"HUDUDGAZ ANDIJON" gaz ta'minoti filiali
773 subscribers
3.58K photos
798 videos
3 files
2.34K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🧯“Hududgazta'minoti” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida bo‘lib, aholining suyultirilgan gaz bilan ta'minlanishi, kuz-qishga tayyorgarlik hamda suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlayn tizimi ishlashi bilan qiziqdi.

📺Andijon viloyati teleradiokompaniyasining “Andijon axboroti” informasion dasturida efirga uzatilgan lavha ana shu haqda.

✍️“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺Andijon shahridagi 8-son (“Istiqlol”) MFY ga tashrif buyurgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mazkur dahadagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Mazkur jarayonda “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali “Andijonshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi mutaxassislari ham faol ishtirok etib, ular tomonidan hududdagi gaz taqsimlash qurilmalari hamda quvurlari nazoratdan o‘tkazildi. Andijon viloyat teleradiokompaniyasining “Andijon axboroti” da efirga uzatilgan lavha ana shu haqda

✍️“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺“Taraqqiyot” televideniesining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvining navbatdagi soni Andijon viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish hamda aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlash masalalariga bag‘ishlandi. Jonli efirga uzatilgan ushbu ko‘rsatuvda aholi va iste'molchilarning savollariga “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali mutaxassislari javob berdilar.

✍️“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥Shaffoflikni ta'minlash, korrupsiya va sun'iy narx oshirilishining oldini olish maqsadida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida onlayn rejim – “E-Gaz” tizimi ishga tushirilib, gaz ta'minoti jarayoni raqamlashtirilmoqda.

📺Andijon viloyatida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida “Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” informasion dasturida efirga uzatilgan lavhada ana shu haqda so‘z bordi.

✍️“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda “Oldinlari nonga, yog‘ga odamlar navbatda turardi, hozir esa gazga navbat.....” sarlavhali videolavha tarqaldi va unda aholini tartibsiz ravishda suyultirilgan gaz olayotganliklari tasvirlangan. Ushbu videolavha yuzasida “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati o‘rganish olib bordi.

✍️“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Audio
🎧📻Shaffoflikni ta'minlash, korrupsiya va sun'iy narx oshirilishining oldini olish maqsadida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida onlayn rejim – “E-Gaz” tizimi ishga tushirilib, gaz ta'minoti jarayoni raqamlashtirilmoqda. “Mahalla” radiosining “Xabarlar” dasturida efirga uzatilgan eshittirishda shu haqda so‘z bordi.

✍️“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺Andijon viloyat televideniesining “Andijon axboroti” informasion dasturida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Shahrixon” gaz to‘ldirish shoxobchasida ham olib borilgan profilaktik ishlar haqida lavha efirga uzatildi.

✍️“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Audio
📻🎤Andijon viloyatida tabiiy gaz iste'molchilari orasida standart va nostandart gaz yong‘ichlardan foydalanish hamda ularning iste'molchilar daromadlariga bog‘liq masalalar bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ana shu haqdagi eshittirish “Mahalla” (FM 107.8) radiosining “Xabarlar” dasturi orqali efirga uzatildi.

✍️ “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
"YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

🌳Prezidentimizning tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasida gaz tizimi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Har bir shahar-tuman gaz ta'minoti bo‘limlari mutaxassislari tomonidan o‘zlari yashab turgan mahalla va ko‘chalarda, yo‘l bo‘ylari hamda o‘z ish joylariga ko‘plab dov-daraxtlar, mevali va manzarali ko‘chatlar ekilmoqda. Kuni kecha Filialning “Andijonshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan bo‘lim binosi oldiga "Kelajak mevasi" aksiyasi bo'yicha manzarali tut ko‘chatlari ekilib, parvarishga kirishdilar.

✍️“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati