Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Уйланиш асносида аёл кишида бўлиши керак бўлган 10 сифат:

1. Солиҳа бўлиши;
2. Насл-насабли бўлиши;
3. Бокира бўлиши;
4. Кўп туғадиган бўлиши;
5. Уй ишларида саранжон-саришта бўлиши;
6. Эрига итоаткор бўлиши;
7. Ор-номусли (афифа) бўлиши;
8. Эркакка ёқадиган ҳуснга эга бўлиши;
9. Қаттиқ рашкчи бўлмаслиги;
10. Содда, оққўнгил бўлиши.

( Шайхул Ислом Муҳаммад Тақий Усмоний, «Фатҳул мулҳим», 4-жилд, 29-30 саҳифалар )
👍1
Sizdagi uchta narsani koʻra oladigan insonlarni qadrlang: tabassum ortidagi qaygʻu, gʻazab ortidagi muhabbat va sukut ortidagi maʼnoni

#tushun meni
Эмизикли гўдакнинг йиғлаши фойдаларидан

Имом ибн Қоййим раҳимаҳуллоҳ деди:
“Ота-оналарга гўдакни йиғлаши ва чинқириш машаққат, безовталик туғдирмасин. Чунки бундан бола улкан фойдалар олади. Бу йиғлаш унинг аъзо, бўғимларини қисқартиради, ошқозон, ичаклариини кенгайтиради, кўкрак қафасини очади, миясини иситади, мижозини ҳимоялайди, табиий ҳароратини кўтаради ва табиатини ортиқча нарсалардан ҳимоя қилишга ундайди ҳамда миядаги ортиқча хилтлар ва бошқа нарсаларни суриб чиқарилишига олиб келади”.

“Туҳфатул мавдуд” асаридан
Ko'pchilik samotsenka haqida gapiradi lekin o'zi nima u, shaxsan o'zimmi hayotimdan kelib chiqib aytadigan bo'sam manda o'zimga bo'gan baho ishonch doim past bo'gan, nimadir bo'ladigan bosa xatoni doim o'zimdan qidirardim, kimgadir o'zimmi fikrimni yetkazib berishga qo'rqardim, qaysidir masalada o'z fikrimi aytishga uyalardim yoki umuman man tarafla bo'lmasachi deb o'ylardim, lekin endi tushunyapmanki inson zoti aziz qilib yaratilgan va uni fikrlari doim inobatga olinadi. Har doim mani xafa qilish oson, hamma muvafaqqiyatsizlikla menga keladi nega unday nega bunday deb ko'p nolirdim, aslida unaqa bolishi keremasakan, boriga shukur qilish kerak va albatta har qanday holatda ham o'zizi fikriz, ozizi qarashiz bolishi kerak, siz tarafla bo'ladimi yoqmi unisi qiziqmas siz faqatgina o'zizni kuchizga ishonishiz kerak ekan, mani xafa qilishlari oson emas, mani xafa qilishlariga sharoit yo'q chunki man kuchliman deyish kerak ekan doim va shu kungacha bo'lgan qisqa umrimda shuni angladimki, inson o'tmishga qarab qotib qolishi va atrofidagi insonlarning gapi bilan bir joyda turib qolishi kerak emas, chunki hayot davom etyapti, inson bir joyda qoldimi demak u rivojlanishdan to'xtadi, u doim oldinga qarab va doim nimanidir payida bo'lib yashashi kerak, masalan, ilm, baxt, yaxshilik, savob va eng kattasi narigi dunyo uchun tayyorgarlik.

P.S: demak qadrlilarim endi kuchli bo'lamiz va oldinga intilamiz, o'zimizga bo'lgan ishonchni ko'taramiz, sizlarni yaxshi ko'raman🤗💕
Gul suvga oshiq boʻldi...
Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi...
Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...
Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi.
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi...
Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan.
Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...

Mavlono Jaloliddin Rumiy
👍2
Usually following is the best option for all, without feelings, without doubts.....
Hayotimizni qandaydir insonlarning muhokamasi bilan o'tkazmaylik, bu uchun hayot berilmagan, nega yaratilganimizni unutmaylik
Haqiqiy go'zallik-oddiylikdadir
Agar tanlagan kiyimingda ibodat qilolmasang-uni ko'chaga ham kiyma.
Agar oyoqlaring olib borayotgan joyda o'lim topishni istamasang-u yerlarga borma.
Agar og'zingdan chiqqan so'z so'nggisi bo'lishini istamasang- u so'zni aytma.
O'limdan qo'rqma.
O'lim kuni qanday holatda bo'lishingdan qo'rq.

©️Farohun
#eslatma_uchun

G'usl qanday qilinadi?

G'uslning uch farzi bor:
1. Og‘izni halqumgacha chayish;
2. Burunni achitib chayish;
3. Butun badanni yuvish.
G'usl tartibi quyidagicha: badanga maniy tekkan bo‘lsa, avval yuvib ketkaziladi. So‘ngra suv bilan istinjo qilinadi - oldi va orqa yo‘llar yuviladi va tahorat qilinadi. Yuvinadigan joyda suv to‘planadigan yoki oyoq loy bo‘ladigan bo‘lsa, tahoratda oyoqlar yuvilmaydi, g‘usl so‘ngida yuviladi. Keyin boshdan uch bor suv quyiladi. Bosh uch bor yuvilgach, o‘ng va chap yelkalardan ham uch martadan suv quyilib, butun a'zoi badan yuviladi. G'uslda badandagi biror tukning ham ostiga suv yetmay qolmasligi kerak. Birinchi suv quyganda badanni ishqalash sunnatdir. Ayollar g‘usl paytida quloqdagi sirg‘a va qo‘llaridagi uzuklarini qimirlatib, ular o‘rniga suv yetkazishlari zarur. Agar badanga (sochga, tirnoqqa...) suv yetkazishga mone'lik qiluvchi bo‘yoq kabi narsalar surilgan bo‘lsa, g‘usldan oldin ularni ketkazish shart, aks holda g‘usl o‘rniga o‘tmaydi. Shuningdek, tishlar orasidagi ovqat qoldiqlarini ham tozalash kerak. Kindik kovagiga suv yetkazishni esdan chiqarmaslik zarur. G'uslda qiblaga yuzlanib yuvinish sunnatga xilofdir. G'usl asnosida gapirish odobsizlikdir. Avrat yopilib g‘usl qilinadi. G'usl vojib bo‘lgan kishilar, Qur'oni karim tilovat qilishlari, oyatlarini yozishlari va masjidga kirishlari mumkin emas. Imkon boricha yaqinlaringizga ham ulashing, ular ham bilib olishsin.

«...Eslating ! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»

🍃Zariyat surasi 55-oya
t
Bir kishi uylandi-yu, ammo ayoli bilan kelisha olmadi.
- So‘radilar «Nechun ayoling bilan kelisha olmayapsan?»
- U aytdi: “Nomusim haqida hech kimga churq etmayman!”
Ayoli bilan ajrashdi.
- Yana so‘radilar: «Nega ajrashding? Uni nima ayblari bor edi?»
- U dedi: «Zimmamdan chiqib bo‘lgan ayol haqida so‘zlamayman».
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Subhanalloh!

Qurg‘oqchilikda baliq loyga ko‘milib oladi. Yomg‘ir yog‘ish arafasida tashqariga chiqadi, albatta bular tabiiy.

Eng g‘ayrioddiysi keyin boshlanadi. Baliq ichida jon saqlagan chayonlar birin ketin chiqib keladi. Baliq esa tirik qoladi.

Robbimning yechimiga tillar ojizdir!
#Ҳулоса_қилинг

❗Шайтон алайҳилаъна Аллоҳдан сўраган экан:
– Эй Аллоҳ, мен билан Фиръавндан ҳам ортиқроқ душманинг борми?
Шунда Аллоҳ марҳамат қилган экан:
– Сендан ҳам, Фиръавндан ҳам ортиқ душманим бор. Бир отанинг пуштидан бўлиб, бир онанинг сийнасидан сут эмиб, жигар бўлиб жигарчиликни узган, сийлайи раҳмни тўхтатганлар – сендан ҳам, Фиръавндан ҳам ортиқроқ душманимдир!
Тирикчилик машаққатини енгиш йўллари ҳам ўзаро муҳаббатдандир:
“Аллоҳ бир хонадоннинг ризқи баракотини эр-хотиннинг муҳаббати орасига яширган” дея марҳамат қилганлар Пайғамбар алайҳиссалом.

Муҳаббат нақадар бўлса, баракоти ҳам шу қадар…

Биз барака йўқлигидан шикоят қиламиз. Аллоҳ баракотни муҳаббат ичига яширган. Шунинг учун хам бегона жойларда, чет элларда кўпроқ пул топишга вақт сарфлаш ўрнига, уйига ишдан эрта қайтган, аҳли оиласига кўпроқ вақт ажратган, хотини билан муҳаббатли суҳбатлар қиладиган эркак кўпроқ даромад топар экан.

Сема Марашлининг
"Севмоқ шунча гўзал бўлса..." китобидан
Gunohlar ila mashg'ul bo'lganda meni ko'rib turuvchi Robbimni unutaman…

Duo qilishga da'vatda esa Robbim qon tomirlarimizdan yaqin ekanligi haqida vaz qilaman…

Allohim holatimizni isloh qil, amin…
Allohim qalblarimizni O'zing rozi bo'ladigan ishlarga haris qil va O'zing rozi bo'lmaydigan ishlardan uzoq qil… amin

Allohim kechir…

-
НАСИҲАТЛАР

1. Сирингни икки кимсадан бошқаси билмасин. Сен ва Роббинг.
2. Дунёда икки кишининг розилигини олишликда ҳарис бўл. Онанг ва Отанг.
3. Қийинчилик ва мусийбатларга икки нарса билан Аллоҳга сиғин. Сабр ва намоз.
4. Икки нарсадан ҳеч қўрқма. Ризқ ва Ажал. (чунки ризқинг ва жонинг Аллоҳга омонат.)
5. Икки нарсани ҳеч эслама. Бошқасига қилган яҳшилик ва бошқасидан кўрган ёмонлик.
6. Икки нарсани ҳеч унутма. Роббингни ва Охиратни.