Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadringizni biling, qadrdonim
#kechinma

Anglab yetdim....
Bu hayotning sinovlari juda ko'p ekan...Qalb , yurak , aql ham yenga olmaydigan , insonni juda ham kuchsiz qilib qo'ya oladigan g'alati murakkabliklar...
Hozirgi vaqtda juda ham kuchsizmanki, biror dalda bersangiz ham yupana olmayman... Siz yaqinim degan, sizni yaqinim degan "yaqinlaringiz" hayotingizda asta-asta chiqib ketishi... Oilaviy muommolar... Hamma-hammasi inson boshiga bir vaqtda yog'ilar ekan... Undan keyin esa qalb yaralari...tuzalmasmi?!
Yana shuni anglab yetdimki, bu sinovlarga tik qarash kerak ekan! Qochma... Sen o'zi kimdan qochyabsan? O'zingdanmi... Insonlardan qocharsan, ammo o'zingdan qochib qutulolmas ekansan... Bir umr , o'zidan nafratlangan "men" dan qochib qutulolmaysan...

P/s Balki hayotning ma'nosi ham shundadir, tirikmisan kurashasan... Yo yengasan, yoki yengilasan... Nega endi kurashib, yengilishing kerak? Kurashdingmi , yengishing shart...
Бир олимдан: «Сизни ким яхши кўришини қаердан биласиз?» деб сўрашди.

Олим шундай жавоб берди:

«Ким дардимга шерик бўлса, ким ҳол-аҳволимни сўраса, ким мендан зерикмаса, ким менинг хатоимни кечирса ва менга Роббимни эслатиб турса, ўша киши мени яхши кўради».

©AbdullohRahim
🤔1
Hayot qisqa, hammaga birdek yoqishingiz mumkin emas baribir, siz o'zingiz bo'ling, odamlarning gapi uchun emas balki haqiqiy hayotda o'zingiz uchun yashang
Bomdod namozini ado etdingizmi
Anonymous Poll
100%
Ha, alhamdulillah 🤗
0%
Yo'q, afsuski😞
-Ahvoling qalay?
-yaxshi ( yomon, to'kilyapman, dardim ko'p, ichimda to'fon otilyapti...) rahmat
Qalbim xotirjam emas, xuddi hozir qinidan chiqib ketadigandek😞😞😞
Kichik bo'lsa ham shu paytgacha yashagan hayotimdan tajriba yig'dim va shuni angladimki, hech qachon hech kimni haddan ortiq yaxshi ko'rishing va ishonishing kerak emas ekan. Aks holda Alloh taolo o'sha juda ham yaxshi ko'rganlaringni asl yuzini ko'rsatib qo'yar ekan


(Shu paytgacha yaxshi deb o'ylaganlarimning ichi to'la zardob bo'lib chiqyapti😞)
Hech kimni yomon ko'rmang, hamma yaxshi bo'lsin siz uchun, sizga yomonlik qilganlarni ham kechiring va yaxshi ko'ring shunda Alloh ham sizni yaxshi ko'radi va gunohlaringizni kechiradi, In Sha Allah 🤗
Iymon sustlashib ibodatga tanbal bo'lib qolsangiz, shu duoni ko'p ayting:
"Allohumma laa taj'alniy shaqiyyan va laa maxruman"
(Allohim! Meni badbaxtlardan va maxrumlardan qilib qo'yma!)

Shayx Shinqitiy.
Тупроқ ойнага деди:
– Сенга жудаям ҳавасим келади. чунки сенга қараган киши ўзини кўради. Менга боққанда эса фақат мени кўради, холос.
Ойна жавоб берди:
– Эй тупроқ, беҳуда ғам чекяпсан. Мен юзимга боққанларнинг бугунинигина кўрсатаман. Сен эса кишиларга эрталаридан хабар берасан.
Жавоб тупроққа ёқди, аммо таскин бўлолмади. Бир оздан кейин яна гап бошлади:
– Балки мени юпатиш учунгина айтаётгандирсан бу гапни? Чунки ҳеч ким ҳеч қачон сендан юз буриб, менга қарамайди-ку!
– Қарайди, – жавоб қилди ойна. – Менга қарашга юзи қолмаганларнинг кўзи доим сен томонга қарайди...
👍1