🕊Akromjon Aliqulov rasmiy kanali
25 subscribers
620 photos
319 videos
4 files
1.02K links
Hayot bu kurash maydoni.Toki inson tirik ekan hayotga intilib yashash kerak. Hech qachon ortga chekinmay faqat olg‘a.
Download Telegram
𝙰𝚂𝚂𝙰𝙻𝙾𝙼𝚄 𝙰𝙻𝙴𝚈𝙺𝚄𝙼 𝚀𝙰𝙳𝚁𝙸 𝙱𝙰𝙻𝙰𝙽𝙳 𝚀𝙰𝙳𝙸𝚁𝙳𝙾𝙽𝙻𝙰𝚁𝙸𝙼

🎤🎤🎤🎤🎤🎤🎤🎤🎤🎤🎤

🄱🅄🄶🅄🄽 07.08.2025



ⓈⓄⒶⓉ 20:00ⓓⓐ

🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️

𝕊ℍ𝔼ℝ𝕀𝕐𝔸𝕋𝔾𝔸 𝕆𝕊ℍℕ𝕆 ℚ𝔸𝕃𝔹𝕃𝔸ℝ



GURUXIMIZDA

🅘🅙🅞🅓🅘🅨 🅚🅔🅒🅗🅐

𝐁𝐎"𝐋𝐈𝐁 𝐎"𝐓𝐀𝐃𝐈

IJODIY KECHAMIZ MEHMONI

ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒

📜📜📜📜📜📜📜📜📜📜📜

ᴍᴀɴᴢɪʟ:https://t.me/sheriyatga_oshno_qalblar_uz

CHAT:https://t.me/sheriyatga_oshno_qalblar_uz?videochat=59bd2536e8cfd193f2
ҚЎЙМА ХУДОЙИМ

Бир кун мендан қолар мансабим тойим,
Қаро қабр бўлар боргувчи жойим.
Йўлдан адаштирма нафсимни тўқ қил,
Дунёга маст қилиб қўйма Худойим.

Ҳар банданинг ҳусни Аллоҳнинг нақши,
Минг жонсиз хофиздан афзал бир бахши.
Ғийбатчи ошнадан мард душман яхши,
Пастларга паст қилиб қўйма Худойим.

Ҳушимдан айирма гулнинг ишқида,
Кўзларим кўр қилма пулнинг ишқида.
Оловда куймайин кулнинг ишқида,
Номард нокаст қилиб қўйма Худойим.

Йиқилсам болтасин уриб чопишган,
Фойдамсиз бошқа дўст, ошна топишган.
Чўкар маҳалида келиб ёпишган,
Кимгадир хас қилиб қўйма Худойим.

Бировга бош эгмай ўлгунимча то,
Бандага эгилсам Қиёмат қойим.
Жаннатга муносиб бўлгунимча то,
Умримни бас қилиб қўйма Худойим.

Одилбек Қодиров

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
DADAM BOR BOY BOʻLIB YURIBMAN

Mingani toy boʻlib yuribman,
Pichogʻi moy boʻlib yuribman.
Maqtanaman gʻururlanaman,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Ogʻzim kuymay issiq choylardan,
Tillo baliq tutib soylardan.
Dunyodagi hamma boylardan,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Magʻzi shirin yegan bodomim,
Katta katta bosgan qadamim.
Dunyoda eng buyuk odamim,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Tashvishlardan ezilmas oʻyim,
Chinorlardan baland bu boʻyim.
Fayzli oʻtar bayramu toʻyim,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Har ishimdan topib foyda man,
Oyogʻi yer boshi oydaman.
Koʻksim kerib hamma joydaman,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Ota onam oʻzimni jonim,
Toʻldirishar ikkita yonim.
Biri jannat biri sultonim,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Qancha mehnat qancha yurt koʻrgan,
Musofirda rizqimiz tergan.
Bolamga deb borini bergan,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Men uchun baxt oʻtgan har sana,
Shodligimdan kunda tantana.
Bugun davrim keldi va yana,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
KELIB TURSAM MAYLIMI OTA (talablarga binoan)

Sogʻinchlarim koʻnglimga bota,
Bu hayotning achchigʻin tota...
Kelin emas qiz boʻlib uyga,
Kelib tursam maylimi ota.

Pinxon pinxon dard totganimda,
Oromimni yoʻqotganimda...
Quyoshimsiz sovqotganimda,
Kelib tursam maylimi ota...

Qiz palaxon toshi boʻlarkan,
Baxtli kun koʻz yoshi boʻlarkan...
Toshdayin bardoshi boʻlarkan,
Kelib tursam maylimi ota.

Tush boʻlsangiz goh uyquyimga,
Soʻz boʻlsangiz mungli kuyimga.
Sogʻinganda ota uyimga,
Kelib tursam maylimi ota.

Xatolarim tuzatgan otam,
Oʻzga uyga kuzatgan otam...
Yigʻlab qizin uzatgan odam,
Kelib tursam maylimi ota.

Bir kun dunyo qoʻysa yolgʻizlab,
Jafo bersa suyganim sizlab...
Otam bor deb mehringiz izlab,
Kelib tursam maylimi ota.

Hayotim zoʻr shukur har onga,
Ne ham kerak bir mushtek jonga.
Nega kelding demang mehmonga,
Kelib tursam maylimi ota.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
ROSSIYADA YURGAN AKALAR

Baland uylar qurgan akalar,
Saxar tongda turgan akalar.
Oilam deb musofir boʻlib,
Rossiyada yurgan akalar.

Sovuqlarda yot yurtda qishlab,
Pul topay deb toʻrt fasl ishlab.
Musofirlik nonini tishlab,
Rossiyada yurgan akalar.

Ota onam kam koʻrmasin der,
Bolam koʻzi nam koʻrmasin der.
Jigarlarim gʻam koʻrmasin der,
Musofirda yurgan akalar.

Oshnalarni oshida boʻlmas,
Toʻy hashamlar boshida boʻlmas.
Eng navqiron yoshida boʻlmas,
Musofirda yurgan akalar.

Oʻgʻliga toʻy, qizlariga sep,
Qilar ular kam boʻlmasin deb.
Tun oʻtkazar gohi sovuq yeb,
Rossiyada yurgan akalar.

Yaxshiman deb aldab qoʻyadi,
Sogʻinchlardan bagʻrin oʻyadi.
Ishdan emas jondan toʻyadi,
Rossiyada yurgan akalar.

Har qadamda Haqqa yor boʻling,
Doim shunday keng viqor boʻling.
Boringizga shukr bor boʻling,
Musofirda yurgan akalar.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
#Bolalar uchun#

Vatanim

Ey,ona-Vatanim,
Bogʻ-u,chamanim!
Sensan yagona,
Bogʻ-u,boʻstonim!

Viqorli toʻgʻlar,
Kattakon bogʻlar!
Bemalol yuring,
Kengdir vodiylar!



🌸🍃Robiya Chaman.

Bolalar -bizning baxtimiz!
YANA SEVARDIM
(Komila qiz mavzulari)

Oʻtgan har bir sana sevardim,
Qilgancha tantana sevardim.
Chiroyligim goʻzal sevgilim,
Yana kelsang yana sevardim.

Sensizlikda oʻtgan har onim,
Zulmat boʻldi yoruq jahonim.
Hatto qoʻyib garovga jonim,
Yana kelsang yana sevardim.

Kimga qilay qahr dunyoda,
Ex mazasi tahir dunyoda.
Oʻxshashing yoʻq ahir dunyoda,
Yana kelsang yana sevardim.

Sogʻinchlardan bu koʻnglim yetim,
Azoblanar har joy har chetim.
Suratinga jilmayib dedim,
Yana kelsang yana sevardim.

Kimda gunox, ex kimda xato,
Peshonaga qilingan ato.
Ishonaver oʻlgunimcha to,
Yana kelsang yana sevardim.

Kimni yolgʻon suyib oʻtmasdan,
Mingta gumon tuyib oʻtmasdan.
Bu dunyodan kuyib oʻtmasdan,
Yana kelsang yana sevardim.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
🌸🍃DIQQAT! DIQQAT!

🌸🍃Assalomu alaykum, jajji bolajonlarimizning sevimli ijodkorlari!
  
Bolalar adabiyotini rivojlantirish  maqsadida kelajagimiz poydevori boʻlgan jajji farzandlarimiz uchun munosib ijod namunalaridan tashkil topgan:
,,BOLALARGA BERING  DUNYONI"
nomli almanax kitobi uchun materiallar qabul qilish boshlandi!

🌸🍃Har bir ijodkor uchun besh sahifa ajratiladi.

🌸🍃Bolalar uchun yozilgan she'r, hikoya va ertaklar, topishmoq, maqollar boʻlmogʻi lozim!

🌸🍃Toʻlov summasi:300 ming etib belgilandi.
Plastik raqam:
8600332961717778
Uzkard Ipoteka bank
Amir Egamberdievich Xudoyberdiyev.

🌸🍃Kitob ikki  oy muddat ichida chop etilishi va u  ,,USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI" bayrami oldidan taqdimoti boʻlib oʻtiishi koʻzda tutilgan!
🌸🍃14 iyuldan 20 sentabrgacha ijod  namunalari qabul qilinadi.

🌸🍃Har bir kishiga 4 donadan kitob beriladi.

🌸🍃Oʻz ijodlari bilan ishtirok etgan ijodkorlarga :
diplomlar  beriladi.
91 959 65 01 telgramm raqam
🌸🍃Robiya Chaman.
Xalqaro Turon Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
🌸🍃Azizlar!
Qalami oʻtkir yozuvchilar!
Sizlarga mamnuniyat bilan shuni eslatib oʻtamiz!
,,BOLALARGA BERING DUNYONI"nomli bolalar ijodi almanax kitobiga ijodlar qabul qilinmoqda!

Ishtirokchilarga 4 dona kitob va diplom beriladi...

91 959 65 01 telgramm raqamiga oʻz ijod namunalaringizni yuborishingiz mumkin!

Toʻlov summasi: 300ming soʻm

Toʻlov uchun plastik raqam tashlanadi!


🌸🍃Barchangizni ijodiy joʻshqinlik tark etmasin!


🌸🍃Sizlarga cheksiz hurmat bilan: Robiya Chaman
Jayronginam (audio 2025)
Doston Halimov
#premyera #mp3

JAYRONGINAM

Dostonbek Halimovdan yangi qoʻshiq premyerasi.

Odilbek Qodirov

Sizlarga ham yoqadi degan umiddaman
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
🌸🍃Assalomu alaykum !
Aziz yurtdoshlar !
Boshlangan kun barchangizga muborak boʻlsin!

🌸🍃Yaqinlashib qolgan yurtimizning mustaqillik kuni bayrami bilan tabriklaymiz!


🌸🍃Omonat dunyoda omon boʻling ,azizlar!


🌸🍃Robiya Chaman.
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
#Bolalar uchun#


Maynalar qoʻshigʻi

Biz ikkita maynamiz,
Har kun tongda turamiz!
Chugʻur-chugʻur deymiz-u,
Ish rejasin tuzamiz!

Mayna ,mayna ,maynamiz,
Erta tongdan kuylaymiz!

Zararimiz yoʻq biling,
Biz bilan xursand boʻling!
Tuta olmaysiz sira,
Bizni tomosha qiling!

Mayna,mayna,maynamiz
Erta tongdan kuylaymiz!

Ketdik payhonlar tomon,
Inimizda bor palopon!
Don-dunlardan topamiz
Soʻng uchamiz uy tomon!

Mayna,mayna,maynamiz,
Erta tongdan kuylaymiz!

🌸🍃Robiya Chaman
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
❤️YURAK....

🌸🍃Sevgini yurakda joylashadi deyishadi...

❤️Turli koʻrinishdagi yuraklar..

🌸🍃Gohida xayollarga ketaman ....❤️Insonning qalbiga ham yuragi orqali ,,baho"beriladi...adash
masam...
❤️Ushbu tasvirlar ham gʻoyoki sizni ..yoki bizni ..
yana kimnidir qalbidir..

❤️ Yurakning qanday koʻrinish emas....
Balki...sizning ❤️Yurakka
qanday joylashib olganingiz bu hayotda eng muhimdir...

❤️Yurakdan joy olishga harakat qiling..



🌸🍃Robiya Chaman.


🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🌸🍃🍃❤️
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
🌸🍃Xayrli tong!
Assalomu alaykum!
Aziz qadri baland qadrdonlari
miz!
Barchangizga chorshanba tonggi muborak boʻlsin!

🌸🍃Neki ,orzu -unidlaringiz boʻlsa amalga oshsin!

🌸🍃Omonat dunyoda omon boʻling ,qadrdonlar!


🌸🍃Robiya Chaman
1
DUNYODA HAR NARSA BOʻLARKAN

Gohi gul ochilmay soʻlarkan,
Sinovlardan sabring toʻlarkan.
Tugamaydi sir sinoati,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.

Kutganing kutganda yoʻqlamas,
Doʻst otar, dushman yoy oʻqlamas.
Koʻnglingdagi koʻngling toʻqlamas,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.

Tirnoqqa zor azoblar totgan,
Kimdir esa bolasin sotgan.
Oqillari gunohga botgan,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.

Zoʻrini zorlanib kutdi yer,
Oʻzini hokisor tutdi yer.
Navbati kelganda yutdi yer,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.

Tiriksan mish mishga tayyor tur,
Yoz tugamay qishga tayyor tur.
Doʻstim har bir ishga tayyor tur,
Dunyoda har narsa boʻlarkan.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
BAXTING BERSIN XUDO

Bodommiding erta gulin toʻkib ketgan,
Yuragimning choklarini soʻkib ketgan.
Oshigʻingman koʻz yoshiga choʻkib ketgan,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.

Dunyoda yoʻq senday qalam qoshli jonim,
Armon boʻlding ammo bagʻritoshli jonim.
Kelinchaksan ex oʻn yetti yoshli jonim,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.

Musofirda edim bugun toʻying boʻldi,
Bu bechora yuragimga qiyin boʻldi.
Oʻyin boʻldi bizni sevgi oʻyin boʻldi,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.

Andijonda tinglang yor yor jarangini,
Qarang oppoq libosdagi zar rangini.
Sevibmanda ex ustasi farangini,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.

Oshiq edim sochingdagi boʻyingaman,
Shirin ovoz shirin orzu oʻyinga man.
Borolmayman kechir ammo toʻyinga man,
Baxting bersin Xudo endi alvido yor.


Baxting bersin Xudo endi alvido yor.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoʻqman har tashvishu, ishlaringda ham,
Kelmay bahor, yoz, kuz, qishlaringda ham.
Yoʻqlamay qoʻyaman tushlaringda ham.
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?

Sen deya ursa ham yuragim necha,
Boʻlsa ham devona sevgi oʻzgacha.
Sogʻinmayman debsan, mayli bir kecha,
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?

Mendan oldin boʻlar holing parishon,
Avvalroq boʻlasan pushmonga nishon.
Chidab berolmaysan, soʻzimga ishon.
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?

Qalbinga hasratning tigʻi botguncha,
Hijron isyon qilib, toshlar otguncha.
Kipriging kaftida ashking qotguncha,
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?

Tonasan barini taqdirga yoʻyib,
Yuzing kulgan bilan qalbingni oʻyib.
Kim koʻproq sevishin oʻrtaga qoʻyib,
Garov oʻynaymizmi sogʻintirishdan?

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟