Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
ASSALAMU ALAYKUM VA RAHMATULLOHI VA BAROKATUH🙂

Baxt bu – iymon kalimasini aytib musulmon bo‘lishlikdir.

Bundan ham katta baxt esa iymon kalimasi ila yashamoqlikdir.

Eng katta baxt esa iymon
kalimasi ila yashab va uni aytib jon berishlikdir.

“Ashhadu allaa ilaaha
illallohu va ashhadu anna
Muhammadan ’abduhu va
rosuluh”

🤲 Alloh taolo sizni o‘zi rozi bo‘ladigan holatda yashab, iymon kalimasi bilan ketishligingizni nasib aylasin!

O‘tgan kunimizga
Astag‘firulloh🍀

Boshlangan kunimizga
Bismillah🍀

Bugunimizga
Alhamdulillah🍀

Ertangi kunimizga
In Shaa Alloh 🍀
bo‘lsin!

Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
#eslatma
Odamlarning ko‘plari bomdod namoziga turmaydilar, illo Alloh taolo tanlab olgan bandalar turishadi. Tanlanganlar ichida yana xoslari borki, ular yarim tunda Alloh taoloning dargohida turib tajjudlar o‘qiydilar.
Siz birinchi tofidanmisiz yoki ikkinchidanmi?

Agar har ikki toifadan ham bo‘lmasangiz, unda o‘ylab ko‘ring, o‘zingizni tergang; nima uchun Alloh taolo sizni ham o‘sha bandalaridek ixtiyor qilmayapti?

Yaxshiliklardan mahrumlik gunohlar sababidan bo‘ladi. Tavba esa ne’matlar yana qaytishiga sababdir.

©Shayx Ma’saroviy hafizahulloh
• Maqsadingizga erishish uchun kerak bo'lgan qadamlarni sanab chiqing
• Yoqtirgan qiroatingizni tinglang
• Diqqatni ijobiy fikrlarga qarating
• Kitob o'qing yoki eshiting
• Sevimli taomingizni tayyorlang yoki buyurtma bering
• Chuqur nafas olishni mashq qiling
• Nafl namoz oʻqing
РУҲИЙ ТУШКУНЛИК ДАВОСИ

1. Аламларни ҳадеб ичга ютаверманг, бу ўзингизга қарата ўқ узишдек гап.

2. Хатоларингизни табиий ҳол деб қабул қилинг. Бу, янглиш ишлардан тўғри хулоса чиқаришга ёрдам беради.

3. Кучингизни тўғри тақсимланг, муҳим ишлар биринчи даражали, қолганлари кейинги ўринларда турсин. Эришган ютуқларингиздан хурсанд бўлишни ўрганинг.

4. Ёлғизликка берилманг. Айниқса, стресс вақтида одамлар билан бирга бўлинг, дўстларга қўнғироқ қилинг, янги танишлар орттиринг, машғулотларингизни кўпайтиринг.

5. Бўлиб ўтган кўнгилсиз воқеани ўйлаб, ўзингизга шундай савол беринг: “Муаммога жуда катта аҳамият бериб юбормаяпманми? Шу нарса асабийлашишимга арзийдими? Бундан баттар бўлганида, қийинчиликни енгиб ўта олармидим?".

Бу саволларга жавоб топиш вазиятга холис, ҳис-ҳаяжонсиз хотиржам баҳо беришга ундайди.

"Бахтли ҳаёт сари " китобидан.
Forwarded from Deleted Account
Forwarded from Deleted Account
Nimanidir niyat qildim, erishishga juda ham ko'p harakat qildim, lekin natija o'ylaganimdagidek bo'lmadi, ammo taslim bo'lmayman, oxirgi javobgacha sabr ila kutaman, zero harakat bilan birgalikda har bir namozlarimda men osha niyatga erishishni so'raganman va meni Alloh eshitgan va osha In Sha Allah deb qilgan duolarimni insho etishiga ishonaman, agar Alloh o'sha xohlaganimni bermasa ham xafa bo'lmayman, demak Alloh o'sha narsani menga ravo ko'rmadi balki undan ham yaxshisini hozirlab qo'ygandir, insonlarning gapiga esa parvo qilmayman va har qanday gaplariga tayyorman lekin Alloh istaganimni berishiga, odamlar yonida uyalib qolishimga yo'l qo'ymasligini va duolarimni albatta ijobat etishini umid qilaman, In Sha Allah


Buning uchun meni ham duolaringizda eslab o'tsangiz xursand bo'lardim, jozakallahu xoyrun😊😊😊