🕊Akromjon Aliqulov rasmiy kanali
25 subscribers
620 photos
319 videos
4 files
1.02K links
Hayot bu kurash maydoni.Toki inson tirik ekan hayotga intilib yashash kerak. Hech qachon ortga chekinmay faqat olg‘a.
Download Telegram
YOQASAN

Sen menga yoqasan yaxshimsan o‘zing,
Ishq tomirimdagi qonda oqimli..
Iymanib boqasan titraydi so‘zing,
Sening zaboningda bo‘lmoq yoqimli...

Sen menga yoqasan bunga shubha yo‘q,
Hozir ertaga va azaldan azal...
Meni eslab tursang ko‘nglim bo‘lar to‘q,
Sening hislaringda yashamoq go‘zal.

Sen menga yoqasan nigohingda ham,
Bir olam muhabbat turar sezilib...
Seni ko‘rmay qolsam ko‘zlarimda nam,
Sog‘inchdan yuragim ketar ezilib..

Sen menga yoqasan faqatgina sen,
Yuragim sen demay ursa yurakmas..
Ahir sen borliging bir olamga teng,
Sensiz bu dunyosi menga kerakmas.

Sen menga yoqishing juda yoqimli,
Senga boshqacharoq qaraydi ko‘zim,
Ishq tomirimdagi qonda oqimli,
Senga gapirganda titraydi so‘zim...

Odilbek Qodirov 2023

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
🌸🍃Assalomu alaykum,qadrli qadri baland hazrati insonim!

Yaxshi dam olib turdingizmi!

🌸🍃Bugungi rejalaringiz qanday?

🌸🍃Amalga oshishiga tilakdoshmiz!


🌸🍃Kuningiz mazmunli oʻtsin!




🌸🍃Hurmat bilan:Robiya Chaman.


🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🌸🍃🌸🍃
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ТУҒИЛМАГАН ШЕЪРЛАРИМ КЎП. (Барно Муртаза қизи)
ҚАРИГАНДА ҲАССАМ БЎЛГИН ЖОН БОЛАМ.

Белдан кетар қувватим,
Кетар бари улватим.
Кетар балки давлатим,
Ҳассам бўлгин жон болам,
Қариганда тур болам.

Овқат есам тўкилар,
Бошим ҳамда эгилар.
Нима қилай турткилар,
Ҳассам бўлгин жон болам,
Қариганда тур болам.

Қўлдан буюм тушсалар,
Ерга тушиб синсалар.
Бегоналар кулсалар,
Сен кулмагин жон болам,
Урушмагин жон болам.

Нон жайнашга тишим йўқ,
Ҳар нарсага хушим йўқ.
Қариганда ишим йўқ,
Ҳассам бўлгин жон болам,
Қариганда тур болам.

Кўчаларни кезмагин,
Пулларни ҳам сузмагин.
Болам мени эзмагин,
Ҳассам бўлгин жон болам,
Қариганда тур болам.

Барно Ҳаётбахш
30 07 2025 18:13
30 iyul
..
Xayr deding qalbing siri ochilib.
Yomgʻir... Osmon choki soʻkilib ketdi.
Qandaydir zarb bilan yerga sochilib,
Yuragim yomgʻirdek toʻkilib ketdi...

Qoʻlimda sovugan qahvali qadah,
Qalbimda muzlagan oʻylar urishi.
Goʻyo taqdir meni qilgandek mazah,
Koʻnglim olib qoʻydi koʻngilfurishi...

Aqlim sevma deydi lek yurak sardor,
Soʻzsiz u ne desa boʻlaveradi.
Ishq ulugʻ mashaqqat, rashk laganbardor,
Qasamlar finjoni toʻlaveradi...

Ket mayli ketaver oq yoʻl sevgilim,
Nima ham topardim yoʻllaring toʻsa...
Mehr uchun chuqur tortaman chilim,
Va olaman sovuq qadahdan boʻsa..

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
🌸🍃Xayrli oqshom ,azizlar!
Oqshomingiz fayzli oʻtsin!
Mana yoz faslining ham soʻnggi oyi boshlandi!
Hademay kuz fasli ham eshik qoqib qoladi...
🌸🍃Har qanday holatda ham sogʻligimiz tark etmasin!,azizlar!

🌸🍃Barcha yaxshi tilaklar hamroh boʻlsin!
🌸🍃Baxtli onlar sizni izlab yursin!


🌸🍃Robiya Chaman

@robiya_chananqizi
UCHRASHIB QOLAMIZ (maxsus)

Oʻlarmiding mendan qutilmaganda,
Tugʻildingmi vido aytilgan sana...
Bilaman bir kuni kutilmaganda,
Uchrashib qolamiz ikkimiz yana...

Taqdir hazil qildi kulmadik biroq,
Yigʻlatdi aksiga olgandek firoq.
Oramiz qanchalar boʻlmasin yiroq,
Uchrashib qolamiz ikkimiz yana...

Chiroyli kulguchi ey kuydurmajon,
Sen ketding qolmadi na sevgi, na jon.
Bilmayman qayerda va qanday qachon,
Uchrashib qolamiz ikkimiz yana...

Baxt nasib qilmadi bizlarga essiz,
Sen kunsiz qolgansan men esa koʻzsiz...
Balki bir nigohsiz balki bir soʻzsiz,
Uchrashib qolamiz ikkimiz yana...

Hijroning qiynogʻi koʻnglim ezadi,
Surating men, yoning birov bezadi.
Mudom sogʻinganda yurak sezadi,
Uchrashib qolamiz ikkimiz yana...

Kimga gullab kimga soʻlgan boʻlaman,
Ammo quvonchlarga toʻlgan boʻlaman.
Unda men ham baxtli boʻlgan boʻlamiz,
Uchrashib qolamiz ikkimiz yana...

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
🌸🍃Assalomu alaykum ,azizlar!

🌸🍃Seshanba tonggi muborak boʻlsin!

🌸🍃Har bir xonadonga tinchlik ,xotirjamlik tilab qolamiz!

🌸🍃Har bir inson armonsiz oʻtmasin!


🌸🍃Barcha ishga yaratganning oʻzi hamroh boʻlsin!


🌸🍃Aytgan ,tilagan ishlaringiz amalga oshsin!


🌸🍃Robiya Chaman


🌸🍃Kuningiz fayzli oʻtsin!
𝙰𝚂𝚂𝙰𝙻𝙾𝙼𝚄 𝙰𝙻𝙴𝚈𝙺𝚄𝙼 𝚀𝙰𝙳𝚁𝙸 𝙱𝙰𝙻𝙰𝙽𝙳 𝚀𝙰𝙳𝙸𝚁𝙳𝙾𝙽𝙻𝙰𝚁𝙸𝙼

🎤🎤🎤🎤🎤🎤🎤🎤🎤🎤🎤

🄱🅄🄶🅄🄽 07.08.2025



ⓈⓄⒶⓉ 20:00ⓓⓐ

🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️🎙️

𝕊ℍ𝔼ℝ𝕀𝕐𝔸𝕋𝔾𝔸 𝕆𝕊ℍℕ𝕆 ℚ𝔸𝕃𝔹𝕃𝔸ℝ



GURUXIMIZDA

🅘🅙🅞🅓🅘🅨 🅚🅔🅒🅗🅐

𝐁𝐎"𝐋𝐈𝐁 𝐎"𝐓𝐀𝐃𝐈

IJODIY KECHAMIZ MEHMONI

ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒

📜📜📜📜📜📜📜📜📜📜📜

ᴍᴀɴᴢɪʟ:https://t.me/sheriyatga_oshno_qalblar_uz

CHAT:https://t.me/sheriyatga_oshno_qalblar_uz?videochat=59bd2536e8cfd193f2
ҚЎЙМА ХУДОЙИМ

Бир кун мендан қолар мансабим тойим,
Қаро қабр бўлар боргувчи жойим.
Йўлдан адаштирма нафсимни тўқ қил,
Дунёга маст қилиб қўйма Худойим.

Ҳар банданинг ҳусни Аллоҳнинг нақши,
Минг жонсиз хофиздан афзал бир бахши.
Ғийбатчи ошнадан мард душман яхши,
Пастларга паст қилиб қўйма Худойим.

Ҳушимдан айирма гулнинг ишқида,
Кўзларим кўр қилма пулнинг ишқида.
Оловда куймайин кулнинг ишқида,
Номард нокаст қилиб қўйма Худойим.

Йиқилсам болтасин уриб чопишган,
Фойдамсиз бошқа дўст, ошна топишган.
Чўкар маҳалида келиб ёпишган,
Кимгадир хас қилиб қўйма Худойим.

Бировга бош эгмай ўлгунимча то,
Бандага эгилсам Қиёмат қойим.
Жаннатга муносиб бўлгунимча то,
Умримни бас қилиб қўйма Худойим.

Одилбек Қодиров

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
DADAM BOR BOY BOʻLIB YURIBMAN

Mingani toy boʻlib yuribman,
Pichogʻi moy boʻlib yuribman.
Maqtanaman gʻururlanaman,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Ogʻzim kuymay issiq choylardan,
Tillo baliq tutib soylardan.
Dunyodagi hamma boylardan,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Magʻzi shirin yegan bodomim,
Katta katta bosgan qadamim.
Dunyoda eng buyuk odamim,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Tashvishlardan ezilmas oʻyim,
Chinorlardan baland bu boʻyim.
Fayzli oʻtar bayramu toʻyim,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Har ishimdan topib foyda man,
Oyogʻi yer boshi oydaman.
Koʻksim kerib hamma joydaman,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Ota onam oʻzimni jonim,
Toʻldirishar ikkita yonim.
Biri jannat biri sultonim,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Qancha mehnat qancha yurt koʻrgan,
Musofirda rizqimiz tergan.
Bolamga deb borini bergan,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Men uchun baxt oʻtgan har sana,
Shodligimdan kunda tantana.
Bugun davrim keldi va yana,
Dadam bor boy boʻlib yuribman.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
KELIB TURSAM MAYLIMI OTA (talablarga binoan)

Sogʻinchlarim koʻnglimga bota,
Bu hayotning achchigʻin tota...
Kelin emas qiz boʻlib uyga,
Kelib tursam maylimi ota.

Pinxon pinxon dard totganimda,
Oromimni yoʻqotganimda...
Quyoshimsiz sovqotganimda,
Kelib tursam maylimi ota...

Qiz palaxon toshi boʻlarkan,
Baxtli kun koʻz yoshi boʻlarkan...
Toshdayin bardoshi boʻlarkan,
Kelib tursam maylimi ota.

Tush boʻlsangiz goh uyquyimga,
Soʻz boʻlsangiz mungli kuyimga.
Sogʻinganda ota uyimga,
Kelib tursam maylimi ota.

Xatolarim tuzatgan otam,
Oʻzga uyga kuzatgan otam...
Yigʻlab qizin uzatgan odam,
Kelib tursam maylimi ota.

Bir kun dunyo qoʻysa yolgʻizlab,
Jafo bersa suyganim sizlab...
Otam bor deb mehringiz izlab,
Kelib tursam maylimi ota.

Hayotim zoʻr shukur har onga,
Ne ham kerak bir mushtek jonga.
Nega kelding demang mehmonga,
Kelib tursam maylimi ota.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
ROSSIYADA YURGAN AKALAR

Baland uylar qurgan akalar,
Saxar tongda turgan akalar.
Oilam deb musofir boʻlib,
Rossiyada yurgan akalar.

Sovuqlarda yot yurtda qishlab,
Pul topay deb toʻrt fasl ishlab.
Musofirlik nonini tishlab,
Rossiyada yurgan akalar.

Ota onam kam koʻrmasin der,
Bolam koʻzi nam koʻrmasin der.
Jigarlarim gʻam koʻrmasin der,
Musofirda yurgan akalar.

Oshnalarni oshida boʻlmas,
Toʻy hashamlar boshida boʻlmas.
Eng navqiron yoshida boʻlmas,
Musofirda yurgan akalar.

Oʻgʻliga toʻy, qizlariga sep,
Qilar ular kam boʻlmasin deb.
Tun oʻtkazar gohi sovuq yeb,
Rossiyada yurgan akalar.

Yaxshiman deb aldab qoʻyadi,
Sogʻinchlardan bagʻrin oʻyadi.
Ishdan emas jondan toʻyadi,
Rossiyada yurgan akalar.

Har qadamda Haqqa yor boʻling,
Doim shunday keng viqor boʻling.
Boringizga shukr bor boʻling,
Musofirda yurgan akalar.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
#Bolalar uchun#

Vatanim

Ey,ona-Vatanim,
Bogʻ-u,chamanim!
Sensan yagona,
Bogʻ-u,boʻstonim!

Viqorli toʻgʻlar,
Kattakon bogʻlar!
Bemalol yuring,
Kengdir vodiylar!



🌸🍃Robiya Chaman.

Bolalar -bizning baxtimiz!
YANA SEVARDIM
(Komila qiz mavzulari)

Oʻtgan har bir sana sevardim,
Qilgancha tantana sevardim.
Chiroyligim goʻzal sevgilim,
Yana kelsang yana sevardim.

Sensizlikda oʻtgan har onim,
Zulmat boʻldi yoruq jahonim.
Hatto qoʻyib garovga jonim,
Yana kelsang yana sevardim.

Kimga qilay qahr dunyoda,
Ex mazasi tahir dunyoda.
Oʻxshashing yoʻq ahir dunyoda,
Yana kelsang yana sevardim.

Sogʻinchlardan bu koʻnglim yetim,
Azoblanar har joy har chetim.
Suratinga jilmayib dedim,
Yana kelsang yana sevardim.

Kimda gunox, ex kimda xato,
Peshonaga qilingan ato.
Ishonaver oʻlgunimcha to,
Yana kelsang yana sevardim.

Kimni yolgʻon suyib oʻtmasdan,
Mingta gumon tuyib oʻtmasdan.
Bu dunyodan kuyib oʻtmasdan,
Yana kelsang yana sevardim.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
🌸🍃DIQQAT! DIQQAT!

🌸🍃Assalomu alaykum, jajji bolajonlarimizning sevimli ijodkorlari!
  
Bolalar adabiyotini rivojlantirish  maqsadida kelajagimiz poydevori boʻlgan jajji farzandlarimiz uchun munosib ijod namunalaridan tashkil topgan:
,,BOLALARGA BERING  DUNYONI"
nomli almanax kitobi uchun materiallar qabul qilish boshlandi!

🌸🍃Har bir ijodkor uchun besh sahifa ajratiladi.

🌸🍃Bolalar uchun yozilgan she'r, hikoya va ertaklar, topishmoq, maqollar boʻlmogʻi lozim!

🌸🍃Toʻlov summasi:300 ming etib belgilandi.
Plastik raqam:
8600332961717778
Uzkard Ipoteka bank
Amir Egamberdievich Xudoyberdiyev.

🌸🍃Kitob ikki  oy muddat ichida chop etilishi va u  ,,USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI" bayrami oldidan taqdimoti boʻlib oʻtiishi koʻzda tutilgan!
🌸🍃14 iyuldan 20 sentabrgacha ijod  namunalari qabul qilinadi.

🌸🍃Har bir kishiga 4 donadan kitob beriladi.

🌸🍃Oʻz ijodlari bilan ishtirok etgan ijodkorlarga :
diplomlar  beriladi.
91 959 65 01 telgramm raqam
🌸🍃Robiya Chaman.
Xalqaro Turon Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
🌸🍃Azizlar!
Qalami oʻtkir yozuvchilar!
Sizlarga mamnuniyat bilan shuni eslatib oʻtamiz!
,,BOLALARGA BERING DUNYONI"nomli bolalar ijodi almanax kitobiga ijodlar qabul qilinmoqda!

Ishtirokchilarga 4 dona kitob va diplom beriladi...

91 959 65 01 telgramm raqamiga oʻz ijod namunalaringizni yuborishingiz mumkin!

Toʻlov summasi: 300ming soʻm

Toʻlov uchun plastik raqam tashlanadi!


🌸🍃Barchangizni ijodiy joʻshqinlik tark etmasin!


🌸🍃Sizlarga cheksiz hurmat bilan: Robiya Chaman
Jayronginam (audio 2025)
Doston Halimov
#premyera #mp3

JAYRONGINAM

Dostonbek Halimovdan yangi qoʻshiq premyerasi.

Odilbek Qodirov

Sizlarga ham yoqadi degan umiddaman
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
🌸🍃Assalomu alaykum !
Aziz yurtdoshlar !
Boshlangan kun barchangizga muborak boʻlsin!

🌸🍃Yaqinlashib qolgan yurtimizning mustaqillik kuni bayrami bilan tabriklaymiz!


🌸🍃Omonat dunyoda omon boʻling ,azizlar!


🌸🍃Robiya Chaman.
Forwarded from ℝ𝕠𝕓𝕚𝕪𝕒 𝕁𝕒𝕓𝕓𝕠𝕣𝕠𝕧𝕒🌸
#Bolalar uchun#


Maynalar qoʻshigʻi

Biz ikkita maynamiz,
Har kun tongda turamiz!
Chugʻur-chugʻur deymiz-u,
Ish rejasin tuzamiz!

Mayna ,mayna ,maynamiz,
Erta tongdan kuylaymiz!

Zararimiz yoʻq biling,
Biz bilan xursand boʻling!
Tuta olmaysiz sira,
Bizni tomosha qiling!

Mayna,mayna,maynamiz
Erta tongdan kuylaymiz!

Ketdik payhonlar tomon,
Inimizda bor palopon!
Don-dunlardan topamiz
Soʻng uchamiz uy tomon!

Mayna,mayna,maynamiz,
Erta tongdan kuylaymiz!

🌸🍃Robiya Chaman