Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
😁4
Imom Shinqitiy o‘g‘liga nasihat qilib dedi:
“Sen uchun bo‘lgan narsa zaifligingga qaramay senga keladi. Seniki bo‘lmagan narsaga quvvating bilan aslo erisha olmaysan. Allohdan o‘zga hech kim Kamol sifati bilan o‘zgadan ajralib turmaydi. Shunday ekan, boshqalarning ayblarini kavlashdan to‘xta. Ong va bilim aqllardadir, umrlarda emas. Umrlar o‘tgan kunlaringni adadlari xolos. Aqllar bo‘lsa, tushunchang, fahming va hayotingdagi bilganlaringni hosilidir. Boshqalar bilan so‘zlashishlaringda muloyim bo‘lgin. Barcha insonlar hayotda o‘ziga yarasha qiyinchilik va alamlarni boshdan o‘tkazadilar, sen buni bilmaysan. Hayotda barcha narsani agar ikkiga bo‘lsang kamayadi, ozadi. Faqatgina saodat, baxtiyorlik unday emas. Sababi, uni taqsimlaganing, boshqa bilan baham ko‘rganing sayin ortadi, ziyodalashadi”.
Er xotin kechqurun 5 yoshli o‘g‘lini uyda uxlatib mehmondorchilikka ketishdi. Bola yarim kechasi uyg‘onib uydan ota onasini topolmagach yig‘ladi. Va birozdan so‘ng dadasi yangi olib kelgan televizorni yoqaman deb tushurib sindirib qo'ydi. Shu payt ota onasi uyga keldi. Yerda sinib yotgan televizorni ko'rib dadasini jahli chiqdi va bolani kaltakladi. Keyin ikki qo'lini bog'lab xammomga qamadi. Va ertalabgacha shu yerda qolasan dedi. Onasi yig'lab to'sqinlik qildi. Lekin dadasi ko‘nmadi. Ertalab bo'lgach onasi shoshib xammomga kirdi. Bolaning ikki qo'li qop qora bo‘lib ketkandi. Tezda tez yordamga qo'ng'iroq qilishdi.

Qon o'tmagani sababli bolani qo‘li ishdan chiqibdi. Va bolaning ikki qo'lini kesib tashlashdi.

Shundan so‘ng bola dadasi har safar ishdan kelganda
"Iltimos qo'llarimni qaytarib bering. Pul ishlab sizga yangi televizor olib beraman" derdi...

P/s: etlarim jimirlab ketdi🥺
😢7
Ikki yoʻl bor:

1. “Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman”. Baqara surasi, 152-oyat

2. “Ular Allohni unutdilar, U ham ularni unutdi”. Tavba surasi, 67-oyat

Boshqa yoʻl yoʻq!
👍3
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади, Расулуллоҳ салаллоҳу алайҳи вассалам дедилар:
ㅤ
Аллоҳ азза ва жалла деди: “Бандам Мен ҳақимда нима гумон қилса, ўшандайман. У Мени зикр қилган чоғда, Мен у биланман. У мени ичида зикр қилса, Мен ҳам уни (ичимда) зикр қиламан.  У мени жамоат ичида зикр қилса мен ҳам унинг  жамоатидан яхшироқ жамоат ичида зикр қиламан. Агар у менга бир қарич яқинлашса, мен унга бир аршин яқинлашаман. Агар у менга бир аршин яқинлашса,  мен унга бир қулоч яқинлашаман. Агар у мен томон (юриб) келса, мен у томон (югуриб) бораман”.
ㅤ
Икки шайх ва Термизий ривоят қилганлар
Dilimni og'ritmang, xafa bo'laman☹️☹️😞😞
🤔2
😂😂
Mo'min er ayoliga g'azab qildi, ayoli xafa bo'ldi.

Atrofdagilar:
- Endi uni taloq qilasanmi? deyishgan edi.
Er:
- «G'azabim bir lahza, mehrim esa bir umrdir», - deb javob berdi.
🥰2
#Tun

• TUN - Alloh taoloning insoniyatga bergan eng buyuk ne'matlaridan biri. U avom uchun rohat, obidlar uchun fursat, muhsinlar uchun g'animat va solihlar uchun fazilatdir. U olimlarning ish vaqti, Qur'on ahlining intiqib kutgani va zohidlarning rag'batidir.

• Tun - bu dunyoda libos, oxiratda esa nurdir. U oshiqlarga visol, taqvodorlarga chiroq, mazlumlarga dalda, a'molarga ko'z va tafakkur egalariga ko'zgudir. Unda Rasululloh ‎ﷺ ning Rabbisi ila uchrashuv baxti va ming oydan yaxshiroq ajrning naqdi bor. Unda Nabiyyini ko'rmagan ummatning ul Mahbubini ko'rish imkoni bor!

• Tun - ibodat uchun kalit, tavba uchun esa eshikdir. Unda charchoq o'rnini hordiq, shovqin o'rnini sukunat, riyo o'rnini ixlos egallaydi. Unda o'qiladigan namoz munofiq uchun og'ir, mo'min uchun esa yengildir.

• Tun - unda namlangan kipriklar uchun guvohlik beruvchi shohid va unda to'kilgan ko'z yoshlarni jannatda artguvchi dastro'moldir. Kunduzgi ibodatlar uchun quvvat ham undan olinadi. Unda so'raguvchi uchun ulkan ijobat va va'da qilingan Buyuk Soat (Qiyomat) bor. Unda Olamlarning Rabbi Alloh taolo ila yolg'iz qolish bor. Unda U ila munojot qilish bor!

Odamlarning ko'plari bundan g'aflatdalar...

© Muhammad Oshiq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muslims vs non Muslims
👍1🔥1
Trenddagi kitoblar yohud Yoshlarning saviyasi!

Kecha kitob do'koniga kitob xarid qilish uchun borgandim. Achinarli xodisaga guvoh boʻldim. Kitoblar oralab "Hadicha roziyallohu anho" kitobini varaqlab turgandim. Bir qiz kelib savolga tutdi: Shu asarni olmoqchimisiz? Albatta o'qib ko'ring juda foydali asar deya tavsiya qildi. Men mamnun bo'lib rahmat aytdim.
Tasodifni qarangki u esa "Oisha roziyallohu anho" asarni sotib olishni niyat qilgan ekan. U asarni men o"qib bo"lgandim. Shunday qilib ikki asar haqida miriqib suhbat qurdik. Shuningdek peshtoqlardagi ko'zni qamashtiruvchi asarlarni muhokama qildik. Shu payt u qiz bir asar haqida ya'ni "Kaktuslar ham gullaydi "kitobini o'qiganmisiz deya so'rab qoldi. Men yo'q deya javob berdim va asar haqida qulog'imga chalingan gaplardan shuningdek kitobni varaqlab ko'rganimdagi xulosalarimdan u menga to'g'ri kelmaydigan asar ekanligini ta'kidladim. Kitobxon qiz kulib qo'ydida, fikrim to'g'riligini va u asarni sotib olganligini va bundan afsusdaligini aytib qoldi. Asarning g'oyalari tarqoq , muallif aynan nimani ko'zlab yozganligi haqida bir muddat o'ylanib qoldik.
Shu on bir qiz shoshib keldida aynan shu asarni qo'liga olib sotuvchidan narxini surishtira boshladi. Men yaqin bordimda salomlashib "bu asarni olmaganingiz maʼqul uni o'rniga bularni oling " deya qo"limdagi kitoblarni ko'rsatdim .Boyagi kitobxon qiz ham menga qo'shildi.
Lekin shu on ajablanarli va achinarli holat yuz berdi. Xarid uchun kirgan qiz rad javob bildirdida , shunday dedi: " Kaktuslar ham gullaydi " trenddagi kitob, hamma o'qiyabdi, Instagram storylarda ham, Telegram glavniylarida ham aynan shu kitob shunindek dugonalarim har kuni o'qiyabman deb maqtanadi .Men ham ulardan qolmay "deya xarid qilib chiqib ketdi.
Biz esa essiz deya bosh chayqadik.
Haligacha o'zimga kelmayabman. Bu qanasi ? Instagram storylarida yoki telegram glavniylarida birovga ko'z- ko'z qilish uchun kitob o'qiyabmizmi? U asar bizni yoshimizga, maqsadlarimizga to'g'ri keladimi ? Biz uchun qanday foyda beradi? Asarni o'qib nimadir olamizmi? Bular haqida nega o'ylab ko'rmayabmiz?

@booklovercouple
🥰2
БЕШТА ФОЙДАЛИ МАЪЛУМОТ

1. Азон ниҳоясига етгач, унинг дуосини айтганингиздан сўнг ўзингизни ижобат бўладиган дуодан маҳрум қилманг.

2. Намоз ўқиётганингизда гуноҳларингиз қаерга қўйилади ?
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: «Агар банда намоз ўқишга киришса, унинг барча гуноҳлари бошига ва елкасига қўйилади. Рукуъ ва сажда қилганда эса гуноҳлари ундан соқит бўлади.
Эй намозини шошиб ўқувчи дўстим ! Гуноҳларинг сендан соқит бўлиши учун имкон қадар рукуъ ва саждаларингни комил қил.Бундай ажр мукофотни ўтказиб юборма.

3. Ҳар намоздан сўнг Оятал Курсийни ўқисангиз, сиз билан жаннат орасида фақат ўлим қолади.

4. Намозни тугатганингиздан сўнг шошилманг, бир оз муддат ўтиринг, чунки фаришталар Роббингизнинг ҳузурида сиз учун дуо қиладилар .

5. Бир солиҳа аёл вафот этибди. Унинг қабрининг тупроғидан хуш бўй ҳид тараларди. Бунинг боисини эридан сўраганларида у, аёлим ҳар доим ухлашдан аввал «Мулк» сурасини тиловат қилишни тарк қилмас эди, бу унинг одатига айланган эди, деди.
Мулк сурасини ўқишга ҳарис бўлинг. Чунки у қабр азобидан нажот берувчидир.