🕊Akromjon Aliqulov rasmiy kanali
25 subscribers
620 photos
319 videos
4 files
1.02K links
Hayot bu kurash maydoni.Toki inson tirik ekan hayotga intilib yashash kerak. Hech qachon ortga chekinmay faqat olg‘a.
Download Telegram
SENSIZ AZOBLARDA QOLDI YURAGIM

Sabrsiz tonglarda ne gunox jonim,
Na senu na oʻzim begunoh jonim.
Totgan dardlarimga haq guvox jonim,
Sensiz azoblarda qoldi yuragim..

Tunlarim bedoru kunlarim bedor,
Hajring ozoridan bezorman bezor.
Diydorsiz sevgida bir bechora bor,
Sensiz azoblarda qoldi yuragim.

Rangsiz roʻyolardan toʻydim sevgilim,
Sensiz dunyolardan toʻydim sevgilim.
Rasminga boshimni qoʻydim sevgilim,
Sensiz azoblarda qoldi yuragim.

Hushlamas koʻnglimni goʻzal malaklar,
Ushlamas qoʻlimni goʻzal malaklar.
Ahvolimdan titraydi yeru falaklar,
Sensiz azoblarda qoldi yuragim.

Ketding rishtalar uzildi jonim,
Ketding hayotim buzildi jonim.
Qismat attanglar tuzildi jonim,
Sensiz azoblarda qoldi yuragim.

Farishtam, jonim mening malagim,
Armon har onim darddir daragim.
Qismatim shu ekanda ahir keragim,
Sensiz azoblarda qoldi yuragim.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
ONAJONIM JON ONAM

Duosi qalqon onam,
Siz mehrga kon onam.
Chiroyligim yagonam,
Onajonim jon onam.

Hayotimsiz jon rishtam,
Oilam der sarishtam.
Xudo bergan farishtam,
Onajonim jon onam.

Soʻzlari dardga dorim,
Fayzim mening madorim.
Siz gullagan bahorim,
Onajonim jon onam.

Bori meni boyligim,
Poyi jannat joyligim.
Oʻzimni chiroyligim,
Onajonim jon onam.

Koʻzim nuri chirogʻim,
Yomonlikdan yirogʻim.
Hammadan yaxshirogʻim,
Onajonim jon onam.

Maʼlumdir buyukligi,
Ham joni kuyukligi.
Dadamni suyukligi,
Onajonim jon onam.

Siz bor joʻshqin shaxtimiz,
Tillolardan taxtimiz.
Hammamizning baxtimiz,
Onajonim jon onam.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Hurmatli obunachilar bir masalada yordamingiz kerak. Bu moddiy(pul) yordam emas. Telegram orqali 2 minut vaqt sarflaysiz. Imkoni borlar
@qodirov_odilbek ga yozing.

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
ЭРКАК ЙИҚИЛМАСИН, СИНМАСИН

От минсин ҳеч ҳачир минмасин,
Ишлари юришдан тинмасин.
Омадин бер Худо омадин,
Эркак йиқилмасин, синмасин..

Ёнида дўстидан ёв талай,
Ўтган ҳар йўлида ғов талай.
Дунёда ўлжа кам ов талай,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Оилам деб чиқиб кўчага,
Кундузни улайди кечага.
Кулгулар бўлмасин нечага,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Йўқчилик синайди сабрини,
Ҳеч кимса билмайди жабрини.
Жасади топгунча қабрини,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Дўсту қариндошнинг ҳойини,
Нишонга олар мўрд жойини.
Асрагин ғарибу, бойини,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Ҳаётнинг баланду пастидан,
Эх номард одамлар қастидан.
Бевафо дўсту ёр дастидан,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Эркак сиқилмасин, синмасин,
Дардга тиқилмасин синмасин.
Омадин бер Худо омадин,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Одилбек Қодиров

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
ЭРКАК ЙИҚИЛМАСИН, СИНМАСИН

От минсин ҳеч ҳачир минмасин,
Ишлари юришдан тинмасин.
Омадин бер Худо омадин,
Эркак йиқилмасин, синмасин..

Ёнида дўстидан ёв талай,
Ўтган ҳар йўлида ғов талай.
Дунёда ўлжа кам ов талай,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Оилам деб чиқиб кўчага,
Кундузни улайди кечага.
Кулгулар бўлмасин нечага,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Йўқчилик синайди сабрини,
Ҳеч кимса билмайди жабрини.
Жасади топгунча қабрини,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Дўсту қариндошнинг ҳойини,
Нишонга олар мўрд жойини.
Асрагин ғарибу, бойини,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Ҳаётнинг баланду пастидан,
Эх номард одамлар қастидан.
Бевафо дўсту ёр дастидан,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Эркак сиқилмасин, синмасин,
Дардга тиқилмасин синмасин.
Омадин бер Худо омадин,
Эркак йиқилмасин, синмасин.

Одилбек Қодиров

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Qoʻy meni qiynama,
Mayli, baxtli boʻl...
Balki biz ham baxtga yetaveramiz...
Biz uchun atalgan ekan ikki yoʻl,
Jim ikki tomonga ketaveramiz.

Men ustun emasman Xudodan jonim,
Qismatga bitilgan kunni koʻrar koʻz.
Senga baxt tilangan duodan jonim
Boshqa bir ogʻiz ham aytilmaydi soʻz...

Isyon shayton ishi suyib ketsam ham,
Shaytonlik qilmayman injiqman nuqul.
Goʻzalim koʻyingda kuyib ketsam ham,
Haqqa tik chiqqandan oʻlganim maʼqul.

Kurashdim yengildim va yutdi firoq,
Gohi paymona ham toʻlarkan ahir.
Sen faqat meniki derkanmiz biroq,
Xudoning aytgani boʻlarkan ahir...

Kimda taqdir qora kimda taqdir oq,
Soʻngi soʻzing armon nima degansan...?
Men kimga atalgan ekanman jumboq,
Sen mendan zoʻriga nasib ekansan...

Mendaylarni balki chin oshiq demas,
Sevgidan qancha pand yeb soʻraganman.
Men ahir Xudodan yaxshisin emas,
Menga yaxshi boʻlsin deb soʻraganman....

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
СИНИБ КEТДИ ДEГАНЛАР

Сувдек тиниб кетди деганлар,
Бешдан кейин етти деганлар.
Ҳали синиб кетмадим мени,
Ёмон синиб кетди деганлар.

Ўн беш ёруқ ўн беш кун қора,
Йўқчиликда бузилди ора.
Тўйдан олдин чалиб ноғора,
Ёмон синиб кетди деганлар.

Эй сохта дўст, эх сохта таниш,
Йўлимда йўқ тўхташу тиниш.
Бандагамас мени синдириш,
Ёмон синиб кетди деганлар.

Дўппи талай омон бўлса бош,
Эх ҳар қалай оқизмадик ёш.
Бири ошна бири қариндош,
Мени синиб кетди деганлар.

Кўзин тиккан бири жойимга,
Заҳар қўшган бири чойимга.
Эга чиқай дейди тойимга,
Мени синиб кетди деганлар.

Шу миш мишларингиз яхшими,
Мақтанишларингиз яхшими.
Бугун ишларингиз яхшими,
Ёмон синиб кетди деганлар.

Кетди кетди кетди деганлар,
Омади тарк этди деганлар.
Бугун ишларингиз яхшими,
Мени синиб кетди деганлар.

Одилбек Қодиров

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
CHIROYLI ONAM

Bebaho boyli onam,
Yuzlari oyli onam.
Oʻynab bering toʻyimda,
Mening chiroyli onam.

Bolam deb har ishtasiz,
Duosi haq rishtasiz.
Yerdagi farishtasiz,
Mening chiroyli onam.

Oʻylab har onim mani,
Oladi yonim mani.
Jannatu jonim mani,
Mening chiroyli onam.

Uyim yoritgan quyosh,
Farzandlarga boʻling bosh.
Munis hammadan yuvosh,
Mening chiroyli onam.

Boshimda turgan tojim,
Borsiz yoʻq dil hirojim.
Namozlar oʻqir hojim,
Mening chiroyli onam.

Mehr yaralgan bogʻim,
Eng yaxshi eng ardogʻim.
Guldanam goʻzalrogʻim,
Mening chiroyli onam.

Chin kuyarim koʻyimda,
Doim meni oʻyimda.
Oʻynab bering toʻyimda,
Mening chiroyli onam.

Qayta qayta qaytaman,
Har joyu har paytdaman.
Erkalatib aytaman,
Mening chiroyli onam.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Kuz
Rustamjonov Iskandar
Odilbek Qodirov qalamiga mansub ajoyib qoʻshiq... Yomgʻirli obhavolarda eshitib mazza qiling...

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Kuz
Rustamjon Iskandarov
Odilbek Qodirov qalamiga mansub ajoyib qoʻshiq... Yomgʻirli obhavolarda eshitib mazza qiling...

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
🌸🍃Assalomu alaykum!

Aziz opa-singillar!
Aka-ukalar!

Onlayn ishga taklif etamiz!


Ma'lumot uchun murojaat qilishingiz mumkin!