"HUDUDGAZ QASHQADARYO" GAZ TA'MINOTI FILIALI
2.1K subscribers
4.1K photos
2.3K videos
23 files
2.8K links
Kanal "Hududgaz Qashqadaryo" GTF faoliyatiga oid xabar va lavhalarni o'z ichiga oladi. Tizimdagi yangiliklarni bizda kuzatib boring
Download Telegram
#Birdam_jamiyat

Ziyorat turizmi — tariximizga bo‘lgan hurmat ifodasi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi PF-9-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024 yil 28 aprel kuni “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filialining xodimlari uchun Qarshi shahridagi “Odina” majmuasiga ziyorat turizmi tashkillashtirildi.

🕌 Ziyorat davomida xodimlar “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” bilan bog‘liq eksponatlar va boshqa tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar.

🔹 Shuningdek, ulug‘ alloma, islom falsafasi va kalom ilmining zabardast namoyandasi Abul Muin an-Nasafiy yashab o‘tgan Qovchin qishlog‘idagi ziyoratgohga tashrif buyurildi.

Bu tashrif xodimlarda vatanimiz tarixi, madaniy merosimiz va buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamladi.

Hududgaz Qashqadaryo GTF
#Yangi_ruhiyat #Birdam_jamiyat

📖 "Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filialida “O'zbеkiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida kitob savdo yarmarkasi tashkil etildi.


Tadbir filial Boshlang'ich kasaba uyushmasi hamda yoshlar kеngashi bilan hamkorlikda o'tkazildi.

Yarmarkada xodimlar o'zlari va farzandlari uchun o'zbеk va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblarni olish imkoniga ega bo'lishdi.

Ayniqsa buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga oid tarixiy asarlar, o'zbеk adabiyoti namoyondalaridan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, O'tkir Hoshimov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Tohir Malikning bir qator kitoblari ishtirokchilarda katta qiziiqish uyg'otdi.

Bir so'z bilan aytganda kitob-ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do'stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka еtaklaydi.

✍️“Hududgaz Qashqadaryo” GTF matbuot xizmati
⚡️ERTAGA CHIROQCHI TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI!

Gaz taqsimlash qurilmasini almashtirish ishlari olib boriladi.. Shu maqsadda 2025-yilning 2-may kuni (ertaga) soat 09:00 dan 17:00 ga qadar tumanining "Yangiqurilish", "Yangiobod", "Kishmishtepa", "Bog‘ishamol", O‘zbekiston hamda Alisher Navoiy mahallasidagi 738 xonadon va mazkur hududlarda joylashgan 219 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun tuman gaz taʼminoti bo‘lim isteʼmolchilardan uzr so‘raydi!

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
"HUDUDGAZ QASHQADARYO" GAZ TA'MINOTI FILIALI
❗️DIQQAT! ⚡️ERTAGA DEHQONOBOD TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI! Muborak gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan Beshbuloq gaz taqsimlash stansiyasida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu maqsadda 2025-yilning 1-may kuni (ertaga) soat 08:00…
DEHQONOBOD TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI!

Muborak gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan Beshbuloq gaz taqsimlash stansiyasida ta'mirlash ishlari yakuniga yetmaganligi sababli, tumanning "Beshbuloq", "Paxtachi", Zavqiy, Dehqonobod, "Aerodrom", "Ayridevor", O‘zbekiston, "Istiqlol", "Do‘stlik", Nodira va Bo‘ston mahallasidagi 5001xonadon va yuqoridagi hududlarda joylashgan 77 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti 2-may kuni (ertaga) soat 17:00 da tiklanishini maʼlum qilamiz!

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
⚡️Tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi!

ERTAGA QARSHI TUMANINING "BATOSH", "YANGIBATOSH" VA "ISTIQLOL" MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI!

Gaz tarmoqlarini tartibga keltirish maqsadida 2025-yilning 2-may kuni (ertaga) soat 08:00 dan soat 18:00 ga qadar tumanning "Batosh", "Yangibatosh" va "Istiqlol" (Yangipark q) mahallasidagi 2120 xonadon va mazkur hududlardagi 8 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot
xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
18-Xalqaro “Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbalari” – Power Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasi.

🗓 13 — 15-may 🗓

📍YANGI MAYDON📍

🏢 CAEx Uzbekistan / Toshkent 🇺🇿

Onlayn-beydjingizni oling: https://bit.ly/PU_uz_reg

—————

18-я Международная выставка «Энергетика, энергосбережение, возобновляемые источники энергии – Power Uzbekistan 2025»

🗓 13 — 15 мая 🗓

📍НОВАЯ ПЛОЩАДКА📍

🏢 CAEx Узбекистан / Ташкент 🇺🇿

Получите онлайн-бейдж: https://bit.ly/PU_ru_reg

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 "Hududgaz Qashqadaryo" GTF Boshlang'ich kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning madaniy hordiq olishlari uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish kunlaridan oqilona foydalanish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.

📻 Bu tog’risida 🎧 "Oltin voha" radiosining axborot dasturi orqali ma'lumot berildi.

📱Rasmiy tеlеgram kanalimiz
https://t.me/HUDUDGAZ_QASHQADARYO_GTF
⚡️Tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi!

BUGUN QARSHI SHAHRINING "PAXTAZOR" MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI!

Tabiiy gaz tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf qilish maqsadida bugun soat 13:45 dan 17:00 ga qadar shaharning "Paxtazor" mahallasi hududidagi 33-34-35-36-ko‘p qavatli uylarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#axborot

📽 Energiya resurslari doimgidek dolzarb mavzu. Bu borada Mirishkor tumanida qilinayotgan amaliy ishlar.

🗓 02.05.2025

📺  @axborot_qashqadaryo_tv

Bizning telegram manzil:

📲https://t.me/HUDUDGAZ_QASHQADARYO_GTF