REAL MADRID YANGILIKLARI
76 subscribers
1.74K photos
176 videos
1 file
1.13K links
Download Telegram
Manchester Yunayted" Andre Onananing o‘rniga yangi darvozabon qidirmoqda. So‘nggi paytlarda mish-mishlar kamerunlikni ishonchsiz o‘yinlar fonida ketish ehtimoli bilan bog‘lamoqda. Transfer News Live xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" Onanani kelasi yozda sotib yuborishga uzil-kesil qaror qilishgan. Yangi asosiy darvozabon bilan shartnoma imzolash klubning ustuvor transfer maqsadiga aylandi.

Andre Onana 2023 yilning yozida "Inter"dan 50 million yevrodan ko‘proq mablag‘ evaziga "Manchester Yunayted"ga o‘tgandi. 28 yoshli futbolchining hozirgi narxi Transfermarkt talqiniga ko‘ra 32 mln yevroga baholanmoqda. Kiperning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
💯2
"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish Angliya Premyer-ligasining boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Blue_Footy akkauntida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" rahbariyati vingerni yozgi transferlar davrida sotib yuborishga tayyor. Grilishga Londonning "Chelsi" klubi da’vogarlik qilmoqda. Avvalroq, yarim himoyachini "Milan" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jek 2021 yilning avgustidan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Uning bozor narxi 35 million yevro.

Joriy mavsumda yarim himoyachi APLda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
👍1😱1🤩1👌1💯1
GiveMeSport eksklyuziv ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli Kristofer Nkunku "Stemford Brij"ni tark etishga yaqin turibdi. Fransiyalik futbolchi jamoa murabbiylar shtabining talablariga moslasha olmadi, shu bois u keyingi transfer oynasida sotuvga qo‘yiladi.

Qishda Nkunku klubni tark etish imkoniyatiga ega edi, chunki unga "Bavariya" qiziqayotgan edi. Biroq, o‘tish sodir bo‘lmadi. "Ko‘klar" o‘z futbolchisi uchun taxminan 60 million funt talab qilishdi.

Kristofer Nkunku joriy mavsumda klub miqyosida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
👍2💯2🎉1❤‍🔥1
taliyalik jurnalist Nikolo Shkiraning xabariga ko‘ra, 22 yoshli Yunus Musa yozgi transfer oynasida "Milan"ni tark etishi mumkin.

Amerikalik futbolchi "rossoneri"ga 2023 yilning yozida "Valensiya"dan 20 million yevrodan ko‘proq evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Joriy mavsumda amerikalik yarim himoyachi “Milan” safida barcha turnirlar doirasida 35 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
🤓2👍1🎉1👀1
Milan"da ijara asosida o‘ynayotgan "Chelsi" hujumchisi Joau Feliks faoliyatini Angliya Premyer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, portugaliyalik forvardga Birmingemning "Aston Villa" klubi qiziqish bildirmoqda. "Sherlar" rahbariyati portugaliyalik hujumchini doimiy ravishda sotib olmoqchi. Transferga Feliksning yuqori maoshi asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Joauning "rossonerilar" bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor narxini 30 million yevroga baholamoqda.

https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
🔥1🎉1🤓1👀1
Yuventus"ning serbiyalik forvardi Dushan Vlaxovich "Transfermarkt" portalida navbatdagi narx yangilanishi natijasida eng arzon o‘yinchilar antireytingini boshqardi. U 15 mln yevroga arzonlashdi va endi portal ekspertlari tomonidan 45 mln yevroga baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinni bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yinchilar bo‘lishib oldi. Ular "Yuventus" himoyachisi Gleyson Bremer, "keksa sinyora" yarim himoyachisi Tyon Kopmeyners, "Milan" himoyachisi Teo Ernandes, "Milan" darvozaboni Mayk Menyan, "Inter" himoyachisi Benjamen Pavar va "Atalanta" himoyachisi Jorjo Skalvini. Ularning har biri o‘tgan yilgi yangilanish natijalariga ko‘ra 10 million yevroga arzonlashdi.

https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
❤1👍1🔥1🤩1😍1💯1
PSJ"ning portugaliyalik hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli hujumchining transferiga "Atletiko Madrid" va Kataloniyaning "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda. Ramushning transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Gonsaluning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Fransiya chempionatining joriy mavsumida u 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
⚡2👍2😱2❤‍🔥1
🇦🇷⚽️ Amerika Superklasikosidagi g'alabadan so'ng, amaldagi jahon chempionlari ham yo‘llanmani naqd qilishdi.

48 ta jamoadan 7 tasining nomi ma’lum ✅

ASIA dan bittasi UZB BOʻLSIN

https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
⚡2👍2🎉2🔥1😱1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chempionlar ligasida "Inter" bilan o'yin oldidan 🇩🇪 "Bavariya" dagi holat:

❌ Devis - jarohat
❌ Upamekano - jarohat
❌ Kim Min Je - jarohat
❌ Pavlovich - jarohat
❌ Noyer - jarohat
❌ Кoman - jarohat
❌ Buxmann - jarohat

https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
👍2⚡1🔥1💯1😭1
TAA bilan 🇪🇸 "Real Madrid"ning keyingi mavsumdagi tarkibi.

DUNYO FUTBOLI—https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
👍1😱1😍1❤‍🔥1💯1🤓1
"Lill"ning hujumkor yarim himoyachisi Anxel Gomes "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, "qizil iblislar" rahbariyati "Lill" bilan shartnomasining so‘nggi yilida bo‘lgan o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Gomes fransuz jamoasi bilan mehnat shartnomasini uzaytirmasligi va erkin agent sifatida ketishi kutilmoqda.

Gomes 2020 yildan beri "Lill" sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali mutaxassislari xavbekning narxini 20 million yevroga baholamoqda.

DUNYO FUTBOLI—https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
❤1⚡1🔥1🎉1👀1
"Bornmut" klubi markaziy himoyachisi Din Xeysen "Real"ning qiziqishlari haqida fikr bildirdi.

"Real Madrid? Bunday katta klubning men bilan qiziqayotgani men uchun katta sharaf", - deya Xeysen so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda 19 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 27ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol urdi.

DUNYO FUTBOLI—https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
💯2😁1👌1🤓1👀1
Ikki afsona O'zbekistonga kelganida

ENG RASM UZATIB QOYAMIZ

DUNYO FUTBOLI—https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
💯3👍2❤‍🔥2❤1⚡1🤩1👀1
🇧🇷 Braziliyadagi OAVlarga ko'ra Karlo Anchelotti 2026-yildagi jahon chempionatida Braziliya bosh murabbiyi bo'ladi.

DUNYO FUTBOLI—https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
🔥2🎉2💯2😱1
Bayer" yetakchilaridan biri Florian Virs "Real Madrid" manfaatlari doirasida turibdi. Todofichajes portali xabariga ko‘ra, germaniyalik vinger 2026 yilning yozida "qirollik" klubiga o‘tishi mumkin.

Nemis tomoni ehtimoliy kelishuvni 120-130 million yevroga baholamoqda. Florian 2027 yil iyun oyi oxirigacha "farmasevtlar" bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlari bor.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida 21 yoshli yarim himoyachi 25 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

DUNYO FUTBOLI—https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
👍3🎉2💯2❤1👀1
Premyer-liga oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi. Liga mukofot uchun uchta nomzodni tanlab oldi.

Ruben Amorim (“Manchester Yunayted”) – 2 ta o‘yin, g‘alaba va durang.

Fabian Xyurseler ("Brayton") – 2 ta o‘yin, g‘alaba va durang.

Nunu Eshpiritu Santu ("Nottingem Forrest") – 2 o‘yin, 2 g‘alaba.

Ovoz berish 31 mart kuni yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Everton” ustozi Devid Moyes fevral oyining eng yaxshi murabbiyiga aylangandi.

DUNYO FUTBOLI—https://t.me/+oSUvT_wkBVhiMmYy
😱2❤‍🔥2👍1💯1👀1