Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Kimdir bugun uyg'ondi shodon,
Kimlargadir nasib etmadi bu tong..
Shukrona bu kunlar nasibi uchun,
Alhamdulillah go'zal tong uchun!

🌸Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!🌸
Kun xayrli bo'lsin yaxshilarim!☺️
etkanz kelsin
Solih va Solihalar
Orzuimdagi kelin kòylak🙈🥰
Juda ham chiroyli menimcha ko‘pchilik qizning orzusi xuddi shunaqa bo‘lsa kerak👍👍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Solih va Solihalar
https://t.me/abayaZM
Hijobli qizlarimiz uchun foydali kanal, hijob kiyimlarini eng sifatlisini va eng chiroylilarini topishiz mumkun
​​Go‘zal tarbiya

Bir kun yonimga Qur’ondan tahsil istab bir bolakay keldi. Bolakayga bir razm solgach, men undan so‘radim:

- Qur’ondan biror surani yoddan bilasanmi?
- Ha.
- Ammadan Qur’onni 30 oxirgi qismidan bilasanmi?
U o‘qib berdi.
- Taborak surasini bilasanmi? Uni tilovatiga lol qolgan edim. Yana bir tilovat eshitish istagida undan naxl surasini so‘radim. Va qarangki uni ham yoddan bilar edi. Endi yana bir imtixon uchun bolakaydan uzun suralardan bo‘lmish Baqara surasini so‘radim. U Baqara surasini o‘qiy boshladi. Bolakay so‘ralarni shunday go‘zal va tiniqlik bilan o‘qib berdiki man lol qolgan edim.

- O‘g‘lim Qur’onni to‘liq bilasanmi?
- Ha.

Ertaga otasi bilan kelishini so‘radim. Shunday oqil va ilmli farzandga kim ota ekanligini ko‘rgim keldi. Ammo uni padarini ko‘rgach yana ham hayron bo‘lib qoldim.
U sunnatga yergashgan odamga o‘hshamas edi.
U meni xayronligimni ko‘rib:
Mani shunday farzandni otasi ekanligimga ishonmayatganingiz ko‘rinib turibdi. Xozir sizga hammasini tushuntirib beraman.
- Bu bolani orqasida 1000 nafar erkak o‘rnini bosa oladigan odam turibdi. Mani 3 nafar o‘g‘lim bor. Har biri QUR’ONni yoddan biladi. 4 yoshli qizalog‘im ham bor. Qizalog‘im "Amma" qismini yodlagan.

- Qanday qilib?
- Ayolim farzandlarimiz gapirishni boshlashganida ularga Qur’on yodlatishni boshlaydi va albatta farzandlarimizga maqtovlar va samimiy so‘zlar bilan dalda bo‘ladi. Bolalarimizdan qaysi biri birinchi bo‘lib yodlasa, o‘sha farzandimiz kechki taomdan nima yeyishini o‘zi tanlaydi.

Kim birinchi bo‘lib qaytarib bersa, dam olish kunlari qayerga borishimizni tanlaydi. Birinchi bo‘lib Qur’onni bitirgan esa, ta’tilni qayerda o‘tkazishimizni tanlaydi.

Ayolim Qur’on yodlashda ular orasida raqobat ruhini tarbiyalaydi...

Mana soliha bo‘lib uyini ham solihlarga to‘ldiruvchi ayol shudir!
🍀 Qaygʼurma! Kasal tuzaladi, musibat ketadi, gunox kechiriladi, qarz toʼlanadi, mahbus ozod boʼladi, kelajak keladi, osiy tavba qiladi, faqir boy boʼladi.

🍀 Qaygʼurma! Аxir qora bulut qanday tarqalganini, qorongʼu tun nihoyasiga yetganini, kuchli shamol qanday tin olganini, boʼron qanday toʼxtaganini koʼrmadingmi? Demak, ogʼir kunlarning ortidan farovonlik, kenglik va yaxshi hayot bordir.

🍀 Qaygʼurma! Chunki quyuq soya quyosh alangasini oʼchiradi, toza suv issiqdagi tashnalikni sovutadi, issiq non qattiq ochlikni toʼydiradi, bedor holda iztirob chekish ortida lazzatli orom bordir, dard alamlarini sogʼlik lazzati ketkizur, buning uchun sen bir oz sabr qilmogʼing va bir lahza kutishing darkor.

- Shayx Oiz Al-Qarniy
Istig‘for samarasi

Bir kishi uyida bo‘lib o‘tgan voqeani shunday hikoya qiladi:
🍃
“Har safar ayolimga qo‘pollik qilganimda yoki ikkimizning o‘rtamizda kelishmovchilik, muammo kelib chiqsa, g‘azabim bosilishi uchun uydan tashqariga chiqishga harakat qilaman. Allohga qasamki, uyimning eshigidan uzoqlashmasimdan turiboq qalbimda ortga qaytib, ayolimdan uzr so‘rab, bir-birimizni rozi qilishga kuchli istak paydo bo‘ladi. Bir kuni mana shu holatni ayolimga aytib berdim. Shunda u: “Nega shunday bo‘lishini bilasizmi?” deb so‘radi. “Nega?” dedim. U: “Xonadan chiqishingiz bilanoq istig‘forga kirishaman. To‘xtamay istig‘for aytaveraman. Biroz vaqt o‘tib siz qaytib kelasiz, keyin bir-birimizni rozi qilishga kirishib ketamiz” deb javob berdi.
🍃
Ha, azizlar, bu bejizga emas. Bu istig‘forning natijasidir.
🍃
Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

‎وَمَا كَانَ اللّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ

“Modomiki ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblamas” (Anfol surasi, 33-oyat).

Nozimjon Iminjonov tayyorladi.
Solih va Solihalar
Photo
Mahzun bo'lma, Alloh biz bilan
Telefon g'ilofi muslimalar uchun🤗🤗🤗
Нозик хилқат вакиллари

Аёл киши қуйидаги турдаги эркакларни ёқтирмас экан:

1. Учраган аёлга қизиқиб кетадиган эркакни.
2. Аёлнинг туйғуларини риоя қилмай, ҳар бир камчилигини танқид қиладиган эркакни.
3. Ўзида кўп хатолари бўла туриб, аёлнинг комил бўлишини талаб қиладиган эркакни.
4. Аёлнинг ёшини сўраган эркакни.
5. «Сендан чиройли аёл бор» деган маънога ишора қилиб гапирувчи эркакни.
6. Аёлнинг ўтмишини сўраган эркакни.



• Эркак ўзининг эркаклигини унутгандагина аёл “эркаклашади”.
• Эркак ўз аёлини аёллик мақомида тутиб тура олмагандан кейингина аёл унинг “хўжайини”га айланади.
• Эркак уйда талаб қилинганидек эркак бўлолмагач, аёл ҳам талаб қилинганидек аёл бўлолмайди.



Аёл, ҳатто дунё тўла бойликка эга бўлса ҳам, эридан ҳадя олса, қувонади.



Аёл каби фазилат манбаи бўлган неъматни кўрмадим.

• Гўдаклигида отасини жаннатга киришига сабаб бўлади.
• Балоғатга етиб, турмушга чиққанда, солиҳа бўлса, эрининг динининг ярмини тўлдиради.
• Она бўлганда фарзандлари учун жаннат унинг оёқлари остида бўлади.



Аёлнинг табиати

Аёл ўзи бемор бўлса ҳам эрининг дори ичишига кўмаклашади.
Аёл ўзи ғамга ботган бўлса ҳам эрига тасалли беради.
Аёл ўзи чарчаган бўлса ҳам эри учун бедор бўлади.
Аёл танимаган кишисининг мусибати учун ҳам қайғуриб, йиғлайди.
Шундай экан, жуфтларимизга зулм қилмайлик, эркаклар.

•┈┈┈┈•❈•• 🤲 ••❈•┈┈┈┈•

💌 Yaqinlaringgizga ham ulashing 🕊
Kvokka😘😘😘