Think
30 subscribers
72 photos
29 videos
3 files
78 links
Download Telegram
Instagramda bir mushukka zarar berishgani haqida video koʻrdim.Juda achinarli holat😢.Oddiy tilsiz va hech kimga ziyoni tegmaydigan mushuk edi .Bir inson uni veterinariyaga olib borgani va davolashda ekanini aytishdi.Men ham shunaqa yordamga muhtoj mushuklarni koʻp koʻrganman.Afsus yordam bera olmasdim.Buni tushuntirib berish menga qiyin.Kelajakda hammasi joyida boʻlganida albatta yordamga tayyor boʻlaman.U inson bilan esa faxrlandim.

P/s Post yozayotganimda mushuk oyogʻim ustida yotgan edi).

P/s/s Mushuklarga yordam bera olmasangiz ham zarar bermang iltimos.Ularga yordam bering!
Ўз фикризга ва ажралиб турувчи ақлий салоҳиятга эга бўлинг. Китоб ўқи дейишса бориб "Икки эшик орасида"ни эмас балки бошқа китобларнихам ўқинг, филмлар, сериал ва замонавий мултфилмлар томоша қилинг. Фойдали мақолалар ўқинг. Сиз ўқиган ёки кўрган маълумотиздан умризда фойдаланмаслигиз мумкин лекин у сизни эркин сўзлашизга, "қутидан ташқарида" фикрлашизга ёрдам беради. Шунда сиз юқоридаги каби имомлар ва хукумат пропагандачилари гапларига алданиб қомисиз.
Soat 3 va menda 1 ta oʻtkazilib yuborilgan dars.Uxlap qopman(
Kapalak effekti


Bu shunday narsaki arzimagan ish yoki hodisaning natijasi juda katta boʻladi.Yoki kutilmagan natija . Nazariyasiga koʻra "Amazon oʻrmonidagi bir kapalakning qanot qoqishi,dunyoni yarmini aylanib chiqa oladigan boʻronni keltirib chiqarishi mumkin" kabidir.Bu isbotlanmagan teoriya.
Dazmollashni madaniy darajaga ob chiqish eng katta xato boʻlsa kerak oʻzi.Yoʻq balkim bu ishni faqat bir jins vakillari bajargani uchun dazmollash manga erish tuyulyapti😫.Iltimos mustaqil yashaylik dunyoda.Axir dazmollashdan muhim narsalar ham borku
Koʻpchilikda yoʻq va hammaga orzudek narsa senda boʻlishi zoʻr.Lekin ayrim paytlarda shu narsa senda borligi uchun koʻproq tashvishga soladi seni.
Oʻylab koʻr qayergadir borishing kerak va oʻz mashinangda bording.Senda asosiy muammo"Parking" .Ajoyib undan keyingisi moshinangga yetguningcha* boʻlgan oradagi hadiksirash va boshqa shunga oʻxshash narsalar.Lekin OKAda mashinasi yoʻq va u bemalol , xavotirlarsiz boʻladi.Ha toʻgʻri senda mashina boʻlishi senga juda koʻp foyda op keladi.Yoʻling yaqinlashadi,yuking yengillashadi .Lekin sen aynan hozirgi vaqtda mashinam boʻlmasa edi yoki yaxshiroq oʻqib ,karyera qilib haydovchili levelga upgrade qilishim kerak degan fikrda boʻlishing mumkinku toʻgʻrimi? Xullas hayot ekan bu:)


P/s Bugun asab buzildide shuni deb .Hayrli kech!
Bugun Turkiyalik Oʻzchan bilan suhbatlashdim.U bilan ingliz tilini oʻrganish doirasida tanishib qoldim.U 23 yoshda va ishlaydi.Ancha quvnoq qiz.U bilan bizdagi Turkiyaning mashhur seriallari va aktyorlari haqida gaplashdik.Oʻzchanning oyisi unga yordam berdi aktyorlarni nomini topishda.Biz Buyrak haqida ,Aras Iynemli haqida gaplashdik.

Va unga savol berdim.Nega sizlar kech turmush qurasizlar deb.U aytdiki bu bizda normal holat.Biz avval ona boʻlishga oʻzimiz tayyor boʻlamiz va oʻzini 23 yosh boʻlsa ham boladek his qilishini aytdi.Va unga qachon turmush qurishi haqida soʻradim.U yigiti borligini va 2-3 yildan keyin bu haqida oʻylashi va hozir asosan pul ishlash bilan mashgʻul ekanligini aytdi.Men esa unga bizda asosan 18 yoshlarda turmushga chiqishishini aytdim.U bu juda erta ekanligini va bu yaxshi emasligini aytdi.Men ham qoʻshilaman uning fikrlariga.Chunki yosh limitiga yetish bu oila qurish mumkin degani emasku.Muhim faktor yosh emasku aslida.Juda koʻp omillar bor.Eng birinchisi ruhan oilaga tayyor boʻla olamanmi degan savolni oʻziga berish.Xullas bu maslahat emas.Hamma oʻzi xoxlagan yoshda xoxlagan odami bilan turmush qurishi mumkin.Oila instituti rivojlanishiga hissa qoʻshishsa hamma manfaatdor boʻlardi.
Erinchoqlik eng rasvo narsa.Kuch bor.Lekin shu kuchni ham ishlatishga erinasan kishi.Bilmadim balki bu ahmoqlik deb atalar.Pand yeyishlar ham koʻpincha erinish tufayli boʻladi.

P/s Postni ham erinib yozdim shekilli..
Ijtimoiy tarmoqlar shu qadar ajoyibki tasavvur qilolmaysiz.Siz oddiy foydalanuvchi sifatida ham bemalol biron-bir obroʻli shaxs bilan(vayner emas) suhbatlasha olasiz.Uning fikrlarini birinchilardan boʻlib bila olasiz va agar qarshi fikr boʻlsa bemalol bildira olasiz va asosli javoblar ham olishingiz mumkin.Lekin albatta yomon tomonlari ham kam emas.Bunga misolni hozirgi kundagi media urushida ham koʻrishimiz mumkin.

Bu oddiy bir misol edi.Agar yana davomi boʻlsa ham shu yerda boʻladi 😁
Pulizni oling.

Cash for information degan termin haqida oʻqib qoldim.Yaʼni qandaydir maʼlumot uchun pul toʻlash.Biz buni moshinalarni notoʻgʻri parking qilish misolida koʻramiz.Shunday holatda siz uni rasmga oldiz va tegishli organga taqdim etdingiz.Tabiiyki mashina egasi jarimaga tortiladi va maʼlum summani davlatga toʻlaydi.Shu summadan maʼlumot taqdim qiluvchi ham oʻz ulushini olishga haqli.Agar ragʻbatlantirish boʻlmasa unga maʼlumot yetkazish muhim rol kasb etmasdi.Xop nega pul toʻlanishi kerak?Bu ish risk orqali amalga oshiriladi.Riskni esa iqtisodiy ragʻbatdan boshqa narsa bilan qondirish mutanosib emas.

Lekin ataylab shunaqa holatga (masalan boshqa mashinalar uchun parking qilishga halaqit beradiganlar va shu orqali pul ishlaydiganlar*) soluvchilarni kim deb atash oʻzizga havola.

Asli shu yerda
Tarmoqlarda Navoiy kutubxonasi endi kechqurun faoliyat olib bormasligini eʼlon qildi.Ungacha 24/7 faoliyat olib borardi.

Umrimda ushbu kutubxonaga hali bormaganman.Kitobni yoʻlda yoki uyda oʻqiyman va hali oʻzimga kerakli adabiyotlarni topishda muammo boʻlmayapti.Lekin borish shu qadar ajoyib boʻlardi.Mendaku kunduzi borishga vaqtim bor.Lekin hamma men emas.Ayrim kitob mutolaa qiluvchilar kechki paytni xush koʻradi yoki shunchaki ilojsizlikdan kechqurun oʻqishga majbur.U yerda faqat kitob oʻqish emas,balki networking, kompyuterda ishlash va boshqa ishlaringizni ham bajara olasiz birovga halaqit bermagan holda.Lekin endi kechqurun ishlamasligi balkim yomondir.Chunki men hali bilmayman kechqurun kutubxonadan foydalanuvchilarining holatini.Tez orada yana 24/7 formatga qaytishini kutamiz.

P/s "Oʻzbekistonlik" filmining 1-epizodida qahramonlardan biri kunduzi ishlashi va kechqurun 12-1 gacha kutubxonada boʻlishini aytgandi....
Stokgolm sindromi

Oʻqib keling
Oʻzing hayotda tanimaydigan,umuman koʻrmagan inson bilan huddi ming yillik doʻstday suhbatlashish bu ajoyib narsa.Agar u qarshi jins vakili boʻlsa 😁
Oʻqigang kitoblaringni kimgadir tavsiya qilishga qizgʻonish bu yaxshi narsami?
Bugun piyoda yurish imkoniyati paydo boʻlib qoldi.Tabiiyki bekorga oʻtmaydi.
Darvin nazariyasi haqida "Toples"ni eshitib keldim.Ancha qiziqarli maʼlumotlar.Ajdodlarimiz tahminan nechtaligi,2 ning 7000-darajasi va men sizni "Hov ukam/singlim" deb chaqirganimda bu qanchalik toʻgʻriligi,genlarimizning hayvonot olami bilan qanchalik oʻxshashligi haqida aytilgan.Ha aytgancha odamning genlari maymunnikidan 2% ga yuksakroq ekani haqida oʻqib qolgandim.Shu 2% bizga nimalar bergani haqida oʻylab koʻrishiz mumkin.
Shuningdek "insest" haqida ham bilib oldim.Bu yaqin qarindoshlarning birgalikda oila qurishlari,ya'ni bir xil genlarning qoʻshilishi.Bunda X va Y xromosomalari haqida ham gap ketgan.
Yoʻl-yoʻlakay esa menga Strava hamroh boʻldi.Profilimni shu yerda yoki izohlarda koʻrishingiz mumkin.
Culture shock - siz tanimagan madaniyatga duch kelishingiz va bunda oʻzingizni gʻalatiroq tutishingiz.
Ha kitoblarni oʻqish kerak.Lekin 100 betgacha uncha qiziqarli boʻlmasa almashish kerak.

P/s Shu kitobni 100 betgacha oʻqidim deyarli.Lekin chakana savdo va hayotiy yozilgani uchun menga uncha qiziqarli boʻlmadi.
Think
Ha kitoblarni oʻqish kerak.Lekin 100 betgacha uncha qiziqarli boʻlmasa almashish kerak. P/s Shu kitobni 100 betgacha oʻqidim deyarli.Lekin chakana savdo va hayotiy yozilgani uchun menga uncha qiziqarli boʻlmadi.
Walmart doʻkonlar tarmogʻi haqida.
Asoschisi -Sem Uolton va akasi Bed
Ilk doʻkon 1962-yilda tashkil etilgan.Ungacha boshqa nomlarda faoliyat yuritishgan.
Asosiy shior "Hamma narsani chegirmada sotish"
1985-yilda Sem Forbesda eng boy odamlar roʻyhatida birinchi oʻrinda turgan.
Jurnalistlarga bir qiziqarli gap aytgan"Men pulim borligidan uyalmayman".Bu gapni tahlil qilishiz mumkin.
Walmart Amerika doʻkonlar tarmogʻida yetakchi oʻrinlar qatorida turadi.
Ertalab va foydali "tirbandlik"

Toshkentda boʻlayotgan tirbandliklar tufayli avtobusimda oʻqishga kech qolganimni oʻylab oʻtiruvdim😀.Tabiiyki bekorga oʻtmaydi.Bilasiz oʻqiyotgan kitoblarimga qisqa sharh berib boraman.Shunday qilib "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" kitobini oʻqishni yana davom ettira boshladim.Va oxirgi oʻqilgan betlardan bir ogʻiz!
Beruniyda havo yaxshi hozir. 🌈