Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Solih va Solihalar
Video
Qizlar otaga mehribon bo'lishadi, ularni asrang😊😊😊
Bir rusiyzabon muslima kundaligidan

🎀 Har tong men erimni namozga uyg‘otaman. Bu u uchun yoqimli va uyg‘otganim uchun Alloh menga ajr beradi.

🎀 Men u uchun nonushta tayyorlayman. Chunki uning menga mamnun qarab, "Alloh sendan rozi bo‘lsin" deyishi men uchun yoqimli.

🎀 Men uni ishga tabassum bilan kuzataman. Chunki bilaman, u ishidan so‘ng uyiga shoshib keladi.

🎀 Men uni ishdan tabassum bilan kutib olaman. U uchun shirin taom tayyorlab, uyni ozoda qilaman. So‘ng chiroyli liboslarimni kiyaman. Chunki ayol erining ko‘zini quvontirishi kerak.

🎀 Men uni uydagi muammolar bilan band qilishni istamayman. Shundoq ham ishdan charchab kelishini yaxshi bilaman.

🎀 Men uning ota-onasini sevaman. Chunki ular sabab Alloh menga shunday solih erni hadya qildi.

🎀 Men uning qarindoshlarini izzat-ikrom bilan kutib olaman. Chunki ular menga qarab oilamizga baho berishini bilaman.

🎀 U mendan qahr qilsa men arazlamayman. Chunki birozdan so‘ng qahr ketishi bilan u men bilan avvalgiday yaxshi munosabatda bo‘ladi.

🎀 Agar u menga kamroq e’tibor bersa men bundan gina qilmayman. Chunki bu vaqt oralig‘ida unda qandaydir muammolar borligini sezaman.

🎀 Men kichik oilaviy nizolarda sukut saqlashga harakat qilaman. Chunki ayolning gap qaytarishi oqibatida janjal keng avj olib, oxiri nohush yakunlanishini bilaman.

🎀 Men erim ro‘zg‘orga deb bergan pulini juda ehtiyotkorona ishlataman. Chunki qayerga sarflaganim borasida Allohga hisobot beradigan Kun kelishini bilaman.

🎀 Men uyda sakinat va halovat bo‘lishi uchun intilaman. Chunki erkak kishi uylanishidan avval huddi shunday oilani tasavvur qilishini bilaman.

🎀 Men uni mendan rozi holda uyquga ketishini istayman. Chunki eri norozi holda uyquga ketgan ayolga la’nat yog‘ilishini bilaman.

🎀 Men u istaganday soliha ayol bo‘lishga intilaman, chunki mening erim - mening Jannatim yoki Do‘zaximdir!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM