Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Agar tanlagan kiyimingda ibodat qilolmasang-uni ko'chaga ham kiyma.
Agar oyoqlaring olib borayotgan joyda o'lim topishni istamasang-u yerlarga borma.
Agar og'zingdan chiqqan so'z so'nggisi bo'lishini istamasang- u so'zni aytma.
O'limdan qo'rqma.
O'lim kuni qanday holatda bo'lishingdan qo'rq.

©️Farohun
#eslatma_uchun

G'usl qanday qilinadi?

G'uslning uch farzi bor:
1. Og‘izni halqumgacha chayish;
2. Burunni achitib chayish;
3. Butun badanni yuvish.
G'usl tartibi quyidagicha: badanga maniy tekkan bo‘lsa, avval yuvib ketkaziladi. So‘ngra suv bilan istinjo qilinadi - oldi va orqa yo‘llar yuviladi va tahorat qilinadi. Yuvinadigan joyda suv to‘planadigan yoki oyoq loy bo‘ladigan bo‘lsa, tahoratda oyoqlar yuvilmaydi, g‘usl so‘ngida yuviladi. Keyin boshdan uch bor suv quyiladi. Bosh uch bor yuvilgach, o‘ng va chap yelkalardan ham uch martadan suv quyilib, butun a'zoi badan yuviladi. G'uslda badandagi biror tukning ham ostiga suv yetmay qolmasligi kerak. Birinchi suv quyganda badanni ishqalash sunnatdir. Ayollar g‘usl paytida quloqdagi sirg‘a va qo‘llaridagi uzuklarini qimirlatib, ular o‘rniga suv yetkazishlari zarur. Agar badanga (sochga, tirnoqqa...) suv yetkazishga mone'lik qiluvchi bo‘yoq kabi narsalar surilgan bo‘lsa, g‘usldan oldin ularni ketkazish shart, aks holda g‘usl o‘rniga o‘tmaydi. Shuningdek, tishlar orasidagi ovqat qoldiqlarini ham tozalash kerak. Kindik kovagiga suv yetkazishni esdan chiqarmaslik zarur. G'uslda qiblaga yuzlanib yuvinish sunnatga xilofdir. G'usl asnosida gapirish odobsizlikdir. Avrat yopilib g‘usl qilinadi. G'usl vojib bo‘lgan kishilar, Qur'oni karim tilovat qilishlari, oyatlarini yozishlari va masjidga kirishlari mumkin emas. Imkon boricha yaqinlaringizga ham ulashing, ular ham bilib olishsin.

«...Eslating ! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»

🍃Zariyat surasi 55-oya
t
Bir kishi uylandi-yu, ammo ayoli bilan kelisha olmadi.
- So‘radilar «Nechun ayoling bilan kelisha olmayapsan?»
- U aytdi: “Nomusim haqida hech kimga churq etmayman!”
Ayoli bilan ajrashdi.
- Yana so‘radilar: «Nega ajrashding? Uni nima ayblari bor edi?»
- U dedi: «Zimmamdan chiqib bo‘lgan ayol haqida so‘zlamayman».
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Subhanalloh!

Qurg‘oqchilikda baliq loyga ko‘milib oladi. Yomg‘ir yog‘ish arafasida tashqariga chiqadi, albatta bular tabiiy.

Eng g‘ayrioddiysi keyin boshlanadi. Baliq ichida jon saqlagan chayonlar birin ketin chiqib keladi. Baliq esa tirik qoladi.

Robbimning yechimiga tillar ojizdir!
#Ҳулоса_қилинг

❗Шайтон алайҳилаъна Аллоҳдан сўраган экан:
– Эй Аллоҳ, мен билан Фиръавндан ҳам ортиқроқ душманинг борми?
Шунда Аллоҳ марҳамат қилган экан:
– Сендан ҳам, Фиръавндан ҳам ортиқ душманим бор. Бир отанинг пуштидан бўлиб, бир онанинг сийнасидан сут эмиб, жигар бўлиб жигарчиликни узган, сийлайи раҳмни тўхтатганлар – сендан ҳам, Фиръавндан ҳам ортиқроқ душманимдир!
Тирикчилик машаққатини енгиш йўллари ҳам ўзаро муҳаббатдандир:
“Аллоҳ бир хонадоннинг ризқи баракотини эр-хотиннинг муҳаббати орасига яширган” дея марҳамат қилганлар Пайғамбар алайҳиссалом.

Муҳаббат нақадар бўлса, баракоти ҳам шу қадар…

Биз барака йўқлигидан шикоят қиламиз. Аллоҳ баракотни муҳаббат ичига яширган. Шунинг учун хам бегона жойларда, чет элларда кўпроқ пул топишга вақт сарфлаш ўрнига, уйига ишдан эрта қайтган, аҳли оиласига кўпроқ вақт ажратган, хотини билан муҳаббатли суҳбатлар қиладиган эркак кўпроқ даромад топар экан.

Сема Марашлининг
"Севмоқ шунча гўзал бўлса..." китобидан
Gunohlar ila mashg'ul bo'lganda meni ko'rib turuvchi Robbimni unutaman…

Duo qilishga da'vatda esa Robbim qon tomirlarimizdan yaqin ekanligi haqida vaz qilaman…

Allohim holatimizni isloh qil, amin…
Allohim qalblarimizni O'zing rozi bo'ladigan ishlarga haris qil va O'zing rozi bo'lmaydigan ishlardan uzoq qil… amin

Allohim kechir…

-
НАСИҲАТЛАР

1. Сирингни икки кимсадан бошқаси билмасин. Сен ва Роббинг.
2. Дунёда икки кишининг розилигини олишликда ҳарис бўл. Онанг ва Отанг.
3. Қийинчилик ва мусийбатларга икки нарса билан Аллоҳга сиғин. Сабр ва намоз.
4. Икки нарсадан ҳеч қўрқма. Ризқ ва Ажал. (чунки ризқинг ва жонинг Аллоҳга омонат.)
5. Икки нарсани ҳеч эслама. Бошқасига қилган яҳшилик ва бошқасидан кўрган ёмонлик.
6. Икки нарсани ҳеч унутма. Роббингни ва Охиратни.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: “Севишганлар учун никоҳдан бошқа (яхши нарса) кўринмайди”.

Ибн Можа ривояти.

Агар эркак ва аёл ўртасида севги, яхши кўриш юзага келса, у иккисига тўйга, никоҳга ҳаракат қилмоқлари, уринмоқлари лозим бўлади. Албатта ушбу амал маъсиятга тушиб қолишдан узоқлаштирувчидир.
Qur'on karim haqida ma'lumot

1. Qur'onning ismi— Furqon
2. Qur'onning laqabi— Majid
3. Qur'onning  tili— Arobiy
4. Qur'on nozil bo'lgan yil— 611 milodiy yili
5. Qur'on nozil bo'lgan oyi— Ramazon oyi
6. Qur'on nozil bo'lgan kecha— Qadr kechasi
7. Qur'on nozil bo'lgan joy— Makka hiro g'or.
8. Vahiyni yuborgan— Alloh Ta'ala
9. Vahiyni qabul qilgan— Muhammad Sallohu Alayhi Vasallam.
10. Vahiy farishtasi— Jabroil 'Alayhi salaam
11. Birinchi nozil bo'lgan oyat— (إقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ)
12. Oxirgi oyat— (الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِينًا ۚ )
13. Birinchi nozil bölgan sura—  Muddassir surasi
14.Oxirgi nozil bo'lgan sura—Nasr surasi
15.Eng buyuk sura—Baqara surasi
16.Eng kichkina sura—Kavsar surasi
17.Eng barokatli oyat— Oyatul kursi
18.Eng buyuk oyat—Baqara suraning 286 oyati
19. Eng kichkina oyat—(مُدْهَامَّتَانِ)
20. Qur'onning onasi—Fotiha surasi
21. Qur'onni qalbi—Yasin surasi
Forwarded from MOZIY SARI
🔥 Muslima opa-singillarimiz uchun haqiqiy o‘rnak bo‘la oladigan onalarimiz haqidagi darsliklar (davomi bor)

Hadicha onamiz

Oisha Onamiz

Moriya kibtiya onamiz

Umar ibn Hattob qizi Hafsa onamiz

Juvayriya onamiz

Maryam binti Imron

Zaynab binti Jaxsh

Umm Salama Hind binti abi Umayya

Umm Habiba Romla bint Abu Sufyon

👉 @Moziy_sari Unutilgan ummat buyuklarini izlab.
Musulmonning uyi deganda hayolga birinchi boʻlib ilm keladi, eng goʻzal tasattur, eng goʻzal axloq keladi.
U uyda bekorchi narsalar (musiqa, TV) topilmaydi.
U uyning minbari, kutubxonasi, iliq-iliq suhbatlari bor.
Hurmat bor.
U uy-islom ila hukm qilinadigan uydirz
Mahramiyat chegaralari bor, mexmonlar kelsa, erkak-ayol alohida oʻtiradi, qoʻshib qoʻyilmaydi.
U uyda soʻkish, haqorat boʻlmaydi.
U uyda farzandlarga «siz» deb murojaat qilinadi.
U uyda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari yashaydi..
Qisqacha qilib aytganda, musulmonning uyi- uning yerdagi jannati, qal’asidir.
Robbim barchamizning uyimizni chin moʻminning uylaridan qilsin.

©️Farohun
Iymon sustlashib ibodatga tanbal bo'lib qolsangiz, shu duoni ko'p ayting:

"Allohumma laa taj'alniy shaqiyyan va laa maxruman"
《 اللّهُمَّ لا تجعلْنِي شَقِيًّا ولا محْرُومًا 》

(Allohim! Meni badbaxtlardan va maxrumlardan qilib qo'yma!)

Shayx Shinqitiy.
___
Bomdodlarni Qazo Qilmang!
Agar sevsang namozga niyat qilganing kabi niyat qilib sevgin.
Na nafsing qarasin boshqa tomonga va na koʻzlaring..!
Chiroyli joylar, kishi asablari dam oladi, shunday emasmi