Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Kanal haqida fikrlaringiz...
Bir darveshga: "Xayrli Jumalar" deyishibdi.
U esa: "Juma shundoq ham xayrli" debdi.
Keyin ular: "Juma muborak" deyishibdi.
U esa: "Juma shundoq ham muborak kun" debdi.
Unda nima deylik, sen ayt deb so‘rashibdi.
U: "Jumaning xayri va barokati senga bo‘lsin" deng, degan ekan.

Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin!🤲🏻🌙

Yaqinlarni birinchilardan boʻlib tabriklang
Унутишнинг давоси:

— Аллоҳни зикр қилишни кўпайтириш. Аллоҳ таоло айтади: Қачонки унутсанг, Роббингни эсла (Каҳф сураси, 24-оят);
— Истиғфорни кўпайтириш. Албатта, бу маълумотларни зеҳнда мустаҳкам сақлайди;
— Тунни қоим қилиш. Албатта, тунни қоим қилувчининг хотираси камдан кам ҳолларда паст бўлади;
— Бошнинг охирги қисмига (орқасига) ҳижома қилдириш.

© Муҳаммад Ҳасан Даду Шинқитий ҳафизаҳуллоҳ

©AbdullohRahim
Boringizga shukur soxtalarim, siz tufayli ham ancha narsani o'rgandim

(Siz kabi jirkanch insonlarga ishonmaslikni)
Kimdir menga yoqishga majbur bo'lmaganidek, men ham kimgadir yoqishga majbur emasman balki siz bunga arzimasdirsiz, shunday ekan menga nisbatan ikkiyuzlamachilik qilishingiz shart emas, boringizni ko'rsating...
#дуо

Ёмғир ёғаётганда айтиладиган дуо

Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади: «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «...Агар ёмғир ёғса:
اللَّهمَّ صَيِّبًا نافِعًا
«Аллоҳим! Фойдали ва нафли қилгин», дер эдилар».

Дуонинг ўқилиши: «Аллоҳумма соййибан наафиъан»

Имом Бухорий ривояти
🕊Istasangiz johil boʻling, faqat sizga pok bir qalbni omonat etganlarida, uni kirlatmaslikka harakat qiling.
Qolgani muhim emas!
Яхши инсонлар билан бирга бўлишдан ташқари ёмон инсонлардан узоқ бўлиш ҳам керак.
#Bilasizmi?

• "Fotiha" surasi - Allohning qahridan saqlaydi.
• "Yasin" surasi - Oxiratda chanqog'ingizni qondiradi.
• "Voqea" surasi - Kambag'allikdan, ochlikdan saqlaydi.
• "Mulk" surasi - Qabr azobidan saqlaydi.
• "Ixlos" surasi - Ikkiyuzlamachi, yomonlardan saqlaydi.
• "Falaq" surasi - Kulfatdan saqlaydi.
• "Nas" surasi - Yomon hayollardan saqlaydi.
• "Yusuf" surasi - Yurak siqilishi, mazlumlik, g'am qayg'uda foyda.
Balki sukutingiz sizni Jannatga olib kirar

(Shunchaki jim bo'ling)
Har doim ham o'zgalarni deb yashamang, hayot sizniki

P.s: o'zingizni seving
#1_tavsiya

Qurʼon yodlashni osonlashtiruvchi omillar

1. Xolis niyat
2. Duo
3. Istigʻfor aytish va maʼsiyatlarni tark qilish
4. Sabr va ulkan qatʼiyat
5. Yodlash uchun muayyan bir vaqt ajratish
6. Dunyo bilan kamroq mashgʻul boʻlish
7. Yodlash uchun kunlik tartib
8. Qiroatni bardavom qilish, uzib qoʻymaslik
9. Yodlashda ertalabni tanlash va tilovatni mudom qilish
10. Qurʼon ahlini doʻst tutish va qorilarga oʻqib bermoq
11. Ortiqcha vaqtlarda qiroatni koʻpaytirish
12. Yodlangan qiroatni namozda qoʻshish
13. Yodlangan suralarni farz yoki naflga zam qilish
14. Doimiy ravishda yod olingan oyatlarni qaytarib, takrorlab turish
15. Masjid va ilm majlislariga borish

©Hamza Ali
❤1👍1
Nomahramlar bilan suxbatlashuv odobi. 2-qisim:

Nomahram erkak yoki ayol bilan do’st sifatida gaplashsa bo’ladimi?

Nomahram deganda o’zi nima tushuniladi:

Nomahram- Nasab, Emizish,Nikoh jihatlaridan boshqa insonga hech qanday yaqinligi bo’lmagan odam.

Biron bir erkakka yoki ayolga nomahram bo’lgan odam bilan do’st bo’lish,birga yurish, umuman mumkin emas. Bu HAROM.

Shariatda Nomahram erkak va Nomahram ayol do’st bo’lishi degan narsa yo’q.

@omar_halilhikoyalari🌴

Alloh taolo aytadi:

“Va zinoga yaqinlashmangiz! Albatta, u foxisha ish va yomon yo’ldir.”
(Isro:32)

Buni nimasi Zino degan savol tug’ilishi mumkin. Hozirgi bunaqa bir-biriga Nomahram “do’stlar” bir-biri bilan quchoqlashib, qo’l tashlashib, hatto ko’chada qo’l ushlashib, bir-birini yelkasiga qo’lini qo’yishib va yana biz bilgan-bilmagan ishlarni qilib yuradi. Bu ishni qilayotgan paytda Albatta Insonda hirs uyg’onadi va Harom bo’lgan hayollar keladi va bu ochiqchasiga Zinoga olib boradi.

Bunday ishlarni “Halol”lab olganlar ehtiyot bo’lsin. Haromni “Halol” deganlar iymonsiz yoki “Kofir” bo’lib qolishi mumkin, Rasululloh zinokorlar dozahda qandey azob kutishini aytib oʻtgan Rasululloh shunday dedi: Biz yana yurdik va og’zi tor, tubi keng bo’lgan tandirga o’xshash narsaning oldiga keldik, uning ichidan ovozlar, baqir-chaqir eshitilar edi. Biz unga qaradik. Uning ichida yalang’och erkak va ayollar bo’lib,ularning tagidan alanga kelib ularni yuqoriga otardi. Men:”Ey Jabroil, bular kimlar?”deb so’radim. U :”Bular zinokor erkak va ayollar”,dedi”(Buxoriy)

Albatta, faqat harom narsalarning uqubati shu ko’rinishda bo’ladi. Zino esa, eng katta harom amallardandir.

Nomahram bilan holi qolish shubhasiz HAROM hisoblanadi.

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:”Nomahramlar bilan holi qolishdan ehtiyot bo’lgin. Jonim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki,biror erkak nomahram ayol bilan holi qolsa, ular orasiga shayton kiradi. Bir erkak o’z yelkasini Nomahram ayolning yelkasiga tekkizganidan ko’ra Loy yoki balchiqqa qorilib yotgan cho’chqani quchoqlagani yaxshiroq”,dedilar.(Tabaroniy rivoyati)

Ma’qil ibn Yasar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:”Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:”Birortangiz o’ziga nomahram bo’lgan ayolni ushlagandan ko’ra boshiga temirdan bo’lgan katta igna suqilgani(qoqilgani) yaxshiroqdir”, dedilar”(Tabaroniy rivoyati)⠀
⠀
Hadislardan ko’rinib turibdiki 2 Nomahram holi qolsa 3-si shayton bo’ladi va shayton hech qachon Halol ishga chorlamaydi, Jannatga yaqin qilmaydi. U faqat Harom yo’llarga chorlaydi.⠀
⠀
Kech bo’lmasdan sizga Harom bo’lgan do’stingizdan keching. Shuni yodda tutingki iymonsiz va kofirlarga Jahannam abadiy. Jahannamning 1 kuni sizning 1000 kuningizga teng
⠀
Bu postni o’qib amal qilmasligingiz mumkin. Endi tasavvur qiling umri davomida qilgan Harom ishlaringiz yig’ilib-yig’ilib Savob amallaringizda og’ir kelib Jahannamda abadiy qo’lib ketsangiz NIMA qilasiz? Ayting nima qilasiz?

Hayot sizga bir marta beriladi: shu birgina imkonimiz borida ibodatda, yaxshilikda bardavom boʻlib, oxiratimizni chiroyli qilaylik azizlar.!

Tavba qiling! Keching bu Harom ishdan!Nafsni quli bo’lmang!⠀