This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suhbat
Баъзи неъматлар инсонлар кўринишида бўлади. Уларнинг қадри узоқлашганда ёки вафот этганда билинади.
Umar Halil

Barchaga xayrli kech
To'g'risini aytsam, hozir judayam hayajondaman, 1 kundan so'ng, hayotimdagi eng katta imtihondan o'tishim kerak. Qo'rquv judayam yuqori, hammangizdan iltimos qilmoqchi edimki, qilayotgan duolaringizda meni ham eslab o'ting, kelayotgan imtihondan yaxshi o'tib olishimda ko'maklashsangiz xursand bo'lardim. Barchangizga avvaldan rahmat 😊😊😊. In Sha Allah barchasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman.🤗🤗🤗

Imtihonda hayajonlanganda nima qilish kerak? Abituriyentlarga zarur maslahat
Katta ishlar oldidan hayajonlanish hammamizga tanish tuygu. Yoshlarimiz ana shunday katta hayajon bo’sagasida turibdi. Test sinovi oldidan ko'p yoshlarni kuchli hayajon bosadi, ularga qo'rquv va ikkilanish ba'zan xalal berishi mumkin. Bunda o'z-o'zidan mutaxassis maslahati va yo'l-yo'riqlariga muhtoj bo’lamiz. Psixolog Nargiza GULOMOVAning tavsiyalari bu borada abituriyentlarga asqatishi aniq.
Amal qilish zarur
— Hayajonning asosiy sababi sinov yoki savollardan bexabarlik va tayyorgarlikning yo'qligidir, — deydi psixolog. — Uni yengishning esa bir necha qoidalari mavjud. Xususan:
Puxta tayyorgarlik — muvaffaqiyat garovi. Shuning uchun qaysi fandan imtihon topshirmoqchi bo’lsangiz, mavzularni yaxshilab o'qing. O'z kuchiga, bilimiga ishonch hayajon va qo'rquvni bartaraf etadi. Atrofdagi gap-so’zlarga umuman ahamiyat bermang.
O'ziga ishonch — katta kuch. Bu qobiliyatni mehnatingiz bilan yanada rivojlantirgan bo’lsangiz, bilingki, galaba siz tarafda.
Sinov oldidan to’yib uxlab oling. Toza havoda sayr qilish ham juda foydali. Bu organizmning ruhiy va jismoniy holatini yaxshilaydi.
Iste'mol qilayotgan mahsulotlaringiz uglevod va oqsillarga boy bo’lishi kerak. Ko'proq tvorog, sabzavotli sho’rva, baliq, tovuq go'shti, tuxum iste'mol qilish foydali. Ular sizga tetiklik va kuch bagishlaydi. Bu vaqtda turli donli mahsulotlardan tayyorlangan bo'tqalar ham foydali. Imtihon oldidan shokolad bo'lakchasini iste’mol qilishni unutmang. U antidepressant bo’lib, miyaning faol ishlashida yordam beradi.
Bu ham muhim!
Qulay kiyinish juda muhim. Imtihon kuni tanangizda erkin turuvchi, tabiiy matodan tikilgan kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi. Tor, juda kalta, ochiq-sochiq, sintetik matoli, to'q rangli kiyimlardan voz kechgan ma’qul. Qulay oyoq kiyim tanlashga ham ahamiyat bering.
Imtihondan bir kun oldin umuman kitob o’qimang, dars tayyorlamang. Bundan foyda yo’q. Undan ko'ra, toza havoda sayr qiling, sevimli mashgulotlaringiz bilan shugullaning. Bu xotiradagi ma'lumotlarning yaxshi saqlanishiga yordam beradi.
Ayrim abituriyentlar kunduzi dam olib, kechasi dars tayyorlashni afzal ko’radi. Bu noto'gri usul. Kechki to'laqonli uyqu kunduzgi ma'lumotlarni miyada yaxshi saqlanishiga yordam beradi. To'yib uxlamaslik parishonxotirlikka olib keladi.
Og'zaki imtihonlar oldidan tayyorgarlik ko’ring. Jarayonni tasavvur qiling va biror bir mavzuda ovoz chiqarib gapiring. Bu nutq ravonligiga, tutilib qolmaslikka yordam beradi.
Imtihon kuni hayajoningiz kuchli bo'lsa, nafas mashqini bajarsangiz ham bo’ladi. Bu juda oddiy: chuqur nafas oling, bir necha soniya nafasni ushlab turing, keyin asta-sekin chiqaring. Buni bir necha marotaba takrorlang. Keyin bor diqqatingizni nafasga qarating. Bu mashq miyadagi keraksiz axborotlarni chiqarib tashlashga yordam beradi.
Imtihondan bir necha soat oldin musiqa tinglash ham stressni yengib, kayfiyatni ko’tarishga yordam beradi. Faqat musiqa shovqinlardan xoli, yoqimli, sokin bo’lsin.
O'ylaymizki, yuqoridagi tavsiyalarimiz sizga imtihonlarda asqatadi. Omad yor bo’lsin!
📨 Barcha abituriyentlarga ulashing!

Solih va Solihalar
Imtihonda hayajonlanganda nima qilish kerak? Abituriyentlarga zarur maslahat Katta ishlar oldidan hayajonlanish hammamizga tanish tuygu. Yoshlarimiz ana shunday katta hayajon bo’sagasida turibdi. Test sinovi oldidan ko'p yoshlarni kuchli hayajon bosadi, ularga…
Orangizda imtihon topshiradiganlar bo'lsa, yordam beradi degan umiddaman 😊😊😊
Пайғамбаримиз Муҳаммад СAВ ҳадисларида таъкидланган "Ўзи ҳалол-у, лекин Aллоҳга энг ёмон корилган нарса" нима?
Жавобини билиш учун 👇
Жавобини билиш учун 👇
#Dream
Kelajakda masjidning 🕌yonginasida bir uyim bo'lsa...🏡Har azon aytilgan vaqtda qiloyatgan yumushimdan to'xtab, uning yoqimli ovozidan bahra olsam...🥰🦥
5 mahal najotga chaqirilgan vaqtda namozlarimni to'la to'kis ado etsam...📿🤤
Men va farzandlarim halolimga iqtido qilgan holda Allohning ibodatida qoim bo'lsak...🌚
Baxtning kichkinagina ko'rinishini taxminan shunday tasavvur qilaman...🐣
#bibi

#qizlar
Turmushga chiqmagan qizlar doim ko‘p narsaga noluvchan bo‘lib qoladilar. Asosan, uy yumishlaridan noliydilar. Hech narsaga ulgurmayapman deydilar.
Qizlarjonlar, Oisha onamizdan kelgan hadis bor: "Ey ayollar jamoasi, ey mehnatdan qo‘llari qavarib ketgan ayollar, sizlarga bir xushxabar aytaymi? Agar sizlar bu mehnatlaringiz evaziga Alloh taolo sizlarga tayyorlab qo‘ygan mukofotini bilsanglar edi, erta-yu kech mehnat qilgan bo‘lardinglar. Va sizlar oxirat diyorida jannat sayyidalari, avliyolar va olimlarning ayollari bilan birga bo‘lasizlar", deganlar.
Bu bitta hadis edi. Oyatda Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni buyurdi. Yaxshilik, yaxshi gapirish, sovg‘alar berish emas, jamiyki ular uchun qilingan yaxshi amallar yaxshilikdir. Alloh taolo buni o‘zining haqqidan keyingi darajaga qo‘ydi.
Qizlar, uy ishlari hech qachon tugamaydi. Sizda ozgina chaqqonlik, ozgina farosat bo‘lsa, hammasiga ulgurasiz, inshaalloh.
Ota-onangizni yonida bo‘lganingizgda ularning xizmatlarini sidqidildan bajarib oling. Keyin afsuslanib qolmaslik uchun. Hali bu xizmat qilishlarni ham sog‘inib qolasiz.

Qayg'u, g'am, alam. Judayam sovuq so'zlar. Eng alamlisi esa necha yillik harakatlaring bir vaqtni o'zidayoq havoga uchishi. Qalbim og'riyapti, uzoqlarga ketgim kelayapti. Birgina yupanch esa yolg'iz Alloh. Birgina undan ko'mak so'rayman. In Sha Allah yaxshi bo'ladi yoki yaxshilikka bo'ladi😞😞😞