Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
#eslatma
Пайғамбаримиз ﷺ севиб истеъмол қилган маҳсулотлар:

3. Aнор

Aнорнинг шифобахш хусусиятлари кўпчиликка маълум. У ҳақида Қуръони каримда шундай марҳамат қилинади: "Парвардигори (ҳузурида) туришдан (сўралишдан) қўрққан киши учун икки жаннат (боғи) бордир".

(Aр-Раҳмон сураси, 46-оят)

"У иккисида мева, хурмо ва анорлар бордир".

(Aр-Раҳмон сураси, 68-оят).

🔸 Қадимий афсоналарда кузнинг хушхўр неъмати — анор "мевалар шоҳи" дея эътироф этилган. У ҳукмронлик, куч-қудрат, меҳр ва садоқат рамзи саналади. Энг муҳими, анор бир неча шифобахш хусусиятларни ҳам ўзида мужассам этган.
#zikr

🍂Haqiqiy kambag‘allik nimada ekanligini bilasizmi?

Shayx Ibn Sa’diy rohimahulloh shunday debdilar: «Haqiqiy kambag‘allik «Subhanalloh. Alhamdulillah. Laa ilaahaa illalloh. Allohu akbar. Laa havla valaa quvvata illaa billaahil ’aliyyil ’aziym» kabi ortda qoluvchi solih amal va zikrlardan bebahra qolishdir».
Mashhur tobein Bakr ibn Abdulloh Muzaniy (Alloh rahmatiga olsin) aytadi:
Bir hammolni ko‘rdim. U tinmay «Alhamdulillah, Astag‘firulloh», der edi. Kuzatib turdim. Ustidagi yukini yerga qo‘ygach, borib undan so‘radim:
— «Bundan boshqa zikrlarni bilmaysanmi?»
Hammol: — «Nega endi, ko‘p zikrlarni bilaman, Qur’onni ham o‘qiy olaman. Lekin gap shundaki, banda doim ne’mat va gunoh orasida bo‘ladi. Shunga ko‘ra men ne’matiga hamd aytaman, gunohlarim uchun esa kechirim so‘rayman», dedi. Uning bu javobidan lol qolib, o‘zimga o‘zim: «Hatto hammol ham dinni sendan yaxshiroq biladiya, sho‘rlik Bakr», dedim.