hujayra.uz
4.69K subscribers
1.21K photos
181 videos
71 files
1.56K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
Audio
"Yosh biolog pedagoglarga tavsiyalar" mavzusida qilgan suhbatimizning audiosi.

@hujayrauz
Hurmatli ixtiologlar, ishni soatlarimizni sozlab olishdan boshlaymiz!

Bugun xalqaro Baliqlar katalogi (Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma’lumotlar bazasining yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan yangi 2021 yilning 13-aprel kuni holatiga ko’ra sayyoramizda 35 845 baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o'tgan oyda 1-mart kuni bo’lgan edi. O’tgan 43 kun davomida baliqlar 48 turga boyigan. Joriy yil boshidan beri esa kashf etilgan yangi baliq turlari soni 114 tani tashkil qiladi.

P.S. quyidagi suratda mart oyi boshida Turkiyaning Hatay viloyatidagi İncesu at Hassa bulog'idan kashf etilgan, karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi yalangbaliqlar (Nemacheilidae) oilaga mansub Oxynoemacheilus anamos balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zootaxa jurnalidan o’qishingiz mumkin.

@hujayrauz
​​14-aprel Milliy delfinlar kuni

"Delfin" so'zi kitsimonlar infraturkumiga mansub quyidagi 5 ta oilaga kiruvchi suvda yashovchi sutemizuvchi hayvonlarning umumiy nomi hisoblanadi.
1) Ummon delfinlari (Delphinidae) oilasi - 37 ta tur, barchasi asosan okean suvlarida yashaydi.
2) Hind daryo delfinlari (Platanistidae) oilasi - ikkita tur. Hindiston va Pokistondagi daryolarda uchraydi.
3) Yangi dunyo denfinlari (Iniidae) oilasi - 3 ta tur. Amazonka havzasidagi daryolarda uchraydi.
4) La Plata denfini (Pontoporiidae) oilasi - bitta tur. Janubiy sharqiy Janubiy Amerika hududida La Plata estuariysida uchraydi.
5) Xitoy delfini (Lipotidae) oilasi - bitta tur. Xitoy hududida uchragan, hozirda qirilib ketgan bo'lishi mumkin. Bu masala biroz bahsli.

Quyida delfinlar haqidagi qiziqarli 10 ta ma'lumot keltirilgan:

👉 Eng kichik delfin Yangi Zelandiya hududida uchraydigan popoto (Cephalorhynchus hectori maui) delfini bo'lib, uning uzunligi 1,7 metrgacha, vazni 50 kg gacha yetadi.

👉 Delfinlarning bolalari onalari sakkiz yilgacha birga yashaydi.

👉 Delfinlar o'z jamoasidagi kasal yoki jarohat olgan boshqa delfinlarni tashlab ketmaydi va ularni parvarishlaydi.

👉 Delfinlar hayvonlar orasidagi nisbatan kuchli ijtimoiy jamoa hosil qilib yashovchi hayvonlar bo'lib, ularning jamoasi odatda 1000 tagacha individdan tashkil topadi. Aksariyati bir-birini taniydi.

👉 Delfinlar uxlaganda bir vaqtda miyasining faqatgina bitta yarimshari uxlaydi. Ikkinchisi uyg'oq turadi. Ushbu uyg'oq turgan miya suvdagi delfinning cho'kib ketmasligini, atmosfera havosidan chiqib nafas olishini va dushmandan xabardor bo'lib turishni nazorat qiladi.

👉 Delfinlarda 100 ta undan ortiq miqdorda konussimon tishlar bo'ladi. Lekin ularning tishlarni chaynash uchun xizmat qilmaydi. U o'ljani ushlab og'izga solishda qatnashadi xolos.

👉 Delfinlarning suvda dushmanlari ko'p emas, mayda delfinlarga yirik akulalar dushmanlik qiladi. Delfinlarga asosiy xavf inson tomonidan yetkaziladi.

👉 Delfinlar yashash joylarini faqatgina ozuqa qolmaganda tark etadilar.

👉 Delfinlarnign oshqozoni ikki qismdan iborat bo'lib, birida ozuqa hazm bo'lsa, ikkinchisida zahirada to'planib turadi.

👉 Delfinlarning teri nihoyatda nozik va tez jarohatlanuvchi bo'lishiga qaramay, kuchli regenerativ xususiyatga ega. Shu bois jarohatlangan delfin terisi tez tiklanadi.

@hujayrauz
Sizlarga bugun universitetimiz hududida o‘sadigan ayrim o‘simliklarni ko‘rsatmoqchiman. Balki sizga qiziq bo‘lganlari uchrab qolar.

@hujayrauz
Universitet hududida shunaqa kichik ko‘lchalar bor. Atrofidagi yo‘laklarda esa paporotniklar o‘sadi. Bizda bu paporotniklar tuvakda o‘sgani uchun ilk kelgan kezlarim menga antiqa tuyulgandi bu holat.

@hujayrauz
Ginkgo biloba - relikt o‘simlik, ingliz tilida bularni "living fossils" deyiladi. Bu haqida maqola ham yozgandim, vaqtingiz bo‘lganida o‘qib ko‘rishni tavsiya qilaman.

@hujayrauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanaqadir palma, baland-baland, qishda havo sovuq bo‘lmaganligi bois shunaqa yashil turaveradi.

@hujayrauz
Xitoy arg‘uvoni - roppa rosa bir oy avval gullaganida ham rasmlarini kanalda qo‘ygandim. Meva tugibdi, dukkak.

@hujayrauz
Oq gulli magnoliya. Gullari oppoq, juda chiroyli. Ushbu maydon atrofi magnoliyazor, o‘rtadagi o‘tloqda talabalar o‘tirib kitob o‘qishadi, gaplashadi, piknik qiladi.

@hujayrauz
Bu sagovniklarni avval ham ko‘rsatgandim. Chiroyli o‘simlik.

@hujayrauz
Doimiy yomg‘ir yog‘gani bois yo‘l chetidagi toshlarda mana bunaqa o‘simliklar o‘sadi. Odatda o‘simliklarni yulib tashlashmaydi, aksincha atrofdagi yam-yashillik saqlanadi. Yo‘laklarda o‘sib qolgan o‘simlik tozalanadi xolos.

@hujayrauz
Kusamaki. Shunaqa ekan nomi, lekin chiroyli, maxsus shunaqa qavat-qavat qilib shakl beriladi.

@hujayrauz