Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
☘️Hech qachon mahzun bo‘lmang☘️

Qalbimiz sindi "Alloh singan qalblarda,siniqlarimiz ham Robbimiz uchun tabarruk”, dedik.

Suyganimizga loyiq ko‘rilmadik
“Jannatga loyiq ko‘rilsak yetadi”, dedik.

Hiyonatga uchradik "Mazlumning haqqi Alloh zimmasida”, dedik .

Qalbimizning mahbublaridan ayrildik "Jannatda ayriliqsiz muhabbat bor”, dedik.

Aldadilar, kuldik.
Yig‘latdilar, ko‘zda yosh bilan tabassum qildik. Masxara qildilar haqlariga istig'for aytdik.

Xo‘rladilar “Gʻariblik muborak”, dedik.

Kasallik bilan sinaldik
“Alloh eslabdi, hasta Robbining mehmonidir”, dedik.

Yiqildik, turtindik
“Sirotdan yiqilmadik-ku Alhamdulillah“, dedik.

Azoblandik,
“Qiyomat azobi bundan battar bo‘ladi”, dedik, sabr qildik.

Xato qildik
Noumid bo‘lmay, tavba bilan Robbdan tavfiq tiladik.

Qalbimiz yolg‘izlikdan huvullab, mahzun qoldi.
“Qalb Allohsiz qolgandagina yolg‘iz hisoblanadi”, dedik.

Hamma-hammasiga qo‘l siltadik va "Jannatga yetib olsak oliy baxt marrasi bizniki“, dedik...

©Jaloliddin Rumiy