Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Bir rusiyzabon muslima kundaligidan

🎀 Har tong men erimni namozga uyg‘otaman. Bu u uchun yoqimli va uyg‘otganim uchun Alloh menga ajr beradi.

🎀 Men u uchun nonushta tayyorlayman. Chunki uning menga mamnun qarab, "Alloh sendan rozi bo‘lsin" deyishi men uchun yoqimli.

🎀 Men uni ishga tabassum bilan kuzataman. Chunki bilaman, u ishidan so‘ng uyiga shoshib keladi.

🎀 Men uni ishdan tabassum bilan kutib olaman. U uchun shirin taom tayyorlab, uyni ozoda qilaman. So‘ng chiroyli liboslarimni kiyaman. Chunki ayol erining ko‘zini quvontirishi kerak.

🎀 Men uni uydagi muammolar bilan band qilishni istamayman. Shundoq ham ishdan charchab kelishini yaxshi bilaman.

🎀 Men uning ota-onasini sevaman. Chunki ular sabab Alloh menga shunday solih erni hadya qildi.

🎀 Men uning qarindoshlarini izzat-ikrom bilan kutib olaman. Chunki ular menga qarab oilamizga baho berishini bilaman.

🎀 U mendan qahr qilsa men arazlamayman. Chunki birozdan so‘ng qahr ketishi bilan u men bilan avvalgiday yaxshi munosabatda bo‘ladi.

🎀 Agar u menga kamroq e’tibor bersa men bundan gina qilmayman. Chunki bu vaqt oralig‘ida unda qandaydir muammolar borligini sezaman.

🎀 Men kichik oilaviy nizolarda sukut saqlashga harakat qilaman. Chunki ayolning gap qaytarishi oqibatida janjal keng avj olib, oxiri nohush yakunlanishini bilaman.

🎀 Men erim ro‘zg‘orga deb bergan pulini juda ehtiyotkorona ishlataman. Chunki qayerga sarflaganim borasida Allohga hisobot beradigan Kun kelishini bilaman.

🎀 Men uyda sakinat va halovat bo‘lishi uchun intilaman. Chunki erkak kishi uylanishidan avval huddi shunday oilani tasavvur qilishini bilaman.

🎀 Men uni mendan rozi holda uyquga ketishini istayman. Chunki eri norozi holda uyquga ketgan ayolga la’nat yog‘ilishini bilaman.

🎀 Men u istaganday soliha ayol bo‘lishga intilaman, chunki mening erim - mening Jannatim yoki Do‘zaximdir!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
НАМОЗДАГИ УЧ ХУСУСИЯТ

Абул Олия айтади: “Намозда учта хусусият бор: ихлос, қўрқув, Аллоҳни зикр этиш. Кимнинг намозида мана шу хислатлар бўлмаса, ўқиган намози намоз эмас. Ихлос бандани яхшиликка ундайди. (Аллоҳдан) қўрқиш гуноҳдан тўсади. Аллоҳни эслаш эса яхшиликка буюриб, ёмонликдан қайтаради”.

Ибн Аббос розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинишича, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Намоз кимни фаҳшдан, ёмон ишлардан қайтармаса, Аллоҳ тарафидан фақат ҳалокатни (ёки узоқликни) зиёда қилади”, деганлар.
Табароний ривоят қилган.

Намоздаги хушуъсизлик асосан икки нарсага олиб боради:
1. Бузуқ ишлардан тийилмаслик.
2. Қиёмат куни муваффақият қозона олмаслик. Зеро, Аллоҳ таоло охиратда нажот топиш намоздаги хушуъга боғлиқлигини айтган.

"Намозда хушуъ" китобидан.

@muhabbat_oyatlari_film_kino
Audio
"Odobning g'oyasi"
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ijtimoiy odoblar" kitobi
- Нега аёлингизни бунчалик беркитасиз?
- Қайси хазинабонни кўргансан, эшигига қулф солмаганини.
#Ya_robbiy

Yuragim siqilib, qalbim qoraysa😔
Umidimni avfingga qildim men narvon.
Gunohim naqadar buyuk boʻlmasa😢
Avfing gunohimdan buyuk har zamon....
Kishining malomatga loyiq eng yomon sifati rashkchi bo’lmaganidir.

Abdulloh ibn Mas'ud
#Ona
Allasiga alishmasman dunyoni,
Ming bitta duodan afzal har so'zi,
Devona qilurman dardman daryoni,
Bir tomchi yosh ila namlansa ko'zi.
Terib qo'ysang barcha shoir deganni,
Sherlarini baland tog'ning
toqiga,
O'n mingta majnun ham nima bo'libdi?
Arzimas sochining bitta oqiga.
Shirk emas kechirsin o'zi Xudoyim,
Men faqat onamni taof qilaman,
Boshidan o'girib ichgan suvimni!
Yuz mingra zam-zamdan afzal bilaman.
Bilsam o'zi tirik mabudku Onam,
Aslisa mehridan bunyod bo'libman,
Nurdayin pok oppoq Kabaku Onam,
Men esa oq Kaba izlab yuribman.
Rosti gap dunyoni o't olib ketar,
Onamni sog'inib yig'lasam agar,
Mendayin shoirlar bir tiyinga qimmat,
Onasin duosin olmasa agar...😢
Allohim har bir bandangni bu dunyoda baxt, u dunyoda esa Jannating bilan siylagin. Allohim o'zing to'g'ri yo'l ko'rsatuvchisan.

Hech kim to'g'ri yo'ldan adashmasin ilohim. Allohim o'zing bilib-bilmay qilgan gunohlarmizni, xatolarimizni kechirgin. Allohim har bir bandani iymonini hamroh qilgin. Ikki dunyo saodatini bergin. Inson chekgan g'amlari, ko'rgan yomonliklari, azoblaridan yig'lamasin hech qachon. Uni ko'zlaridan faqat quvonch ko'z yoshlari oqsin.

Sajda qilganda barcha amallari ro'yobga chiqayotganidan osmon-u falakga uchib, quvonch ko'z yoshlari bilan xursand bo'lsin. Bu dunyoda hamma narsa o'tkinchi bu to'g'ri. Lekin insonni xotirasida qoladigan onlari, bu uning umri davomida bo'lgan xursandchiligidan olamga sig'may, juda ham xursand bo'ladi, bu dunyoda kelib, ham insonlarni xursand qilganidan va insonlar uni xursand qilganidan juda baxtli bo'ladi.

Bugungi kun ham o'tyabdi, Alhamdulillah. Kimdur yaxshilik qilyabdi, kimdir yomonlik, kimdir bugungi kunini foydali ishlarga sarflayabdi, kimdirlar esa vaqtini behuda sarflayabdi. Allohim har bir bandangga to'g'ri yo'l ko'rsatgin.