Think
30 subscribers
72 photos
29 videos
3 files
78 links
Download Telegram
Koʻpchilikda yoʻq va hammaga orzudek narsa senda boʻlishi zoʻr.Lekin ayrim paytlarda shu narsa senda borligi uchun koʻproq tashvishga soladi seni.
Oʻylab koʻr qayergadir borishing kerak va oʻz mashinangda bording.Senda asosiy muammo"Parking" .Ajoyib undan keyingisi moshinangga yetguningcha* boʻlgan oradagi hadiksirash va boshqa shunga oʻxshash narsalar.Lekin OKAda mashinasi yoʻq va u bemalol , xavotirlarsiz boʻladi.Ha toʻgʻri senda mashina boʻlishi senga juda koʻp foyda op keladi.Yoʻling yaqinlashadi,yuking yengillashadi .Lekin sen aynan hozirgi vaqtda mashinam boʻlmasa edi yoki yaxshiroq oʻqib ,karyera qilib haydovchili levelga upgrade qilishim kerak degan fikrda boʻlishing mumkinku toʻgʻrimi? Xullas hayot ekan bu:)


P/s Bugun asab buzildide shuni deb .Hayrli kech!
Bugun Turkiyalik Oʻzchan bilan suhbatlashdim.U bilan ingliz tilini oʻrganish doirasida tanishib qoldim.U 23 yoshda va ishlaydi.Ancha quvnoq qiz.U bilan bizdagi Turkiyaning mashhur seriallari va aktyorlari haqida gaplashdik.Oʻzchanning oyisi unga yordam berdi aktyorlarni nomini topishda.Biz Buyrak haqida ,Aras Iynemli haqida gaplashdik.

Va unga savol berdim.Nega sizlar kech turmush qurasizlar deb.U aytdiki bu bizda normal holat.Biz avval ona boʻlishga oʻzimiz tayyor boʻlamiz va oʻzini 23 yosh boʻlsa ham boladek his qilishini aytdi.Va unga qachon turmush qurishi haqida soʻradim.U yigiti borligini va 2-3 yildan keyin bu haqida oʻylashi va hozir asosan pul ishlash bilan mashgʻul ekanligini aytdi.Men esa unga bizda asosan 18 yoshlarda turmushga chiqishishini aytdim.U bu juda erta ekanligini va bu yaxshi emasligini aytdi.Men ham qoʻshilaman uning fikrlariga.Chunki yosh limitiga yetish bu oila qurish mumkin degani emasku.Muhim faktor yosh emasku aslida.Juda koʻp omillar bor.Eng birinchisi ruhan oilaga tayyor boʻla olamanmi degan savolni oʻziga berish.Xullas bu maslahat emas.Hamma oʻzi xoxlagan yoshda xoxlagan odami bilan turmush qurishi mumkin.Oila instituti rivojlanishiga hissa qoʻshishsa hamma manfaatdor boʻlardi.
Erinchoqlik eng rasvo narsa.Kuch bor.Lekin shu kuchni ham ishlatishga erinasan kishi.Bilmadim balki bu ahmoqlik deb atalar.Pand yeyishlar ham koʻpincha erinish tufayli boʻladi.

P/s Postni ham erinib yozdim shekilli..
Ijtimoiy tarmoqlar shu qadar ajoyibki tasavvur qilolmaysiz.Siz oddiy foydalanuvchi sifatida ham bemalol biron-bir obroʻli shaxs bilan(vayner emas) suhbatlasha olasiz.Uning fikrlarini birinchilardan boʻlib bila olasiz va agar qarshi fikr boʻlsa bemalol bildira olasiz va asosli javoblar ham olishingiz mumkin.Lekin albatta yomon tomonlari ham kam emas.Bunga misolni hozirgi kundagi media urushida ham koʻrishimiz mumkin.

Bu oddiy bir misol edi.Agar yana davomi boʻlsa ham shu yerda boʻladi 😁
Pulizni oling.

Cash for information degan termin haqida oʻqib qoldim.Yaʼni qandaydir maʼlumot uchun pul toʻlash.Biz buni moshinalarni notoʻgʻri parking qilish misolida koʻramiz.Shunday holatda siz uni rasmga oldiz va tegishli organga taqdim etdingiz.Tabiiyki mashina egasi jarimaga tortiladi va maʼlum summani davlatga toʻlaydi.Shu summadan maʼlumot taqdim qiluvchi ham oʻz ulushini olishga haqli.Agar ragʻbatlantirish boʻlmasa unga maʼlumot yetkazish muhim rol kasb etmasdi.Xop nega pul toʻlanishi kerak?Bu ish risk orqali amalga oshiriladi.Riskni esa iqtisodiy ragʻbatdan boshqa narsa bilan qondirish mutanosib emas.

Lekin ataylab shunaqa holatga (masalan boshqa mashinalar uchun parking qilishga halaqit beradiganlar va shu orqali pul ishlaydiganlar*) soluvchilarni kim deb atash oʻzizga havola.

Asli shu yerda
Tarmoqlarda Navoiy kutubxonasi endi kechqurun faoliyat olib bormasligini eʼlon qildi.Ungacha 24/7 faoliyat olib borardi.

Umrimda ushbu kutubxonaga hali bormaganman.Kitobni yoʻlda yoki uyda oʻqiyman va hali oʻzimga kerakli adabiyotlarni topishda muammo boʻlmayapti.Lekin borish shu qadar ajoyib boʻlardi.Mendaku kunduzi borishga vaqtim bor.Lekin hamma men emas.Ayrim kitob mutolaa qiluvchilar kechki paytni xush koʻradi yoki shunchaki ilojsizlikdan kechqurun oʻqishga majbur.U yerda faqat kitob oʻqish emas,balki networking, kompyuterda ishlash va boshqa ishlaringizni ham bajara olasiz birovga halaqit bermagan holda.Lekin endi kechqurun ishlamasligi balkim yomondir.Chunki men hali bilmayman kechqurun kutubxonadan foydalanuvchilarining holatini.Tez orada yana 24/7 formatga qaytishini kutamiz.

P/s "Oʻzbekistonlik" filmining 1-epizodida qahramonlardan biri kunduzi ishlashi va kechqurun 12-1 gacha kutubxonada boʻlishini aytgandi....
Stokgolm sindromi

Oʻqib keling
Oʻzing hayotda tanimaydigan,umuman koʻrmagan inson bilan huddi ming yillik doʻstday suhbatlashish bu ajoyib narsa.Agar u qarshi jins vakili boʻlsa 😁
Oʻqigang kitoblaringni kimgadir tavsiya qilishga qizgʻonish bu yaxshi narsami?
Bugun piyoda yurish imkoniyati paydo boʻlib qoldi.Tabiiyki bekorga oʻtmaydi.
Darvin nazariyasi haqida "Toples"ni eshitib keldim.Ancha qiziqarli maʼlumotlar.Ajdodlarimiz tahminan nechtaligi,2 ning 7000-darajasi va men sizni "Hov ukam/singlim" deb chaqirganimda bu qanchalik toʻgʻriligi,genlarimizning hayvonot olami bilan qanchalik oʻxshashligi haqida aytilgan.Ha aytgancha odamning genlari maymunnikidan 2% ga yuksakroq ekani haqida oʻqib qolgandim.Shu 2% bizga nimalar bergani haqida oʻylab koʻrishiz mumkin.
Shuningdek "insest" haqida ham bilib oldim.Bu yaqin qarindoshlarning birgalikda oila qurishlari,ya'ni bir xil genlarning qoʻshilishi.Bunda X va Y xromosomalari haqida ham gap ketgan.
Yoʻl-yoʻlakay esa menga Strava hamroh boʻldi.Profilimni shu yerda yoki izohlarda koʻrishingiz mumkin.
Culture shock - siz tanimagan madaniyatga duch kelishingiz va bunda oʻzingizni gʻalatiroq tutishingiz.
Ha kitoblarni oʻqish kerak.Lekin 100 betgacha uncha qiziqarli boʻlmasa almashish kerak.

P/s Shu kitobni 100 betgacha oʻqidim deyarli.Lekin chakana savdo va hayotiy yozilgani uchun menga uncha qiziqarli boʻlmadi.
Think
Ha kitoblarni oʻqish kerak.Lekin 100 betgacha uncha qiziqarli boʻlmasa almashish kerak. P/s Shu kitobni 100 betgacha oʻqidim deyarli.Lekin chakana savdo va hayotiy yozilgani uchun menga uncha qiziqarli boʻlmadi.
Walmart doʻkonlar tarmogʻi haqida.
Asoschisi -Sem Uolton va akasi Bed
Ilk doʻkon 1962-yilda tashkil etilgan.Ungacha boshqa nomlarda faoliyat yuritishgan.
Asosiy shior "Hamma narsani chegirmada sotish"
1985-yilda Sem Forbesda eng boy odamlar roʻyhatida birinchi oʻrinda turgan.
Jurnalistlarga bir qiziqarli gap aytgan"Men pulim borligidan uyalmayman".Bu gapni tahlil qilishiz mumkin.
Walmart Amerika doʻkonlar tarmogʻida yetakchi oʻrinlar qatorida turadi.
Ertalab va foydali "tirbandlik"

Toshkentda boʻlayotgan tirbandliklar tufayli avtobusimda oʻqishga kech qolganimni oʻylab oʻtiruvdim😀.Tabiiyki bekorga oʻtmaydi.Bilasiz oʻqiyotgan kitoblarimga qisqa sharh berib boraman.Shunday qilib "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" kitobini oʻqishni yana davom ettira boshladim.Va oxirgi oʻqilgan betlardan bir ogʻiz!
Beruniyda havo yaxshi hozir. 🌈
Atom odatlar kitobini ancha oldin oʻqib chiqqandim.Lekin baʼzi yomon odatlarimni yoʻqota olmayapman.
Kitobda yomon odatlarni 3 ta yoʻl bilan yoʻq qilish mumkin deyilgan.
Odat koʻrimsiz boʻlishi ,jozibasiz boʻlishi va qiyin boʻlishi kerak deyilgan.Mendagi yomon odat faqat jozibasiz xolos.Qolgan omillar ham bor.Lekin men uchun nafs ustunlik qilyapti.
Xoʻsh siz yomon odatlarni qanday yoʻqotasiz?Izohda varaqlashiz mumkin!
Musiqa inson ruhiyatiga qanday taʼsir qiladi?
Maʼlum boʻlishicha musiqa ohanglari inson organizmiga taʼsir qila oladi.Bu haqida Gipokrat ham aytib oʻtgan.
Agar siz yolgʻiz paytda derazadan tashqariga qarab gʻamgin qoʻshiqlarni tinglasangiz bu sizga shoʻx qoʻshiqlardan koʻra koʻproq gʻamni yengishga yordam beradi.
Ish davomida esa qoʻshiqni pastlab eshitish ish samaradorligini oshiradi va sheriklarga qaraganda xatolarni kamaytira olarkan.
Mashina boshqarayotganda esa qoʻshiq eshitish tavsiya etilmaydi.Bu boshqa mashinalarning signal belgilarini eshitishga halaqit beradi.
Uxlashga yotishdan oldin esa klassikani bir hoʻplab olsayiz uyqu sifati oshishi mumkin va xotira yaxshilanarkan.
Sport zali yoki odatiy sport mashgʻulotlarida esa albatta 100-130 zarb tempidagi qoʻshiqlarni eshitish irodani yanada mustahkamlaydi.Bu sinovdan oʻtgan manabu qoʻshiq bilan.
Xullas sizga savol.Ahror yoki Bonu sizni tashab ketganda qaysi qoʻshiqni eshitib yigʻlagansizlar?Izohda dardlashishiz mumkin.


Batafsilroq shu yerda
Qidiruv qonuni - siz izlayotgan narsa va aynan u shu yerda emas deb oʻylagan joyizda boʻlishi mumkin.
Xarakter nima
Psixologlar xarakter haqida gapirganda, shaxsning o'ziga xos xususiyatlarining ma'lum bir kombinatsiyasini anglatadi, ularni ifoda etishda qat'iydir. Bu xususiyatlar turli munosabatlardagi shaxsning xulq-atvoriga maksimal ta'sir ko'rsatadi:

• odamlar orasida;
• mehnat jamoasida;
• o'z shaxsiyatiga;
• atrofdagi haqiqatga;
• jismoniy va aqliy mehnatga.

"Xarakter" so'zi yunoncha bo'lib, "zarb qilish" degan ma'noni anglatadi. Ushbu ta'rif Qadimgi Yunonistonning tabiatshunosi, faylasuf Teofrast tomonidan qo'llanilgan. Bunday so'z haqiqatan ham shaxsning tabiatini juda aniq belgilaydi.

Xoʻsh savol.Sigma bu haraktermi yoki boshqa narsa?
Hali ham Mendeleyev elementar kimyoviy jadvalini tushida koʻrib yozib olgan degan fikrda boʻlsayiz demak 2 daqiqa oldingi men holatimda ekansiz.Bunday gapni maktabda oʻqtuvchimiz juda samimiy tarzda aytib berardilar.Lekin olim buni bir necha bor rad etgani haqida oʻqib qoldim.Wow bu ham yoʻgʻon boʻlsachi?Lekin endi shu fikrdaman keyingi fikr aytilguncha😁