Forwarded from Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿
YANA SEVARDIM
(Komila qiz mavzulari)
Oʻtgan har bir sana sevardim,
Qilgancha tantana sevardim.
Chiroyligim goʻzal sevgilim,
Yana kelsang yana sevardim.
Sensizlikda oʻtgan har onim,
Zulmat boʻldi yoruq jahonim.
Hatto qoʻyib garovga jonim,
Yana kelsang yana sevardim.
Kimga qilay qahr dunyoda,
Ex mazasi tahir dunyoda.
Oʻxshashing yoʻq ahir dunyoda,
Yana kelsang yana sevardim.
Sogʻinchlardan bu koʻnglim yetim,
Azoblanar har joy har chetim.
Suratinga jilmayib dedim,
Yana kelsang yana sevardim.
Kimda gunox, ex kimda xato,
Peshonaga qilingan ato.
Ishonaver oʻlgunimcha to,
Yana kelsang yana sevardim.
Kimni yolgʻon suyib oʻtmasdan,
Mingta gumon tuyib oʻtmasdan.
Bu dunyodan kuyib oʻtmasdan,
Yana kelsang yana sevardim.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
(Komila qiz mavzulari)
Oʻtgan har bir sana sevardim,
Qilgancha tantana sevardim.
Chiroyligim goʻzal sevgilim,
Yana kelsang yana sevardim.
Sensizlikda oʻtgan har onim,
Zulmat boʻldi yoruq jahonim.
Hatto qoʻyib garovga jonim,
Yana kelsang yana sevardim.
Kimga qilay qahr dunyoda,
Ex mazasi tahir dunyoda.
Oʻxshashing yoʻq ahir dunyoda,
Yana kelsang yana sevardim.
Sogʻinchlardan bu koʻnglim yetim,
Azoblanar har joy har chetim.
Suratinga jilmayib dedim,
Yana kelsang yana sevardim.
Kimda gunox, ex kimda xato,
Peshonaga qilingan ato.
Ishonaver oʻlgunimcha to,
Yana kelsang yana sevardim.
Kimni yolgʻon suyib oʻtmasdan,
Mingta gumon tuyib oʻtmasdan.
Bu dunyodan kuyib oʻtmasdan,
Yana kelsang yana sevardim.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
🌸🍃DIQQAT! DIQQAT!
🌸🍃Assalomu alaykum, jajji bolajonlarimizning sevimli ijodkorlari!
Bolalar adabiyotini rivojlantirish maqsadida kelajagimiz poydevori boʻlgan jajji farzandlarimiz uchun munosib ijod namunalaridan tashkil topgan:
,,BOLALARGA BERING DUNYONI"
nomli almanax kitobi uchun materiallar qabul qilish boshlandi!
🌸🍃Har bir ijodkor uchun besh sahifa ajratiladi.
🌸🍃Bolalar uchun yozilgan she'r, hikoya va ertaklar, topishmoq, maqollar boʻlmogʻi lozim!
🌸🍃Toʻlov summasi:300 ming etib belgilandi.
Plastik raqam:
8600332961717778
Uzkard Ipoteka bank
Amir Egamberdievich Xudoyberdiyev.
🌸🍃Kitob ikki oy muddat ichida chop etilishi va u ,,USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI" bayrami oldidan taqdimoti boʻlib oʻtiishi koʻzda tutilgan!
🌸🍃14 iyuldan 20 sentabrgacha ijod namunalari qabul qilinadi.
🌸🍃Har bir kishiga 4 donadan kitob beriladi.
🌸🍃Oʻz ijodlari bilan ishtirok etgan ijodkorlarga :
diplomlar beriladi.
91 959 65 01 telgramm raqam
✍🌸🍃Robiya Chaman.
Xalqaro Turon Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
🌸🍃Assalomu alaykum, jajji bolajonlarimizning sevimli ijodkorlari!
Bolalar adabiyotini rivojlantirish maqsadida kelajagimiz poydevori boʻlgan jajji farzandlarimiz uchun munosib ijod namunalaridan tashkil topgan:
,,BOLALARGA BERING DUNYONI"
nomli almanax kitobi uchun materiallar qabul qilish boshlandi!
🌸🍃Har bir ijodkor uchun besh sahifa ajratiladi.
🌸🍃Bolalar uchun yozilgan she'r, hikoya va ertaklar, topishmoq, maqollar boʻlmogʻi lozim!
🌸🍃Toʻlov summasi:300 ming etib belgilandi.
Plastik raqam:
8600332961717778
Uzkard Ipoteka bank
Amir Egamberdievich Xudoyberdiyev.
🌸🍃Kitob ikki oy muddat ichida chop etilishi va u ,,USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI" bayrami oldidan taqdimoti boʻlib oʻtiishi koʻzda tutilgan!
🌸🍃14 iyuldan 20 sentabrgacha ijod namunalari qabul qilinadi.
🌸🍃Har bir kishiga 4 donadan kitob beriladi.
🌸🍃Oʻz ijodlari bilan ishtirok etgan ijodkorlarga :
diplomlar beriladi.
91 959 65 01 telgramm raqam
✍🌸🍃Robiya Chaman.
Xalqaro Turon Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Forwarded from BOLALAR ADABIYOTI🖋️📖📚
🌸🍃Azizlar!
Qalami oʻtkir yozuvchilar!
Sizlarga mamnuniyat bilan shuni eslatib oʻtamiz!
,,BOLALARGA BERING DUNYONI"nomli bolalar ijodi almanax kitobiga ijodlar qabul qilinmoqda!
Ishtirokchilarga 4 dona kitob va diplom beriladi...
91 959 65 01 telgramm raqamiga oʻz ijod namunalaringizni yuborishingiz mumkin!
Toʻlov summasi: 300ming soʻm
Toʻlov uchun plastik raqam tashlanadi!
🌸🍃Barchangizni ijodiy joʻshqinlik tark etmasin!
🌸🍃Sizlarga cheksiz hurmat bilan: Robiya Chaman
Qalami oʻtkir yozuvchilar!
Sizlarga mamnuniyat bilan shuni eslatib oʻtamiz!
,,BOLALARGA BERING DUNYONI"nomli bolalar ijodi almanax kitobiga ijodlar qabul qilinmoqda!
Ishtirokchilarga 4 dona kitob va diplom beriladi...
91 959 65 01 telgramm raqamiga oʻz ijod namunalaringizni yuborishingiz mumkin!
Toʻlov summasi: 300ming soʻm
Toʻlov uchun plastik raqam tashlanadi!
🌸🍃Barchangizni ijodiy joʻshqinlik tark etmasin!
🌸🍃Sizlarga cheksiz hurmat bilan: Robiya Chaman
Jayronginam (audio 2025)
Doston Halimov
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
#Bolalar uchun#
Maynalar qoʻshigʻi
Biz ikkita maynamiz,
Har kun tongda turamiz!
Chugʻur-chugʻur deymiz-u,
Ish rejasin tuzamiz!
Mayna ,mayna ,maynamiz,
Erta tongdan kuylaymiz!
Zararimiz yoʻq biling,
Biz bilan xursand boʻling!
Tuta olmaysiz sira,
Bizni tomosha qiling!
Mayna,mayna,maynamiz
Erta tongdan kuylaymiz!
Ketdik payhonlar tomon,
Inimizda bor palopon!
Don-dunlardan topamiz
Soʻng uchamiz uy tomon!
Mayna,mayna,maynamiz,
Erta tongdan kuylaymiz!
✍🌸🍃Robiya Chaman
Maynalar qoʻshigʻi
Biz ikkita maynamiz,
Har kun tongda turamiz!
Chugʻur-chugʻur deymiz-u,
Ish rejasin tuzamiz!
Mayna ,mayna ,maynamiz,
Erta tongdan kuylaymiz!
Zararimiz yoʻq biling,
Biz bilan xursand boʻling!
Tuta olmaysiz sira,
Bizni tomosha qiling!
Mayna,mayna,maynamiz
Erta tongdan kuylaymiz!
Ketdik payhonlar tomon,
Inimizda bor palopon!
Don-dunlardan topamiz
Soʻng uchamiz uy tomon!
Mayna,mayna,maynamiz,
Erta tongdan kuylaymiz!
✍🌸🍃Robiya Chaman
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
❤️YURAK....
🌸🍃Sevgini yurakda joylashadi deyishadi...
❤️Turli koʻrinishdagi yuraklar..
🌸🍃Gohida xayollarga ketaman ....❤️Insonning qalbiga ham yuragi orqali ,,baho"beriladi...adash
masam...
❤️Ushbu tasvirlar ham gʻoyoki sizni ..yoki bizni ..
yana kimnidir qalbidir..
❤️ Yurakning qanday koʻrinish emas....
Balki...sizning ❤️Yurakka
qanday joylashib olganingiz bu hayotda eng muhimdir...
❤️Yurakdan joy olishga harakat qiling..
🌸🍃✍Robiya Chaman.
🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🌸🍃🍃❤️
🌸🍃Sevgini yurakda joylashadi deyishadi...
❤️Turli koʻrinishdagi yuraklar..
🌸🍃Gohida xayollarga ketaman ....❤️Insonning qalbiga ham yuragi orqali ,,baho"beriladi...adash
masam...
❤️Ushbu tasvirlar ham gʻoyoki sizni ..yoki bizni ..
yana kimnidir qalbidir..
❤️ Yurakning qanday koʻrinish emas....
Balki...sizning ❤️Yurakka
qanday joylashib olganingiz bu hayotda eng muhimdir...
❤️Yurakdan joy olishga harakat qiling..
🌸🍃✍Robiya Chaman.
🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🌸🍃🍃❤️
Forwarded from Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿
DUNYODA HAR NARSA BOʻLARKAN
Gohi gul ochilmay soʻlarkan,
Sinovlardan sabring toʻlarkan.
Tugamaydi sir sinoati,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.
Kutganing kutganda yoʻqlamas,
Doʻst otar, dushman yoy oʻqlamas.
Koʻnglingdagi koʻngling toʻqlamas,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.
Tirnoqqa zor azoblar totgan,
Kimdir esa bolasin sotgan.
Oqillari gunohga botgan,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.
Zoʻrini zorlanib kutdi yer,
Oʻzini hokisor tutdi yer.
Navbati kelganda yutdi yer,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.
Tiriksan mish mishga tayyor tur,
Yoz tugamay qishga tayyor tur.
Doʻstim har bir ishga tayyor tur,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Gohi gul ochilmay soʻlarkan,
Sinovlardan sabring toʻlarkan.
Tugamaydi sir sinoati,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.
Kutganing kutganda yoʻqlamas,
Doʻst otar, dushman yoy oʻqlamas.
Koʻnglingdagi koʻngling toʻqlamas,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.
Tirnoqqa zor azoblar totgan,
Kimdir esa bolasin sotgan.
Oqillari gunohga botgan,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.
Zoʻrini zorlanib kutdi yer,
Oʻzini hokisor tutdi yer.
Navbati kelganda yutdi yer,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.
Tiriksan mish mishga tayyor tur,
Yoz tugamay qishga tayyor tur.
Doʻstim har bir ishga tayyor tur,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿
BAXTING BERSIN XUDO
Bodommiding erta gulin toʻkib ketgan,
Yuragimning choklarini soʻkib ketgan.
Oshigʻingman koʻz yoshiga choʻkib ketgan,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
Dunyoda yoʻq senday qalam qoshli jonim,
Armon boʻlding ammo bagʻritoshli jonim.
Kelinchaksan ex oʻn yetti yoshli jonim,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
Musofirda edim bugun toʻying boʻldi,
Bu bechora yuragimga qiyin boʻldi.
Oʻyin boʻldi bizni sevgi oʻyin boʻldi,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
Andijonda tinglang yor yor jarangini,
Qarang oppoq libosdagi zar rangini.
Sevibmanda ex ustasi farangini,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
Oshiq edim sochingdagi boʻyingaman,
Shirin ovoz shirin orzu oʻyinga man.
Borolmayman kechir ammo toʻyinga man,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Bodommiding erta gulin toʻkib ketgan,
Yuragimning choklarini soʻkib ketgan.
Oshigʻingman koʻz yoshiga choʻkib ketgan,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
Dunyoda yoʻq senday qalam qoshli jonim,
Armon boʻlding ammo bagʻritoshli jonim.
Kelinchaksan ex oʻn yetti yoshli jonim,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
Musofirda edim bugun toʻying boʻldi,
Bu bechora yuragimga qiyin boʻldi.
Oʻyin boʻldi bizni sevgi oʻyin boʻldi,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
Andijonda tinglang yor yor jarangini,
Qarang oppoq libosdagi zar rangini.
Sevibmanda ex ustasi farangini,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
Oshiq edim sochingdagi boʻyingaman,
Shirin ovoz shirin orzu oʻyinga man.
Borolmayman kechir ammo toʻyinga man,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoʻqman har tashvishu, ishlaringda ham,
Kelmay bahor, yoz, kuz, qishlaringda ham.
Yoʻqlamay qoʻyaman tushlaringda ham.
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?
Sen deya ursa ham yuragim necha,
Boʻlsa ham devona sevgi oʻzgacha.
Sogʻinmayman debsan, mayli bir kecha,
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?
Mendan oldin boʻlar holing parishon,
Avvalroq boʻlasan pushmonga nishon.
Chidab berolmaysan, soʻzimga ishon.
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?
Qalbinga hasratning tigʻi botguncha,
Hijron isyon qilib, toshlar otguncha.
Kipriging kaftida ashking qotguncha,
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?
Tonasan barini taqdirga yoʻyib,
Yuzing kulgan bilan qalbingni oʻyib.
Kim koʻproq sevishin oʻrtaga qoʻyib,
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Kelmay bahor, yoz, kuz, qishlaringda ham.
Yoʻqlamay qoʻyaman tushlaringda ham.
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?
Sen deya ursa ham yuragim necha,
Boʻlsa ham devona sevgi oʻzgacha.
Sogʻinmayman debsan, mayli bir kecha,
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?
Mendan oldin boʻlar holing parishon,
Avvalroq boʻlasan pushmonga nishon.
Chidab berolmaysan, soʻzimga ishon.
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?
Qalbinga hasratning tigʻi botguncha,
Hijron isyon qilib, toshlar otguncha.
Kipriging kaftida ashking qotguncha,
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?
Tonasan barini taqdirga yoʻyib,
Yuzing kulgan bilan qalbingni oʻyib.
Kim koʻproq sevishin oʻrtaga qoʻyib,
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿
U KELIN BOʻLGAN KUNDA
Jabri botdi jongacha,
Dilga dard toʻlgan kunda.
Tamom boʻldim tongacha,
U kelin boʻlgan kunda.
Sevgi sotib, dil sotib,
Ketdi oydayin botib.
Turibman azob totib,
U kelin boʻlgan kunda.
Mish mish qilgan el boʻldi,
Hushim uchma kel boʻldi.
Yomgʻir yogʻdi sel boʻldi,
U kelin boʻlgan kunda.
Jayronginam ovlandi,
Ishongan togʻ yovlandi.
Oq libosda tovlandi,
U kelin boʻlgan kunda.
Alam alam alamey,
Ketdi qoshi qalamey.
Armon endi sanamey,
U kelin boʻlgan kunda.
Boʻlmadi yor oʻzimga,
Koʻnmay bir bor soʻzimga.
Andijon tor koʻzimga,
U kelin boʻlgan kunda.
Yurak ezgan nay edi,
Yurak sezganday edi.
Bahor edi may edi,
U kelin boʻlgan kunda.
Koʻngil qoldi naydanam,
Bahordanam, maydanam.
Sevdim dedim qaydanam,
U kelin boʻlgan kunda.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Jabri botdi jongacha,
Dilga dard toʻlgan kunda.
Tamom boʻldim tongacha,
U kelin boʻlgan kunda.
Sevgi sotib, dil sotib,
Ketdi oydayin botib.
Turibman azob totib,
U kelin boʻlgan kunda.
Mish mish qilgan el boʻldi,
Hushim uchma kel boʻldi.
Yomgʻir yogʻdi sel boʻldi,
U kelin boʻlgan kunda.
Jayronginam ovlandi,
Ishongan togʻ yovlandi.
Oq libosda tovlandi,
U kelin boʻlgan kunda.
Alam alam alamey,
Ketdi qoshi qalamey.
Armon endi sanamey,
U kelin boʻlgan kunda.
Boʻlmadi yor oʻzimga,
Koʻnmay bir bor soʻzimga.
Andijon tor koʻzimga,
U kelin boʻlgan kunda.
Yurak ezgan nay edi,
Yurak sezganday edi.
Bahor edi may edi,
U kelin boʻlgan kunda.
Koʻngil qoldi naydanam,
Bahordanam, maydanam.
Sevdim dedim qaydanam,
U kelin boʻlgan kunda.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Kelib tursam maylimi Ota (audio 2025)
Dilraboxonim G'ofurbekova
#premyera #mp3
🔊 Dilraboxonim G'ofurbekova - Kelib tursam maylimi Ota (audio 2025)
Koʻpchilik muhlislarimiz sheʼrlaringizbu nega faqat erkak xonandalar aytadi ayol xonandalarga ham sheʼr yozing deydi. Kimnidir dardini his qilib yozish ijod tabiy chiqishi albatta mushkul mashaqqat... Lekin ayol xonandalar bilan ham albatta hamkorlik qilamiz. Dilraboxonim Gʻofurbekova va turmush oʻrtogʻi Sardorbek Gʻofurbekov bilan birgalikda tayyorlagan yana bir ijod mahsulimiz siz azizlar uchun.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
🔊 Dilraboxonim G'ofurbekova - Kelib tursam maylimi Ota (audio 2025)
Koʻpchilik muhlislarimiz sheʼrlaringizbu nega faqat erkak xonandalar aytadi ayol xonandalarga ham sheʼr yozing deydi. Kimnidir dardini his qilib yozish ijod tabiy chiqishi albatta mushkul mashaqqat... Lekin ayol xonandalar bilan ham albatta hamkorlik qilamiz. Dilraboxonim Gʻofurbekova va turmush oʻrtogʻi Sardorbek Gʻofurbekov bilan birgalikda tayyorlagan yana bir ijod mahsulimiz siz azizlar uchun.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿
OQIBAT YOʻQOLDI PULNI USTIDA
Olov yonarmidi kulni ustida,
Ari ham shirali gulni ustida.
Zamonni holini koʻrib qoʻy doʻstim,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
Ishi tushsa yaqin oshna edilar,
Ishim tushsa ishim koʻpdur dedilar.
Ular yuragimni kesib yedilar,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
Qarindosh yuz burdi pulim yoʻgʻida,
Doʻst chekkaga surdi pulim yoʻgʻida.
Teskari aylanib dunyo oʻqida,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
Masofalar yaqin, diydor boʻldi oz,
Ishlar goh yurishmas va gohida soz.
Hammani oʻynatdi kaftdayin qogʻoz,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
Umr oʻtdi tinmay ishladi odam,
Pul uchun odamni tishladi odam.
Yuzkoʻrmas boʻldilar eng soʻngi qadam,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
Pullar qoʻlni kiri deysanu joʻra,
Puldor aziz boʻldi gʻaribdan koʻra.
Ishonmasang borib boylardan soʻra,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Olov yonarmidi kulni ustida,
Ari ham shirali gulni ustida.
Zamonni holini koʻrib qoʻy doʻstim,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
Ishi tushsa yaqin oshna edilar,
Ishim tushsa ishim koʻpdur dedilar.
Ular yuragimni kesib yedilar,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
Qarindosh yuz burdi pulim yoʻgʻida,
Doʻst chekkaga surdi pulim yoʻgʻida.
Teskari aylanib dunyo oʻqida,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
Masofalar yaqin, diydor boʻldi oz,
Ishlar goh yurishmas va gohida soz.
Hammani oʻynatdi kaftdayin qogʻoz,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
Umr oʻtdi tinmay ishladi odam,
Pul uchun odamni tishladi odam.
Yuzkoʻrmas boʻldilar eng soʻngi qadam,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
Pullar qoʻlni kiri deysanu joʻra,
Puldor aziz boʻldi gʻaribdan koʻra.
Ishonmasang borib boylardan soʻra,
Oqibat yoʻqoldi pulni ustida.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿
YOMON
Koʻrgan meni sogʻ odam demas,
Sening hajring qoʻymaydi omon.
Koʻngil berib yonimda emas,
Yuragimda qolganing yomon.
Ketding jonim begona tomon,
Qora koʻzim qoshlari kamon.
Koʻngil berib yonimda emas,
Yuragimda qolganing yomon.
Yangalar joʻr boʻlib oʻlanga,
Xonadoning toʻlib oʻlanga.
Hijron bilan yoqib alanga,
Yuragimda qolganing yomon.
Endi bizni qiynaydi firoq,
Sen mendan men sendan yiroq.
Hayotimda yoʻqsanu biroq,
Yuragimda qolganing yomon.
Ishq hanjar na qalqon bor na qin,
Zarbasidan koʻzimda chaqin.
Menga juda yaqinsan, yaqin,
Yuragimda qolganing yomon.
Yozlarimni qorisan meni,
Qalbimning ozorisan meni.
Oʻzgasini yorisan meni,
Yuragimda qolganing yomon.
Yetmas boʻlib butun umrga,
Tark etmas boʻlib butun umrga.
Ketmas boʻlib butun umrga,
Yuragimda qolganing yomon.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Koʻrgan meni sogʻ odam demas,
Sening hajring qoʻymaydi omon.
Koʻngil berib yonimda emas,
Yuragimda qolganing yomon.
Ketding jonim begona tomon,
Qora koʻzim qoshlari kamon.
Koʻngil berib yonimda emas,
Yuragimda qolganing yomon.
Yangalar joʻr boʻlib oʻlanga,
Xonadoning toʻlib oʻlanga.
Hijron bilan yoqib alanga,
Yuragimda qolganing yomon.
Endi bizni qiynaydi firoq,
Sen mendan men sendan yiroq.
Hayotimda yoʻqsanu biroq,
Yuragimda qolganing yomon.
Ishq hanjar na qalqon bor na qin,
Zarbasidan koʻzimda chaqin.
Menga juda yaqinsan, yaqin,
Yuragimda qolganing yomon.
Yozlarimni qorisan meni,
Qalbimning ozorisan meni.
Oʻzgasini yorisan meni,
Yuragimda qolganing yomon.
Yetmas boʻlib butun umrga,
Tark etmas boʻlib butun umrga.
Ketmas boʻlib butun umrga,
Yuragimda qolganing yomon.
✍ Odilbek Qodirov
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from ТУҒИЛМАГАН ШЕЪРЛАРИМ КЎП. (Барно Муртаза қизи)
УСТОЗИМ ЎЗИНГИЗ.
Манзура опага.
Қўлга қалам тутқазган,
Меҳрибоним устозим.
Партага ҳам ўтқазган,
Жонажоним устозим.
Кўнгли тоза оппоқдир,
Софдиллигим Устозим.
Меҳри дарё қайноқдир,
Ўзингдирсиз Устозим.
Онамдайин меҳрибон,
Бўлган доим устозим.
Сўзларида сеҳри бор,
Кулган доим устозим.
Ҳар қачондан бизлардан,
Кўнгли тўлган устозим.
Ҳамма ўғил қизларни,
Болам деган устозим.
Устозим ўзингдирсиз,
Бу дунёда ягона.
Шоир қилган ўзингдирсиз,
Ёлғизгина ягона.
Барно Ҳаётбахш
30 09 2025 15:22
Устозлар байрами билан барча устозларимни табриклаб қоламан.
Манзура опага.
Қўлга қалам тутқазган,
Меҳрибоним устозим.
Партага ҳам ўтқазган,
Жонажоним устозим.
Кўнгли тоза оппоқдир,
Софдиллигим Устозим.
Меҳри дарё қайноқдир,
Ўзингдирсиз Устозим.
Онамдайин меҳрибон,
Бўлган доим устозим.
Сўзларида сеҳри бор,
Кулган доим устозим.
Ҳар қачондан бизлардан,
Кўнгли тўлган устозим.
Ҳамма ўғил қизларни,
Болам деган устозим.
Устозим ўзингдирсиз,
Бу дунёда ягона.
Шоир қилган ўзингдирсиз,
Ёлғизгина ягона.
Барно Ҳаётбахш
30 09 2025 15:22
Устозлар байрами билан барча устозларимни табриклаб қоламан.
Forwarded from Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿
ГРУЗ 200... Бу машинани йўлларда кўрган инсон борки юраги бир ларзага келмасдан қўймайди... Аллоҳ барча мусофирларимизни асрасин. Барчаси оиласи бағрига соғ омон ҳурсандчиликда қайтсин. Ушбу шеър бир онаизор номидан...
МУСОФИРДА ЖОН БEРГАН БОЛАМ
Юрагимни куйдирар нолам,
Кўзларимга тор келиб олам..
Тушларимга кирмай қўйдингку,
Мусофирда жон берган болам...
Давоси йўқ дардларим даста,
Соғинчлардан хастаман хаста.
Не ҳоҳладинг сўнги нафасда,
Мусофирда жон берган болам...
Баҳорлари кетмай сўлганим,
Худо билар дардга тўлганим.
Дийдорлари армон бўлганим,
Мусофирда жон берган болам...
Пинхон барча дардим о ютай,
Юрагимни қандоқ совутай.
Болангни нима деб овутай,
Мусофирда жон берган болам...
Ғамсиз ўтсин онингиз дея,
Пулга тўлсин ёнингиз дея.
Қийналмасин жонингиз дея,
Мусофирда жон берган болам...
Жоним туйиб жабринг қучаман,
Сезиб сезиб сабринг қучаман.
Муздеккина қабринг қучаман,
Мусофирда жон берган болам...
Фарзанд доғи қўймас омонда,
Ҳар нафаснинг ҳажри ёмонда.
Икки кўзинг ватан томонда,
Мусофирда жон берган болам...
✍ Одилбек Қодиров
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
МУСОФИРДА ЖОН БEРГАН БОЛАМ
Юрагимни куйдирар нолам,
Кўзларимга тор келиб олам..
Тушларимга кирмай қўйдингку,
Мусофирда жон берган болам...
Давоси йўқ дардларим даста,
Соғинчлардан хастаман хаста.
Не ҳоҳладинг сўнги нафасда,
Мусофирда жон берган болам...
Баҳорлари кетмай сўлганим,
Худо билар дардга тўлганим.
Дийдорлари армон бўлганим,
Мусофирда жон берган болам...
Пинхон барча дардим о ютай,
Юрагимни қандоқ совутай.
Болангни нима деб овутай,
Мусофирда жон берган болам...
Ғамсиз ўтсин онингиз дея,
Пулга тўлсин ёнингиз дея.
Қийналмасин жонингиз дея,
Мусофирда жон берган болам...
Жоним туйиб жабринг қучаман,
Сезиб сезиб сабринг қучаман.
Муздеккина қабринг қучаман,
Мусофирда жон берган болам...
Фарзанд доғи қўймас омонда,
Ҳар нафаснинг ҳажри ёмонда.
Икки кўзинг ватан томонда,
Мусофирда жон берган болам...
✍ Одилбек Қодиров
❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿
Hurmatli ijodim muhlislari. Men yangi soxada ham ish boshlaganman. Mahalla yettiligi tizimida yoshlar yetakchisi boʻlib Mustahkam mahallasida faoliyat boshladim. Ushbu ish jarayonim uchun alohida kanal ochganman. Ushbu kanalga ulanib meni qoʻllab quvvatlab tursangiz mamnun boʻlaman!.
https://t.me/mustahkam_yoshlar
https://t.me/mustahkam_yoshlar
https://t.me/mustahkam_yoshlar
https://t.me/mustahkam_yoshlar
https://t.me/mustahkam_yoshlar
https://t.me/mustahkam_yoshlar