Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
«RASULULLOH (sollallohu alayhi vasallamning) SHAKLU SHAMOYILLARI,

Tashqi ko'rinishlari: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibrohim alayhissalomga o'xshaydilar. Uzoqdan qaraganda g'oyat kelishgan va ko'rkam, yaqindan esa g'oyat go'zal va yoqimli, haybatli, viqorli va salobatli.

Husnlari: xushro'y, ko'rkam yuzli, oydek, balki oydan ham chiroyli, porlab turgan quyoshdek, go'yo quyosh u kishining yuzlarida yurgandek.

Bo'ylari: uzun-novcha ham, past-pakana ham emas, balki o'rta bo'ydan bir oz balandroq.

Qaddi-qomatlari, gavdalari: kelishgan, o'rtacha, xushbichim, mo''tadil va chiroyli.

Yelkalari: keng.

Ranglari: tiniq rangli, o'ta oppoq ham, o'ta bug'doyrang ham emas, balki oq-qizilga moyil bug'doyrang.

YUzlari: o'rtacha-yum-yumaloq ham emas, cho'zinchoq ham emas, bir oz yumaloqqa moyil, biroq go'shtdor emas.

CHehralari: nurli, jiddiy va tabassumli. Qovoq soluvchi emas. Xursand bo'lsalar, yuzlari yanada yorishib ketar, yuzlaridan nur yog'ilar edi. G'azablansalar, go'yo yanoqlariga anor siqib qo'yilgandek, yuzlari qizarib ketar edi.

Ko'zlari: katta, surma tortilgandek chiroyli, ko'z qorachiqlari tim qora, oqi tiniq oq, ba'zan oqida biroz qizillik paydo bo'lar edi.

Qoshlari: ingichka va yoysimon, bir-biriga tutashmagan.

Kipriklari: uzun.

Peshonalari: keng va ochiq.

YOnoqlari: tekis, na ozg'in va na sergo'sht.

Burunlari: nozik va o'rtachadan sal uzunroq, biroz baland va qirralik.

Qovoqlari: chetlari egikroq.

Boshlari: o'rtachadan kattaroq.

Og'izlari: Mo''tadil, o'rtachadan keng (arablar bunday sifatni maqtashadi, buni fasohatu balog'atga yo'yishadi).

Tishlari: Marjondek yaltiroq va chiroyli, gapirgan paytlarida tishlari orasidan nur taralayotgandek bo'lardi.

©taskin1mm
Yigit kishi 4 jihatdan qiz boladan ustun bo'lishi kerak:
1 - aqlda;
2 - bo'yda;
3 - nasl-nasabda;
4 - boylikda.

Qiz bola ham 4 jihatdan yigitdan ustun bo'lishi kerak:
1 - chiroyda;
2 - taqvoda;
3 - hayoda;
4 - faxm-farosatda.
Shunaqa qizlar bormi? (4)
TUSHKUNLIK SABABLARI VA DAVOSI

Tushkunlik sabablari:

- Dindan uz oqlashish.

- Gunoh-ma'siyatga botish.

- Allohga tavakkul qilmaslik.

- Hech qanday maqsadsiz yashash.

- Bekorchilik.

- Ilmga qiziqmaslik, kitob o'qimaslik.

- Kasallik, qarzdorlik, muvaffaqiyatsizlik.

- Kambag'allik.

- Kelajak haqida yomon o'y-hayollar ta'siriga tushib qolish.

- Dunyoga mukkadan ketish, orzu-havaslarga berilish.

- Hudbinlik (faqat o'zini o'ylash).

- Jismoniy harakatning kamligi.....

TUSHKUNLIK DAVOSI:

- Allohning taqdiriga iymon keltirish;

- Doim Allohga tavakkul qilish, O'zidan madad so'rash;

- Ishi yurishib, oshig'i olchi bo'lib turganda Allohga duo qilish, hamd-u sanolar aytish, toat-ibodat qilish. Shunda Alloh qiyin damlarda bandasiga yordam beradi;

- O'zini qo'lga olish, bo'shashmaslik;

- Maqsadga yetish uchun tinimsiz intilish;

- Biror ma'sulyatni hech ikkilanmasdan zimmasiga olish, uni bajarishga jidd-u jahd qilish;

- Hayotimni yaxshi tarafga o'zgartira olaman, deb ishonish;

- Payg'ambarlar, solih kishilar qissalarini o'qish....
Biiznillah meni bu so‘zim👉🧕🧕🧕 o‘zbek muslimalariga qaratilgan iltimos kechirining sall og‘irroq so‘zlayman
Nega bizni aksatiyat o‘zbek muslimalarimiz ilm olishga qiziqmaydilar  nimaa ilm olish faqat Misrlik qizlarga tegishlimi 😠😠 bizni o‘zbek muslimalarimiz qiziqadiagn narsalar  bilasmi nima " Muslimalar uchun fasonlar , Muslimalar uchun bezakalar , muslimalar uchun moodalar"  manshular Eyy muslima qizlar diqqat bn o‘qing nima biz bu dunyoga faqat yashash , yiyish yaxshi uyda turish yangi chiroyli kiyimmlarni kiyish uchun keldikmi Biz Robbimizni kitobini o‘qimaymizmi hatto Aksariyat muslimalar Quron o‘qishni bilmaydi  20 yil bo‘lgan hijobga kirganiga hali orzuu umidlar ko‘p hali o‘qiymanda hali vaqt borkuu hali yoshman hali orzularim ko‘p turmushga chiqsam o‘qiymanda deydialar nima Ilm o‘rganishlik faqat erkaklar uchun mi ☝️Ey muslima qizlar Tarixga boqing  Aksariyat ulamolarni orqalatrida bir ayol kishi turadi sizchi siz nima qilaypsiz ALLOH HAQQI  siz shunday bo‘lishingiz kerakki kelajakda siz islom ummati uchun Boyad Rabboniy ulamolarni yetishtirib chiqorishingiz kk
Eslatib o‘taman ☝️ meni bu gaplarim ko‘chadagi shallaqi bozori ibosiz qizlarga emas ularni masalasi boshqa bu gaplarim o‘zalarini men muslimaman deb hijobda yurgan men Robbimni diynini o‘rganishim kk deydigann muslima qizlarga qaratilgan
Ammo to‘g‘ri bu gaplarim ba‘zi muslimalarga tegishli emas Shunday muslimalar borki "Men nima qilsam  Robbimni kitobini yodlayman nima qilsam Rasulullohﷺ ni sunnatlariga amal qilaolaman deb o‘zlarini hayotlarini sahobalarni hayotiga o‘xshaytishga harakat qilgan muslima qizlar bor Alloh taolo ulardan ham bulardan ham roziy bo‘lsin  Ey muslimalar o‘rningizni biling
Biz qachon Robbimizni kitobini tokchadagi chang bosdan holatidan olib o‘qiymiz U kitob tokchada chang bosib yotaveradimi Uni o‘qimaymizmi uni oyatlarini TADABBUR qilmaymizmi 😢😢🥺
Alloh taolo hammamizga tavfiq bersin Allohumma amiyn
#muslima

Mayli, begona erkaklarni emas, o'zingni hurmat qilib, yo'lning chetida yur!

©️az_zaytun