“Futbol” telekanali va O‘zFHM tomonidan sharhlovchi, rejissyor va operatorlar uchun seminar tashkil etildi
MTRK telekanallari O‘zbekiston milliy chempionatlari uchrashuvlarini translyatsiyasi qiladi. Mavsum oldidan hakamlikdagi o‘zgarishlar va VAR tizimi bo‘yicha sharhlovchi, rejissyor va operatorlar uchun seminar tashkil etildi. Unda O‘FA hamda O‘zFHM vakillari, instruktorlar, hakamlar va nazoratchilar ishtirok etishdi.
Unda oʻyinda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar ko‘rib chiqildi. Ekspertlar tomonidan ushbu holatlar yuzasidan FIFA qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Translyatsiya davomida sharhlovchilar uchun vaziyatni to‘g‘ri talqin qilish yuzasidan ma’lumotlar taqdim qilindi.
Shuningdek, VAR hakamlari uchun kameralarni joylashtirish boʻyicha tavsiya va takliflar berildi.
Futbolga zamonaviy texnologiya kirib kelishi futbolchilar bilan bir qatorda hakamlar, sharhlovchi va ekran ortida mehnat qilayotgan har bir mutaxassisdan yangicha yondashuv talab etishi qayd etildi.

🥰1
⭐️Bugungi uchrashuvni Telegram kanalimizda 🇺🇿Oʻzbek tilida Abdurashid Odilov sharxida tomosha qilishga nima deysiz?
👏1
Bugungi o'yinlar oldidan 🇪🇸 "Barselona" va 🇪🇸 "Real Madrid"ning qaydnomalari.