Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
#kitobdan

Bir narsani ŏta qattiq yaxshi kŏrgan inson uni ŏta qattiq yomon kŏrishga ham tayyor tursin. Faqatgina Allohning ibodatida bunday emas.
Chunki uning oxiri u zotning roziligi va jannatga yetishishdir!!!

📚Baxtli bõlmoq uchun
✍Doktor Oiz Al Qarniy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Allohdan uyalmasang bilganingni qil!

#Kechiring.
Bu vidioni ko'rgan har qanday imonli kishini ko'ngli og'riydi. Qalbimizdagi imonni ham yo'qotmaylik iltimos.
#Payg'ambarimiz va saxobalariga haqiqiy ergashadiganlardan bo'laylik.
#Bizni deb oxiratda Rasululloh uyalmasin, g'am chekmasin.🥺

Xulosa qiling hali vaqt bor. 🥺
-Qorim bugun qaysi surasini õqib berasiz

-Menga hamroh bõlasizmi keyin qoriyam)))
​Эр аёл дарс қилиб ўтиришиб, Росулуллоҳ салоллоҳу алайҳи васалламни манабу ҳадисига етишганида: "Дунё ўзи бир матодир. Унинг энг яхши матоси - солиҳа аёлдир" Эр аёлига қараб, «мен сени ҳаққингни адо қилишда кўп бора хатога йўл қўяман кечир азизам». Деди. Шунда аёли табассум қилиб: «Мени ҳақларимда камчилик қўйсангиз, албатта кечираман. Лекин, Аллоҳнинг ҳақларини адо қилишда камчилик-ка йўл қўйсангиз, ҳеч қачон кечирмайман!»деди.
O'zini haqiqiy ŕijol deb bilgan kishi
Ayollar guruhi,kanallari va h.k larda yurmaydi...
Hattoki hijobli qizlarning videosi , suratlariga ham e'tibor qilmaydi!
O'ziga begona nomahram ayollardan ko'zini saqlaydi...
Bu gaplar qizlarga ham tegishli
O'zini soliha hisoblagan mo'mina hisoblagan qizlar ham yigitlarni rasmi yoki videolar bor bo'lsa unda ko'zlarini berkitishi kerak.
Ko'cha -ko'yda boshqa joylarda ham nomahram yigitlarga qaramaslik hatto u o'qituvchisi bo'lsa ham
Ko'zlarini yerga qadashi lozim..)

P/s: Barchaga tegishli o'zimga ham
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy islomiy sevgi qanday bo'ladi
- Choy birgalikda ichilsa yaxshi, qaxva yolg'izlikda...

Kelsang choy damlayman..🌚
Kelmasang qaxva....

- Xabaring bo'lsin, suv qaynadi...!
#moziyga_nazar


Qadimda ayollarimiz bellarigacha tushgan kokillarini yopadigan uzunlikda chimbat kiyganlar, ammo ne ajabki "öralashib" qolishmagan.
Bu ularga eshitgani, körgani, yurgani halaqt bermagan...


Qadimda momolarimizning uylarida kir yuvish mashinalari bölmagan, barcha kiyimlarni qölda yuvishgan, ammo uyda kirlar töda töda töplanib yotmagan...

Qadimda gilamlar chang yutgichda tozalanmagan, supurilgan, qoqilgan ammo bularni maxsus servislar emas xonadon bekalari qilganlar...

Qadimda jömraklarni bir quloğidan burasangiz issiq, boshqasidan sovuq suv tushmagan, ammo tahoratga erinishmagan...

Ösha paytlarda uylarni pol tagidan ötgan quvirlar emas, balki özlari yoqqan kömirlar isitgan, ammo ne ajabki nolishmagan, shukur qilishgan...

Taomlar gazda emas, öchoqda otinda pishganu hechcham pishirgani "vaqt yetmay" qolmagan...


Farzandlar soni bugungidan köproq edi, ammo bohchaga borishmasa ham onalar barchasiga ulgurishardi...

Aksar xollarda kiyimlar xonadon bekalari tarafidan tikilardi...

Non tandirda yopilardi...

Hovlilar tep tekkis emasdi, loy yölaklar bizning asfalt köchalardan köra sarishta edida shu...

Ayollar markab orzu qilishmasdi, oilada huzur istashardi...

Maktab, litsey, kollej, universitetda öqishmagan momolarimiz, ammo dinda faqih, Namozda qoim, xunarda ilğor, oilada sakinat va Olim farzand yetishtirganlar böla olishgan...

Noshukur bölmaganlar, nolimaganlar...

Xullas, eslaydigan bölsak gap köp qizlar, bu shunchaki dengizdan tomchi...

Bizchi inavatsion texnologiyalar asrining "inovatsion" xonimlari)))

Texnika va internet rivojlanishidan oldin odamlar shakir, vaqt esa barakali bölgan ekanaaa, eh...☺️☺️
-Сенга бир савол бераман.
- Ҳўп, қани?
- Фақат бир шартим бор.
- Қанақа шарт?
- Агар саволимни топа олмасанг, менга турмушга чиқасан.
- Агар топсамчи?
- Унда илож қанча? Мен сенга уйланаман..!
❤2
YAXSHILIK ALOMATLARI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:
«Alloh nazdida haqiqiy go‘zallik - botin go‘zalligi va xizmat go‘zalligidir».
Ey Ali! Mo‘minning uch alomati bor:
1. Mol-dunyoga mukkasidan ketmaydi.
2. Xotinga o‘ch bo‘lmaydi.
3. Insonlar sha’nida gapirishni yoqtirmaydi.

Aqlli insonning uchta alomati bor:
1. Oxiratni qo‘lga kiritish uchun dunyoni ishlatadi.
2. Jafoga bardosh beradi.
3. Qiyinchiliklarga sabr qiladi.

Olimning uchta alomati bor:
1. To‘g‘ri so‘z bo‘ladi.
2. Haromdan tiyiladi.
3. Kamtar bo‘ladi.

Muttaqiyning uchta alomati bor:
1. Yolg‘ondan va yomonlikdan saqlanadi.
2. Yomon do‘stdan saqlanadi.
3. Haromga yaqinlashishdan qo‘rqib, mubohdan ham saqlanadi.

Siddiqning uch alomati bor:
1. Nafl ibodatini yashiradi.
2. Sadaqani yashirincha beradi.
3. Musibatni yashiradi.

Obidning uchta alomati bor:
1. Nafsiga jahl qiladi.
2. Nafsini tergaydi.
3. Uzoq namoz o‘qiydi.

Solihning uch alomati bor:
1. Alloh uchun solih amal qiladi.
2. Dinini amal bilan isloh qiladi.
3. O‘ziga ravo ko‘rganini boshqalarga ham ravo ko‘radi.

Sa’id (baxtli va jannat ahli) kishining uch alomati bor:
1. Halol yeydi.
2. Olimlar bilan hamsuhbat bo‘ladi.
3. Besh vaqt namozini jamoat bilan (imom bilan birga) o‘qiydi.

Mo‘minning uch alomati bor:
1. Allohga itoat etadi.
2. Haromlardan uzoq turadi.
3. Yomonlik qilganga yaxshilik qiladi.

Saxiyning uch alomati bor:
1. (O‘ch olishga) qurbi yetgani holda afv etadi.
2. Zakotini beradi.
3. Sadaqa berishni yaxshi ko‘radi.

Halim insonning uch alomati bor:
1. Aloqani uzgan bilan aloqa o‘rnatadi.
2. Bermaganga beradi.
3. Zulm qilganni kechiradi.

Sabrli kishining uch alomati bor:
1. Alloh taolo toatiga,
2. Musibatga,
3. Qazo va qadarga sabr qiladi.

Tavba qilganning uch alomati bor:
1. Haromdan saqlanadi.
2. Ilm talab qilishga intiladi.
3. Sut ko‘krakka qaytmagani kabi gunohga qaytmaydi.

| “Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari”. Imom Sha’roniy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
-Juda ham ajoyib a?
- yillar òtib ,
- Umir bòyi senning borligindan habari bolmagan bir inson bilan Jannatgacha hamroh bòlish....

( Ehtimol jannatda ham )
Erkaklar ayollarni tanqid qiladi doim.
Bir qarasa Xijobini, bir qarasa nomusini, iffatini hattoki yuzidagi pardozini ham.

Bu erkaklarni nega xech kim tanqid qilmaydi?

Do’ppi kiygach, taqvo egasi bo’ldim deb o’ylaydi. Juma Namoziga borgach, Namozxonman deb qo’yadi.

Internet tarmoqlariga Alhamdulillah, Muslim deb yozadi ammo qizlarni kuzatishdan, ular bilan do’st bo’lishdan hayo qilmaydi.

Uylanish vaqtiga qadar har bir teshikga kiradi ammo iffatli, nomusli qiz qidiradi. Qalbiga Xijob o’ramaydi, ammo Xijobli qiz xohlaydi.

Sahobaga havas qilishni bilishadi ammo Sahoba qanday yashagan bilishmaydi.

Odatda ularni kam gap deyishadi, lekin ular davrasida ayollar haqida mavzu ochilganda ko’ring. Ayollarning ipini yecha olmay qolishadi.

Endi sizga maslahat!

Allah Xijobni faqat ayollarga emas, erkaklarga ham farz qilgan. Ayolning Xijobi avrati uchundir. Erkakning Xijobi ko’zi uchundir, nafsi uchundir.

Iffat faqat ayollarga xos hislat emas, agar shunday bo’lganida, Yusuf alayhissalom’ning asrayotgani nima edi? Zinodan qochib, zindonni tanlagan edi.

Ya Rasulullah sizga jon fido demang! Rasulullah sallallahu alayhi va sallam’ga sizning joningiz emas, ularning Sunnatlariga qilgan amalingiz kerak.

Vido hutbasidagi so’zlarini eslaysizmi?

“Ayollar haqqida Allah’dan qo’rqing! Chunki siz ularni Allah’ning omonati qilib oldingiz.”

Shunday ekan, ayollarning nomusini, iffatini, hayosini, kiyim kechagini va yuzidagi pardozini tanqid qilishdan nega qo’rqmaysiz?

O’z mahramingizdagi ayollardan habaringiz bormi? Siz qaysidir bir ayolni nomusiga tegayotgan yoki harom nazarlaringiz bilan qarayotgan bir paytda balki sizning ham mahramingizdagi ayollar shu vaziyatdadir? Unutmang! Yashatganini yashamasdan o’lmaydi inson.

Muslima ayolning haloli bo’lishni xohlashdan avval, zinoni toxtating!

Allah’u taolo, zino qilmang demagan.
“Zinoga yaqinlashmang” degan. Chunki har bir katta zino, ko’z zinosi “NAZAR” ila boshlaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boriga shukur qiling va doim ham o'zingizdan yuqoriga emas o'zingizdan pastga qarashni o'rganing. Chunki o'zidan yuqoriga qaragan odam har doim noshukurlik qilish uchun bahona topadi...
Xayrli tong boshlagan kuningiz xayrli o'tsin azizlarim 🤗