Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Аёлни уриш ҳақида

Қуръони Каримда эрига бош кўтарган аёлни тартибга чақириш борасидаги кўрсатмаларда уриш тури ҳам бор. Аёлни уриш, баъзилар ўйлаганидек, кўкартириб, аъзоларни синдириб, майиб қилиб, қонатиб уриш ёки тепиш эмас! Асло ундай эмас!

Уламоларимиз бу уришни мисвок билан ёки бармоқ билан аёлнинг биқинига туртиш, деб тушунтирганлар.

Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай де­ганлар: “Сизларнинг яхшиларингиз ўз аҳлига (оила­сига) ях­шилик қиладиганидир. Мен аҳли оиламга яхшилик қи­лиш­да сизларнинг яхшироғингизман”. Имом Термизий ривояти.

Унда аёлини хумордан чиққунича, чарчаб қолгунича, қўллари оғригунича урадиган кимсалар қандай инсонлар экан?!

Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг вафотларидан олдин "Аёлларга яхши муносабатда бўлинглар!" деган маънодаги гапни кўп таъкидлаганлари ҳам эр аёлига юмшоқ муносабатда бўлиши, ҳалимлик, оғир-вазминлик билан иш тутиши лозимлигини англатади.

Аллоҳ таоло бизни Ўзининг ҳукмларига, Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг оилавий мавзулардаги кўрсатмаларига амал қилиб боришимизни насиб этсин!

•┈┈┈┈•❈•• 🤲 ••❈•┈┈┈┈•

💌 Yaqinlaringgizga ham ulashing 🕊
​​📝 "Namozdan shifo topdim"
(Ibratli xikoya)

Bir muslima ayol namozdan topgan huzur-halovati haqida shunday hikoya qiladi:
“Uyimiz dala yonida, darvozamiz yaqinida katta zovur bor edi. Ko‘pincha zovur ichidagi buloqdan suv olardik.
Bir kuni shomga yaqin buloqdan suv olib uyga kirdim. Negadir o‘zimni g‘alati sezdim. Tun bo‘yi nimadir bezovta qilib chiqdi. Uxlayolmadim, allaqanday tushlar ko‘rdim...
Avvaliga buni hech kimga aytolmadim. Keyinroq ayamga yorildim. Chunki kechalari sira uxlayolmas, allaqanday qora, dumaloq, jundor bir narsa ko‘zimga ko‘rinar, bir xunuk bashara paydo bo‘lardi-da, bo‘g‘a boshlardi. Ayamni, dadamni yordamga chaqirib alahsirardim. Ammo ular meni eshitishmas, chunki ovozim chiqmasdi.
Xullas, hammasini birma-bir ayamga so‘zlab bergach, o‘pkam to‘lib yig‘lab yubordim. U yoq-bu yoqqa qaratdik, ammo foydasi bo‘lmadi.
Ikki yil shunday azoblandim. Nihoyat maktabni bitirib, Toshkentga o‘qishga keldim. Hammasi endi barham topar, deb o‘ylagandim, ammo...
Institutga kirdim. Talabalikning ilk yillari. Bilasiz, bu davr qanchalar shod-hurramlik davri bo‘ladi. Lekin menga aslo tatimasdi. Kechalari hamon bezovtalanar, ahvolimni xonadoshlarim bilib qolishlaridan uyalardim. Har tun ular uxlaganidan keyingina dam olishga yotardim.
Ammo qachongacha yashira olardim? Hamxonalarimdan biri namozxon bo‘lib, yarim kechalari ibodatga turardi. U tungi alahsirashlarimdan xavotirga tushibdi. Ertalab meni yoniga chaqirib, qanday dardim borligini so‘radi. O‘rtog‘imga ham ayamga aytganimdek dardimni to‘kib soldim-u, yig‘lab yubordim. U esa jilmayib qo‘ydi. “Bu darddan xalos bo‘lish yo‘lini o‘rgataman”, deb namoz o‘qishim kerakligini aytdi. Kechqurunlari tahorat qilib, o‘zimga dam solib yotishimni, yana bilishim zarur ko‘p narsalarni o‘rgatdi.
Avvaliga, baribir foydasi bo‘lmaydi, deb qo‘l siltadim. Keyinchalik uning daldasi bilan namoz o‘qishni boshladim.
Nihoyat, ilk bor namoz o‘qib uyquga yotdim. O‘sha tun biram miriqib uxladimki... Necha yillardan beri uyqudan endi orom topishim edi. Asta-sekin namoz halovatini seza boshladim, ruku’-sajdalarni yaxshi ko‘rib qoldim. Kechalar yotishdan oldin tahorat qilib, Qur’on o‘qib, o‘zimga dam solishni kanda qilmasdim. Yillar davomida qiynalib, hatto ancha sarf-xarajatlar evaziga topilmagan davoni namozdan topganim uchun benihoya xursand edim. Bu hol Mehribon Allohning menga bir mahramati ekanidan quvonaman ”. 
Yigitlar uchun eng birinchi ibodat- Alloh harom qilgan narsalardan ko‘zlarini tiyishdir.

Doktor Muhammad Rotib Nablusiy.
Alloh: “Meni chaqirdingmi gunohkor bo‘lsang ham, butparast bo‘lsang ham, duoyingni ijobat etaman. Shuning uchun duodan to‘xtama.

Duo seni ochko‘z nafsning changalidan qutqaradi”, dedi.

©Jaloliddin Rumiy
Hurmatli obunchilar, iltimos kanaldan va kamment qismidan ozizni manfaatiz yolida foydalanmang, nmadir yozishdan oldin oylang, bekorga janjal nimaga kerak ozi, kimnidir xafa qilishdan qorqing iltimos!!!
Kanalni ochganimdan afsuslanyapman, to'g'risi, yopmoqchiman, ko'pchilikka yoqyaptimi o'zi kanal xolis fikringizni bildiring, kanalning davom etish etmasligi shunga bog'liq!!!
Barchangizga juma ayyomi muborak bo'lsin
Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollalohu alayhu vasallam aytibdilarki:

Subhanaallohi valhamdulillahi Vala ilaha illallohu vallohu akbar alfa marra..

Kimki shuni juma kunida 1000marta o'qisa, Alloh albatta uni ajrini fazilatini bu bandaga o'lmasdan turib ko'rsatadi, ko'radi ajrini ... oxiratda undanam ko'pini ko'radi...
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ким жума куни бомдод намозидан олдин:

أسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الحَيُّ القَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ
«Астағфируллоҳаллазий лаа илаҳа илла ҳувал ҳаййул қоййум ва атубу илайҳ», деб уч марта айтса, Аллоҳ таоло унинг гуноҳларини денгиз кўпигича бўлса ҳам, кечириб юборади», дедилар.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi eng baxtli ishchilar
.۞ بِسْـــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــيم ۞.
04.09.2021y. 26 Muharram 1443y.
Shanba. Toshkent vaqti bilan.
Sollallohu 'alayka yaa Rosululloh!

04:32 TONG Saharlik tugashi.

05:00 BOMDOD

05:52 QUYOSH

12:27 PESHIN

16:57 ASR

18:53 SHOM Iftorlik vaqti.

20:10 XUFTON
Va nihoyat orzuimga erishdim, kim men uchun duo qilgan bo'lsa kottakon rahmat, kanalning bir emas ikkita admini talabalik baxtiga erishdi, Allohga shukur😊😊😊. ALHAMDULILLAH
Solih va Solihalar
<unknown> – УММАТИНГИЗ ҒАРИБ БЎЛДИ ҚАЙДАСИЗ Ё РАСУЛУЛЛОҲ
Yuragingiz tubigacha yetib boruvchi nasheed, eshitib ko'rishni tavsiya etaman