Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Yigʻlagingiz kelyaptimi?
-Yigʻlang!

Baqirgingiz kelyaptimi?
-Alloh deya baqirib yigʻlang!

-Dardlaringizni aytib,aytib yengillagingiz kelyaptimi?
-Shart sajdaga yiqiling,
sizni hech erinmasdan,malollanmay eshitadigan Robbga hammasini aytib-aytib yigʻlang!

Lekin hech qachon ichingizga yutmang.
Qalbingizga koʻmganingiz sari,
ruh u gʻamlarni koʻtara olmay,oqsab qoladi.
Battar azob chekaverasiz.

Toʻyib-toʻyib yigʻlang,yigʻlayvering mana koʻrasiz shunaqayam yengillaysizki.

Gʻam-alam,mahzunlik degan ogʻriqlarsiz,sogʻlom ruh bilan yap-yangi hayot boshlaysiz.
Keling yaqinim ichingizga yutmang,toʻlib-toshib yigʻlang.

#olindi
"Inson vijdonsiz bo'la olganidek agar xohlasa, vijdonli ham bo'lishi mumkin. Yomon ish qilganidek, yaxshi ish bajarishi ham mumkin. Irodasiga qul bo'lganidek, hokim ham bo'la oladi"
©️Ahmad Lutfiy Qozonchi
📚"O'gay ona" asaridan

#Kichkinagina
Hijabli gulim 🤗🤗🤗😘
Hayot qiyinchiliklari seni kuchli qilib boradi keyingi hayotingda qachon nima qilishni bilasan, zero hayotga singani emas sinalgani kelganmiz


Shunday ekan kuchli bo'lamiz
Forwarded from BELLA books
Assalomu alaykum rohmatullohi va barokatuh ☺️

Aziz obunachilarimiz sizlarga muhim yangiligimiz bor😌
Demak @Fakhriddinovnas_blog kanali yana bir tanlovga start beradi❤️. Tanlov shartlari juda oddiy😉
@Fakhriddinovnas_blog
@My_book_my_life
@bellabookss
@kitobim_dunyosi
(Kanallar ko'pligiga e'tibor bermang! Sovg'alar ham shunga yarasha albatta😌❤️)
kanallariga a'zo bo'lasiz albatta tekshiriladi✅
Tanlov mobaynida ushbu kanallarni tark etsangiz tanlovdan chetlashtirilasiz❌.
Tanlov postini 200+ guruh yoki 10ta do'stingizga yuborasiz va screenshot qilib @fakhriddinovnas_blog_bot ga tashlaysiz. Javob yozilmagunga qadar botni o'chirib tashlamang❌. Va sizga random uchun raqamlar beriladi.
Tanlov muddati 24-fevralga qadar❗️

Sovg'alar:
1-o'rin : Alixonto'ra Sog'uniy " Tarixi Muhammadiy" asari🤍

2-o'rin "Islom ummatining 100 buyuk shaxsi"

3-o'rin " Paygambarlar tarixi"❤️

4-o'rin : Shayx Muhammad
Sodiq Muhammad Yusuf "Baxtiyor oila " kitobi💙

5-o'rin : "Islom tarixi"🖤
G'oliblar 24-fevral kuni soat 20.00da @Fakhriddinovnas_blog kanalida e'lon qilinadi😊

Demak hammaga omad🥰
Ko'nglimni cho'ktirdi ko'ngilsizliklar,
Ko'ngilga yaqin bir ko'ngil izladim.
Ko'nglimni ozdirdi ko'ngilbozliklar,
Uzmadim, ko'ngildan ko'ngil uzmadim.

Ko'ngilni koptokday o'ynadi hayot,
Ezilib-ezilib singan ko'ngilman.
Ko'ngil o'yinini qo'ymadi hayot,
Ko'nmagan ko'ngilman, ko'ngan ko'ngilman.

Bu dunyo asli bir ko'ngilzor edi,
Ko'ngilni ko'ngildan kechirmaganlar.
Nahotki sizda ham ko'ngil bor edi,
Ko'nglimning ko'zini ochirmaganlar?!...

©️Behzod Fazliddin
👍2
G'amgin bo'lma sen kuchlisan, Alloh sen bilan Alloh biz bilan
Birovning xatosini gapirish bandasigamas, Alloh buyuk zot, u gunohlarni mag'firat etguvchi balki o'sha xato qilgan insonning gunohini allaqachon Alloh kechirgandir, siz esa uni gapirib o'zingizga gunoh orttirmang.


#umid
👍1
Mehmonsanu dunyoga,
Mezbon bilan ishing yo'q.
Senga bu jonni bergan,
Xoqon bilan ishing yo'q.

Kim do'stu,kim dushmaning,
Ajrata olmaysan ham.
Shaytonga do'st bo'libsan,
Rahmon bilan ishing yo'q.

O'ylamaysan dunyoni
Kim aylagan ixtiro.
Mevasin yeb tunu-kun,
Bog'bon bilan ishing yo'q.

Bu molu-davlatingdan,
Foyda yo'q ohiratda.
Inson uchun eng muhim,
Iymon bilan ishing yo'q.

Nafsinga qul bo'libsan,
Ko'rmas aql ko'zlaring.
Qalbingda qon yig'lagan
Vijdon bilan ishing yo'q.

Boylik,amal, va shuhrat
Bular dunyo g'aflati.
Bulardan behabarsan,
Qur'on bilan ishing yo'q.

Ko'zingni och ey odam
Bandaliging unutma.
Nechun,ushbu g'animat,
Imkon bilan ishing yo'q?!!!
Qalb og'rig'i eng yomoni.....
Beg'ubor va begunoh bolaligim