"HUDUDGAZ NAVOIY" gaz ta'minoti filiali
756 subscribers
5.39K photos
1.07K videos
9 files
2.46K links
Xalqqa fidoyi xizmat - oliy saodat kaliti!
Download Telegram
NAVBAHOR TUMANINING  AYRIM HUDUDLARIGA TABIIY GAZ YETKAZISH VAQTINCHA TO‘XTATILADI

“Qiziloy” mahallasidagi    D-76 mmli, o‘rta bosimli,  gaz quvuridan aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish va GTQlarni demontaj qilish uchun joriy yilning 17- aprel kuni soat 09-00 dan       17-00 gacha “Oq oltin ”, "Qiziloy"," Keskanterak", "Qorajon","Yangi hayot" va “Yangi obod” mahallalaridagi  iste’molchilarga  tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatiladi.

Aholi iste’molchilari- 2180 ta

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.

“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
Вазирлар_Маҳкамасининг_2024_йил_16_апрелдаги_204_сон_қарори.pdf
701.2 KB
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror ilovalari bilan.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from MINENERGY.UZ
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi


“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Unga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

🔹2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigi;

🔹2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining “bazaviy me’yorlari”.

🗓 2024-yil 1-maygacha yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste'mol xarajatlari qiymati qayta ko‘rib chiqiladi.

Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo'shimcha ehtiyojmand oilalar.

✔️Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

🔸noyabr oyida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi;

🔸elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt⋅soatgacha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Isteʼmolchilar diqqatiga!

“Hududgaztaʼminot” AJ koll-markazining 1104 raqami orqali isteʼmolchilarning tejamkor gaz uskunalarini oʻrnatish bilan bogʻliq savol va murojaatlarini qabul qilishga moʻljallangan aloqa kanali ishga tushirildi.

Bugungi kunda tabiiy gazni tejashda eng samarali usullardan biri energotejamkor texnologiyalardan foydalanishdir. Zamonaviy yondirgichlar gaz sarfini 30–40 foizgacha kamaytiradi va xarajatlarni iqtisod qiladi.

Isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan har bir tuman-shaharlar kesimida 208 ta “Xavfsiz gaz” Telegram-guruhlari tashkil etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda mutaxassislar yangi uskunalar boʻyicha batafsil maʼlumotlar beradi va energiya tejamkor texnologiyalarni oʻrnatish boʻyicha buyurtmalarni qabul qiladi.

***

Вниманию потребителей!

АО «Худудгазтаъминот» запустило дополнительную линию для приема обращений и вопросов граждан, связанных с установкой энергоэффективного газового оборудования. Связаться со специалистами и вызвать их на дом можно через колл-центр 1104.

Отметим, что сегодня одним из наиболее эффективных методов экономии природного газа является установка энергоэффективных технологий. Современные горелки и другое современное оборудование сокращают расход газа на 30-40 процентов и экономят средства за услуги газоснабжения.

Для удобства потребителей АО «Худудгазтаъминот» открыло 208 Telegram-группы «Хавфсиз газ» («Безопасный газ») в мессенджере Telegram для каждого района страны в отдельности.

В социальных сетях специалисты предоставляют подробную информацию о новом оборудовании и принимают заказы на установку энергосберегающих технологий.

https://t.me/AO_Hududgaztaminot
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror qabul qilindi.

Unga koʻra, 2024–2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish belgilandi, shuningdek, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Abdusamat Saidvaliyev gaz taʼminotida oʻzgarayotgan narxlar va bir oylik isteʼmol bazaviy meʼyorlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati
NAVOIY  SHAHRINING  AYRIM HUDUDLARIGA TABIIY GAZ YETKAZISH VAQTINCHA TO‘XTATILADI

“Farovon” mahallasidagi    D-159 mmli, o‘rta bosimli,  gaz quvurini tartibga keltirish uchun joriy yilning 18- aprel kuni soat 08-00 dan       17-00 gacha “Farovon ”, "Yoshlik"," Xoncharvoq" mahallalaridagi  iste’molchilarga  tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatiladi.

Aholi iste’molchilari- 2052 ta
Ulgurji iste'molchilar- 28 ta

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.

“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
XATIRCHI TUMANINING  AYRIM HUDUDLARIGA TABIIY GAZ YETKAZISH VAQTINCHA TO‘XTATILADI

“Navbahor ” mahallasidagi   o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmasini ko‘chirish, qayta o‘rnatish va gaz quvurlarini tartibga solish uchun joriy yilning 18- aprel kuni soat 09-00 dan       18-00 gacha “Samarqand ”, "Paraxun"," Yangi rabot", "Do‘stlik ","Binokor " va “Navbahor ”, "Chinobod" mahallalaridagi  iste’molchilarga  tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatiladi.

Aholi iste’molchilari- 5244 ta
Ulgurji iste'molchilar- 223 ta

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.

“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat televideniyesining «Assalom, yangi kun!» jonli dasturida tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflaridagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.

"Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қисқа муддатли меҳнат таътилидан қайтди.

Бугун давлатимиз раҳбари Президент маслаҳатчилари, қатор вазирлик ва идоралар раҳбарларининг ҳисоботларини тинглайди.

Шунингдек, жорий ҳафтада Президентимиз III Тошкент халқаро инвестиция форуми ишида иштирок этиши режалаштирилган.
__
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вернулся из краткосрочного трудового отпуска.

Сегодня глава государства заслушает отчеты советников Президента, руководителей ряда министерств и ведомств.

Также на этой неделе предусматривается участие Президента в работе III Ташкентского международного инвестиционного форума.

Facebook|
Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 1- may sanasidan nimalar o‘zgarmoqda?

"Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
1-MAY KUNIDAN AHOLI ISTE’MOLCHILARI UCHUN BELGILANGAN TABIIY GAZ TARIFLARI HISOBI HAQIDA MA’LUMOT

***


О РАСЧЕТЕ ТАРИФОВ ЗА ПРИРОДНЫЙ ГАЗ, УСТАНОВЛЕННЫХ С 1 МАЯ ДЛЯ БЫТОВЫХ ПОТРЕБИТЕЛЕЙ (НАСЕЛЕНИЕ)

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgazta’minot” AJ nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali Loyiha guruhi loyihalovchisi;

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali Loyiha-ta’mirlash ishlari xizmati loyihalovchisi;

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali Loyihalashtirish bo‘limi loyihalovchisi;

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali Loyiha-ta’mirlash ishlari xizmati loyihalovchisi;

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali Loyiha-ta’mirlash ishlari xizmati loyihalovchisi;

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali Loyiha-ta’mirlash ishlari xizmati loyihalovchisi;

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali Servis xizmatlarini rivojlantirish xizmati loyihalovchisi;

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali Loyihalashtirish xizmati loyihalovchisi;

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali Loyiha guruhi loyihalovchisi;

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali Loyiha guruhi loyihalovchisi.

Arizalar 2024-yil 5-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

▪️Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma.

▪️Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

▪️Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Ўтган йилнинг ўзида хорижий инвестициялар ҳажми қарийб икки баробар кўпайди.

Энергетика соҳасида “ACWA Power”, “Masdar”, “Total Eren”, “Voltalia”, “Ҫalɩk” ва “Aksa”; кимё саноатида “Air Products”, “Indorama” ва “Камсе”, тоғ-кон ва металлургияда – “Orano” ва “DANIELI”, автомобилсозлик ва электротехника йўналишларида “BYD”, “Kia” ва “Samsung”, қурилиш соҳасида “Коҫ” ва “KNAUF” каби дунёнинг етакчи компаниялари ҳамда йирик брендлари билан 300 дан ортиқ инвестиция ва саноат лойиҳалари ишга туширилгани ва юз минглаб янги иш ўринлари яратилгани катта мамнуният билан таъкидланди.

Бугунги форум доирасида дунёнинг илғор компаниялари ҳисобланган “Linde”, “Orascom”, “DataVolt”, “Bonafarm”, “PASHA holding” ва бошқа шериклар иштирокида янги йирик лойиҳаларга старт берилади.

Фурсатдан фойдаланиб, давлатимиз раҳбари бу ишга ўзининг муносиб ҳиссасини қўшаётган хорижий инвесторларга, барча ҳамкорларга чуқур ва самимий миннатдорлик изҳор этди.

Facebook|Instagram|X
Шунингдек, энергетика йўналишидаги давлат-хусусий шериклик лойиҳаларини амалга ошириш тажрибасини ижтимоий ва бошқа инфратузилма соҳаларида ҳам кенг татбиқ этиш режалаштирилган.

Тадбиркорларга ер ажратишнинг замонавий шаффоф тамойиллари – яъни, аукцион савдо тизими йўлга қўйилди. Жаҳон савдо ташкилотига аъзо бўлиш доирасида қонунчиликни уйғунлаштиришга қаратилган 60 дан ортиқ норматив ҳужжатлар қабул қилинди.

Коррупцияга қарши курашиш агентлиги тузилиб, 2030 йилгача мўлжалланган Миллий стратегия ишлаб чиқилмоқда.

Facebook|Instagram|X
Давлатимиз раҳбари иқтисодиётда чуқур трансформация жараёнлари, қулай инвестиция ва бизнес муҳити ҳамда саноатда юқори қўшилган қийматни яратиш изчил давом эттирилишини таъкидлаб, ўзаро манфаатли ҳамкорликни кенгайтириш бўйича устувор йўналишларга алоҳида тўхталиб ўтди.

Биринчи йўналиш: “яшил” энергетика. Энергетика тармоғи самарадорлигини ошириш бутун минтақамиз учун долзарбдир. Бу борада мамлакатимизда 28 та лойиҳа устида ишлар давом эттирилмоқда.

Ўзбекистон 2030 йилгача 20 гигаваттдан ортиқ қайта тикланувчи энергия қувватларини яратиш ва энергетика балансида унинг улушини 40 фоизга етказишни мақсад қилган.

Бугун форум доирасида инвесторлар учун қўшни Қирғизистон ва Тожикистондаги гидроэлектр станцияларини биргаликда қуриш лойиҳалари тақдимоти ўтказилади. Президент ушбу йўналишда барча давлатлар етакчи компанияларини очиқ мулоқот ва амалий ҳамкорликка таклиф этди.

Facebook|Instagram|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на III Ташкентском международном инвестиционном форуме

Address by President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Third Tashkent International Investment Forum

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgazta’minot” AJ jamoasi barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarni Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan samimiy qutlaydi

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Ўтган ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: 3 кунда 15 та музокара. ТХИФ якунида 26,6 млрд долларлик битимлар имзоланди. Хорижий инвесторлар кенгашининг иккинчи мажлиси

Өткен ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: 3 күнде 15 талқылаў. ТХИФ жуўмағында 26,6 млрд долларлық шәртнамаларға қол қойылды. Сырт ел инвесторлар кеңесиниң екинши мәжилиси

Обзор важнейших событий за неделю: 15 переговоров за 3 дня. Итоги ТМИФ: соглашения на 26,6 млрд долларов. Второе заседание Совета иностранных инвесторов

Facebook|Instagram|X