosha qilish.Start with it <<🗽>>
Telegram xursand qilishda davom etadi!
Endi shaxsiy xabarlarda ham yuborilgan xabar qachon oʻqilganini bilish mumkin.Tekshirilar.
Mashhur vaynerlar serial ishlaganini koʻrdilar menimcha.Har holda butun oʻzbek mediasi namoyondalariga serialni "tavsiya" qilishlarini iltimos qilishganida eshtgansilar.Mana shu serial
Student sifatida aytaman.Serial cringe va tanish lahzalari ham bor.Ayniqsa tanishuv paytidagi sahna.Oʻzbekistonda hech kim oʻzini bunaqa tutmaydi(IMHO).Oʻqtuvchini esa mana bu gapi:"Maktab paytini eslab ikkita ikkita chiqamiz".Siyqasi chiqib ketganidan biz ham ora-orada eshitib turamiz buni.Va birinchi kundan hamma boradi va taʼlimdagi eng muhim narsa"davomat" 100% boʻlishi aniq(Axir qatta oʻqiyman ekan deb ham hamma universitetga birinchi kuni boradiku).Shu sahnada oʻqtuvchi:"Shu kelishilarga koʻz tegmasin,har doim mana shunaqa oʻtirilar".Oʻqtuvchi bu gapni nega aytishini esa sizlar tahmin qilishilar mumkin.
Birinchi kundan tanishuv kechasi uyushtirish.Gʻalatiyu.Shunisi aniqki men borolmasdim.Umuman tanimagan odamlar bilan bir joyda oʻtirish oʻta zerikarli(holat birinchi kun uchun nazarda tutilyapti)
Va tamaki mahsuloti orqali doʻst boʻlish.Bu real keys.Juda koʻp guvoh boʻlganman va siz ham shunday deb oʻylayman.Serial atmosferasi esa odamni oʻzida tutib qolishi qiyin.Shunga qaramay bir kunda 450K dan ortiq koʻrishlar soniga erishishgan.Birinchi qismdan serialning prodyuser va ssenariy muallifi boʻlgan blogerlar sahnada ham ancha ekranda faol koʻrinishsa kerak.

P/s:Bular professional boʻlmagan oddiy bola tomonidan berilgan fikrlar.Oʻz fikrimni bildirishga haqliman baribir.Tanqidlarsiz oʻsish boʻlmasligini ular ham biladi va ularga bu post yetib borsa toʻgʻri tushunishadi degan umiddamiz.
Birinchi qism boʻyicha fikrlar bildirildi❗️Balki davomi zoʻrdir.

Axrorni "Studentman" qoʻshigʻini saundtrek qilish keragidi.Oʻzi shu sababli ham serialni koʻrishga motivatsiya topdim
Keling bir fantaziya yaratamiz.Siz yashayotgan davr siz uchun qiyin deb oʻylaylik.Iqtisodiy-siyosiy, ekologik va boshqa muammolar atrofida yashayapsiz.Agar sizda shunday imkoniyat boʻlsa,yaʼni maʼlum davrga uyquga ketsangiz(kapsula ichida) va bunda sizda hech qanday biologik oʻzgarishlar roʻy bermasa, yaxshi dunyoda uygʻonishga rozi boʻlarmidingiz? Izohlarda boʻlishing!
Bugun Doodle
Xoʻsh doodle oʻzi nima?Doodle - bu vaqtni boshqarish va uchrashuvlarni muvofiqlashtirish uchun onlayn taqvim vositasi. Bu foydalanuvchilarga boshqa xususiyatlar qatorida hamkorlikda rejalashtirish va tartibga solish imkonini beradi.
Bugungi Doodle Jeyms Bolduin haqida.Ushbu Doodlening asosiy mavzulari
Ijtimoiy adolat va
Adabiyot hisoblanadi.
Bolduin 1924-yil 2-avgustda Nyu-York shahrida tug‘ilgan. U Garlemda o'sgan va sakkiz aka-ukasini tarbiyalashga yordam bergan. Yosh o'smir sifatida u o'gay otasining ta'siriga ergashdi va Garlemdagi cherkovda kichik vazir bo'ldi. Shuningdek, u o'rta maktab jurnalida she'rlar, hikoyalar va pyesalar nashr eta boshlagan. Jurnal ustida ishlagan vaqti uning adabiy mahoratini oshirdi va yozishga bo'lgan ishtiyoqini mustahkamladi.Koʻproq bu yerda .
Uning mashhur iqtibosi "Qashshoqlik bilan kurashgan har bir kishi kambag'al bo'lish qanchalik qimmat ekanligini biladi."
Iqtibos "Shamolni boʻysundirgan bola":
-Men qizimni shunchaki xotin yoki ona boʻlishini xohlamayman.Sen universitetga albatta borasan!
Ilmiy tadqiqot usullari haqida mustaqil ish olganman.Mavzu ilmiy tadqiqot oʻzi nima ekanligi va nima uchun kerakligi va ilk tushunchalarni qamrab oladi.Uncha koʻp boʻlmaydi.Maʼlumotlarni qidirishni boshlaganman.Tayyor boʻlsa shu yerda ulashiladi
IMG_20240202_120617.jpg
23.9 MB
Qayerda yana atrofi togʻlar bilan oʻralgan shahar bor?
Aytilgan gap haqligi va aksirish orasida qanday korrelyatsiya bor?