Think
30 subscribers
72 photos
29 videos
3 files
78 links
Download Telegram
Yabancı
Siyosiy va iqtisodiy bilimlarga ega bo'lmagan xalqdan o'zlariga davlat rahbarini saylash, ularga ovoz berish huquqini berish, bu huddi Eynshteynning nisbiylik nazariyasi to'g'ri yoki noto'g'riligi bo'yicha xalqdan ovoz berishlarini so'rash yoki uchuvchining…
Yuval Hararining "Insoniyatning qisqacha tarixi" kitobini audio formatda 8 tacha bobini eshtganman.Va ayrim keyslar bunday:
"Insonlar bugʻdoyni xonakilashtirmadi balki aksincha bugʻdoy odamlarni xonakilashtirdi.Chunki bugʻdoy maʼlum bir muddat davomida pishilib yetiladi va sapiens mehnatini qadrlagan holda bir makonda qolishga majbur boʻlgan".Bilamizki ungacha insonlar koʻchmanchi tarzida hayot kechirishgan.
"Mamontlarning qirilib ketishi ham muzlik davrida roʻy bermagan.Shunchaki homosapienslar mamontlar yashaydigan oʻlkalarga yetib borganlar va katta tahminlarga koʻra ov natijasida qirilib ketishgan"
Sapiens-bu insoniyat tarixidagi birinchisi eng ongli mavjudot turi.Hozir biz deyarli juda rivojlangan sapienslar avlodimiz va bu juda katta evolutsiya natijasidir.
Тилсиз мавжудодлар

Доим мушугим қаерга борсам ортимдан бориб олиб жим, ғамгин қараб турса забонсизлигидан унга раҳмим келади. Қорнинг очми, чанқадингми, бирор еринг оғрияптими, деб сўрайман, жавобига сукут.

Тилсиз мавжудодлар шунинг учун ҳам ҳам химояга муҳтож.

@imaginative_girl
Forwarded from Madina Miytan
Separatsiya...(lot. separatio "ajralish")

Psixologiyada separatsiya nimani anglatadi?


Bu kattalar va bolaning hissiy ajralishi.
Buni ko‘pchilik biryoqlama hissiy ajralish deb biladi. Aslida bu ikki tomonlama jarayon bo'lib, unda ota-ona voyaga etgan boladan, bola esa mos ravishda ota-onadan hissiy ajralib chiqadi.

Biz o‘z navbatida «kattalar — bola» juftligidan « kattalar = kattalar» juftligiga o'tamiz va o'yin qoidalari ham tabiiy ravishda o'zgaradi. Ya'ni, bola payting kattalarga munosabat ko‘rsatasan katta bo‘lgani uchun, biroq o‘zing katta bo‘lgach kattalar bilan teng munosabat o‘rnatish qoidasi ishlashi kerak. Bu erda men hurmat ko‘rsatish haqida yozmayapman.

Keling yaxshisi ikki tomonlama separatsiya (hissiy ajralish) da tomonlar o‘zlarini qanday tutishi haqida misollarda yozaqolaman.

Ota-onalar tomonidan tugallangan separatsiya( ajralish ) quyidagicha ko'rinadi:

Farzandimning katta bo'lganini qabul qilaman. U o'z xohish-istaklari, ehtiyojlari va tanlovlariga ega bo'lgan shaxs. U xato qilishi, yo'qotishi, azoblanishi, qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Bu normal holat va bu meni yomon ota-onaga aylantirmaydi. Farzandimning hayoti ehtimol juda boshqacha bo'lishi mumkin va bu uning mas'uliyat sohasiga tegishli, menga emas.

Farzandim ham mening fikrimga amal qilmasdan mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega. Bu u meni sevmaydi yoki qadrlamaydi degani emas. Demak, u allaqachon o'z hayotini yashamoqda, o'z hikoyasini yozmoqda. Bu hikoya mukammal bo'lishi shart emas. U shunchaki uniki bo'lishi kerak.

Agar farzandim qiyinchiliklarga duch kelsa, bu men uni zudlik bilan qutqarishim kerak degani emas. Men faqat, uning xohishi va iltimosiga ko'ra unga har tomonlama yordam bera olaman, lekin men o'z ehtiyojlarimni birinchi o'ringa qo'yish huquqiga egaman.

Farzand nuqtai nazaridan tugallangan separatsiya esa shunday bo‘ladi:

Mening ota-onam o'z hayotini birinchi marta tayyorgarliksiz va qoralama (черновик)siz yashagan odamlar. Ular har bir vaziyatga va hayotining har bir bosqichida o'zlari to'g'ri deb hisoblagan narsani qilgan. Albatta, o‘zlaridagina mavjud bo'lgan ma'lumotlarga tayanib harakatlanishgan.

Ularning o'zi ham ideal bo'lmagan sharoitlarda o'sgan. Ularning ruhiyati o‘zlarida bor bo‘lgan potensiyal bilan eng maqbul kurash strategiyalarini shakllantirgan. Ehtimol, ularning o'rnida bo‘lganimda "men ulardan yaxshiroq qilishim" mumkinligi fakt emas.

Endi men voyaga yetdim va o'z hayotimni qurish huquqiga egaman.

Ha, ota-onam ko'pincha mening tanlovimga hozir ham rozi bo'lmasligi mumkin. Bu odatiy va norm. A menda esa boshqalarning menga qo'yilgan umidlarni oqlamaslikka haqqim bor. Chunki, har doim UMIDLARni kim yaratgan bo‘lsa bu uning zimmasida.

Ba'zi vaziyatlarda mening xatti- harakatlarim ota-onamni xafa qilishi mumkin. Afsusdaman. Lekin bu meni yomon odamligimni yoki noshukur farzand ekanligimdan emas. Ota-onamning his-tuyg'ulari, fikrlari, "jozibasi" - bu ham uning mas'uliyat sohasi.

Men o‘z hayotimdagi asosiy shaxs bo'lishga, ota-onam esa o‘z hayotidagina asosiy shaxs bo'lishga haqli.

Men ularga o'z tarafimdan qo‘limdan kelgan yordamni taklif qila olaman, lekin ularni salbiy hissiyotlaridan qutqarishga majbur emasman.Chunki, bu meni ixtiyorimdan tashqarida.

Bundan tashqari, agar ular menga o‘z yordamini taklif qilsa, men ota-onam tomonidan bo‘ladigan yordamga rozi bo‘lishim va ularga doim ishonishim mumkin. Lekin, ota-onamdan mening hayotimni o‘z hayotlaridan ustun qo‘yishini kutishga, talab qilishga haqqim yo‘q.

Istasangiz biror fikr qo‘shib qo‘ygan bo‘larmidingiz?

P. S. bir qarashda jamiyatimiz uchun noodatiydek, biroq separatsiya juda ko‘plab muammolarga echim bo‘ladi.
Oilaviy munosabatlardagi asosiy kelishmovchiliklar yoki nosog‘lom munosabatlarga separatsiya amalga oshirilmasligi hamdir.
@madina_miytan
Forwarded from I got a bad idea🚬
Kecha “Yashil kitob”ni yana bir marta ko’rdim, adashmasam to’rtinchi marotaba ko’rishim edi bu. Odamlar musiqadan zavqlanishar, suhbat qurishar, bir-birlarinikiga, u meni qabul qilarmikan degan istiholali xayollarsiz tashrif buyurishardi. Xat almashishlar, kechki tadbirlarda bo’lishar, turli musiqiy seanslarda qatnashishardi.

Men esa bularni jin urgur tarmoq orqali yozib o’tiribman, jonli suhbat qurgani biror inson ham yo’q, boray desang biror makon. Juda abgor ijtimoiy hayotga o’zimizni-o’zimiz o’rab olganimiz g’ashimni keltiradi doim. Kimnidir qahvaga taklif qilsam, tinchlikmi deb so’raydi birinchi bo’lib, shunchaki suhbat qurish eng qiyin narsa bo’lib qolgan.

Ohirgi marta kim bilandir yuzma-yuz o’tirib, hayot, san’at yoki filmlar haqida uzundan uzoq gaplashganimni eslolmayman, sizchi ?

@vasilbro
Uni hayoti.


Umuman olganda ozgina bilgan kishi aqllilik qiladi degan gapga endi qoʻshila boshladim.Shu davrni boshimdan oʻtkazgan paytlarda boshqalarni ham men kabi sharoit va yashash tarziga ega deb maslahat berardim.Va bu eng katta xatolarimdan bittasi edi.Endi men faqat oʻzimga javob bera olishim va boshqalar ham oʻz fikrlariga ega ekanligini (mening qarashlarimga teskari boʻlsa ham) va ularning fikrlarini hurmat qilishim kerakligini angladim.Bu ahmoqona odat shakliga aylanmasidan tark eta oldim deb oʻylayman.
"Ha men sen uchun 100% mukammal yigitdirman,ammo sen men uchun 100% mukammal qiz emassan"


Asli oʻzgartirilgan.Oʻqing!
Hayot juda qiziqarli.Yaxshi va juda yaxshi kunlar boʻlishi tabiiy holdir.Shu hayot davomida inson qanchalik kerakmas narsalar uchun shunchaki vaqt va boshqa qimmatli resurslarni sarflaydi.Oiladagi tashvishlar,kelajak hayoti ,doʻstlari bilan ziddiyatlar,once fail love ,umuman hech kim seni tushunmaydigan davr.Ana shu vaqtda "Men" yaratiladi.

Menda ham shu sabablar tufayli oʻzimni anglashni boshlaganman.Sizga yoqmaydigan kimdir yoki nimadir ham sizga aslida yordam beradi.Faqat toʻgʻri yoʻlni koʻra olsangiz.

Bilim "Men" ni topishdagi asosiy omillardan biri.Ayniqsa shaxsiy rivojlanish haqida boʻlsa.

Xoʻsh savol.Sizni "Men"ingiz qay tarzda rivojlangan?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va yana siz oʻzingizga qulaylik uchun toʻlaysiz.Qaysi vaqt sizga qulay?Bemalol boravering.Hamma uchun normal harorat.Mahsulot bilan tanishish .Bir necha turlarni solishtirish va bu haqida sotuvchidan maʼlumot olish.Tekin avtoturargoh.Xaridlaringizni hech qanday qiyinchiliksiz mashinangizgacha olib borish.Mana shular uchun ham pul toʻlaysiz.

Ha aytgancha shunday video maʼlumotlarni doimiy joylab borsam nima deysiz?Fikringiz men uchun qiziq va muhim.Izohda yozing.
Walter Lewin kabi ustoz boʻlishni kim ham xoxlamaydi?
Yoʻlda 3 ta qizni koʻrdim.Oddiy mashinada .Avvaliga oʻzbek shekilli deb oʻylagandim.Mashina Qirgʻiziston davlat raqamida edi.Menimcha ular dunyoni oʻrganishga chiqqan 3 ta qiz shekilli😁.Rosti suhbatlashmoqchi edim.Vaziyat toʻgʻri kelmadi xolos.
Metro va boshqalarning haqqi haqida!

Ertalab kartamda pul yoʻqligi uchun metroga bilet olish uchun navbatga turdim.Oldimda 4 tacha odam bor edi.Meni navbatim keldi va endi olayotgan paytimda bir qiz menga ham ovoring dedi.Men esa yoʻq dedim va biletni oldim.

Xoʻsh nima qiziq bu yerda?Men boshqalarni holatini bilardim.Men ham norozi boʻlardim agar oldimdagi kimdir boshqa uchun,yaʼni navbatga turmay kimdirga ovoring deganlar uchun bilet olib bersa.Shu sabab u qizga yoʻq dedim.Va yana boshqaga ham yoʻq deya olardim.Lekin yosh bolali ,yoshi kattalarga hurmat koʻrsatish bu zoʻr narsa.Lekin u qiz hali yosh edi!

P/s Post holat ertalab boʼlganidan boshlab to kunning hozirgi vaqtigacha boʻlib, toʻldirilib yozildi 😄
Think
Video
🎥 Tezlashtirilgan Kelajak: Vaqtning oxiriga sayohat

Film juda qiziqarli va shaxsan menga juda yoqdi . Taʼriflab berolmaydigan hislar ulashdi.Tasavvur olamimda yangicha yondashuvlar paydo boʻldi.

Tarjima uchun alohida rahmat!
Instagramda bir mushukka zarar berishgani haqida video koʻrdim.Juda achinarli holat😢.Oddiy tilsiz va hech kimga ziyoni tegmaydigan mushuk edi .Bir inson uni veterinariyaga olib borgani va davolashda ekanini aytishdi.Men ham shunaqa yordamga muhtoj mushuklarni koʻp koʻrganman.Afsus yordam bera olmasdim.Buni tushuntirib berish menga qiyin.Kelajakda hammasi joyida boʻlganida albatta yordamga tayyor boʻlaman.U inson bilan esa faxrlandim.

P/s Post yozayotganimda mushuk oyogʻim ustida yotgan edi).

P/s/s Mushuklarga yordam bera olmasangiz ham zarar bermang iltimos.Ularga yordam bering!
Ўз фикризга ва ажралиб турувчи ақлий салоҳиятга эга бўлинг. Китоб ўқи дейишса бориб "Икки эшик орасида"ни эмас балки бошқа китобларнихам ўқинг, филмлар, сериал ва замонавий мултфилмлар томоша қилинг. Фойдали мақолалар ўқинг. Сиз ўқиган ёки кўрган маълумотиздан умризда фойдаланмаслигиз мумкин лекин у сизни эркин сўзлашизга, "қутидан ташқарида" фикрлашизга ёрдам беради. Шунда сиз юқоридаги каби имомлар ва хукумат пропагандачилари гапларига алданиб қомисиз.
Soat 3 va menda 1 ta oʻtkazilib yuborilgan dars.Uxlap qopman(
Kapalak effekti


Bu shunday narsaki arzimagan ish yoki hodisaning natijasi juda katta boʻladi.Yoki kutilmagan natija . Nazariyasiga koʻra "Amazon oʻrmonidagi bir kapalakning qanot qoqishi,dunyoni yarmini aylanib chiqa oladigan boʻronni keltirib chiqarishi mumkin" kabidir.Bu isbotlanmagan teoriya.
Dazmollashni madaniy darajaga ob chiqish eng katta xato boʻlsa kerak oʻzi.Yoʻq balkim bu ishni faqat bir jins vakillari bajargani uchun dazmollash manga erish tuyulyapti😫.Iltimos mustaqil yashaylik dunyoda.Axir dazmollashdan muhim narsalar ham borku
Koʻpchilikda yoʻq va hammaga orzudek narsa senda boʻlishi zoʻr.Lekin ayrim paytlarda shu narsa senda borligi uchun koʻproq tashvishga soladi seni.
Oʻylab koʻr qayergadir borishing kerak va oʻz mashinangda bording.Senda asosiy muammo"Parking" .Ajoyib undan keyingisi moshinangga yetguningcha* boʻlgan oradagi hadiksirash va boshqa shunga oʻxshash narsalar.Lekin OKAda mashinasi yoʻq va u bemalol , xavotirlarsiz boʻladi.Ha toʻgʻri senda mashina boʻlishi senga juda koʻp foyda op keladi.Yoʻling yaqinlashadi,yuking yengillashadi .Lekin sen aynan hozirgi vaqtda mashinam boʻlmasa edi yoki yaxshiroq oʻqib ,karyera qilib haydovchili levelga upgrade qilishim kerak degan fikrda boʻlishing mumkinku toʻgʻrimi? Xullas hayot ekan bu:)


P/s Bugun asab buzildide shuni deb .Hayrli kech!