Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Mo'min er ayoliga g'azab qildi, ayoli xafa bo'ldi.

Atrofdagilar:
- Endi uni taloq qilasanmi? deyishgan edi.
Er:
- «G'azabim bir lahza, mehrim esa bir umrdir», - deb javob berdi.
🥰2
#Tun

• TUN - Alloh taoloning insoniyatga bergan eng buyuk ne'matlaridan biri. U avom uchun rohat, obidlar uchun fursat, muhsinlar uchun g'animat va solihlar uchun fazilatdir. U olimlarning ish vaqti, Qur'on ahlining intiqib kutgani va zohidlarning rag'batidir.

• Tun - bu dunyoda libos, oxiratda esa nurdir. U oshiqlarga visol, taqvodorlarga chiroq, mazlumlarga dalda, a'molarga ko'z va tafakkur egalariga ko'zgudir. Unda Rasululloh ‎ﷺ ning Rabbisi ila uchrashuv baxti va ming oydan yaxshiroq ajrning naqdi bor. Unda Nabiyyini ko'rmagan ummatning ul Mahbubini ko'rish imkoni bor!

• Tun - ibodat uchun kalit, tavba uchun esa eshikdir. Unda charchoq o'rnini hordiq, shovqin o'rnini sukunat, riyo o'rnini ixlos egallaydi. Unda o'qiladigan namoz munofiq uchun og'ir, mo'min uchun esa yengildir.

• Tun - unda namlangan kipriklar uchun guvohlik beruvchi shohid va unda to'kilgan ko'z yoshlarni jannatda artguvchi dastro'moldir. Kunduzgi ibodatlar uchun quvvat ham undan olinadi. Unda so'raguvchi uchun ulkan ijobat va va'da qilingan Buyuk Soat (Qiyomat) bor. Unda Olamlarning Rabbi Alloh taolo ila yolg'iz qolish bor. Unda U ila munojot qilish bor!

Odamlarning ko'plari bundan g'aflatdalar...

© Muhammad Oshiq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muslims vs non Muslims
👍1🔥1
Trenddagi kitoblar yohud Yoshlarning saviyasi!

Kecha kitob do'koniga kitob xarid qilish uchun borgandim. Achinarli xodisaga guvoh boʻldim. Kitoblar oralab "Hadicha roziyallohu anho" kitobini varaqlab turgandim. Bir qiz kelib savolga tutdi: Shu asarni olmoqchimisiz? Albatta o'qib ko'ring juda foydali asar deya tavsiya qildi. Men mamnun bo'lib rahmat aytdim.
Tasodifni qarangki u esa "Oisha roziyallohu anho" asarni sotib olishni niyat qilgan ekan. U asarni men o"qib bo"lgandim. Shunday qilib ikki asar haqida miriqib suhbat qurdik. Shuningdek peshtoqlardagi ko'zni qamashtiruvchi asarlarni muhokama qildik. Shu payt u qiz bir asar haqida ya'ni "Kaktuslar ham gullaydi "kitobini o'qiganmisiz deya so'rab qoldi. Men yo'q deya javob berdim va asar haqida qulog'imga chalingan gaplardan shuningdek kitobni varaqlab ko'rganimdagi xulosalarimdan u menga to'g'ri kelmaydigan asar ekanligini ta'kidladim. Kitobxon qiz kulib qo'ydida, fikrim to'g'riligini va u asarni sotib olganligini va bundan afsusdaligini aytib qoldi. Asarning g'oyalari tarqoq , muallif aynan nimani ko'zlab yozganligi haqida bir muddat o'ylanib qoldik.
Shu on bir qiz shoshib keldida aynan shu asarni qo'liga olib sotuvchidan narxini surishtira boshladi. Men yaqin bordimda salomlashib "bu asarni olmaganingiz maʼqul uni o'rniga bularni oling " deya qo"limdagi kitoblarni ko'rsatdim .Boyagi kitobxon qiz ham menga qo'shildi.
Lekin shu on ajablanarli va achinarli holat yuz berdi. Xarid uchun kirgan qiz rad javob bildirdida , shunday dedi: " Kaktuslar ham gullaydi " trenddagi kitob, hamma o'qiyabdi, Instagram storylarda ham, Telegram glavniylarida ham aynan shu kitob shunindek dugonalarim har kuni o'qiyabman deb maqtanadi .Men ham ulardan qolmay "deya xarid qilib chiqib ketdi.
Biz esa essiz deya bosh chayqadik.
Haligacha o'zimga kelmayabman. Bu qanasi ? Instagram storylarida yoki telegram glavniylarida birovga ko'z- ko'z qilish uchun kitob o'qiyabmizmi? U asar bizni yoshimizga, maqsadlarimizga to'g'ri keladimi ? Biz uchun qanday foyda beradi? Asarni o'qib nimadir olamizmi? Bular haqida nega o'ylab ko'rmayabmiz?

@booklovercouple
🥰2
БЕШТА ФОЙДАЛИ МАЪЛУМОТ

1. Азон ниҳоясига етгач, унинг дуосини айтганингиздан сўнг ўзингизни ижобат бўладиган дуодан маҳрум қилманг.

2. Намоз ўқиётганингизда гуноҳларингиз қаерга қўйилади ?
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: «Агар банда намоз ўқишга киришса, унинг барча гуноҳлари бошига ва елкасига қўйилади. Рукуъ ва сажда қилганда эса гуноҳлари ундан соқит бўлади.
Эй намозини шошиб ўқувчи дўстим ! Гуноҳларинг сендан соқит бўлиши учун имкон қадар рукуъ ва саждаларингни комил қил.Бундай ажр мукофотни ўтказиб юборма.

3. Ҳар намоздан сўнг Оятал Курсийни ўқисангиз, сиз билан жаннат орасида фақат ўлим қолади.

4. Намозни тугатганингиздан сўнг шошилманг, бир оз муддат ўтиринг, чунки фаришталар Роббингизнинг ҳузурида сиз учун дуо қиладилар .

5. Бир солиҳа аёл вафот этибди. Унинг қабрининг тупроғидан хуш бўй ҳид тараларди. Бунинг боисини эридан сўраганларида у, аёлим ҳар доим ухлашдан аввал «Мулк» сурасини тиловат қилишни тарк қилмас эди, бу унинг одатига айланган эди, деди.
Мулк сурасини ўқишга ҳарис бўлинг. Чунки у қабр азобидан нажот берувчидир.
🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'sha hammaga mashhur bo'lgan turk seriallarining mashhur aktyor va aktrisalari qaysi dinga e'tiqod qilishadi?

P.S: sizlarga qiziq deb o'yladim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunchaki hazil, kayfiyat uchun😂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizlaringizni yoshligidanoq o'rantiring, shunda hayosi kuchli bo'ladi