Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Kimnidir xafa qildingiz lekin sizga javob qaytmadi siz javob qaytishidan emas qaytmasligidan qo'rqing, chunki ranjitgan insoningiz Allohga aytib bo'ldi....

P.S: tushuntira oldim degan umiddaman
✨Dunyoga Muhabbat har xatoning boshidir🥀

©Muhammad (Salallohu alayhi vassalam)
NASIBA

Sen uchun taqdir qilingani, hatto ikki tog` orasida bo`lsa ham, senga nasib etadi.

Sen uchun taqdir qilinmagani, hatto ikki labing orasida bo`lsa ham, senga nasib etmaydi.

“Xovatir roqiya jurnali”
«RASULULLOH (sollallohu alayhi vasallamning) SHAKLU SHAMOYILLARI,

Tashqi ko'rinishlari: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibrohim alayhissalomga o'xshaydilar. Uzoqdan qaraganda g'oyat kelishgan va ko'rkam, yaqindan esa g'oyat go'zal va yoqimli, haybatli, viqorli va salobatli.

Husnlari: xushro'y, ko'rkam yuzli, oydek, balki oydan ham chiroyli, porlab turgan quyoshdek, go'yo quyosh u kishining yuzlarida yurgandek.

Bo'ylari: uzun-novcha ham, past-pakana ham emas, balki o'rta bo'ydan bir oz balandroq.

Qaddi-qomatlari, gavdalari: kelishgan, o'rtacha, xushbichim, mo''tadil va chiroyli.

Yelkalari: keng.

Ranglari: tiniq rangli, o'ta oppoq ham, o'ta bug'doyrang ham emas, balki oq-qizilga moyil bug'doyrang.

YUzlari: o'rtacha-yum-yumaloq ham emas, cho'zinchoq ham emas, bir oz yumaloqqa moyil, biroq go'shtdor emas.

CHehralari: nurli, jiddiy va tabassumli. Qovoq soluvchi emas. Xursand bo'lsalar, yuzlari yanada yorishib ketar, yuzlaridan nur yog'ilar edi. G'azablansalar, go'yo yanoqlariga anor siqib qo'yilgandek, yuzlari qizarib ketar edi.

Ko'zlari: katta, surma tortilgandek chiroyli, ko'z qorachiqlari tim qora, oqi tiniq oq, ba'zan oqida biroz qizillik paydo bo'lar edi.

Qoshlari: ingichka va yoysimon, bir-biriga tutashmagan.

Kipriklari: uzun.

Peshonalari: keng va ochiq.

YOnoqlari: tekis, na ozg'in va na sergo'sht.

Burunlari: nozik va o'rtachadan sal uzunroq, biroz baland va qirralik.

Qovoqlari: chetlari egikroq.

Boshlari: o'rtachadan kattaroq.

Og'izlari: Mo''tadil, o'rtachadan keng (arablar bunday sifatni maqtashadi, buni fasohatu balog'atga yo'yishadi).

Tishlari: Marjondek yaltiroq va chiroyli, gapirgan paytlarida tishlari orasidan nur taralayotgandek bo'lardi.

©taskin1mm
Yigit kishi 4 jihatdan qiz boladan ustun bo'lishi kerak:
1 - aqlda;
2 - bo'yda;
3 - nasl-nasabda;
4 - boylikda.

Qiz bola ham 4 jihatdan yigitdan ustun bo'lishi kerak:
1 - chiroyda;
2 - taqvoda;
3 - hayoda;
4 - faxm-farosatda.
Shunaqa qizlar bormi? (4)
TUSHKUNLIK SABABLARI VA DAVOSI

Tushkunlik sabablari:

- Dindan uz oqlashish.

- Gunoh-ma'siyatga botish.

- Allohga tavakkul qilmaslik.

- Hech qanday maqsadsiz yashash.

- Bekorchilik.

- Ilmga qiziqmaslik, kitob o'qimaslik.

- Kasallik, qarzdorlik, muvaffaqiyatsizlik.

- Kambag'allik.

- Kelajak haqida yomon o'y-hayollar ta'siriga tushib qolish.

- Dunyoga mukkadan ketish, orzu-havaslarga berilish.

- Hudbinlik (faqat o'zini o'ylash).

- Jismoniy harakatning kamligi.....

TUSHKUNLIK DAVOSI:

- Allohning taqdiriga iymon keltirish;

- Doim Allohga tavakkul qilish, O'zidan madad so'rash;

- Ishi yurishib, oshig'i olchi bo'lib turganda Allohga duo qilish, hamd-u sanolar aytish, toat-ibodat qilish. Shunda Alloh qiyin damlarda bandasiga yordam beradi;

- O'zini qo'lga olish, bo'shashmaslik;

- Maqsadga yetish uchun tinimsiz intilish;

- Biror ma'sulyatni hech ikkilanmasdan zimmasiga olish, uni bajarishga jidd-u jahd qilish;

- Hayotimni yaxshi tarafga o'zgartira olaman, deb ishonish;

- Payg'ambarlar, solih kishilar qissalarini o'qish....