Solih va Solihalar
5 subscribers
1.08K photos
560 videos
40 files
63 links
Solih Soliha
Download Telegram
Sog'inmoq Juda qiyindir,
Kim ko'rmasdan, ovozini eshitmasdan, yonida bo'lmaganga sog'inch tuyabilirki?
Deyishadiki insonlar Juda tez unutadi. Har og'riq har narsa vaqt o'tgandan kein unutiladi. Ovozlarini unutdik, so'zlarini unutdik va balki qiyofalarini ham unutgandirmiz.
Lekin hislarchi?
Inson bir birini qalbida qoldirgan tuyg'ularni ham unutaoladimi ajabo...???

♻️Бошқаларга ҳам юборинг!
Улашувчи ҳам амал қилганлик савобини олади, Ин Ша Аллоҳ!🤲🏻

•┈┈┈┈•❈•• 🤲 ••❈•┈┈┈┈•

💌 Yaqinlaringgizga ham ulashing
Bir kitob sevuvchiga kitob olib beruvchi ham kerak...🌝

Masalan menga🙈📚🖇🥰
Bir eshik yopildimi, ikkinchisi ochiladi va aynan o'sha ikkinchisi birinchisiga nisbatan xayrliroq va yaxshiroq bo'ladi, In Sha Allah 😊. Ungacha esa SABR!
Ba’zi nomard odamlar ham hayotda uchraydi. Sizdan manfaati yo’lida foydalanishni maqsad qilishadi va siz o’ylagandek inson rolini o’ynashadi. Ishi bitgach bir bahona bilan g’oyib bo’lishadi. O’ylashadiki, man uddaburonman deb. Bu ishning haqi qiyomatda yelkasiga yuk bo’lishidan xabari yo’q aslida. San istaganingcha o’yin qil lekin oxirida o’zing qurbon bo’lasan.

Kimgadir nimadir masalada murojaat qilyapsizmi? Kartani ochib o’ynang. Sizni bahongizni jamiyat beradi, jamiyat oldida bir obro’yingiz yoqoldimi uni tiklash qiyin.
Onur Qoplon-"Alfido"



👆Shu kitobni oqiganlar bormi, o'qishni tavsiya etasizlarmi???
#maxsus

Bilasizmi so'z bu nima?

So'z bu tildan chiquvchi va quloqqa yetuvchi narsadir.

So'zning yaxshisi Jannatga olib kiruvchi, yomoni esa Jahannamga qulavtuchidir.

So'z bu:
- erkakning mas'uliyati
- ayolning itoati
- qalbning nuri
- uning zulmati
- nafratni qo'zgovchi
- muhabbatni izhor qiluvchi vositadir.

- So'z bu iymonni ifoda etuvchi, shu bilan birga undan ayiruvchi hamdir.

- So'zga xushyor bo'ling, zero u bilan fikrlar ifoda etiladi, qalblar zabt qilinadi.

♻️Бошқаларга ҳам юборинг!
Улашувчи ҳам амал қилганлик савобини олади, Ин Ша Аллоҳ!🤲🏻

•┈┈┈┈•❈•• 🤲 ••❈•┈┈┈┈•

💌 Yaqinlaringgizga ham ulashing
Ikki jag‘i va ikki soni orasidagi narsaning kafolatini bergan kishiga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jannatning kafolatini berganlar. Ya'ni tilini va farjini tiygan (zinodan saqlangan) kishiga shunday mukofot va'da qilinyapti. Zinodan tiyilish uchun oila qurish yechim bo‘ladi, lekin tilni tiyishga qiynalamiz. Buning uchun tilni foydali narsa ila band qilishimiz kerak. Xususan, zikr, tilovat, amr-u ma'ruf, nahyi munkar bilan. Bunga qodir bo‘lmasak, sukut saqlash kerak.

"Allohga va oxiratga iymon keltirgan kishi yaxshi gapni gapirsin, yo‘qsa, jim tursin!"

#Nasihat
Qalb og'rig'i - eng yomoni
#Madinam

Kunda dilni böğizlaydi bir havotir
Ölmay turib Madinaga yetsam qani....🍂
#rashk

U zavjasiga g’azablanib dedi:
– Men seni rashk qilaman,deb ming martta aytdim. Seni ziynatlanishning barcha turidan man qilmagandimmi?!
U butunlay beg’uborlik bilan javob berdi:
– Menda hech qanaqa ziynat yo’q!
U dedi:
– Ammo sen odamlar oldida kitobingni ochding. Bir satr o’qib tabassum qilib qo’yar,boshqa satrni o’qib qoshingni ko’tarib qo’yar eding. Men o’zi shu uchun oshiq bo’lgan edim senga. Iltimos, ko’chada kitob o’qishni bas qil!

Hatto o'zimizdan qizg'onamizu kunlar kelib endi befoyda ekanini tushunamiz

Hatto ornimizdan turishga madorimiz yoq ammo qol siltab baxt tilashga majbur bo'lamiz🌶🙂
Bu dunyo arzimas fido bo’lishga, shohmisan tayyor tur gado bo’lishga.
#ozimga_tafsiya
Oxirigacha bor, odamlar boshida kulishadi, keyin esa, senga tan berishadi.

Paulo Koelo

Nima xohlashingni bilmasang, xohlamagan ishingni qilishga majbursan.

Chak Palanik

Maqsadga erishish uchun, harakat qilish lozim

Onore de Balzak

Agar odamlar maqsadlaringiz ustidan kulmasa, demak maqsadlaringiz juda kichik ekan.

Azim Prejmi

🌸🍃🌸🌿
Hayotda yashashdan maqsad nima???
Yolg'on.

Yolg'on odamlar
Yolg'on munosabatlar
Yolg'on haqiqatlar
Yolg'on muomalalar
Yolg'on kulgular
Yolg'on hissiyotlar


Yolg'on DUNYO (FONIY DUNYO)
​​Sen ham meni kutyapsanmi?

Men seni kutyapman. Ha, seni kutyapman, garchi senga loyiq bo‘lmasamda, kutyapman. Atrofda noshariy munosabatlar avj olgan kunlarning birida, Alloh meni sen bilan mukofotlashini kutyapman.

Kutar ekanman, qo‘rqyapman. “Hayosini saqlaganlar faqat sen o‘qiyotgan kitoblarda bo‘ladi. Hayot bu — boshqa”, degan xayollar miyamga sel kabi yog‘ib, aql-u xushimni olishidan qo‘rqyapman. Ochiq-sochiq kiyinishni — erkinlik, deyotganlarni ko‘rib qo‘rqyapman.

Sen ularga o‘xshama. Ularning yashashdan maqsadlari kiyimlarini har kuni har xil ko‘rinishda hafta kunlariga moslab kiyish, xolos. Nomahramlar bilan tunlari go‘yo yulduzli osmonni tomosha qilish uchun chiqishgandek yurish uchun yashayaptilar.

Ular buni “baxt” deb atashadi. Ular aldanganlardir. Itimos, sen aldanma. Barchasi sarob. Ular sarxushlar, balki, tush ko‘rishyapti. Ammo bu ko‘rayotgan tushlari uzoqqa cho‘zilmaydi. Zero, uyg‘onadigan “Kun” ga ham oz qoldi! Sen iffatingni saqla, soliham! Hayo ila o‘zingni beza.

Bir necha yillar oldin o‘zlarini dunyoning go‘zaliman, deb yurganlarning “go‘zal” tanalarini bugun eshakqurtlar kemirmoqda qabrda. Boshqalari esa, chiroyim bilan baxtli bo‘la olaman, deb o‘ylashardi. Achinarlisi, hali ham shunday fikrdalar, garchi, oltinchi marta omadlarini sinab ko‘rish uchun, balki endi baxtli yashab ketarman, degan niyatda turmushga chiqayotgan bo‘lsalar ham.

Sen aldanma, baxtni faqat Alloh beradi, O‘zi bilan birga bo‘lganlarga beradi. Shunday ekan, taqvola tashagin hayotda. Har kuni oz bo‘lsada ilm olgin. Iffat, hayo, va itoat kabi sifatlaringni saqla. Iltimos qilaman, dunyoga berilma, undan zohid bo‘lgin. Chunki rizqning egasi Allohdir!

Doim qalbingda Alloh bo‘lishini, diling islomga keng ochilgan bo‘lishini istayman. Modaga ergashma, modani o‘zing bilan ergashtirib yurgin. Xafa bo‘lgan paytlaring jannat haqida xayol surgin, chunki faqatgina u yerda biz hech qachon xafa bo‘lmaymiz.

Hozirgi kunda “qalbim toza”, deb bong urayotganlarning qalbining tozaligiga kim guvohlik berganini bilmaymanu, ammo sen ularga o‘xshab buni isbotlashga urinma. Seni faqat Alloh bilsin, soliham. Agar ular seni boshingdagi hijobing ila ranjitsalar, xotirjamlik va mayin tabassuming bilan “jazolagin” ularni.

Sabr qilgin, toki g‘amlar sabringdan charchaguncha! Sabr so‘zi lug‘atlardan o‘chib ketsa ham, sendan aslo o‘chmasin. Alloh meni sen bilan, seni esa men bilan mukofotlagunicha sabr qil. So‘zlarimni unutma! Tez orada U bizlarni chiroyli suratda jamlaydi, inshaalloh!

©shokhakbarsblog
⚡️Telegram messenjeridan yana bir yangilik

Endilikda yangi versiyada kanal va guruh egalari o'z kanali kontentini(video yoki foto bo'lishidan qat'iy nazar) share qilish, screenshot olish, saqlash kabi imkoniyatlarini cheklab qo'yishlari mumkin.

Mana shunaqa yangilanishlar....
📌 Салом-аликда учрайдиган баъзи бир хатолар

Баъзи бир кишилар суннатга мувофиқ саломлашиш ӯрнига: "салом", "яхшимисан", ёки "тузукмисан" каби ибораларни ишлатишади.
👉 Ундан ҳам қизиғи, ҳозирда баъзи ҳолатларда шунга гувоҳ бӯляпмизки, учрашганда ҳам, телефон орқали ҳам, ҳатто телеграмда ёзиб саломлашганда ҳам, саломга алик олиб, ӯша заҳоти кетидан яна ассалому алайкум деб салом берадилар. Бу иш саломлашиш одобларидан эмасдир. Ва бундай саломлашиш суннатда ҳам келмаган. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам салом берганлар, саҳобалар розийаллоҳу анҳум алик олганлар. Тамом. Аликдан кейин саҳобаларнинг яна салом берганлари ҳақида бирон маълумот йўқ.
Аммо, ёши кичик одамнинг катталарга салом бермай мурожаат қилиши, ҳаттоки телефон ёки телеграмда бӯлса ҳам, айнан одобсизликдир.
Тавфиқ Аллоҳдандир

Дониёр қори

Холис Аллоҳ йӯлида яқинларингизга ҳам улашинг 👉

©doniyorqori
......ЯХШИ ОДАМ КИМ...?

.... Қарз сўраб борганингизда қарз берган одамми?!
Йўқ.! Ҳолингиздан хабардор бўлиб ўзи ёрдам таклиф қилган одам…
ЯХШИ ОДАМДИР.!

.... Ҳажга бордим деб, ҳожиликка даъво қилган одам эмас….ён атрофидаги бева бечораларга озгина бўлса ҳам эҳсон қилган одам…
ЯХШИ ОДАМДИР.!

.... Қурбонликка қўй сўйиб, бадавлат дўстларига улашган одам эмас...бир бўлакдан бўлса ҳам, имкони борича мискинларга тарқатган одам...
ЯХШИ ОДАМДИР.!

.... Оиласига қўша ~ қўша қасрлар қуриб берган одам эмас… Кулбада яшаса ҳам аёлини кўзида ёши йўқ одам...
ЯХШИ ОДАМДИР.!

.... Фарзандларини чиройли кийинтириб қўйган яҳши одам эмас…Чиройли тарбия берган одам …
ЯХШИ ОДАМДИР.!

.... Тўқчиликда мазза қилиб яшаган одам эмас…йўқчиликда САБР қилиб яшаган одам…
ЯХШИ ОДАМДИР.!

.... Омадингиз келганда ҳамиша сиз билан бўлган одам эмас…Омадингиз кетганда ёнингизда турган одам...
ЯХШИ ОДАМДИР.!
Оилалар фақатгина муҳаббат узра бахтли бўлмайди

Бир одам хотинидан: "Мени севасанми?" деб сўраб, қасам ичдирди. Хотини "Йўқ, севмайман", деди. Бунинг хабари Умар розияллоҳу анҳуга етиб келди ва у аёлдан: "Эрига сени ёмон кўраман, деб айтган хотин сенмисан?" дея сўрадилар. Аёл: "Ҳа, у мендан Аллоҳ ҳаққи айт, деб туриб олди. Мен ёлғон гапиришга журъат қилолмадим", дея жавоб қилди. Шунда ҳазрати Умар дедилар: "Ёлғон гапир! Агар сизлардан бирингиз бировни ёқтирмаса, бу ҳақда унга сўзламасин! Чунки жуда кам оилаларгина муҳаббат устига қурилади. Одамлар ислом ва эҳсон асосида яшашади". (Хароитий. "Масавиъ" китоби).
Ҳазрати Умар розияллоҳу анҳунинг фиқҳларига тасаннолар! Яъни, оилалар фақатгина муҳаббат узра бахтли бўлмайди. Балки гўзал оилавий ҳаёт учун кўпроқ Ислом ва бир-бирига яхшилик қилиш ҳам боис бўлади.

•┈┈┈┈•❈•• 🤲 ••❈•┈┈┈┈•

💌 Yaqinlaringgizga ham ulashing 🕊
Assalamu aleykum qadrli obunachilarim, kanal sustlashyapti va ancha zerikarli bo'lib qoldi. Buning uchun uzur, o'qish tufayli vaqt bo'lmayapti kanalni yurgizishga, bundan so'ng faollashtirishga harakat qlaman, In Sha Allah 😊😊😊
#Ўқинг_уқинг

Бир кишига насиҳат қилсанг, у сенга: «Ҳозир кўпчилик шундай қиляпти-ку?» деса, унга қуйидагича жавоб бер:

«Қуръони каримдан «Одамларнинг кўпчилиги» деган сўзни қидирсанг, «Одамларнинг кўпчилиги билмайди», «Одамларнинг кўпчилиги шукр қилмайди», «Одамларнинг кўпчилиги иймон келтирмайди» деган оятларни топасан.
«Уларнинг кўпчилиги» деган сўзни қидирсанг, «Уларнинг кўпчилиги фосиқлардир», «Уларнинг кўпчилиги жоҳиллардир», «Уларнинг кўпчилиги юз ўгирганлардир», «Уларнинг кўпчилиги ақл ишлатмайдиганлардир», «Уларнинг кўпчилиги эшитмайдиганлардир», деган оятларни топасан.

Кел дўстим, яхшиси Аллоҳ таоло зикр қилган мана бу озчиликлардан бўлақол:
«Бандаларимнинг шукр қилувчилари оздир»
(Сабаъ сураси, 13 оят).

«У билан бирга иймон келтирганлар жуда оз эди»
(Ҳуд сураси, 40 оят).

«…жаннатлардадир. Аввалгилардан кўпчилик, охиргилардан озчилик»
(Воқеъа сураси, 13 оят).

Кўпчилик ҳар доим ҳам ҳақнинг меъёри, ўлчови бўлавермайди.

"Солиҳлар ҳикмати" дан.

Яхшилик учун яқинларингиз билан баҳам кўринг!


•┈┈┈┈•❈•• 🤲 ••❈•┈┈┈┈•