Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Qur'on parki🤗🤗🤗
Kimnidir xafa qildingiz lekin sizga javob qaytmadi siz javob qaytishidan emas qaytmasligidan qo'rqing, chunki ranjitgan insoningiz Allohga aytib bo'ldi....

P.S: tushuntira oldim degan umiddaman
✨Dunyoga Muhabbat har xatoning boshidir🥀

©Muhammad (Salallohu alayhi vassalam)
NASIBA

Sen uchun taqdir qilingani, hatto ikki tog` orasida bo`lsa ham, senga nasib etadi.

Sen uchun taqdir qilinmagani, hatto ikki labing orasida bo`lsa ham, senga nasib etmaydi.

“Xovatir roqiya jurnali”
«RASULULLOH (sollallohu alayhi vasallamning) SHAKLU SHAMOYILLARI,

Tashqi ko'rinishlari: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibrohim alayhissalomga o'xshaydilar. Uzoqdan qaraganda g'oyat kelishgan va ko'rkam, yaqindan esa g'oyat go'zal va yoqimli, haybatli, viqorli va salobatli.

Husnlari: xushro'y, ko'rkam yuzli, oydek, balki oydan ham chiroyli, porlab turgan quyoshdek, go'yo quyosh u kishining yuzlarida yurgandek.

Bo'ylari: uzun-novcha ham, past-pakana ham emas, balki o'rta bo'ydan bir oz balandroq.

Qaddi-qomatlari, gavdalari: kelishgan, o'rtacha, xushbichim, mo''tadil va chiroyli.

Yelkalari: keng.

Ranglari: tiniq rangli, o'ta oppoq ham, o'ta bug'doyrang ham emas, balki oq-qizilga moyil bug'doyrang.

YUzlari: o'rtacha-yum-yumaloq ham emas, cho'zinchoq ham emas, bir oz yumaloqqa moyil, biroq go'shtdor emas.

CHehralari: nurli, jiddiy va tabassumli. Qovoq soluvchi emas. Xursand bo'lsalar, yuzlari yanada yorishib ketar, yuzlaridan nur yog'ilar edi. G'azablansalar, go'yo yanoqlariga anor siqib qo'yilgandek, yuzlari qizarib ketar edi.

Ko'zlari: katta, surma tortilgandek chiroyli, ko'z qorachiqlari tim qora, oqi tiniq oq, ba'zan oqida biroz qizillik paydo bo'lar edi.

Qoshlari: ingichka va yoysimon, bir-biriga tutashmagan.

Kipriklari: uzun.

Peshonalari: keng va ochiq.

YOnoqlari: tekis, na ozg'in va na sergo'sht.

Burunlari: nozik va o'rtachadan sal uzunroq, biroz baland va qirralik.

Qovoqlari: chetlari egikroq.

Boshlari: o'rtachadan kattaroq.

Og'izlari: Mo''tadil, o'rtachadan keng (arablar bunday sifatni maqtashadi, buni fasohatu balog'atga yo'yishadi).

Tishlari: Marjondek yaltiroq va chiroyli, gapirgan paytlarida tishlari orasidan nur taralayotgandek bo'lardi.

©taskin1mm