Ichingda dardlaring to'lib ketganda aytishga, tushunishga va seni yupatishga hech kim topilmaydi
Soxta yaqinlar
Soxta yaqinlar
MEN KATTA GUNOH QILDIM
Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ey Allohning Rasuli! Men katta gunoh qildim.
- Endi men uchun tavba bormi?» dedi.
- «Sening onang bormi?» dedilar.
- «Yo‘q» dedi.
- «Sening xolang bormi?» dedilar.
- «Ha», dedi.
- «Unga yaxshilik qil», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Onaga yaxshilik qilish qanchalik ulug‘ ish ekanini qarang! Bu ish gunohlarni mag‘firat qilinishiga ham sabab bo‘lar ekan. Agar onaning o‘zi o‘tgan bo‘lsa, onaning singlisiga yaxshilik qilish ham gunohlarni mag‘firat qilinishiga sabab bo‘lar ekan.
️ Farzand ota-ona xizmatida doimo shay turishi, hatto mushrik bo‘lsalar ham ularning roziligini topishi, vafotlaridan so‘ng shariat hukmiga ko‘ra haqlarini ado etishi lozim bo‘ladi.
«Hadis va Hayot» kitobidan.

Forwarded from Soliham
Hijob Allohning farzi, uni o'rash har bir muslima uchun ham faxr, ham majburiyat. Uni birinchi navbatda Allohning farzi deb, ikkinchidan satr avrat maqsadida o'rash lozim. To'g'ri, hozir moda uchun ham hijob kiyilmoqda, lekin ularning orasida chin iymonli, e'tiqodli ayol-qizlarimiz ham bor. Ular hijoblarini Allohning farzi deb kiyishgan va amallari ham shunga mos, hijob ularga ular esa hijobga yarashishgan. Biroq, amallari liboslariga to'g'ri kelmaydigan, ba'zida esa hatto kiyimlarini ham hijob deb atashga hijolat bo'ladigan darajadegi ayol-qizlarimiz ham yo'q emas. Ularning harakatlarini deb, chin soliha qizlarimiz ham malomatga qolishmoqda, afsus, to'g'rini xatodan ajrata olmayabmiz😞😞😞
Nomahram qizga yoki yigitga nimadir deb yozishdan oldin o'ylang, o'sha qizga nimadir dedingiz sizning ham ahli ayolingizga kimdir shu gapni aytdi yoki yozdi, sizning ham taqdiringizga bitilgan odamingiz shu ahvolga tushdi, agar siz shu narsalarga rozi bo'lsangiz va Allohdan qo'rqmasangiz, marhamat istaganingizcha gap yozing
Forwarded from 𝑻𝒂𝒒𝒗𝒐𝒍𝒊𝒈𝒊𝒎𝒔𝒊𝒛🌙 (ℬ𝓊𝓇𝓀𝒽ℴ𝓃ℴ𝓋𝒶🕊️)
#bismillah
Assalamu aleykum va Rohmatullohi va Barokatuh
Azizlarim boshlangan kuningiz hayrli va barokatli, savob ishlarga, xursandchiliklarga boy òtsin amiyn🤲🤗😇

ҚАЛБ ҚОТИШИДАН САҚЛАЙДИГАН 14 МУОЛАЖА
1. Аллоҳ таолога қалбни ислоҳ қилишини сўраб дуо қилиш.
2. Аллоҳнинг Каломини ҳар куни бир саҳифадан бўлса ҳам тадаббур билан ўқиш.
3. Солиҳлар билан бирга ўтириш, уларнинг суҳбатини лозим тутиш.
4. Ўлимни, унинг аччиғини эсга олиш.
5. Жаннат ва ундаги неъматларни, дўзах ва ундаги азобларни эслаш.
6. Ҳар хафта қабрларни зиёрат қилиб туриш.
7. Беморларни тез-тез кўргани бориб туриш.
8. Гуноҳларнинг кабирасидан ҳам, сағирасидан ҳам четланиш.
9. Нафл ибодатларни кўп-кўп қилиб бориш.
10. Мубоҳларга шўнғишдан эҳтиёт бўлиш. Масалан, кўп кулиш, кўп ейиш, кўп ичиш, кўп гапириш ва ҳоказо.
11. Уламоларнинг таъсирли мавъизаларини тез-тез эшитиб туриш.
12. Аллоҳнинг зикрини кўпайтириш.
13. Аллоҳнинг яратган нарсалари ҳақида, хусусан, осмонлар ва ернинг яратилиши ҳақида тафаккур қилиш.
14. Холи қолиб, нафсни тафтиш қилиш, гуноҳларга йиғлаш ва тавба қилиш.
Шайх Муҳаммад ибн Абдуллоҳ Ҳабдоннинг мақоласидан таржима

Forwarded from Дилафруз Якубова
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM