Think
30 subscribers
72 photos
29 videos
3 files
78 links
Download Telegram
Maqtanish emasu hozir 1984 ni oʻqiyapman 😁
Kitob maqtanish uchun o'qilmidi.

Yoki maqtanish uchun oʻqilgan kitob kitob boʻmidi.

Men !)
Odatiy instinkt.

Yosh bolaga hech kim ovqat yutishni,nafas olishni va uxlashni oʻrgatmagani kabi senga ham hech kim hech narsa oʻrgatmidi.

Men!)
Ohh I love it and hate it same time

You and I drink the position of same vine
True !
Kimgadir xazillashib keyin uni oʻziga tushuntirib berish:/
Hozir farzandli boʻlmasdan turib ham bemalol farzandga nima qilish kerak va bu narsa unga qanday foyda/zarar op kelishi haqida juda koʻp video koʻrganman.Xususan NQE podkastda ham va boshqa men nomini unutvorgan podkastlarda ham ,faol blogerlar ham toʻgʻri farzand tarbiyasini targʻib qilishadi.Men esa bularni koʻrib farzandim boʻmagani uchun jiyanimda eksperiment qilaman.😁
Hech oilangizdagilar bilan biror mavzu haqida,deylik sanʼat ,qaysidir mashhur qoʻshiqchining albomi,yokidam Nolanning yangi filmini muhokama qilganmisiz?

Shaxsan aytaman menda bu hol boʻlmagan.Men ham siz kabi qoʻshnim nima qilganiyu va albatta boshqa eng trash' narsalarni uydagilarga aytib berardim.Deylik gap* tashuvchi edim.Hozirchi?

Yoʻq hozir menda hammasi yaxshi .Kimdirga ekologiya,sanʼat haqida gapirishni boshlasam u tushunmasa normal qabul qilaman.Chunki u men ,men u emasman.Hamma oʻz qiziqishi,istaklariga ega .

Maslahatim sizga ham .Dunyo kichkina emas.Siz oʻylaganizdan qiziqroq narsalar bor hayotda.Anglash uchun shunchaki tabiatga, yulduzlarga qarang .Va oʻylang.Men shu paytgacha nima qildim va nima qilyapman?Hayotizda hozir mamnunmisiz?Agar mamnun boʻlsangiz shu paytgacha boʻlgan barcha yaxshi yomon narsalar boʻlishi kerak boʻlgan narsalardir.Agar ulardan birontasi sodir boʻlmaganda balki hozir siz bu holatda boʻlmasdingiz.

Bilaman normal bitta mavzuni toʻliq yoza olmayman.Bu yozayotganlarim sizga emas.Oʻzimga . Qachonlardir shu yozganlarimni oʻqib xa ahmoq boʻlgan ekanmande deyish * uchun yozilmoqda.Shunchaki sizni ekran ortidagi kimdir sifatida shu yozganlarimni oʻqishizni xoxlamayapman!
It's new day in Tashkent.Welcome to TTZ.🥱
Stand-up* ga tushish niyatimni shu yil amalga oshiraman balki 😇
Va bir kun yashadim 🫡
"Inson aqli nima bilan band boʻlsa, tushida ham shuni koʻradi
Инсон ДНКси шимпанзеникига 98% ўхшайди. Шунга қарамай, одамлар телескоплар қуришади, симфониялар ёзадилар, илм-фан ва адабиётга эга бўлишди, шимпанзелар эса бизнинг ёш болаларимиз каби қутиларни йиғиб, имо-ишора тилини тушунадилар. Агар бу 2% бизни шунчалик фарқлайдиган нарса бўлса, бу миқёсда биздан 2% юқори турни тасаввур қилинг.

Улар бизни ақлли деб ҳисоблашармиди? Бу ҳудди юриб кетаётганингизда чувалчангни кўриб қолишга ўхшайди. Сиз тўхтамайсиз ва чувалчанг нимани ўйлаётганига қизиқмайсиз ҳам, ҳатто у билан мулоқот қилишга ҳаракат ҳам қилмайсиз. Сиз билан солиштирганда, чувалчанг бунинг учун жуда ҳам содда.

Балки биз янада ривожланган ва ақллироқ бўлган, ердан ташқари сивилизация билан алоқада бўлмаганимиз сабаби улар Ерни кузатганлари ва бу ерда ривожланган онг йўқ деган хулосага келганларидир."

- Нил деГрассе Тайсон
Vaqtim yoʻq deb bemalol 2-3 soatimni yoʻq qivoradigan darajadaman.Kim deb oʻylashing qiziq?)
Felling it 🐕
#longread


Nocturnal animals

Erta uxlagani yotib, erta turadigan odamlarga havas qilaman. Mana shu postni ham ertalab turib oʻqiydigan odamlarni nazarda tutyapman. Ukkilar, boyqushlarni emas. Ularga chindan havas qilaman. Juda ham maromdagi hayot, agar bunday kun tartibi jamiyat tomonidan maʼqullanganini hisobga olsak. Ular(albatta barchasi emas) kechasi bedor boʻlishmaydi, ularning vijdoni pokiza, ular juda erta uxlashadi, ular afkorlashib, oʻzlarini oʻzlari qiynashmaydi.

Men esa tungi mavjudotga aylanib boʻlganman. Juda kech uxlayman. Odatda ancha vaqtgacha kino koʻrib oʻtiraman, keyin esa pinterest titib oʻtiraman, musiqa eshitaman, hushim kelsa telegramga kiraman. Men subconsciously nimadir izlayotgan boʻlishim mumkin, lekin menga vaqtimni behuda oʻtkazayotgandek tuyuladi yuzada. Aslida miyamda ming xil narsani sintez qilaman, ularni tartibga solmayman, bir-biri bilan qorishib, xaotik harakat qilishadi nevronlarim boʻylab. Men shularni kontrolini yoʻqotib qoʻyganman, oldin bunday emas edi. Bir yil oldin bunday emas edi. Men oʻz xotirjamligimni borgan sari qoʻldan berayotganga oʻxshab tuyulaman, borgan sari. Koʻzim achishib ketganda ham uyqum kelmaydi, shunchaki musiqa eshitib yotaman, lablarimni soʻzlarga mutanosib qimirlatib. Nechchida uxlab, nechchida turishimda hech qanday tartib yoʻq, umid qilaman, oʻqish boshlanganda sal nazoratga solib olaman. Lekin ungacha ham ancha vaqt bor. Ertalab esa koʻrpadan ajralib olishdan qiyinroq azob yoʻq menga. Birin ketin qoʻyilgan(kechasi aynan shu soatda turaman degan qatʼiy niyat boʻladi) budilniklarni shaloq ovoz bilan oʻchiraman, betartib boʻlib ketgan, koʻzimga tushgan sochimni bir chetga surib yana yostiqqa bosh qoʻyaman. Lekin baribir uygʻonishimga toʻgʻri keladi, qachon uxlaganimni ham bilmayman, rasvo holda turaman, ogʻzimdan doʻzax hidi keladi, vannada ancha qolib ham ketaman. Keyin esa yana happy face ni on qilib koʻchaga chiqib ketaman. Kunduz qoʻrqinchli emas, doʻstlarim doim oldimda boʻladi, lekin tunda bitta oʻzim qolaman. Oʻtkir Hoshimov aytgandi adashmasam "Tun yolgʻizlarni sinash uchun yuborilgan" deb. Shunga oʻxshash gap.


Qachon bunday boʻlganini eslolmayman, qachon nocturnal animalga aylanganimni bilmayman. Men bu tundan, bu musiqalardan, bu ijtimoiy tarmoqdan nima izlayotganimni, nima kutayotganimni bilmayman. Zarracha ham. Lekin menga nimadir uyqu bermaydi, nimadir uxlab qolishdan saqlab turadi. Vijdonim oʻz-oʻzini yeb bitiradi, qaysi ishni xato qilganimni ham eslay olmayman lekin. Kundan-kunga ozib ketayotganim, umuman xotirjam boʻla olmayotganim, betartib kun va ovqat tartibi, overthinking yeb tashlayapti. Tamom qilyapti. Haddan ortiq koʻp chekyapman, meʼyordan ancha ortiq. Asabiyroq odamga aylanib qolyapman. Doktorga koʻrinish haqida oʻylayapman, lekin juda katta ehtimol bilan bunday qilmayman. Nima deb boraman, kechasi uxlay olmayapman debmi? Asab tinchlantiruvchi dorilar yozib beradi, kerak emas. Oʻzi ogʻriq qoldiruvchi dorilarga oʻtirib qoldim, tinmay ichib yuribman.

Balki hammasi uyqusizlikdandir. Betartib uyqudan. Nocturnal animal boʻlish yaxshi emas, lekin buni oʻzgartirish(aqalli hozir) qoʻlimdan kelmayapti. Oʻqish tezroq boshlansa edi, iloji boricha tezroq.


Mana shuning uchun erta yotib, erta turadigan odamlarga havas qilaman. Ularni hurmat qilaman. Faqat sof vijdonli(yoki umuman vijdonsiz) odamgina juda tez va xotirjam uxlab qola oladi.
©️
Қийин китобни енгиш

Қийин кўринган китобларни ўқишдан тортинасизми?

У ҳолда қуйидаги уч фикр онгингизда маҳкам ўрнашган бўлиши мумкин:

“Барча осон ўқиладиган китоблар ҳамиша фойдалидир”

“Фойдали китоб ҳамиша қизиқарли ёзилган бўлади”,

"Қийин китобларга ақлим етмайди, уларни очиб ҳам ўтирмайман"

Мана шу қолип қарашлар сизни қанчалик ўсишдан тўсаётганини билганингизда эди!

Дейлик, сиз билим савиянгиз ва тафаккурингизни кучайтириш мақсадида енгил ёзилган китобни ўқияпсиз. Ушбу китоб ичидаги гаплар осон фаҳмингизда ўтиряпти. Ўзингиздан сўранг, эҳтимол сиз шундоқ ҳам хабарингиз бўлган нарсани ўқиётгандирсиз?. Бунинг ҳам фойдаси бор, албатта: авваллари олинган билимни пухталаб олиш, унитилаётган нарсани қайтариш керакли машғулотлардан. Лекин эски нарсани қайтариш янги билимларни олиш деганимас.

Енгил ёки таниш нарсаларни ўқийвериш тафаккурнинг чегараланишига олиб келади. Сизга зерикарли ва/ёки қийин туюлган матнлар, эҳтимол, малакангизни ошириш ёки дунёқараш кенглиги учун фойдали бўлиб, унда янгича ёндашувлар, авваллари учрамаган янги маълумотлар, кашф қилинмаган оламлар бордир?

Нотанишликни мия ёқтирмайди, дарров диққатни буриш, кислородни бўғиб, эсноқ туттиришга киришиб кетади, қоринни очириб қўяди ёки ҳожатга чақириб қолади. Бунга сабаб: мия органининг дастурида “Зўриқмай мазза қил! Қувватингни арса!” буйруғи битилган. Онгли киши бу примитив буйруқ ўрнига “Ўқиб ўзгар, бўлмасам ҳалок бўласан! Бир оз қийнал, эвазига катта роҳат топасан!”, деган дастурни ҳам ёқа билиши керак.

Спортчи ўзи учун қулай вазн ёки қулай рақиб билан чекланса унинг маҳорати ошадими? Ўқиш ҳам шундай. Киши ўзини қийин ёзилган, қалин жилдли китобларни, узун мақолаларни охиригача ўқишга мажбурлай олиши керак.

Касбингиз ёки дунёқарашингиз ривожи учун фойдали топилган энг мураккаб ва энг семиз китобни олиб хижжалаб ўқишга ўзингизни унданг. Ўқиш, тушуниш қийин кечаётган вақтда ўзингизга “мен янги, нотаниш нрасаларни очяпман, шунинг учун миям ўзлаштириши қийин бўляпти, охиригча ўқисам юз фоиз бўлмаса ҳам, ўн фоизини тушунсам катта гап. Ундан ози қолса ҳам розиман, чунки камида қийин китоб ўқиш кўникмасини ўзимда ҳосил қиляпман”, денг ва охиргача китобни енгишга муваффақ бўлинг.

Қийин китобларда кўпгина тушунарсиз қолган маълумотлар барибир мияда из қолдирарди. Бу сафар тушунмасангиз, бошқа манбаларда худди шу маълумотларни учратиб қоласиз ва “аха!” деган учқун билан бирданига “етиб келади”. Шунинг учун тўхтамай қийин ва узун матнлар билан ишлайвериш керак.

Сизда шунқа бўлмаганми, жумбоқ бўлиб қолган ғоя ёки масалалар кейинчалик бирданига ойдинлашиб қолади?

Шу узун матнни ўқиганингиз учун раҳмат :)

23.08.2021
©️
Bolani oʻz tomoniga ogʻdirish(biror bolaga yoqadigan narsa berib masalan) eng rasvo ish manimcha.Bolada bemalol aldash,ajratish va bir muncha qattiq* qoralangan odatlarni oʻziz oʻrgatib qoʻyasiz.
Think
Video
Tavsiya . Koʻring !!¡